Informatika va AT
8.73K subscribers
1.09K photos
598 videos
603 files
1.51K links
Informatika va axborot texnologiyalari bo'yicha O'zbekistonda birinchi faoliyatini boshlagan kanalga xush kelibsiz.

Bog'lanish: @Nursaidovuz

https://t.me/Informatika/3

Dasturlash: @FlutterDasturchi
Download Telegram
Dasturchiga matematikadan ko'ra mantiq ko'proq kerakmi? 🤷‍♂️

Barcha matematik jarayonlar mantiqqa asoslanib ishlab chiqilgan bo'lsada, har ikkisi xilma-xil maqsadlarga ega bo'lgan turlicha vositalardir.

Menga qolsa matematika va mantiq bir-birini to'ldiruvchi qarama-qarshiliklar deb aytgan bo'lar edim. Oddiyroq qilib aytadigan bo'lsam matematika mantiqiy aniqliklarni aniqlaydi.

🔸Matematika raqamli natijalarni aniq beradi, ammo jarayon va natijani intuitiv tushuntirmaydi.

🔹Mantiq jarayon va natija haqida ko'proq tushuncha beradi, lekin odatda miqdoriy natijalarning faqat birinchi darajasinigina baholay oladi xolos.

🔸Matematika faqat raqamlar bilan bog'liq masalalar uchun foydalidir, mantiq barcha masalalar uchun foydalidir va asosan ijodiy fikrlash jarayoni bilan juda yaxshi kelisha oladi.

🔹Mantiq intuitiv yolg'on taxminlar tufayli xatolikga moyil bo'lsa matematikada intuitiv noto'g'ri xulosalar paydo bo'ladi.

🔸Matematik formalizm - bu bosqichma-bosqich qat'iy qadam bo'lib, faqat oldinga siljish mumkin.

🔹Mantiq deduksiya va induksiya jarayonlarini o'z ichiga oladi. Shuning uchun, u jinoiy qidiruv yoki boshqa bir muammolarni bartaraf etish kabi holatlar uchun yaxshi instrument. Bundan tashqari, dastur bosqichlarini ishlab chiqish, raqamli qurilmalar uchun integral mikrosxemaning muhandisligi kabi qismlarda ham yaxshigina qo'l keladi.

🔸Matematikani turli metodlar asosida rivojlantirish va uni qismlarga bo'lib o'rgatish mumkin.

🔹Mantiq uchun aniq bir ta'lim shakli ishlab chiqilmagan. Odatda bu hayotiy tajriba va muhit orqali o'rganiladi.

🔸Muammoni hal qilish uchun qancha matematikani qo'llash kerak bo'lsa, yechim shunchalik murakkablashadi.

🔹Muammoni hal qilishda siz qanchalik mantiqqa amal qilsangiz, shunchalik sodda yechim topasiz.

Birinchi savolga qaytsak. Dasturchi uchun matematikadan ko'ra mantiq ko'proq kerakmi?

Ha albatta. Umuman matematikadan xabarsiz odam dasturchi bo'la oladi. Bugungi kundagi yuqori darajadagi dasturlash tillar inson tilidan farq qilmaydi va buyerda matematik hisoblardan ko'ra mantiq yaxshiroq qo'l keladi.

Dasturchi faqatgina hisoblarni yuritishnigina emas muammo uchun tezkor va muqobil yechim topa olishi ham kerak. Bu esa o'z o'rnida matematikaga emas balkim mantiqqa asoslanadi.

Do'stlar bilan ulashing 👉 @kibertexnik
Ko'pchilik doʻstlarimdan sohamni dasturlashga oʻzgartirsammikin degan fikrlarni eshitaman. Ayniqsa, chet elga chiqqanlarning koʻpchiligi bunday hayolga borgan. Ular uchun bu sohaning baland-pastini sohani oʻzgartirishdan avval bilish faqat foyda keltiradi degan oʻy bilan ushbu maqolani yozishga qaror qildim.

Dasturlash — bu sizning biror bir muammoni hal qilish uchun kompyuterning ulkan imkoniyatlarini foydalanish qobiliyati. Buning uchun siz kompyuterga buyruq bera olishingiz kerak. Lekin bu eshitilganchalik oson ish emas. Kompyuter masalani hal qilishda har qanday insondan tez lekin u insonchalik "farosatli" emas. Masalan, Ukangiz yoki singlingizga juda oddiy tuyulgan choy damlashni 2 ogʻiz soʻz bilan buyurasiz. Kompyuterga bunday sodda buyruq ketmaydi: choy damlash qanaqa jarayon ekanligini tushuntirishingiz, vazifani bajarish jarayonida qanday detallardan qay tarzda foydalanishni ikir-chikirigacha tushuntirishingiz kerak. Menimcha, nima demoqchiligimni tushundingiz.

Dasturchi ham yaxshi ijodkor, ham kuchli mantiqli boʻlishi kerak. Rassom yoki haykaltarosh kabi ijodkor ahlining ilhomi kelmay siqilib, ichkilikka berilganini kinolarda yoki hayotda koʻrgan boʻlsangiz kerak. Dasturchilarda xuddi shunaqa holat koʻp boʻladi:

- Ishni topshirish muxlati juda yaqin lekin katta qismi hali tayyormas;
- Kutilmagan muammo chiqdi va uni umuman yechimini topolmayapsiz;
- Koʻpchilik dam olish kunlari dam oladi, yozda oromgohlarga ketadi. Sizda bunday imkoniyat judayam kam boʻladi. Sababi: tinimsiz oʻz ustingizda ishlashingiz, yangi narsalarni oʻrganishingiz kerak. Hindistonning bir shaharchasidagi yigit ham sizning raqobatdoshingiz. Bu soha umuman chegara bilmaydi.

Juda qoʻrqitib yubormadimmi?)) Endi yaxshi tomonlarini aytsam:

- Hech biror narsa yaratib koʻrganmisiz? Agar yaratmagan boʻlsangiz, xafa boʻlmangku, lekin bu dunyoga hali kelmapsiz;
- Borgan sari bilimingiz ortib borayotganini, ustozim Shranet tariflari bilan aytganda, kompyuterning xudosiga aylanib borayotganingizni sezasiz.

Menimcha, agar ushbu xususiyatlar sizda boʻlsa, siz dasturlash sohasiga oʻtishni eplaysiz:

- Maktab paytingizda matematika, informatika yoki fizika kabi fanlarga qiziqqan va yaxshi oʻqigan boʻlsangiz;
- Qandaydir gʻoyangiz boru, uni oʻzingiz amalga oshirishni istaysiz;
- Tasavvur qiling, bu soha "moda"dan qoldi va unaqa katta oylik ham toʻlanmay qoʻydi. Shundayam oʻzgartirishni istasangiz (bunday deyishimga sabab dasturlashni boshlaganingizdan anchagacha yaxshi maosh olishdan umidingizni uzing);
- Umuman olganda, agar siz dasturlashni sevsangiz, bu erkaliklarini koʻtarish unchalik qiyinmas (ichib-chekish ham shartmas).

Endi tasavur qilaylik, bu sizga qiyinday tuyulyapti: osonrogʻi va tezroq pul topish mumkin boʻlgan boshqa shunga oʻxshash kasblar yoʻqmi? Bor, bu haqida keyingi safar.

@yetimdasturchi
Oxirgi 1 oyda juda ko'plab resumelarni ko'rib chiqishga to'g'ri kelyapti.
Ish qidirayotgan dasturchilarga bazi oddiy bo'lgan maslahatlar bermoqchi edim. Aslida ko'pchilik resume yozish haqida ma'lumotlar berishgan, videolar qilishgan.

- linkedin yoki googledan ismingizni yozganda siz haqingizda ma'lumot chiqadigan bo'lsin, chunki resumeda ko'pchilik juda kam ma'lumot yozadi

- github akkaunt ko'rsatgan bo'lsangiz repositorylar ham bo'lsin, bo'sh akkauntni qizig'i yo'q hechkimga

- resume yuborgan korxonaga salgina bo'lsa ham qiziqing, ma'lumot olishga harakat qiling

- biror joyda ishlagan bo'lsangiz "backend dasturchi" yoki "frontend developer" deb qisqagina yozmay, u yerda nima ish qilganingiz haqida qisqacha bo'lsa ham ma'lumot yozing

- portfolioyingizni to'ldiring, local kompyuteringizdagi qilgan ishlaringiz uncha qiziq emas

- biror o'quv markazda darsda qilgan ishlaringizni porfolio sifatida qo'shmang

- suhbatga chaqirishsa, hech bo'lmasa internetdan "interview questions" deb qidirib salgina bo'lsa ham suhbatga tayyorlanib keling
...
yana fikrlar kelsa yozaman
Axborot texnologiyalarining barcha yo'nalishlari bo'yicha foydali, sodda, kerakli hamda zarur videolardan bexabar qolib ketmang. A'zo bo'ling!

👉 https://www.youtube.com/c/Nursaidovuz

@Nursaidovuz
Боши берк кўчага кириб қолганингда ифлос табиатинг фош бўлади.

Фитналар пайтида фикринг қанақалиги фош бўлади.

Ҳокимиятга чиқсанг ахлоқинг қанақалиги фош бўлади.

Молга эришсанг парҳезкорлик ҳақидаги даъвойинг фош бўлади.

Обрўга эришсанг аслу-наслинг қанақалиги фош бўлади.

Қийинчиликда қолсанг ҳақиқий дўстинг кимлиги фош бўлади.

Доктор Мустафо Сибоий роҳимаҳуллоҳ.

Telegram | Muhammad Qodir
Forwarded from SUBYEKTIV
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O’zbekistonda IT mutaxassislar ITdek xor bo’lmasa bo’lgani…

Videodan foydalanganda manba
keltiring❗️©
@subyektivuz
Forwarded from TROLL.UZ
IT бўйича танловда ғолиб болага жуда қимматбаҳо совға беришибди.
-
В конкурсе по IT победителям вручили ооочень ценные призы.

@trolluz
Рассом Фарруҳ Тешаев

Каналга обуна бўлинг👇👇👇
https://t.me/mushtumjurnali
Forwarded from Informatika va AT
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Mendan ko‘pchilik motivasiya haqida so‘rashadi, qanday qilsam, zo‘r bo‘lib ketaman, qanday qilsam, ishlarim rivojlanib ketadi, birim ikki bo‘ladi deb so‘rashadi.

Men sizga aytsam, men buning siri bilmayman, shu sirni o‘rgataman, hayotingiz butunlay zo‘r bo‘lib ketadi, orzu qilishni o‘rganing, ana orzu qilganlar bunday bo‘ladi deb jar solayotgan katta-katta biznesmenlar ham aslida quloqqa lag‘mon osishdan boshqa narsa qilishmaydi.

Chinakam baxt formulasini Abdukarim Mirzayev mana bu videoda aniq va tiniq qilib tushuntirib qo‘yganlar, qolgani bekor, azizlar!

Videoni tomosha qiling va eng kuchli motivasiya nimada ekanligini anglab oling.

@Nursaidovuz
​​Адлия вазирлигида нима гаплар!?

Адлия вазирлиги томонидан "Тенг муомала қилиш ва камситмаслик тўғрисида"ги қонун ишлаб чиқилиб, бир қатор вазирлик ва идорларга келишиш учун юборилибди.

Хусусан, мазкур лойиҳага ДХХнинг таклифидан хулоса қилимиз мумкинки, ушбу қонунни қабул қилишдан мақсад — Ўзбекистонда бир жинсли никоҳни легаллаштириш бўлиб қолмоқда!

Очиғи, охирги пайтларда адлия тизимидагиларнинг хатти-ҳаракатида шубҳали ҳолатлар кўп кузатилмоқда. Хусусан, бундан бир неча ой илгари кўплаб мусулмонларнинг эътирозига сабаб бўлдган Давлетовнинг диний уламоларни замирида овозини ўчиришга қаратилган баёнотидан жамиятга атеизмни олиб кириш унсурлари сезилиб турган эди ва айнан ушбу баёнотни йўқлаб чиққанларнинг ҳам аксарияти атеист гуруҳлар билан диний соҳа вакилларига аламзада кайфиятда бўлганлар эди.

Шунингдек, вазирлик Аброр Мухтор Алийнинг фаолиятини чеклаш бўйича ҳам ҳаракатлар бошлаб юборилганлиги ҳақида гап-сўзлар юрибди...

Жуда шубҳали ҳолатлар! Ҳар ҳолда, дин соҳаси вакилларига қоғозга ўраб "овозингни ўчир" дейиш, лгбтга қарши бўлган фаолларнинг ҳаракатларига тақиқ қўйишга ва кетидан бир жинсли никоҳни легаллаштиришга уруниш яхшилик аломати эмас. Хавфсизлик идоралари адлия тизимидаги ходимларнинг фаолиятини қаттиқ назоратга олиши керак, менимча!

@adolat_kuychisi | адолат излаганлар учун
Forwarded from Sariq Dev
Bulutli texnologiyalardan foydalanasizmi?

Ikkita kompyuterim bor, biri uyda, biri o’zim bilan olib yurishga. Barcha ma’lumotlarim bulutda turgani uchun bittasida qilayotgna ishimni 1 soniyada ikkinchisida davom etib ketaveraman. Ikkisi doim sinxronizasiya holatida turadi.

Kompyuter va telefonim xotirasidagi barcha narsalar doim bulutga ko’chiriladi. Istalgan hujjat yoki rasmni istlagan payt telefon orqali ham ochaman.

Qaysi bulutlardan foydalanaman:

Rasmlar uchun - Google Photos. 15GB bepul. Keyin to’lov qilish kerak.
20 yildan beri Google xizmatidan foydalanaman. 2002-yil ilk chiqqanida Google Picasa deb atalar edi. Yaqingacha ham katta hajmdagi rasmlarni joylash bepul edi. Hozir barcha Google bulut xizmatlari uchun oyiga 3$ to’layman (200 GB).

Hujjatlar uchun - Microsoft Office 365 tarkibidagi OneDrive. 15GB bepul.
OneDrive Microsoft Office (Word, Excel, PowerPoint) bilan birga ishlataman. Hujjatlar birdan bulutga va kompyuterga tushadi. Microsfot Office o’zingizga olsangiz oyiga 7$. Menga ishxonam to’laydi. Pullik verisiyada joy 1TB.

Dasturlar uchun - GitHub (bepul) va Google Drive (oyiga 3$, 200GB).

Qisqa qaydlar uchun - Google Keep (bepul). Hayolga kelgan fikrlarni, blog uchun mavzular, majlis davomida aytilgan gaplar uchun juda qulay. Uydagilar bozorlik ro’yxatini Keepga yozadi. Birdan menda ham ko’rinadi.

Kam ishlatiladigan hujjatlar, turli kitoblar, fayllar uchun - Dropbox.

Avval ishlatgan, keyin qolib ketgan xizmatlar: Evernote (qisqa matnlar uchun), Pocket (web sahifalar uchun), Mega (fayllar uchun), HubiC (fayllar uchun).

Bulut xizmatlardan foydalanishda xavfsizlik o’ta muhim. Bitta qurilmani yo’qotsangiz, hamma ma’lumotlar ochiqlanadi. Buni oldini olish uchun:
1. Barcha xizmatlarni 2 qadam bilan himoyalang (kalit so’z + sms).
2. Barcha qurilmalarni kalit bilan himoyalang.

Yana bir muhim narsa - bulutdan tashqari barcha ma’lumotlarni ora-orada tashqi diskka saqlab turing (backup). Tashqi diskni ham albatta kalit so’z bilan himoyalang (maxsus shifrlash dasturlari yordamida).

Siz qaysi biridan foydalanasiz?
Ўзбекларнинг дарди:
Тўй, чойхона, тонировка, Миллионнинг концерти, Луизанинг "тоғора"си, Аҳад Қаюмнинг жанжали...

Ҳали бери одам бўлишимизга кўзим етмай қолади баъзида!

@adolat_kuychisi | адолат излаганлар учун
Айти бўйича мусобақа ғолибига ток узайтиргич, рақсни тарғиб қилганга автомашина.

Кет укам бу ерлардан, кет!!!
✈️

p/s. Дунё яралибдики, ўлчовлар бу даражада бузилмаган бўлса керак

Sherzod Husan
Индамасхўжалар

Бугунги аксарият давлат идораларида энг хавфли ходимлар тоифаси бор: "соққа"га аралашмасдан бир четда жим турган индамасхўжалар...

Ҳа, ажабланманг! Ишхонада энг ёқимсиз ходим бўлишингиз учун шунчаки ҳалол бўлиб, жим юришингизнинг ўзи етарли. Сиз "қулоқ" бўласиз, сиз "писмиқ" бўласиз, хуллас, сиз ҳеч қандай иш қилмайдиган энг дангаса ходим бўласиз.

Вей, иплос, сен ҳам миндий соққа қилиб, раҳбарларингга "пахта" қўйиб юрмайсанми!? Қаерга борсанг, чиқиштиришмайди, узоғи 3-4 ой ишлайсан, кейин юмшоққина думбачаларингга тепиб юборишади, демак ўзингда бирор қусур бўлса керак-да, деб қўйишади ортингиздан секингина.

Биз бугун коррупцияга қарши курашяпмиз деб, жар солиб юрибмиз, лекин ҳалол ходимларни бой беряпмиз. Жамоада шаклланган носоғлом муҳит битта-иккита мавжуд ҳалол ходимларни ҳам сиқиб чиқаряпти.

Мен ўзимча янгилик айтаётганим йўқ. Буни ҳамма яхши билади. Давлат идораларида ё оқим билан сузиш, ё четга чиқиш кераклигини ҳамма билади. Лекин ҳеч ким индамайди. Минбарларда эса коррупцияга қарши курашяпмиз, деб бонг ураверишади...

Биз коррупцияга қарши курашяпмиз...

@adolat_kuychisi | адолат излаганлар учун