Informatika va AT
8.44K subscribers
1.16K photos
610 videos
600 files
1.55K links
Informatika va axborot texnologiyalari bo'yicha O'zbekistonda birinchi faoliyatini boshlagan kanalga xush kelibsiz.

Bog'lanish: @Nursaidovuz

https://t.me/Informatika/3

Dasturlash: @FlutterDasturchi
Download Telegram
Kompyuter sichqonchasining dumaloq qismi nimalar qila oladi?
#foydali

Hozirgi sichqonchalarning chap va o'ng tugmasidan tashqari, ularning o'rtasida dumaloq qismi ham mavjud. Bu qismni siz nafaqat aylantirishingiz, balki bosishingiz ham mumkin.

Ko'pchilik, sichqonchaning bu imkoniyatidan foydalanmaydi, balki bilmas, quyida ushbu aylanadigan tugma nimalar qila olishini yozib o'taman:

— Dumaloq qismni aylantirish orqali, uzun sahifalarni quyi va yuqoriga o'tkazishingiz mumkin;
— ushbu qismni aylantirmasdan, balki bosib, va sekin sichqonchani yuqori va pastga sursangiz, uzun sahifalar avtomat o'tishni amalga oshiradi.
— brauzerlar vkladkasini, sichqonchani dumaloq qismini bosgan holda yopish mumkin(vkladkani istalgan joyida bosilsa, yopilaveradi, x tugmani bosish shart emas);
CTRL tugmasini ushlab turgan holda, sichqonchani dumaloq qismini aylantirish orqali, yozuv yoki ob'yektlar o'lchamini o'zgartirish mumkin;
— Internet saytlaridagi havolalarni, sichqonochaning dumaloq qismini bosgan holda, yangi vkladkada ochish mumkin;
— brauzerlarda, "Назад" tugmasini, sichqonchaning dumaloq qismi bilan bosilsa, oldingi sahifa alohida vkladkada ochiladi;
— brauzerning, "Обновить" tugmasi, sichqonchaning dumaloq qismi bilan bosilsa, shu sahifaning yangilangan holati, yangi vkladkada ochiladi.

👉 @informatika
👍367
​​Videokarta nimalardan tashkil topgan, qaysi qism nimalarga javob beradi?
#foydali

Videokartani, ko'pchilik nima vazifa bajarishini unchalik bilmas ekan, biladigani shuki, o'yin o'ynash uchun kerak, video montajlar uchun kerak, qancha katta hajmga ega bo'lsa, shuncha yaxshi, xullas qisqa uziq-yuliq tushunchalar. Shu tushunchalarni mukammallashtirish uchun video karta haqida yozib o'taman.

Videokarta - kompyuterning bir qismi bo'lib, xotiradaga ba'zi ma'lumotlarni, ma'lum bir ko'rinishlarda ekranga chiqarib beriladigan jihoz hisoblanadi. Qanchalik tasvirlar murakkab bo'lsa, videokarta quvvatiga bo'lgan talab shuncha katta bo'ladi.

Bu postda, videokarta nimalardan tashkil topgani va har bir qismi nima vazifani bajarishini ko'rib chiqamiz, videokarta ham kichik bir kompyuter hisoblanadi, demak, videokartaning asosi quyidagilardan iborat:
1. Videoprotsessor - kompyuter protsessori kabi asosiy hisoblash ishlarini bajaradi, shu bilan birga kompyuter protsessorini bu ishlardan ozod qiladi. Tayyor tasvirni, ekranga chiqarish uchun, har xil hisoblash ishlarini bajaradi, o'lchamlar, ranglar, harakatlarni qayta ishlaydi, nazorat qiladi.

2. Videoxotira - kompyuter tezkor xotirasi vazifasini, videokartada bajaradi, ya'ni ekranga chiqariladigan tasvirlarni o'zida saqlab turadi va birin-ketin ekranga uzatadi. Bu qiymat qanchalik katta bo'lsa, o'yin, video montaj ishlaringiz aniqroq namoyon bo'ladi, surilishlar, qotib qolishlar kamayadi.

3. Video-PZU - bu chipda, videokartaning BIOS dasturi yozilgan bo'ladi, platadagi BIOS nima vazifani bajarsa, bu yerda ham shu ishlarni qiladi, bu xotira bilan faqat videokarta protsessori ishlay oladi.

4. Raqamli-analog signallarni o'zgartirgich. Bilasiz, kompyuter raqamli signallar bilan ishlaydi, ya'ni 0 va 1. Ekranga chiqaradigan signallar analog ham bo'lishi mumkin. Bu qism, aynan signallarni bir turdan ikkinchisiga o'zgartirib beradi.

5. Videokontroller - videoxotirada tasvirlarni hosil qilish uchun ishlatiladi. Kompyuter xotirasidan olgan ma'lumotlar, kontroller orqali tasvirlarga bo'linib, videoxotiraga tashlanadi.

6. Sovutish tizimi. Yuqoridagilardan ma'lum bo'ldiki, videokarta ham kichik bir kompyuter, shunday ekan uni ham sovutish lozim, sovutish uchun, kullerlar, radiatorlar, suyuqliklar ishlatilishi mumkin.

Bular, videokartaning asosiy tashkil etuvchilari, bu postdan videokarta nima uchun qimmat bo'lishini bilib olish mumkin.
Akmal Xudoyberganov

👉 @informatika
👍1
Olingan Screenshot'ni, avtomat fayl ko'rinishida saqlash
#foydali

Screenshot - ayni vaqtdagi ekrandagi holatni rasm ko'rinishida nusxasini olish. Bu ishni klaviaturadagi Prtsc tugmasi orqali olish mumkin.
Ko'pchilik skrinshot olgandan so'ng, uni biror muharrir(Paint)ga tashlab, so'ng rasm ko'rinishida saqlar ekan, albatta bu ortiqcha ish.

Skrinshot olgandan so'ng, avtomat fayl ko'rinishida saqlab olish imkoniyati mavjud, buning uchun siz Win+Prtsc tugmalari bilan ekran holatini suratga olishingiz lozim. Ba'zi notebook'larda Fn+Win+Prtsc tugmalari ishlatiladi.
Shu holatda skrinshot olsangiz, olingan rasm avtomat kompyuterga saqlanadi. Olingan skrinshotlar odatda quyidagi manzilda saqlanadi:
C:\Пользователи\foydalanuvchi_nomi\Изображения\Снимки экрана
So'ng, kerak bo'lsa, shu manzil orqali kerakli skrinshotni olib, tahrirlashingiz mumkin.

☝️Windows 10 tizimida tekshirildi, fikrimcha eski tizimlarda ishlamaydi.

👉 @informatika
Forwarded from Informatika va AT
Windows tizimiga kirishda, parolni xato terganda, uni bloklash
#foydali

Parol bilan kiriladigan joylarda, maxfiylikni yana oshirish uchun, bir necha marotaba xato parol terilganda, uni bloklash imkoniyati bo'ladi. Misol uchun, 2 marotaba parol xato terilsa, qurilma(dastur) 60 daqiqaga bloklanadi, bu daqiqa ichida to'g'ri parol tersangiz ham ochilmaydi.

Windows tizimida ham bu imkoniyat mavjud, faqat uni sozlash lozim. Quyida, Windows tizimiga kirishda so'raladigan foydalanuvchi paroli 3 marotaba xato terilsa, 30 daqiqaga bloklash qanday amalga oshirilishini yozib o'taman.

1. Win+R cmd va Enter.
2. Nechi marotabaxato parol terilsa, bloklash lozimligini o'rnatamiz(3 marotaba).
net accounts /lockoutthreshold:3
3.
Nechi daqiqaga bloklash lozimligini kiritamiz(minimal qiymat 30 daqiqa, undan kam kiritsangiz xato beradi):
net accounts /lockoutduration:30
4.
KIritgan sozlamalarni ko'rish uchun quyidagi buyruqni yozamiz:
net accounts

Shundan so'ng, Windows tizimiga kirishda 3 marotaba xato terilsa, tizimga 30 daqiqa kiraolmaysiz, xatto kompyuterni qayta o'chirib, yoqsangiz ham.

☝️Bu kod ishlidimi, yo'qmi, deb tekshirib yurmang, o'zimda tekshirib ko'rdim, barchasi ishladi, ishlaganligi uchun bu post 30 daqiqa kech yozildi).
Akmal Xudoyberganov

👉 @informatika
👍5👏3
Forwarded from Nursaidov.uz
Bizning test dasturimizdan ko‘pchilik foydalanmoqda, o‘qituvchilar va talabalar xursand. Alhamdulillah!

Biroq ko‘pchilikda: "Bu qanday dastur?", "Nima uchun kerak?", "Qanday testlar kiritiladi?" kabi savollar ko‘paymoqda.

Sizlar uchun test dasturimiz haqida to‘liq tushuntiruvchi video tayyorladik.
Ko‘rib chiqing, foydalaning va savollaringiz bo‘lsa, bemalol murojaat qiling!

➡️https://youtu.be/aDa5DAap8UE

@Nursaidovuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6👏2
Forwarded from Nursaidov.uz
Bizning TEST dasturimizdan ko‘pchilik foydalanmoqda, o‘qituvchilar va talabalar xursand. Alhamdulillah!

Biroq ko‘pchilikda: "Bu qanday dastur?", "Nima uchun kerak?", "Qanday testlar kiritiladi?" kabi savollar ko‘paymoqda.

Sizlar uchun TEST dasturimiz haqida to‘liq tushuntiruvchi video tayyorladik.
Ko‘rib chiqing, foydalaning va savollaringiz bo‘lsa, bemalol murojaat qiling!

➡️https://youtu.be/aDa5DAap8UE

@Nursaidovuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5😁1
Forwarded from Nursaidov.uz
Bizning TEST dasturimizdan ko‘pchilik foydalanmoqda, o‘qituvchilar va talabalar xursand. Alhamdulillah!

Biroq ko‘pchilikda: "Bu qanday dastur?", "Nima uchun kerak?", "Qanday testlar kiritiladi?" kabi savollar ko‘paymoqda.

Sizlar uchun TEST dasturimiz haqida to‘liq tushuntiruvchi video tayyorladik.
Ko‘rib chiqing, foydalaning va savollaringiz bo‘lsa, bemalol murojaat qiling!

➡️https://youtu.be/aDa5DAap8UE

@Nursaidovuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3