Yoshlarimizning ko'pchiligi O'zbekistondan surmoqda, surishga tayyorlanmoqda va surishni eng ma'qul variantlarini ko'rib chiqishmoqda.
Hozirda surishning eng oson yo'li o'qishga topshirish varianti hisoblanadi. Chunki o'qish orqali ketish, o'sha yerda qolishga imkon yaratmoqda.
Lekin o'qishga topshirishda har xil firmalarga murojaat qilib qanchadir summa hisobiga hujjatlarini universitetga jo'natish xizmati tashkil qilingan. Afsuski bunga hammani qurbi yetmasligi aniq.
Demak MARIFAT JAMALDAN Amerika va boshqa chet el universitetlariga bepul hujjat topshirish haqida bepul kurs tayyorlanmoqda, buning uchun sizdan quyidagi video ostida izoh yozish sharti qo'yilyapti. Ushbu shart juda oddiy. Izoh yozing va bepul SURING!
🗳https://www.youtube.com/watch?v=fjRrd_UdtVQ
👉 @informatika

👍33😢7
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
1996-yil Microsoft reklamasi Word, Excel, Internet Explorer va shu kabi turli mahsulotlarni namoyish etmoqda 🔥
Nostalgiyadan shunchaki zavq oling 😍
👉 @informatika
Nostalgiyadan shunchaki zavq oling 😍
👉 @informatika
👍31
"Диспетчер задач" orqali, "Командная строка" va "Выполнить" oynalarini ochamiz
#kerak_bolib_qoladi
Shunday vaziyatlar bo'ladiki, "Диспетчер задач" oynasidan boshqa hech qaysi oyna ochilmaydi, hattoki "Пуск" menyusi ham.
Bu vaziyat asosan, kompyuter zararlanganda, qandaydir xatolik bilan ishlaganda kuzatiishi mumkin, vaziyatdan chiqib ketish uchun, bizga "Выполнить" oynasi ochilsa bas, demak "Диспетчер задач" oynasi orqali "Выполнить" oynasini ochamiz:
1. Ctrl+Shift+Esc orqali, "Диспетчер задач" oynasini chaqiramiz.
2. Oynadan, "Файл"→ "Запустить новую задачу(Новая задача)" bo'limiga kiramiz, shunda sizga biz bilgan "Выполнить" oynasi ochiladi.
Shu tariqa "Командная строка" oynasini ochish ham mumkin, bunda "Запустить новую задачу" bo'limi CTRL tugmasini bosgan holda ishga tushiriladi.
Windows 10 tizimida tekshirib ko'rildi.
Akmal Xudoyberganov

👍18😁1
Windows tizimida, biror dasturni ishga tushirishni bloklash
#kerakli
Bitta kompyuterdan bir necha foydalanuvchi foydalanganda, ko'p kelishmovchiliklar bo'ladi: fayllarni o'chirib yuboradi, dastur sozlashlarini o'zgartirib yuboradi, biror faylni biror dasturda ochib ichini o'zgartirib tashlaydi va hokazo.
Bu postda, shu muammolarni birini yechishni yozib o'taman, ya'ni biror dasturni ishga tushirishni bloklash. Bu usul yosh bolalarni nazorat qilishda ham ancha foydali sanaladi.
Demak, notepad va Word dasturini ishga tushirishni bloklaymiz:
1. Win+R → gpedit.msc va Enter tugmasi bosiladi.
2. Ancha sozlashlarni amalga oshirish mumkin bo'lgan oyna ochiladi, bu oynaning chap menyusidan quyidagi papkaga kiriladi:
Конфигурация пользователя > Административные шаблоны > Система
3. O'ng tomonda ochilgan menyudan, "Не запускать указанные приложения Windows" parametri ustida sichqoncha ikki martta bosiladi.
4. Ochilgan oynadan, bu parametrni "Включено" orqali yoqamiz.
5. Quyida joylashgan "Показать..." tugmasini bosib, bloklash kerak bo'lgan dasturlarni birin-ketin yozamiz.
❗️Eng asosiy joyi: Dasturlarni, ishga tushiriladigan fayl nomi va kengaytmasini to'liq yozish kerak, bizning misolda, bloknotni bloklash uchun notepad.exe va Word dasturini bloklash uchun winword.exe deb yozamiz(tushunarli bo'lishi uchun, quyida joylashgan rasmga qarang).
6. "Применить" tugmasi orqali, bajarilgan ishlarni saqlaymiz.
Shundan so'ng, Word dastuirni ishga tushirsak, dastur bloklanganligi haqida axborot beriladi.

👍20
Kompyuterdagi resurslarni(CPU, RAM, HDD, Network) doimiy nazorat qilish
#ancha_foydali
Kompyuterning asosiy resurslari bu - tezkor xotira(RAM), protsessor(CPU), vinchester(HDD), tarmoqqa ulangan bolsa, tarmoq o'tkazish oralig'i. Ushbu resurslarni doimiy nazorat qilib borish, ish faoliyatingizni bir tekisda kechishini ta'minlaydi.
Nazorat qilish deganda - har bir resursning qancha qismi ishlamoqda, qanchasini ishlatish mumkin, qaysi dasturlar resurslarni qancha qismini band qilmoqda, disklarga tushayotgan yuklamalar, tarmoq orqali qancha traffik sarf bo'lmoqda va hokazolar tushuniladi.
Resurslarni nazorat qilish uchun, Windows tizimida "Монитор ресурсов" degan juda yaxshi utilita mavjud, ushbu utilita ishlashini yaxshilab tushunib olsangiz, kompyuterni his qilishni boshlaysiz.
Demak, ushbu utilitani ishga tushiramiz:
1. Win+R→cmd va Enter.
2. Hosil bo'lgan "Выполнить" oynasiga "resmon" deb yozamiz va Enter.
Shundan so'ng, sizga yuqorida sanalgan resurslarni online monitoring qilish oynasi ochiladi. Bu oyna orqali har bir resurs ishlashi haqida to'liq axborot olishingiz mumkin.
☝️Ushbu utilita Windows 10 tizimida ishlatib, tekshirib ko'rildi. Kompyuter sekin ishlashida, virus dasturlarni aniqlashda ushbu utilita ancha foydali bo'ladi, dastlab, ishlash mexanizmini yaxshilab tushunib oling.

👍14❤2
Meta 11 ming
Google 12 ming
Amazon 18 ming
Microsoft 10 ming
kishini ishdan haydadi.
«Keyingi 5 yilda minglab o‘zbeklar gigant ayti kompaniyalarda ishlaydi» degan edim kun.uz dagi intervyuda.
Shu bashoratni 3 yilga o'zgartirmoqchiman. Lekin nega?
Butun dunyoda FAANG kompaniyalari ishchilarini qisqartirayotgan bir paytda, Varshavada ular yangi ofislarini ochmoqda.
Ilgari FAANGda ishlash uchun avval AQShga borishingiz kerak bo'lgan bo'lsa, endi ko'proq imkoniyatlar Yevropada bo'ladi. Chunki buyerdagi dasturchilar "arzonroq". Google Varshavada katta bir binoni sotib oldi, Amazonda Polshani o'zida 6ta offisi bor - yana ko'payadi.
AQShga viza muammo bo'lganligi uchun O'zbekistondagi dasturchilarga qiziqish bo'lmagan. O'zbekistondan Yevropaga olib kelish ancha osonroq va bizning bozorga qiziqish ancha ko'payadi.
Tayyor turing!
© Azimjon's Fikrlog

👍39🔥1👏1
Kompyuterga smartfon naushnigini ulab, mikrofon imkoniyatini ishlatish mumkinmi?
#kerak_bolib_qoladi
Smartfon naushniklarida, ham mikrofon ham naushnik imkoniyati mavjud. Shu sababli, siz naushnik orqali do'stingiz bilan bemalol gaplasha olasiz, sizning gapingizni do'stingiz eshitadi va siz ham do'stingiz gaplarini muammosiz eshitasiz.
Shu naushnikni kompyuterga ulaganda, ko'pchilik, naushnik mikrofoni kompyuterda ishlamaydi deb o'ylaydi, lekin bunday emas, siz faqat texnik tomondan bu imkoniyatdan foydalanmayotgan bo'lasiz.
Kompyuterda naushnik va mikrofon uchun alohida port mavjud(odatda, dumaloq yashil va pushti rangda), siz naushnikni, aynan naushnik portiga ulaysiz va kompyuter chiqarayotgan ovozni eshitasiz, mikrofon esa ishlamaydi, chunki siz naushnikni mikrofon portiga ulamadingiz. Agar mikrofon portiga ulab, biroz sozlash ishlarini qilsangiz, naushnikni mikrofon imkoniyati ishlaydi, lekin ovoz eshtilmaydi.
Demak, xulosa, naushnikni qaysi portga ulasangiz, usha port imkoniyati ishlaydi(albatta sozlashlardan so'ng).
Agar, sizga naushnikning ikkala imkoniyati kerak bo'lsa, unda siz "переходник" orqali ulashni amalga oshirishingiz kerak. "Переходник" ko'rinishini, quyida rasm qilib beraman, bu "переходник" kompyuter qurilmalari sotiladigan do'konlarda bo'ladi. O'zim 3,4 yil oldin, Toshkentdagi "Malika" savdo majmuasidan olgan edim.
Naushnikni "переходник"ga ulaysiz va ikkinchi uchini, kompyuterdagi ham mikrofon ham naushnik portiga ulaysiz, shunda naushnikingizning ikkala imkoniyati ham ishlaydi.
☝️Naushnikni ulashning texnik usulini yozib o'tdim, agar ishlamasa, qanday sozlash kerakligini internet orqali topib olishingiz mumkin. Ba'zi kompyuter va notebook'larda naushnik va mikrofon porti birlashtirilib, bitta port qilingan bo'ladi, bunda naushnigingizni ulab, ikkala imkoniyatdan foydalanishingiz mumkin.

👍31👨💻3🔥2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Notebook ekranini yopishda, ekranning o'rtasidan bu ishni amalga oshiring, bu eng xavfsiz yopish usuli. Ko'pchilik, ekranning biror chetidan ochib/yopadi, bu ekran qayrilishiga sabab bo'ladi va matritsaga zarar yetkaziladi.
Yana bir P.S. Notebook'ni ko'targanda, hech qachon, ochiq holda ekranidan ushlab ko'tarmang, hattoki biroz surmoqchi bo'lsangiz ham, bu usul ham ekran matritsasini buzilishiga olib keladi, uni tuzatish yaxshigina mablag' talab qiladi.
Akmal Xudoyberganov
👉 @informatika
Yana bir P.S. Notebook'ni ko'targanda, hech qachon, ochiq holda ekranidan ushlab ko'tarmang, hattoki biroz surmoqchi bo'lsangiz ham, bu usul ham ekran matritsasini buzilishiga olib keladi, uni tuzatish yaxshigina mablag' talab qiladi.
Akmal Xudoyberganov
👉 @informatika
👍50🙏6👏1
1994-yil, Bill Gates - CD disk haqida
"Qo'limdagi kompakt disk, meni pastki qismimdagi qog'ozlardan ko'p axborotlarni saqlay oladi" deb tushuntirish bergan edi.

👍49😢3👨💻3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Microsoft Word dasturida matnni alifbo tartibida saralash
Paragraflar yoki sarlavhalarni alifbo tartibida saralash uchun asosiy menyuda Paragraf (абзац) ostida Saralash (сортировка) ni tanlang.
Ko'rsatilgan oynada paragraflar (абзацам) yoki sarlavhalar (загаловкам) bo'yicha saralashni tanlang. So'ngra ko'tarilish (по возрастанию) ni tanlang va OK tugmasini bosing.
Matnni teskari tartibda saralash uchun, o'sha menyuda Z dan A gacha bo'lsa, kamayish (по убыванию) ni tanlang.
Videoni ko'rsangiz barchasini yana ham mustahkamroq tushunib olasiz

👍19🔥2
Forwarded from Bepul onlayn ta'lim
Telegram layfhack...
"Nomerimga Telegramdan tashlab bering, yozib yuboring" deb so'raganda u odamning nomerini kontaktlarga saqlash shart emas.
1. Chrome, Opera yoki boshqa browser'da
t.me/+998XXXXXXX formatida nomerni kiriting va Enterni bosing.
2. O'sha nomerga bog'liq Telegram profil avtomat tarzda ochiladi.

👍37🤔5
Windows tizimiga kirishda, parolni xato terganda, uni bloklash
#foydali
Parol bilan kiriladigan joylarda, maxfiylikni yana oshirish uchun, bir necha marotaba xato parol terilganda, uni bloklash imkoniyati bo'ladi. Misol uchun, 2 marotaba parol xato terilsa, qurilma(dastur) 60 daqiqaga bloklanadi, bu daqiqa ichida to'g'ri parol tersangiz ham ochilmaydi.
Windows tizimida ham bu imkoniyat mavjud, faqat uni sozlash lozim. Quyida, Windows tizimiga kirishda so'raladigan foydalanuvchi paroli 3 marotaba xato terilsa, 30 daqiqaga bloklash qanday amalga oshirilishini yozib o'taman.
1. Win+R → cmd va Enter.
2. Nechi marotabaxato parol terilsa, bloklash lozimligini o'rnatamiz(3 marotaba).
net accounts /lockoutthreshold:3
3. Nechi daqiqaga bloklash lozimligini kiritamiz(minimal qiymat 30 daqiqa, undan kam kiritsangiz xato beradi):
net accounts /lockoutduration:30
4. KIritgan sozlamalarni ko'rish uchun quyidagi buyruqni yozamiz:
net accounts
Shundan so'ng, Windows tizimiga kirishda 3 marotaba xato terilsa, tizimga 30 daqiqa kiraolmaysiz, xatto kompyuterni qayta o'chirib, yoqsangiz ham.
☝️Bu kod ishlidimi, yo'qmi, deb tekshirib yurmang, o'zimda tekshirib ko'rdim, barchasi ishladi, ishlaganligi uchun bu post 30 daqiqa kech yozildi).

👍11😁5🤯2
Forwarded from Informatika va AT (informatika)
Bugun, 28 yanvar, dunyoda Xalqaro shaxsiy ma'lumotlarni himoya qilish kuni (Data Protection Day).
Ushbu kun 1981 - yildan beri nishonlanib kelinadi.
👉 @informatika
Ushbu kun 1981 - yildan beri nishonlanib kelinadi.
👉 @informatika
👏14👍6
Windows "Рабочий стол"ni boshqa diskka ko'chirish
"Рабочий стол" odatda Windows'ning C diskiga joylashgan bo'ladi, bu ba'zi noqulayliklani keltirib chiqaradi. Misol uchun, tizim ishlaydigan C disk to'lib qolishi, Windows'ni qaytadan o'rnatishda kerakli fayllarni o'chib ketishi.
Shu sababli, "Рабочий стол"ni boshqa diskka ko'chirib quyishni tavsiya qilaman, buning uchun:
1. Quyidagi papkani ochamiz: C:\users\farhod
yoki rus tilida
C:\пользователи\farhod
farhod - bu Windows'ga ulangan foydalanuvchi nomi(sizda boshqacha bo'ladi).
2. U yerdan "Рабочий стол" papkasini topamiz va "Свойство"siga kiramiz.
3. Hosil bo'lgan oynadan, "Расположение" vkladkasida "Рабочий стол" qayerga saqlanish kerakligi berilgan.
4. "Переместить" orqali biror boshqa joyni tanlaymiz, misol uchun:
D:\robochiy
5. Shundan so'ng, ko'rsatilgan joyga "Рабочий стол"dagi fayl va papkalar ko'chadi.
Bunda "Рабочий стол" da hech narsa o'zgarmaydi, lekin fayl va papkalar D diskka o'tadi, u yerdan hech narsani o'chirmag, o'chirsangiz "Рабочий стол"dan ham o'chib ketadi.

Forwarded from Flutter dasturchi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#ChatGPT #bu #nima 😳
🧐Ushbu videoni ko'rib, bu nima?, bu qanaqasi? Endi google va boshqa manbalardan ma'lumot izlab yurmaymizmi? Xohlagan dasturlash tilini o'rgata oladimi? yoki boshqa narsalar haqida ma'lumot olsak bo'ladimi? degan savollar chiqishi tabiiy.
💡ChatGPT - to'g'ridan-to'g'ri xohlagan savolingizga aniq javoblar beradi va qadam tavsiflari bilan bog'liq muammolarni hal qiladi.
🥺 Ushbu sun'iy intellekt tez orada juda ko'p kasblarni o'rnini bosishi va juda katta muammolarni hal qilishi mumkin...
📹 Videoda dart tili bo'yicha bilimlarni so'radim. U aniq va o'zbek tilida javob berdi...
@FlutterDasturchi

Ko'pchilik ishlatmaydigan - End tugmasi haqida
#foydali #qisqa_info
Klaviaturada doimiy ishlatiladigan tugmalardan tashqari, kam foydalaniladigan, lekin ancha vaqtni tejaydigan tugmalar ham bor, shulardan biri - End tugmasi.
Ko'pchilik bu tugmadan umuman foydalanmaydi, hatto borligini ham bilmaydi, lekin mani ko'p tanishlarim bu tugmadan faol foydalanishadi, ayniqsa dasturchilarning qalin do'sti).
Bu tugma standart klaviaturalarda "Delete" va "PageDown" tugmalari o'rtasida joylashadi, notebook'larda esa har xil joyda, o'qib topib olarsiz. Ba'zi Notebook'larda bu tugma o'z vazifasini bajarishi uchun Fn tugma bilan birga bosilishi ham mumkin.
Demak, bu tugma bilan quyidagi ishlarni bajarish mumkin:
— End. Kursorni darhol qator oxiriga o'tkazish. Kursor yurishi mumkin bo'lgan istalgan joyda ishlaydi: Word matn muharririda, notepad'da, hattoki brauzerning adres yozadigan joyida.
— Shift+End. Kursor turgan joydan, qator oxirigacha yozilgan barcha yozuvni belgilaydi.
— Ctrl+End. Biror matn muharririda(Word, Notepad), xujjatni oxiriga darhol tushiladi.
Shu ishlarni teskarisini "Home" tugmasi bilan amalga oshirishingiz mumkin.

Kompyuterda tez ishlash bo'yicha qo'llanma - Win tugmasi
Windows operatsion tizimi bilan ishlaganda, ish unumdorligi oshirish maqsadida klaviaturadagi maxsus windows emblemasidan(Win) foydalanshni maslahat beraman.
Bu tugma odatda klaviaturaning chap tomon CTRL va ALT tugmalari o‘rtasida joylashgan. Demak quyidagi kombinatsiyalarni bir marotaba yaxshilab yodlab oling:
Windows 7'da tekshirilgan, qolgan versiyalarida ham ishlashi kerak.
Win - PUSK menyusini ochish yoki yopish.
Win + PAUSE – “Cвойство Windows“ oynasi
Win + D - Ish stolini ko'rish(Barcha oynalar ekranning quyi qismiga tushadi va ish stoli ochiladi).
Win + M - Barcha oynalarni "свернуть" qilish(quyi qismga tushirish).
Win + SHIFT+M - "свернуть" qilingan oynalarni ish stoliga chiqarish.
Win + E - "Мой компьютер" oynasi.
Win + F - fayl va papkalarni qidirish oynasini ochish, (Windows 10'da ishlamaydi).
CTRL+ Win + F - kompyuterlarni qidirish oynasini ochish(tarmoqdagi kompyuterlarni qidirish uchun).
Win + L - kompyuterni blokirovka qilish yoki foydalanuvchini o‘zgartirish uchun ishlatiladi.
Win + R - "Выполнить" oynasini chaqirish.
Win+ T - "Панель задач" (ekranning quyi qismi) dagi dasturlarni birin ketin aktiv holatga o‘tkazish.
Win + biror son - kiritilgan songa mos holda, "Панель задач" da joylashgan shu songa mos keluvchi dasturni ishga tushirish.
SHIFT+Win + biror son - kiritilgan songa mos holda, "Панель задач" da joylashgan shu songa mos keluvchi dasturni yangi nusxasini ochish.
ALT+Win + biror son - kiritilgan songa mos holda, "Панель задач" da joylashgan shu songa mos keluvchi dasturni ochilgan barcha nusxalarini ko‘rish.
Win + TAB - Ishlayotgan barcha dasturlarni 3D ko‘rinishda bir biri bilan almashtirish(Windows 10 da 3d bo'lmaydi).
CTRL+Win + TAB - Ishlayotgan barcha dasturlarni 3D ko‘rinishda bir biri bilan almashtirish, oldin qotirib so‘ng TAB tugmasi orqali o‘tish(windows 10 da ishlamaydi).
Win+ PROBEL - Ish stolini ko‘rish(Faqat shu knopkalarni bosib turgan holda ko‘rish mumkin. Qo‘yib yuborsa yana eski holatga qaytadi) (Windows 10 da tilni o'zgartirish).
Win + YUQORI STRELKA - aktiv oynani to‘liq ekran bo‘ylab ochib beradi.
Win+ CHAP STRELKA - aktiv oynani chap tomon bo‘ylab ochib beradi(chap tomon to‘liq to‘lgan holda).
Win+ O‘NG STRELKA - aktiv oynani o‘ng tomon bo‘ylab ochib beradi(o‘ng tomon to‘liq to‘lgan holda).
Win + QUYI STRELKA - aktiv oynani boshlang‘ich holatga qaytaradi.
Win + HOME - aktiv oynadan boshqa barcha oynalarni ekranning quyi qismiga joylashtiradi("свернуть" qiladi).
Win+ SHIFT + YUQORI STRELKA - aktiv oynani yuqori va quyi qismini ekrannng oxirigacha kengaytiradi.
Win + P - Ekranga chiqarish rejimini o‘rnatish.
Win + U - "Центра специальных возможностей" oynasini ochib beradi(Windows 10 da "Параметры" oynasini ochadi).
☝️Bu qo'llanmani qog'ozga chiqarib, kompyuteringiz oldiga qo'yib qo'ying, kerak paytda qarab-qarab ishlatasiz va yod bo'lib ketadi.

👍1
Simli yoki simsiz sichqoncha, qaysi biri ma'qul
#tanlov
Kompyuter sichqonchasini sotib olishda, uning imkoniyatlari, qulayliklari, tezligi, tashqi ko'rinishidan tashqari, yana uning ulanish bo'yicha ham tanlov mavjud. Ulanishi odatda 2 xil ko'rinishda bo'ladi: simli, simsiz(bluetooth, wi-fi orqali).
Qaysi birini olish kerak? degan savol har doim turadi, hoh u kompyuter sohasiga endi kirib kelgan bo'lsin, hoh professional bo'lsin.
Ushbu postda yuqoridagi savolga javob qidirib ko'ramiz, demak birinchisi simli ulanish:
Avzalliklari:
— Signallar uzatish tezligi ancha tez, so'nishlar yo'q desa ham bo'ladi;
— ishlash davomiyligi uzoq va ishonchli;
— harakatlanishdagi aniqlik;
— narxining biroz arzonligi.
Kamchiliklari:
— Sim orqali ulanish, ishlash uzoqligini cheklab qo'yadi, maksimum 2-3 metr;
— simlarning osilib yotishi;
— sim ancha chang yig'adi, uni tozalab turish lozim;
— tartibsiz ishlatish natijasida, ulanish joylaridagi nosozlik.
Simsiz ulanishga ega bo'lgan sichqoncha uchun:
Avzalliklari:
— 10m masofagcha uzoqlikdan turib foydalanish mumkin, ayniqsa proyektrlar bilan ishlaganda bu bilinadi;
— odatda ixcham ko'rinishda ishlab chiqariladi;
— tozalash ishlari kam bajariladi, kompyuterdan uzib turish ham talab etilmaydi;
Kamchiliklari:
— Narxi biroz qimmat;
— har xil svetodiodlar bilan bezalmagan, chunki batareyani ortiqcha sarflashdan saqlanish lozim;
— batareya(akkumlyator) quvvatini nazorat qilib borish lozim;
— bluetooth bilan ishlaydigan boshqa qurilmalar bilan signallar tutashishi(помех) mumkin;
— aniqlik darajasi simliga qaraganda past, chunki havo orqali so'nishlar bo'ladi;
— har xil qo'shimcha tugmalar kamroq bo'ladi, bu ham batareya quvvatini saqlash uchun.
Yuqoridagi sabablarni tahlil qilib, o'zingizga keragini tanlayverasiz, qaysi sohaga qaysi tur sichqoncha kerakligi haqida, qiziq bo'lsa, keyinroq yozib o'taman.
☝️Yozilmagan qonun bor, har doim eng kerakli paytda, simsiz sichqonchaning batareya quvvati tugab qoladi).

👍3👏1