Informatika va AT
8.73K subscribers
1.09K photos
598 videos
603 files
1.51K links
Informatika va axborot texnologiyalari bo'yicha O'zbekistonda birinchi faoliyatini boshlagan kanalga xush kelibsiz.

Bog'lanish: @Nursaidovuz

https://t.me/Informatika/3

Dasturlash: @FlutterDasturchi
Download Telegram
Informatika va AT
Fanlar majmuasi-2021.pdf
Test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasidan ko'rishimiz mumkinki, siz kompyuter bo'yicha qaysi universitetga kirmoqchi bo'lishingizdan qat'iy nazar(TATU va boshqa universitetlarning Informatika va axborot texnologiyalari, amaliy matematika va informatika va h.k uchun), 5 tan fandan majburiy test imtihonlarini topshirasiz!

Majburiy hamma yo'nalishlar uchun:

1.Ona tili:
15 ta test, 2.1 balldan
2.Matematika: 15 ta test, 2.1 balldan
3.O'zbekiston tarixi: 15 ta test, 2.1 balldan

Mutaxassislikdan:

4. Matematika:
30 ta test, 3.1 balldan
5. Fizika: 30 ta test, 3.1 balldan

Jami: 105 ta test ishlaysiz.
Umumiy ball: 280.5 ball
.

Ayrim yo‘nalishlarda majburiy blokdagi fan bilan maxsus blokdagi fan bir xil bo‘lib qolishi mumkin. Masalan, matematika yo‘nalishiga hujjat topshirgan abituriyent majburiy blokda ham, mutaxassislik blokida ham matematika fanidan test ishlaydi. Bu ikkalasining asosiy farqi —majburiy blokdagi savollarning barchasi soddalashtirilgan, eng oson darajada bo‘ladi, mutaxassislik blokidagi savollar esa turli murakkablikda (oson, o‘rtacha, qiyin) bo‘ladi.

👉 @informatika
Forwarded from Informatika va AT (Nursaidov ㅤ)
iSpring Suite 8.7.0.21274 Repack by Diakov.zip
163.9 MB
#dastur #bepul

iSpring dasturini yuklab oling hamda quyidagi imkoniyatlardan bepul foydalaning.

• tаqdimot fayllarini bir necha (exe, swf, html) formatlarda konvertatsiyalash imkoniyati;
• taqdimot kontentiga tashqi resurslarni (audio, video yoki flash fayllarni) kiritish imkoniyati;
• taqdimot kontentini muhofaza qilish: parol yordamida ko‘ra olish, taqdimotga «himoya belgi»si qo‘yish, taqdimotni faqat ruxsat etilgan domenlardagina «aylantirilishi»;
• video qo‘shish va uni animatsiyalar bilan sinxronlashtirish;
• elektron test(nazorat)larini yaratish va natijalarini elektron pochtaga yoki masofaviy o‘qitish tizimiga (LMS) uzatib berish imkoniyatini beradigan interaktiv matnlar yaratish uchun vosita o‘rnatilgan (Quiz tugmachasi);
• masofaviy o‘qitish tizimida foydalanish uchun SCORM/AICC — mos keluvchi kurslarini yaratish;
• taqdimot dastur darajasida aylantirish uchun ActionScript API;
• videotasvirni yozish va uni taqdimot bilan sinxronlashtirish;

👉🏻 @informatika
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"Vaqti kelsa o'qituvchilar elektrga ham pul yig'di, metallom to'pladi, panjaralarni oqladi" — EDU, EDU-Sofiya xususiy maktab va o’quv markazlari tarmog’i asoschisi bilan eksklyuziv suhbat

Ustozning ilmi o'quvchilarining natijalari, muvaffaqiyati bilan baholanishi kerak. Bizda esa, ko'p ustozlar masalani faqat moddiy jihatga bog'lab qo'yishgan. Natijada, bu jamiyatda o'qituvchining obro'si pasayishiga sabab bo'ldi.

Jiddiy mavzular haqida so'z yuritilayotgan “Osmondagi bolalar” loyihasining navbatdagi mehmoni Qo'qon shahridagi EDU, EDU-Sofiya xususiy maktab va o’quv markazlari tarmog’i hamda Girgitton xizmat ko'rsatish servisi asoschisi — Xurshid Maroziqov. Suhbat davomida, yosh tadbirkor ta'lim sifati, o'qituvchilar saviyasi, Toshkent shahri va boshqa viloyatlardagi sharoitlar haqida ham to'xtalib o'tdi!

👉 To'liq video https://youtu.be/kG0MA_NY_sc
«ТАТУда фақат бир семестр ўқидим, кейин...» – Amazon’да дастурчи-муҳандис бўлиб ишлаётган йигит ҳикояси

«Мактабни битириб, ТАТУга ўқишга кирганман, бир семестрлик ўқишдан сўнг менга кўпроқ янгилик бера оладиган атмосферада ўзимни синаб кўришни хоҳлаганман ва Жанубий Кореяга кўчиб келганман. Бу менинг глобал оламга қўйган илк қадамим бўлган», дейди Amazon компанияси ходими Бекназар Абдикамолов.

У ҳозир 28 ёшда, шу пайтга қадар бакалавр ва магистратурани тугатган, дастурлаш бўйича бир неча йиллик тажрибага эга кадр.

👉 https://kun.uz/85178491

Kun.uz Telegram каналлари👇

Ўзбекча | O‘zbekcha | Русская
🤖 Роботлар бизнинг ишчи ўринларимизни йўқ қиладими? Сунъий интеллект (СИ) ва унинг келажакдаги ишчи ўринларга таъсири ҳақида суҳбатлар ва хавотирлар кучаймоқда. Улар қанчалик ўринли? Бир подкастда Жаҳон иқтисодий форумининг “Ишчи ўринлар келажаги” аталмиш ҳисоботи ҳақида эшитиб қолдим, унда айтилишича, 2025 йилга келиб, 85 миллион ишчи ўрни йўқ бўлади, лекин ўрнига 97 миллион иш жойлари яратилади. Бунинг сабаби эса, СИ, асосан, кўп маротаба қайтарилувчи функциялардан иборат касбларни автоматизациялаштиради, ҳозирги кундаги пандемия туфайли онлайн дунёнинг ривожи тезлашуви буни янада жадаллаштиради. Шу вақтнинг ўзида, СИ ни бошқариш билан боғлиқ янги соҳалар вужудга келади, ҳамда инсоннинг ақлий қобилияти ва ижодига боғлиқ баъзи соҳаларнинг ўрнини босиш қийин бўлади. Айнан қандай касблар кучайиши ва камайиши ҳақида ⬆️ графикда кўрсатилган.

P.S. "Инноваторлар" аудиокитобининг 7-боби яқин кунларда тайёр бўлади ва унда Интернетнинг яратилиш тарихи ҳақида сўз кетади.

Манба: @madnifique

👉 @informatika
Forwarded from Informatika va AT (Nursaidov ㅤ)
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#word #video_dars

Ba’zida hujjatimizda sahifa kengligi bo‘ylab gorizontal chiziq o‘tkazishimizga to‘g‘ri kelib qoladi. Quyida ushbu chiziqlarning har xil variantlarini yaratishni ko‘rsatamiz.

👉 @informatika
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Videodars #Word

Word dasturida oddiy belgilar yordamida ishimizni osonlashtirib beruvchi tryuklar ketma-ketligini o'rganamiz.

👉
@informatika
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bugungi kunda O‘zbekistonda axborot tarqalishiga sharoit qoniqarsiz.

«Internet O‘zbekistonda qimmat. Internet arzonligi bo‘yicha Hindiston birinchi o‘rinda – 1 GB internet 9 syent. Uchinchi o‘rinda Qirg‘iziston – 2 ming so‘m. Qozog‘iston esa 1 GB internet 6 ming so‘m ekani bilan dunyo bo‘yicha oltinchi o‘rinda turibdi. Biz esa 16 ming so‘m narx bilan 54-o‘rinda turibmiz.

Yoki internet tezligi bo‘yicha ham xuddi shunday, 128-o‘rindamiz.

O‘zbekistonda aholining internet qamrovi 51 foiz va bu juda kam. Butun dunyo misolida oladigan bo‘lsak, 51 foiz internet degani XXI asrda bu juda uyatli holat. Qozog‘istonda aholining internet bilan qamrov darajasi 80 foiz.

34 mln aholiga 19 ta markaziy telekanal va 14 ta radiokanal mavjud.

Boshqa davlatlarga qarasak, AQSHda 8 mingdan ortiq telekanal bor. Rossiyada 3 300 ta, Buyuk Britaniyada 1 000 dan ortiq, Qozog‘istonda 100 ga yaqin, Ukrainada 600 dan ko‘proq telekanal bor», - dedi adliya vaziri Ruslanbek Davletov

👉 @informatika
Forwarded from Informatika va AT (Nursaidov ㅤ)
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Photoshopda 3x4 rasm tayyorlash

Photoshop dasturi orqali fotosuratingizni 3x4 ko'rinishida mustaqil tayyorlashni ushbu videodars orqali o'rganing.

© Muallif: Rasul Atamuratov

Qo'shimcha qulayliklar: 👇

Photoshop dasturini yuklab olish

Photoshop darslar

👉 @informatika
Forwarded from Xushnudbek.uz
Машҳурлашиб бораётган «инновацион» китоблар: тил ўрганиш воситасими ё лотерея?

KunUz сўнгги вақтларда хорижий тилларни тез ва инновацион методлар орқали ўргатишда фойдаланиш мумкинлиги ҳақида реклама қилинаётган китоблар устида кичик суриштирув ўтказибди.

Booknomy ёки Tedbook каби лойиҳаларга ҳозир мен мутлақо ишонмайман. Шунчаки лотереяга ўхшаш ўйин эвазига рекламанинг кучи билан катта миқдорда сотувга эришмоқда. Одамларимиз содда, уларга текин машина, текин совға, умуман текин нарсалар жуда ва жуда ёқади. Ваҳоланки улар текинга эмас, фалон суммага нархига арзимайдиган китоб сотиб олиши кераклигини эса хаёлига келтирмайди.

Ушбу китоблардан сотиб олмоқчи бўлаётганлар, KunUz мақоласини диққат билан ўқиб чиқинг, видеони албатта кўринг. Шунда фақат эшитиб 6 ой ичида хорижий тилни ўрганиб бўлмаслигини, бу шунчаки сафсата эканлигини тушуниб етасиз.

Бундан ташқари инглиз тилини ўргатадиган Booknomy деган китобнинг муаллифининг ўзи инглиз тилини билмаслигини билиб оласиз. Ахир бу майнавозчилик эмасми? Содда халқнинг устидан кулиш эмасми?

Бу каби мисоллар жуда кўп. Хулоса ўзингиздан.

👉 Мақолани ўқиш

📹 Видеони кўриш


👉 @xushnudbek 👈
Forwarded from Informatika va AT (Nursaidov ㅤ)
Rasmdagi bu yigit bundan 27 yil oldin AQSHning Stenford universitetida o‘qish uchun grant yutadi. Biroq Hindistondan u yerga uchib borishga mablag‘i bo‘lmaydi. Shunda otasi o‘zining qariyb bir yillik maoshiga teng pulga unga chipta olib beradi. Yigit umrida birinchi marta samolyotga chiqib, AQSHga uchib ketadi.

O‘sha yigit - Sundar Pichay - 2015 yilda jahonning eng boy kompaniyalaridan biri hisoblangan Google shirkatining bosh direktori etib tayinlanadi. 2019 yilda uning yillik maoshi 281 mln dollarga teng bo‘lgan.

Otaning bir paytlar qilgan katta jasorati kun kelib o‘z mevasini berdi.

Eng maqbul sarmoya - bu farzand kelajagiga sarflangan sarmoyadir!

Mavlon Marasulov

👉🏻 @informatika
F1 dan F12 gacha tugmalar nima uchun kerak?

Kompyuter klaviaturasidagi bu tugmalar dastur turiga qarab o'zgarishi mumkin, lekin asosan bir turdagi vazifalarni bajaradi:

F1 - Windows yoki biror dasturda ma'lumotnoma chiqarib beradi.
F2 - Ish stoli yoki "Проводник"da fayl yoki papka nomini o'zgartirish.
F3 - Ish stoli yoki ko'p dasturlarda qidirish oynasini ochadi.
F4 - ALT+F4 kombaniatsiyasi aktiv oynani yopadi.
F5 - aktiv oynani yangilash(обновление)
F6 - brauzerlarda adres qatorini aktivlashtirish
F7 - Microsoft Office dasturlarida matnning to'g'ri yozilganligiga tekshirish(o'zbek tilida ishlamaydi).
F8 - Operatsion tizim yuklanayotganda, yuklanish rejimini tanlash(safe mode, oddiy yuklash).
F9 - Word dasturini xujjatni qayta yangilash(обновление).
F10 - Ochilgan dastur menyusini aktivlashtirish.
F11 - ko'p brauzerlarda to'liq ekran rejimiga o'tish va undan qaytish.
F12 - Office dasturlarida xujjatni saqlash oynasini ochish.

Bonus: 
SHIFT + F10 - sichqonchani o'ng tugmai rolini bajaradi.

☝️Nima sababdan klaviatura knopkalari haqida ko'p yozmoqdaman? Sababi klaviatura bilan ishlashni yaxshilab o'rganing, bu ishingizni ancha tezlashtiradi.

Muallif: ©Akmal Xudayberganov

👉
@informatika
Forwarded from Informatika va AT (Nursaidov ㅤ)
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#VIDEO #TOZALASH

Ushbu video orqali Windows 10 Operatsion tizimini optimizatsiya qilish va ishlash tezligini oshirish, C diskni tozalash, xatoliklar va musor fayllarni o'chirish bo'yicha tavsiyalar beriladi

Muallif
: Rasul Atamuratov

👉🏻 @informatika
easy Quizy Test.rar
7.6 MB
#dastur #test #exe

Windows operatsion tizimlari uchun test tuzuvchi Easy Quizzy dasturi.

Bu dasturning qulayligi o‘zbek tilida ekanligidir. Bu dastur orqali, Maktab, Kollej, Universitet talabalari uchun oraliq nazorat testlarini shu dastur orqali tayyorlab taqdim etishlari mumkin bo‘ladi. Abituriyentlar esa tayyorlanayotgan fanlari bo‘yicha har bir mavzu bo‘yicha testlar kiritib bilimlarini yanada mustahkamlasa bo‘ladi. Bu dasturning qulayliklari ancha. Masalan: Testga vaqtni joylashtirish. Testlarni har xil ko‘rinishda hosil qilish va h.k.

Dasturni videodarslar orqali o'rganing 👇

1-dars, 2-dars, 3-dars, 4-dars, 5-dars.

👉 @informatika
Forwarded from Informatika va AT (Nursaidov ㅤ)
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Bonus #excel #video_dars

Microsoft Excel dasturida krossword yaratish

Dars
davomiyligi: 10 daqiqa

Muallif: Rasul Atamuratov

👉🏻 @informatika
Facebook, Instagram va WhatsApp ishlamay qoldi. Ayni vaqtda kompaniya katta zarar ko'rmoqda.

Yaqinlaringizni
@informatika kanalimizga taklif qilish vaqti kelgan ko'rinadi.

Update: Ishlab boshladi...

👉
@informatika
Forwarded from Informatika va AT (Nᴜrsaidov ㅤ)
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Word #almashtirish #matn

Odatda, biz biron-bir hujjatdagi biron bir matnni tanlasak va klaviaturadan biror narsani yozishni boshlasak, tanlangan matn o'chiriladi va uning o'rniga yangisi kiritiladi. Bu biz tez-tez ishlatadigan dasturning odatiy harakati hisoblanadi.

Agar to'satdan tanlangan matn yangisi bilan almashtirilmasa, sozlamalarni tekshiring. Ushbu harakatlarni videodars orqali o'rganing

👉
@informatika