Informatika va AT
8.73K subscribers
1.09K photos
598 videos
603 files
1.51K links
Informatika va axborot texnologiyalari bo'yicha O'zbekistonda birinchi faoliyatini boshlagan kanalga xush kelibsiz.

Bog'lanish: @Nursaidovuz

https://t.me/Informatika/3

Dasturlash: @FlutterDasturchi
Download Telegram
​​Google Chrome brauzerida "mehmon rejimi"
#ancha_foydali

Internet shunday rivojlanib ketganki, u yerdagi har bir qadamingiz saqlanib boriladi: kirgan saytlaringiz, jo'natgan fayllaringiz, ko'rgan videolaringiz va hokazo. Bu ma'lumotlar, brauzer, internet provayder, sayt tomonidan saqlanib boriladi.

Kim nimani egasi bo'lsa, usha odam o'z mahsuloti orqali kerakli ma'lumotlarni ko'ra oladi, misol uchun, siz sayt egasi bo'lsangiz foydalanuvchilar haqidagi ma'lumotlarni ko'ra olasiz, agar siz internet provayderda ishlasangiz, sizning internetdan foydalanayotgan barcha foydalanuvchilarni nazorat qila olasiz.

Bundan kelib chiqadiki, agar sizning kompyuterdan kimdur foydalansa, yoki siz birovning kompyuterini ishlatsangiz, siz kirgan saytlar brauzerda saqlanib qoladi va uni kompyuter egasi ko'rishi mumkin.

Brauzerda kirilgan yo'llarni o'chirib tashlash mumkin, "Очистить историю" qilinadi, tamom, lekin ba'zida bu ishlarni qilish esdan chiqadi, yoki ortiqcha ishdek tuyuladi. Buni oldini olish uchun, brauzerga, kirilayotgan web sahifalarni saqlama degan buyruq berish mumkin. Bu buyruqni, "mehmon rejim"(Гостевой режим) imkoniyatini yoqib qo'ygan holda berish mumkin.

Bu rejimda, siz kirgan saytlar, cookie fayllar saqlanib qolinmaydi, Google Chrome brauzerida, bu rejim orqali kirish quyidagicha amalga oshiriladi:
1. Google Chrome yorlig'i(ярлык)ni ustida sichqonchani o'ng tugmasi bosiladi va "Свойства".
2. "Ярлык" vkladkasiga o'tiladi.
3. "Объект" degan qismida, dasturni ishga tushirish adresi yozilgan bo'ladi, shu qatorni oxiriga borib, qo'shtirnoqdan so'ng, probel tashlagan holda, --guest deb yoziladi va "Применить" →OK.

Shundan so'ng, shu yorliq orqali Google Chrome ochilsa, brauzer "mehmon rejim"da ishlaydi, bu haqida brauzerni ochganingizda, yozilib turgan matn orqali bilib olishingiz mumkin.

👉 @informatika
Ko'zingiz toliqmasligi uchun, monitorni qanday o'rnatish lozim
#kerakli

Ko'pchilikning ish faoliyati kompyuter bilan bog'liq bo'lib ketgan, bu degani biz 8-10 soatlab monitorga qarab ishlashga majburmiz. Shunday ekan, monitor joylashuviga ahamiyat berishimiz lozim.

Monitorni qanday joylashtirish bo'yicha quyidagi maslahatlar mavjud:
— Monitor 50-70 sm uzoliqkda joylashishi lozim;
— monitor markazi sizning ko'zingiz balandligida yoki biroz yuqoriroq joylashishi kerak;
— monitor ekraniga quyosh nuri to'g'ridan-to'g'ri tushmasligi shart;
— monitor ekrani, ko'cha oynasiga qarama-qarshi joylashmasligi lozim;
— monitordagi havo chiqadigan teshiklarini yopib qo'ymang;
— monitorni tez-tez changdan tozalab turing;
— monitorning bir qismi yoriq ikkinchi qismi qorong'iroq holatda joylashishiga yo'l qo'ymang.

👉 @informatika
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Naushnikda musiqa tinglash qanchali zararli ekanligi va nima qilish kerakligi haqida video rolik

Video rus tilidagi yozuvlar bilan taqdim etilgan, rus tilini bilmaydiganlar uchun qisqacha:

Quloqning ichigacha kiradigan naushniklarda uzoq vaqt musiqa tinglash, quyidagi zararli oqibatlarga olib keladi:
• Quloqning o'rta qismi zararlanadi;
• asab tizimi zararlanadi;
• eshitish retseptorlariga zarar yetkazasiz.

Nima qilish kerak:
1 soatdan ortiq naushnikda musiqa tinglamang;
musiqa ovozini 80 detsibeldan baland qilmang.
hajmli naushniklardan foydalaning.

👉 @informatika
​​Men bu ishlarni bilmasdan qildim, siz bunday qilmang
#tajriba #foydali

16 yillik tajribamda, kompyuter bilan sodir etgan eng yomon xatoliklarimni sanab beraman, bularning deyarli ko'pi, kompyuter bilan endi tanishgan paytlarimda bo'lgan, lekin hozir ham aktual.

Maqsad, siz bunday xatoliklarga yo'l qo'ymasligingizni oldini olish, diqqat bilan o'qing va o'zingizga xulosa qiling:

1. Eng birinchi xato kompyuter sotib olishdan boshlangan, sotuvchi dollarda narh etgan, men esa so'mda tushunib kam pul oborganman va ikki martta ovora bo'lganman(2004 yillar).

2. Kompyuter monitori katta hajmli bo'lar edi va ustiga narsa yopib qo'yish moda edi, lekin ishlayotganda ustidagi matoni olib tashlash lozim bo'lgan, sababi qizigan issuq havo tashqariga chiqishi kerak edi. Men esa, matoni olib tashlamay ishlar edim, natijada monitorning orqa plastmas korpusi qorayib erishni boshlagan.
Xulosa, havo chiqadigan teshiklar ochiqligiga e'tibor bering, ayniqsa kompyuter keysini orqa qismini devorga yopishmaganiga e'tibor bering, notebook teshirklarini yopib qo'ymang.

3. Windows XP tizimiga ikkita antivirus: Kaspersky va DrWeb o'rnatganman va kompyuter darhol qotib qolgan, keyin qo'shni usta chiqib, bittasini "Безопасный режим" orqali o'chirib bergan. Demak, hech qachon ikkita antivirus(!) o'rnatmang.

4. U paytlarda katta hajmli fayllarni vinchester orqali ko'chirar edik, qandaydir o'yin yozish uchun qo'shnimni vinchesterini olib keldim va ulamoqchi bo'ldim. Keys ichida joy kichik bo'lgani uchun, o'z vinchesterimni oyog'im ustiga quydim, qo'shnimnikini yaxshilab joylashtirdim, kompyuterni yoqdim va oyog'imni sal qimirlatgan edim, vinchesterim tushib ketti va ichidagi ma'lumotlar bilan birga vinchester uxladi, rosa yig'laganman.
Demak, vinchester juda nozik narsa, sal zarb yesa ichidagi disklar zarar ko'radi va axlatga tashlanadi.

5. Radiodetal, svetodioadlarga qiziqqan paytim, kompyuter blok pitaniyasiga kop svetadiodlarni ulay boshladim, kompyuter ichi "светомузыка" bo'lib ketdi, juda chiroyli manzara, lekin navbatdagisini ulash jarayonida xatoga yo'l qo'ydim va blok pitaniyadan ajraldim(.

6. Kompyuterimdagi birinchi muammo, o'yin paytida qotib qolish odatini chiqardi, sababini hech kim bilmasdi, internet ham yo'q.
Maslahat berishdi, platadagi kondensatorlar ishdan chiqqan, shunda sal ishgan kondensatorlarni almashtishga qaror qildim va markasi bo'yicha qidirib topdim(o'sha paytda Toshkentdagi barcha radiodetal do'konlarini qayerdaligini bilib oldim) va almashtirdim, lekin muammo hal bo'lmadi.

Shu muammo bilan bitta tanishimga kompyuterimni berib yubordim.
Aslida muammo protsessorda edi, ham juda kuchsiz ham qizib ketadigan Celeron protsessori edi.

7. 2010 yil  Notebook sotib oldim va shu yilning o'zida akkumlyatorini buzdim, sababi tokka ulagan holda tinmasdan o'yin o'ynadim va akkumlyator zaryad ushlamay qoldi.

☝️Bu xatolarni qilishdan tiyiling, birovning xatosidan o'rganing!

👉 @informatika
​​Google Chrome brauzeridan eslatmalarni o'chiramiz

Guruhda, shaxsiy yozishmalarda, ko'p savollar Chrome brauzeridan tez-tez chiqib qoladigan eslatmalar haqida bo'lmoqda. Shu eslatmalarni o'chirishni ko'rsataman, dastlab bular nima, qayerdan paydo bo'layotgani haqida.

Siz biror saytga kirdingiz sayt sizga darhol kichik oynachada savol beradi:
Siz shu saytdagi yangiliklardan habardor bo'lishni hohlaysizmi?
Bu savol rus, ingliz tilida bo'lishi mumkin, siz tezroq saytni ko'rish uchun "ha, roziman" degan so'zlarni bosasiz, so'ng sayt ochiladi, siz hursandsiz, lekin oqibat nima bo'lishidan bexabarsiz.

Bu holatda nima bo'ladi? shu saytga qo'shiladigan har bir yengilik, sizga xabar beriladi(eslatiladi, "уведомления"), oddiy sayt bo'lsa yaxshi, agar biror xunukroq sayt bo'lsachi?

Bu virus ham, aldov ham emas, chunki siz o'zingiz rozi bo'ldingiz, bu oddiy e'tiborsizlik. Demak, shu eslatmalarni o'chiramiz, dastlab kompyuter uchun o'chirishni ko'rsataman:

1. Google Chrome brauzerini ochamiz va menyu(yuqori o'ng burchakdagi vertikal uch nuqta)bo'limiga kiramiz.
2. "Настройки" bo'limiga kiramiz va chap tomon menyusidan "Конфиденциальность и безопасность"ga kiramiz va o'rtadan "Настройки сайта"(yoki "Настройки контента") bo'limiga kiramiz.
3. U yerdan "Уведомления" qismini ochamiz va barcha eslatmalarni o'chirish uchun "Сайты могут запрашивать разрешения на отправку уведомлений"ni o'chiramiz, yoki quyi qismidan har bir sayt uchun alohida politika o'rnatamiz, kimlaga ruhsat, kimlarga yo'q.

Android tizimida qanday o'chirish kerakligi, quyida video ko'rinishida berilgan.

👉 @informatika
Dasturlarni doimo to'liq ekran ko'rinishida ochish
#kerak_bolib_qoladi

Agar bilsangiz, biror dasturni, misol uchun Google Chrome'ni ochib, uni o'lchamini(Chrome oynasini) kichikroq qilib, yopib, qaytadan ochsangiz, qanday o'lchamda yopgan bo'lsangiz, o'sha o'lchamda qayta ochiladi.

Dasturlar shunday sozlangan, lekin buni o'zgartirish mumkin, ya'ni istalgan o'lchamda dasturni yopsangiz ham, qayta ochilganda to'liq ekranda ochiladi. Buning uchun:

1. Dasturni ishga tushiradigan yorliq ustiga sichqonchani o'ng tugmasini bosasiz va "Свойства".
2. "Ярлык" vkladkasiga o'tiladi.
2. Bu vkladkadagi "Окно" degan qismini "Развернутое на весь экран" bandiga o'zgartiramiz.
3. "Применить" va OK.

Shundan so'ng, belgilagan dasturingiz har safar ishga tushirilgandan to'liq ekranda ochiladi.

☝️Istalgan oynani, Win+yuqori strelka orqali to'liq ekran ko'rinishiga keltirish mumkin.

👉 @informatika
​​Windows'da siz bu nomdagi fayl va papkalar ocholmaysiz

Microsoft'ning dastlabki MS-DOS operatsion tizimidan qolib ketgan kiritish va chiqarishga oid nomlar hali ham zaxiralangan hisoblanadi va siz bu so'zlarni papka, hamda fayllarga beraolmaysiz.

1. con - console so'zining qisqartmasi, kiritish chiqarish qurilmasiga tegishli.
2. prn - printer papkasi.
3. aux - kiritish chiqarish uchun yordamchi port.
4. nul - qiymatsiz natija.
5. com1-com9 - ketma ket ulanishli port
6. lpt1-lpt9 - parallel ulanish porti.

☝️ Ko'p saytlar con so'zini Bill Gates'ga yoqmaydigan so'z bo'lganligi uchun shunday deb yozishadi, vaholanki bu DOS tizimidan qolib ketgan console so'zi.

Endi biror papka ochingd-a, nomiga yuqoridagilarni berib ko'ring.

👉 @informatika
Talablarga binoan onlayn kurslar orasida eng ilg‘orlari va menga yoqqanlarini taqdim etaman, marhamat:

https://www.coursera.org – menimcha onlayn bilim resurslarning eng yetakchisi. Materiallar asosan ingliz tilida, ammo rus, turk, xitoy, ispan, arab va boshqa tillarda ham dasturlar topiladi. Kurslarni tekin o‘tish mumkin, pullik o‘tsa mutaxassislik diplomini beradi. Leksiya, seminar, proyekt, test, talabalar kollaborasiyasi ishlari yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Dasturlar faqat tasdiqlangan universitet kollejlar.

https://www.udemy.com - ham Coursera-ga o‘xshagan ammo dastur egalari universitet bo‘lishi shart emas. Mayda ixtisoslik bo‘yicha materiallar ko‘p. O‘zingizning shaxsiy dasturlaringizni joylashtirish mumkin. Pullik dasturlar bo‘lgani bilan tekinlarini topish mumkin, qidirishda FREE/BESPLATNO opsiyasini bosib qo‘ysangiz bo‘ldi.

https://www.udacity.com – IT sohasi uchun kuchli platforma. Boshqa bilimlar ham bor. Asosan pullik, ammo tekin narsalar chiqib qoladi.

https://www.edx.org/ - Harvard, MIT va boshqa “kibor” universitetlar onlayn kurslariga mo‘ljallangan. Pullik, lekin tekin dasturlar ham joylab turishlarini ko‘rganman.

https://online.stanford.edu/courses o‘z nomi bilan Sendford, turli sohalarda tekin kurslari bor.

https://postnauka.ru – menimcha ilmiy ommabop videolar platformasi ichida eng zo‘rlaridan. Kurslar va o‘yinlarni ham joylaydigan bo‘lishgan. Ingliz tilida ham kontent bor. Videolari youtube-da taqagan.

https://ru.khanacademy.org va https://www.ted.com larni bilmaydiganlar bo‘lmasa kerak... (o‘zbek tiliga ba’zi videolari o‘girilgan).

https://netology.ru/courses rus tilida amaliy kurslar. Tanishlar maqtagan. Asosan pullik, lekin bepul kurslari ham bor.

Albatta bular hammasi emas! Vaqtingizni bekor ketkazmang!
Jamshid Muslimov

👉 @informatika
Simli yoki simsiz sichqoncha, qaysi biri ma'qul
#tanlov

Kompyuter sichqonchasini sotib olishda, uning imkoniyatlari, qulayliklari, tezligi, tashqi ko'rinishidan tashqari, yana uning ulanish bo'yicha ham tanlov mavjud. Ulanishi odatda 2 xil ko'rinishda bo'ladi: simli, simsiz(bluetooth, wi-fi orqali).

Qaysi birini olish kerak? degan savol har doim turadi, hoh u kompyuter sohasiga endi kirib kelgan bo'lsin, hoh professional bo'lsin.

Ushbu postda yuqoridagi savolga javob qidirib ko'ramiz, demak birinchisi simli ulanish:
Avzalliklari:
— Signallar uzatish tezligi ancha tez, so'nishlar yo'q desa ham bo'ladi;
— ishlash davomiyligi uzoq va ishonchli;
— harakatlanishdagi aniqlik;
— narxining biroz arzonligi.

Kamchiliklari:
— Sim orqali ulanish, ishlash uzoqligini cheklab qo'yadi, maksimum 2-3 metr;
— simlarning osilib yotishi;
— sim ancha chang yig'adi, uni tozalab turish lozim;
— tartibsiz ishlatish natijasida, ulanish joylaridagi nosozlik.

Simsiz ulanishga ega bo'lgan sichqoncha uchun:
Avzalliklari:
— 10m masofagcha uzoqlikdan turib foydalanish mumkin, ayniqsa proyektrlar bilan ishlaganda bu bilinadi;
— odatda ixcham ko'rinishda ishlab chiqariladi;
— tozalash ishlari kam bajariladi, kompyuterdan uzib turish ham talab etilmaydi;

Kamchiliklari:
— Narxi biroz qimmat;
— har xil svetodiodlar bilan bezalmagan, chunki batareyani ortiqcha sarflashdan saqlanish lozim;
— batareya(akkumlyator) quvvatini nazorat qilib borish lozim;
— bluetooth bilan ishlaydigan boshqa qurilmalar bilan signallar tutashishi(помех) mumkin;
— aniqlik darajasi simliga qaraganda past, chunki havo orqali so'nishlar bo'ladi;
— har xil qo'shimcha tugmalar kamroq bo'ladi, bu ham batareya quvvatini saqlash uchun.

Yuqoridagi sabablarni tahlil qilib, o'zingizga keragini tanlayverasiz, qaysi sohaga qaysi tur sichqoncha kerakligi haqida, qiziq bo'lsa, keyinroq yozib o'taman.

☝️Yozilmagan qonun bor, har doim eng kerakli paytda, simsiz sichqonchaning batareya quvvati tugab qoladi).

👉 @informatika
☝️Microsoft Word dasturining ancha foydali funksiyalarini yozishni davom ettiraman. Bu haqida yozishni boshlagan edim, endi davom ettiraman.

📒 Word dasturida ishlash jarayonida, Windows'da ochiq turgan istalgan oynani rasmini avtomat ochiq turgan Word xujjatiga tezda tashlash mumkin.
Matn terish jarayoningizda sizga ochiq turgan biror oynaning rasmi kerak bo'lib qolsa, "Вставка" ➡️ "Снимок" tugmasini bosasiz va u yerdan ochiq turgan aynan qaysi oyna kerakligini tanlaysiz va rasmini xujjatingizda ko'rishingiz mumkin bo'ladi.

📒 Microsoft Word dasturida bajarilgan biror harakatni yana qaytarish funksiyasi.
Misol uchun biror so'z yozdingiz, biror shakl chizdingiz, shu ishni yana qaytarish uchun F4 tugmasi bosishning o'zi kifoya. Shunda oxirgi chizilgan rasm yoki yozilgan so'z yana qaytariladi.
Yana misol, biror so'zni o'chirdingiz, shundan so'ng F4 tugmasini bossangiz o'chirilgan so'z nechi simvolli bo'lsa, shuncha simvol yana o'chiradi.

📒 Word dasturida sahifalar(varoq) bilan ishlash uchun ba'zi tugmalar:
CTRL + Page Up - oldingi sahifaga o'tadi
CTRL + Page Down - keyingi sahifaga o'tadi
CTRL + Alt + Page Up - kursor turgan sahifani boshiga o'tadi
CTRL + Alt + Page Down - kursor turgan sahifani oxiriga o'tadi.
CTRL + Home - birinchi sahifaga o'tadi.
CTRL + End - oxirgi sahifaga o'tadi.
CTRL + Enter - istalgan joyda bu tugmalarni bossangiz, yengi sahifa ochiladi(sahifani o'ratasida bo'lsangiz Enter bosib oxirigacha tushish shartmas)

📒 Word xujjatiga parol qo'yish.
Файл ➡️ Сведения ➡️ Разрешения ➡️ Защитит документ ➡️ Зашифровать паролем

📒Word dasturini tez ochish:
Пуск ➡️ Выполнить ➡️ winword

☝️Yuqoridagi funksiyalar Microsoft Word 2010 va 2016 versiyalarda tekshirib ko'rilgan, qolgan versiyalarida ham katta ehtimol bilan ishlaydi.
#microsoft #word

👉 @informatika
Ish paytida ishlagingiz kelmasa, aybni kompyuterga ag'daring
#qiziq_info #lifehack

Ko'pchilikning ish jarayoni, kompyuterga uzviy bog'liq, agar kompyuter bilan muammo bo'lsa, yoki tok o'chib qolsa, ko'pchilik bekorchi bo'lib qoladi. Ishxonalarda tok uzilishini oldini olib qo'yishadi, lekin kompyuter bilan muammoni istalgan paytda amalga oshirish mumkin.

Kompyuter bilan sodir bo'ladigan muammolarni, kompyuter ustasini chaqirib tez hal qilish mumkin, lekin shunday muammolar borki, uni yechimi faqat kutish, usta ham kuting deb chiqib ketadi.

Bu qanday holat ekan deb qiziqdingizmi?
Bu operatsion tizimni yangilash(update) bilan sodir bo'ladigan holat, bunda operatsion tizim yangilanmoqda kuting, degan yozuv chiqadi va siz qanday martabadagi foydalanuvchi bo'lsangiz ham kutishingiz kerak.

Bu holatni sun'iy ravishda hosil qilish mumkin:
1. https://fakeupdate.net/ nomli saytga kirasiz.
2. O'ng tomonda kompyuteringizga qanday operatsion tizim o'rnatilgan bo'lsa(Windows 7, Windows XP, Windows Vista, Linux,...) o'sha tizim yangilanishini tanlaysiz.
3. Brauzerda shu tizim yangilanishi amalga oshirish boshlanadi, F11 tugmasini bosgan holda, bu holatni to'liq ekranga o'tkazasiz va siz istalgan vaqtgacha bo'shsiz.

👉 @informatika
​​Sichqoncha kursorini klaviatura yordamida boshqarish

Agar biron-bir sababga ko'ra sichqoncha kursorini klaviaturadan boshqarish kerak bo'lsa (masalan, simsiz sichqonchaning batareyasi tugagan bo'lsa), unda Windows 10 tizimida ushbu funksiyani faollashtirishingiz mumkin.

Buning uchun, Win+I yordamida sozlamalarni oching va "Специальные возможности -> Мышь" bo'limiga o'ting.

Sichqoncha kursorini klaviatura yordamida boshqarish imkoniyatini yoqing. Ko'rsatkich tezligini va tezlanishini sozlang. Shuningdek, ushbu sahifada siz ba'zi parametrlarni sozlashingiz mumkin.

Sichqoncha kursorini boshqarish qo'shimcha raqamli klaviatura yordamida amalga oshiriladi. 4, 6, 8, 2 - chapga, o'ngga, yuqoriga va pastga. 7, 9, 3, 1 - diagonal bo'yicha. 5 - sichqonchani bosish.

👉 @informatika
Kompyuter sichqonchasining dumaloq qismi nimalar qila oladi?
#foydali

Hozirgi sichqonchalarning chap va o'ng tugmasidan tashqari, ularning o'rtasida dumaloq qismi ham mavjud. Bu qismni siz nafaqat aylantirishingiz, balki bosishingiz ham mumkin.

Ko'pchilik, sichqonchaning bu imkoniyatidan foydalanmaydi, balki bilmas, quyida ushbu aylanadigan tugma nimalar qila olishini yozib o'taman:

— Dumaloq qismni aylantirish orqali, uzun sahifalarni quyi va yuqoriga o'tkazishingiz mumkin;
— ushbu qismni aylantirmasdan, balki bosib, va sekin sichqonchani yuqori va pastga sursangiz, uzun sahifalar avtomat o'tishni amalga oshiradi.
— brauzerlar vkladkasini, sichqonchani dumaloq qismini bosgan holda yopish mumkin(vkladkani istalgan joyida bosilsa, yopilaveradi, x tugmani bosish shart emas);
CTRL tugmasini ushlab turgan holda, sichqonchani dumaloq qismini aylantirish orqali, yozuv yoki ob'yektlar o'lchamini o'zgartirish mumkin;
— Internet saytlaridagi havolalarni, sichqonochaning dumaloq qismini bosgan holda, yangi vkladkada ochish mumkin;
— brauzerlarda, "Назад" tugmasini, sichqonchaning dumaloq qismi bilan bosilsa, oldingi sahifa alohida vkladkada ochiladi;
— brauzerning, "Обновить" tugmasi, sichqonchaning dumaloq qismi bilan bosilsa, shu sahifaning yangilangan holati, yangi vkladkada ochiladi.

👉 @informatika
​​Juda kerakli sozlashlarni, yorliq ko'rinishida ish stoliga chiqarib qo'yish
#ancha_foydali

Ko'p ishlatiladigan dasturlar, xujjatlar, o'yinlar, musiqa fayllari, odatda, yorliq ko'rinishida ish stoliga chiqarib qo'yiladi, bu to'g'ri tanlov, lekin bu bilan ish stolingizni to'latib tashlamang, aks holda u yerdan ham kerakli xujjatlarni topish qiyinlashadi.

Windows tizimini sozlash uchun, ancha imkoniyatlar mavjud, faqat bu imkoniyatlarni qidirib topish lozim. Quyida ba'zi sozlashlarni(ko'p ishlatiladigan) yorliq ko'rinishida ish stoliga chiqarib qo'yishni ko'rsataman.

1. Ish stolida sichqonchani o'ng tugmasini bosammiz va:
Создать → Ярлык
2
. "Укажите расположение объекта:" qismiga nimani yorlig'ini chiqarish kerakligi yoziladi, quyida qanday kalit so'z yozilsa, nimani yor'lig'ini ish stoliga chiqarish mumkinligini keltirib o'taman:
ms-settings: - "Параметры Windows" asosiy sozlash oynasini chiqarish;
ms-settings:display - "Дисплей" ekranni sozlash oynasi;
ms-settings:sound - "Звук" ovozni sozlash oynasi;
ms-settings:mousetouchpad - "Мышь" sichqonchani sozlash oynasi;
ms-settings:network - "Сеть и интернет" tarmoqni sozlahs oynasi;
ms-settings:personalization-background - "Фон" ish stoli fonini o'zgartirish oynasi;
ms-settings:personalization-start - "Пуск" menyusini sozlash;
ms-settings:taskbar - "Панел задач" oynasi;
ms-settings:dateandtime - "Дата и время" oynasini chiqarish;
ms-settings:windowsupdate - "Центр обновления Windows" oynasini chiqarish;
ms-settings:windowsdefender - "Защитник Windows" oynasini chiqarish;
ms-settings:privacy-accountinfo - "Сведения учетной записи" oynasi;
ms-settings:easeofaccess-keyboard - "Клавиатура" oynasi;
vahokazo.
3. Kerakligini yozasiz va "Далее".
4. Faylga nom berasiz va "Готово".

Ish stolida siz tanlagan sozlash oynasi paydo bo'ladi, shu orqali kerakli sozlashni tez ishga tushirishingiz mumkin.

👉 @informatika
Forwarded from Nursaidov.uz
Kids English.apk
29.2 MB
Farzandlaringiz uchun ingliz tilini o'rganishning qiziqarli va interaktiv usulini qidiryapsizmi? Bizning "KIDS LEARNING GAME" ilovamizni sinab ko'ring.

Ilovamizda bolalarning ingliz tilini ko‘nikmalarini oshirishga yordam beradigan qiziqarli mashg‘ulotlar va o‘yinlar mavjud.

Rangli grafika va interaktiv oʻyin bilan bizning ilovamiz ingliz tilini oʻrganishni barcha kichik yoshdagi bolalar uchun qiziqarli va kerakli tajribaga aylantiradi.

Xo'sh, nimani kutyabsiz? Kids Learning Game ilovamizni yuklab oling va farzandingizga ingliz tili o'yinini sovg‘a qiling.

@Nursaidovuz
Kanal qaytarib olindi.

Bugundan boshlab kanal @Nursaidovuz tomonidan yuritiladi.

Informatika va AT yo'nalishida davom etamiz
Forwarded from Informatika va AT
Word, excel va power pointda ma'lumotlarni avtomatik saqlashni o'rganamiz!

👉 Video:
https://youtu.be/mF2OCiflbx0

#word #excel #powerpoint #autosave #hack

Ko'pincha, agar dastur tasodifan yopilsa, ma'lumotlarning bir qismi saqlanmaydi.
Buning oldini olish uchun dasturga hujjatni har daqiqada avtomatik ravishda saqlashga ruxsat bering.