Informatika va AT
8.5K subscribers
1.21K photos
614 videos
603 files
1.6K links
Informatika va axborot texnologiyalari bo'yicha O'zbekistonda birinchi faoliyatini boshlagan kanalga xush kelibsiz.

Bog'lanish: @Nursaidovuz

https://t.me/Informatika/3

Dasturlash: @FlutterDasturchi
Download Telegram
Forwarded from Nursaidov.uz
Google tomonidan taqdim etilgan "Introduction to AI" (“Sun’iy intellektga kirish”) va "Maximize Productivity With AI Tools" (Sun’iy intellekt vositalari yordamida unumdorlikni oshirish) nomli onlayn kurslarni muvaffaqiyatli yakunladik.

Oldin ayganimdek - Coursera, udemy platformalaridan arzon va ingliz tilida bilim oling!

@Nursaidovuz
3👍2👏2🤣2🔥1
Web dasturchi bilishi kerak bo'lgan asosiy texnologiyalar.

@Informatika
3👍3👏2
Forwarded from Nursaidov.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Nursaidov.uz - bu raqamli konstruktor. Siz o‘zingiz fan yaratasiz, unga ma’ruza, taqdimot, kitob, video dars, test ....

Bu qanday amalga oshiriladi? Sizga qiziqmi? Unda yuqoridagi qisqacha videoni tomosha qiling!

Youtubeda ko'rish: https://youtu.be/mamSeNoBvio?si=1WzNcrVWynB8D2Vx

@Nursaidovuz
👍3👏1
Forwarded from Xizmatlar AI
Бугун тармоқларда ўз суратидан эможи кўринишидаги тасвир яратиш урф бўлди. Аммо жонли махлуқотларни чизиш тўрт мазҳаб уламоларига кўра ҳаром ҳисобланади. Аксар уламолар камерадаги суратни рухсат этса-да, уни мультфильм ёки эможига ўхшаш тарзда қайта ишлаш – чизилган сурат ҳукмига киради. Бу эса шариатда ман қилинган. Ҳадисларда ҳам сурат чизувчилар қаттиқ азобга дучор бўлиши айтилган. Шунинг учун модага эргашмасдан, ҳар бир ишни дин ва виждон билан ўлчаб амал қилиш керак. Валлоҳу аълам.

@XizmatlarAI
8👍2👎1
Forwarded from Nursaidov.uz
200 dan ortiq o'qituvchi va professorlarga o'rnatib berilgan va ular dars jarayonida foydalanayotgan raqamli ta’lim metodlari darslar sifatini oshirdi, talabalarning mavzuga bo‘lgan e’tibori va motivatsiyasi kuchaydi. Interaktiv vositalar va raqamli texnologiyalar orqali o‘quv jarayoni yanada samarali bo‘lib, talabalarda yuqori darajadagi qoniqish hosil bo‘ldi. Shuningdek, talabalar orasida innovatsion yondashuvlarga bo‘lgan ishonch va qiziqish ortib, ular yangi raqamli uslublarni faol qo‘llashga intilmoqda.

Shunga qaramay, afsuski, texnik xarajatlar hisobiga arzonlashtirilgan yoki deyarli tekin taqdim etilayotgan bu metodlar uchun yana ham bepul berish talablari ilgari surilmoqda. Aslida, bu tizimlarni ishlab chiqish ko‘p vaqt, kuch, bilim va salomatlikni talab qiluvchi murakkab jarayon bo‘lib, ayniqsa ko‘z salomatligi, asabiy bosim va uzluksiz ekran qarshisidagi mehnat bilan bog‘liq xavflar mavjud. Agar bular oddiy va zararsiz bo‘lganida, biz bu xizmatlarni butunlay tekin taqdim etgan bo‘lardik. Bugungi taklif etilayotgan narxlar esa, amalda, xizmatlar va mehnat qiymatiga nisbatan deyarli tekin hisoblanadi.

Eng achinarlisi, hozirda bizning metodlarimizdan ilmiy ishi uchun ruxsatsiz foydalanayotganlar bor ekan. Bu holatga biz mutlaqo qarshimiz va rozi emasmiz. Bu raqamli metodlar o'zbekistonda yagona hisoblanib, mualliflik huquqi bilan himoyalangan. Ruxsatsiz darsdan tashqari ilmiy ish va loyihalar uchun foydalanish qat’iyan taqiqlangan.

@Nursaidovuz
👍41👏1
Forwarded from Nursaidov.uz
Kompyuter xarakteristikasi.hta
3.8 KB
Operatsion tizim(kompyuteringiz) haqida o'zbek tilida ma'lumot beruvchi tizim

Endi "kompyutering qanaqa" degan savolga qiynalmay javob berasiz.

Protsessorning nomi, yadrolar soni va maksimal ishlash tezligi, Grafik karta: Grafik kartaning nomi va uning RAM hajmi, Operativ xotira, Kompyuter xotiralari, IP adress: 192.168....
Windows qanaqaligi haqida ...

🖥 Yuklab oling, sinab ko'ring, yaqinlaringizga ulashing!

@Nursaidovuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
Full-stack web dasturchi bosib o'tadigan yo'l

@Informatika
3🔥1👨‍💻1
Informatika va AT
Full-stack web dasturchi bosib o'tadigan yo'l @Informatika
Amazon 2 kun oldin 14 ming dasturchini ishdan bo'shatdi. Sabab qilib sun'iy intellekt ko'rsatilmoqda...
🔥31
Telegram orqali firibgarlik avjiga chiqdi. Endi davlat tashkilotlariga ham kreativ usullar bilan kirib kelishmoda.

Avvallari imlo xatolari bilan yozishgan, rasmiy ishlarda no'noq bo'lgan bo'lsa, endilikda bu ishni ham uddalashmoqda.

Bugun esa, masalan rahbarning nomidan do'q qilib topshiriq berish yo'liga o'tishdi.

Hamma hunarlar sizni videoqo'ng'iroq qilishga undashdir.

Bunday holatda birinchi navbatda nomingizga kredit olishni rasmiylashtirishga ta'qiq qo'yishingiz kerak.

Ikkinchidan bu taqiqni faqatgina davlat xizmatlarida ochtirish mexanizmini joriy qilish kerak. Bo'lmasa my.gov.uz ga kirib ochib ham qo'yishi mumkin ular.

Uchinchidan faceID tizimini qaytadan ko'rib chiqish kerak. Bu yangilik va qulayliklarning mana shunday nozik jihatlari chiqib kelmoqda.

Hali oldinda yana katta o'zgarishlar bizni kutmoqda. Veo3 kabi sun'iy intellektlarda yaratilgan videolar FaceIDni ham yorib o'tishi mumkin.

Endi FaceIDni qanaqadir mimikaga bog'lab qo'yish kerak, masalan tirjayishga, til chiqarishga))

Bundan tashqari FaceIDga Captcha ham qo'yish kerak, maslan o'z ovozingiz bilan o'ron (parol) ni aytish va hokazo.

Avvallari yaxshi edi, bitta kamon o'ylab topsang 10 ming yil ishlatarding. Endi bitta yangilik ikki yilga bormasdan misi chiqyapti.
8💯1
Global ishdan bo‘shatishlar barqaror bandlik davrining tugayotganidan darak bermoqda

Sanoatning barcha yo‘nalishlari bo‘ylab ommaviy qisqartirishlar sodir bo‘lmoqda, bu uzoq muddatli, barqaror bandlikdan chekinish boshlanganini ko‘rsatadi. Global mehnat bozori chuqur noaniqlik davriga kirdi: ayrim kompaniyalar agressiv ravishda shtatlarni qisqartirmoqda, boshqalari esa yangi xodim qabulini butunlay muzlatib qo‘ygan.

O‘tgan yil davomida yirik korporatsiyalar sezilarli qisqartirishlarni e’lon qildi:

• UPS - 48 000 ish o‘rni
• Meta - yil oxirigacha 25 000 gacha
• Intel - 24 000
• Nestlé - 16 000
• Microsoft - 15 000
• Amazon - 14 000
• Accenture - 11 000
• Novo Nordisk - 9 000
• Procter & Gamble - 7 000
• PwC - 5 600
• Salesforce - 4 000
• Target - 1 800
• Applied Materials - 1 400
• Paramount - 1 000
• Ford - 1 000

Hech bir sektor chetda qolmadi - texnologiyadan tortib ishlab chiqarish va iste’mol tovarlarigacha. Kompaniyalar bu choralarni rasmiy ravishda “qayta tuzilish” deb atayotgan bo‘lsa-da, tahlilchilar haqiqiy turtki sifatida sun’iy intellekt va avtomatlashtirishga sarmoyalar oshayotganini ko‘rsatmoqda.

O‘tish jarayoni boshlangan va mehnatning kelajagi endi avvalgidek bo‘lmasligi mumkin.

@Nursaidovuz | © Nurmuhammad Nursaidov
3