Informatika va AT
8.73K subscribers
1.09K photos
598 videos
603 files
1.51K links
Informatika va axborot texnologiyalari bo'yicha O'zbekistonda birinchi faoliyatini boshlagan kanalga xush kelibsiz.

Bog'lanish: @Nursaidovuz

https://t.me/Informatika/3

Dasturlash: @FlutterDasturchi
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#PowerPoint #video_dars #animatsiya

PowerPoint kursi 11-dars Slaydga tanlash animatsiyasini qo'yish

Talablarga binoan PowerPoint dasturlarida ishlash bo'yicha darslarni joylashtirib boramiz. PowerPointni o'rganuvchilarga xabar qiling.

Muallif: Maruf To'g'izov

👉🏻 @informatika
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Delphi #video_dars #Panel

Delphida dasturlash asoslari. Panel komponentasi
bilan ishlash.

Talablarga binoan Delphi dasturlarida ishlash bo'yicha darslarni joylashtirib boramiz. Delphini o'rganuvchilarga xabar qiling.

Muallif: Husniddin Tugizov

👉🏻 @informatika
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#MSACCESS #video_dars #MB

MS Access kursi 2-dars Ma'lumotlar bazasini yaratish

Talablarga binoan MS Access dasturlarida ishlash bo'yicha darslarni joylashtirib boramiz. MsAccessni o'rganuvchilarga xabar qiling.

Muallif: Zaynobiddin Ortiqov

1-dars Dasturda ishlash bo'yicha umumiy tushunchalar

👉🏻 @informatika
Forwarded from Informatika va AT (Nursaidov ㅤ)
Bux71.xlsm
1.6 MB
MUASSASA RAHBARLARINING DIQQATIGA!

Sizlar uchun korxonaning ishlarini yuritish uchun ushbu dastur yaratildi va bu dastur quyidagi ishlarni amalga oshiradi:

1.Ishchi xodimlarni ishlarini bajarishni amalga oshiradi;
2.Hisob-kitob ishlarini bajarish;
3.Muassasa direktorlarini ishlarini bajarish;
4.Direktor o'rinbosarlarini ishlarini bajarish;
5.Dars jarayonlarini takominlashtirish;
6.Buxgalteriya ishlarini schyotlar orqali Bosh kitobgacha olib borish.

Ushbu dasturni takomillashtish ishlarini olib borishga ruxsat beriladi.

Taklif va maslahatlar bo'lsa hamkorlik qiluvchilarni kutib qolamiz. Qo'llanma uchun dastur egasi Erkin Otamurodov(@algoritmchi) ga murojaat qiling. Dastur mutloqo bepul.

👉 @informatika
AnyDesk.exe
3 MB
#dastur #kompyuter

Masofadan turib kompyuterni kuzatish dasturi:

AnyDesk
Manba

👉
@informatika
Switch_Off_Rus_Setup.exe
240.2 KB
#dastur #kompyuter

Kompyuterni vaqt bo'yicha boshqarish dasturi:

Switch_OFF
Manba

👉 @informatika
5-sinfdan boshlab informatika fanini 2 ta darslikka ajratish lozim:

Kompyuter savodxonligi
Dasturlash asoslari

Kompyuter savodxonligi fani o'z ichiga kompyuter tuzilishi, qanday foydalanish, ichidagi dasturiy ta'minotlar (MS Word, MS Excel, MS Paint, Windows OS) ni o'z ichiga olib, yil oshgan sari beriladigan ma'lumotlar ham qiyinlashib boradi.

Dasturlash asoslari fani esa 100% dasturlashga qaratiladi. Bunday holatda o'ylashingiz mumkin, 5-sinf bolasiga dasturlash og'irlik qilmaydimi deb. Lekin buning ham yechimi mavjud.

5-sinf o'quvchisiga o'yin dasturlar yordamida logikani tushuntirish lozim. Misol tariqasida: Oddiy qurbaqa ariqchadan sakrab o'tishi uchun A > B sharti bajarilishi lozim. A va B ga mos sonlarni tanlang. Shu tariqa 5-sinf o'quvchisida logik amallar ustida ishlashni shakllantirish. TRUE (rost)/FALSE (yolg'on) natijali mantiqiy amallarni tushuna boshlaydi.

6-sinf o'quvchisiga Scratch dasturlashni o'rgatadigan o'yin sifat dasturlar yordamida kichik o'yinchalar yaratish (https://scratch.mit.edu - shu yerdagiga o'xshagan)

7-sinf o'quvchisiga matematik ifodalarning kompyuterda yozilishi, sanoq tizimlari va ularning ustidagi amallar, axborot va ularning ko'rinishi. Faqat nazariy bilan cheklanmasdan barchasini amaliy sinab ko'rish imkoni mavjud bo'lishi lozim. Buning uchun oddiy ifodani tekshiradigan dastur yaratishning o'zi kifoya.

8-sinf o'quvchisi Pascal dasturlash tilida dasturlash asoslarini boshlaydi.

9-sinf o'quvchisi Web dasturlash va ma'lumotlar omborini o'rganadi.

10-sinf o'quvchisiga Delphi dasturlash muhitida ishlash.

11-sinf o'quvchisi 8,9,10-sinfdagi ma'lumotlar qayta takrorlanadi, murakkab tartibda.

Abdullayev Ruslan

Boshqalar ta'tilda dam olayotganda Siz yaxshi kasb egallab kelajagingizni qurishni hozirdan boshlang!

Zamonaviy kasb bo'lsa, yana yaxshi, masalan - IT sohalari bo'yicha.

7 yoshdan 70 yoshgacha IT sohalarini - IT ONLINE mobil ilovasi orqali o'rganing!

IT
Online - Bepul, sifatli hamda o'zbek tilidagi darslar majmui

👉🏻 @informatika
Kun.uz muxbiri 329 - maktabning kimyo fani o‘qituvchisi Sohiba Shamsiyeva bilan suhbat tashkil qildi.

Sohiba Shamsiyevadan
prezident tashrif davomida o‘qituvchilar bilan qaysi mavzularda gaplashgani haqida so‘radik.

«Prezident bizdan «o‘qituvchilikda sizlarga nimalar to‘siq bo‘lmoqda?», – deb so‘radi, biz esa yangi maktabda ishlash uchun yaxshi imkoniyatlar qilib berilgani haqida aytdik.

Masalan, o‘qituvchilar endi har kunlik dars uchun kundalik ish reja yozishmaydi (kompyuterda tayyorlash mumkin), yillik taqvimiy mavzular rejasi qilinmaydi.

Hozir bizda faqat jurnal to‘ldirish qolyapti va u ham keyingi yilda elektron shaklga o‘tkaziladi», – dedi o‘qituvchi.

👉
@informatika
Tengdoshlari kosmonavt bo‘lishni orzu qilib yurganda, o‘zining raketasini uchirishni niyat qilgan bolakay kecha uzoq yillik orzusiga yetishdi. Bunga butun dunyo guvoh bo‘ldi. Mo‘ljalni balandroq olaverish kerak ekan.

P.S. Yana Ilonboy bo‘laman deb dron-pron uchirib yurmanglar, javobgarligi bor...

Mavlon Marasulov

👉🏻 @informatika
Zaiflar hujum qilishsa, iloji bo‘lsa yutqazib ber, bu bilan ularni hayotga qaytarasan.

Bruce Lee
💻Masofaviy ta’lim: afzalliklari va kamchiliklari

Zamonaviy texnologiyalar tufayli, biz uydan chiqmasdan ham ta’lim olishimiz mumkin. Onlayn-ta’lim endilikda biror yangilik sifatida kamroq qabul qilinmoqda, ba’zida hatto butunlay standart ta’lim dasturining bir qismiga aylanib bormoqda. Ushbu ta’lim tizimi qanchalik qulay va samarali? Keling, masofaviy ta’limning barcha afzalliklari va qulayliklarini ko‘rib chiqamiz.

👉 @informatika
Forwarded from Informatika va AT (Nursaidov ㅤ)
IT Online - Kelajak sari.apk
8 MB
IT ONLINE - KELAJAKKA INTILIB!

21-asrga kelib, smartfonlar orqali ta'lim olish uchun yangi imkoniyatlar yaratilmoqda. Bu imkoniyatlar har kuni yangi bilimlarni kashf etilishiga zamin yaratmoqda.

Axborot texnologiyalarining barcha sohalari uchun o'zbek tilidagi ma'lumotlar juda kamligi va boshqa omillarni hisobga olib O'zbekistonda kelajak kasblarini smartfonda o'rganishingiz, bilimingizni oshirish hamda yangi imkoniyatlarni kashf etishingizga imkon beruvchi IT online mobil ilovasini taqdim etamiz.

Ushbu ilovada axborot texnologiyalarning barcha soha va yo'nalishlari bo'yicha har kuni yangi darslar, videolar, maslahatlar va IT sohasi bo'yicha o'zbek tilidagi manbalar joylashtirilib boriladi.

IT sohalarini o'rganing, bilim oling hamda O'zbekistonimiz taraqqiyotiga hissa qo'shing!

IT online ilovasi sodda ko'rinishda bo'lib tezkor ishlashi ta'minlangan.

👉🏻
@informatika
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Rossiyadagi katta kompaniyada bo'lim boshlig'i bo'lib ishlayotgan diplomsiz surxondaryolik dasturchi hikoyasi

👉 @informatika
Ushbu sayt orqali dunyoning juda ko'plab shaharlarini online tarzda aylanib chiqish imkoni bor.

Karantinda zerikib o'tirganlar uchun ayni muddao. Men ham hozir New York shahrini radio eshitib sayr qilib yuribman.

Demak https://driveandlisten.herokuapp.com/ saytiga kirasiz hamda o'ng tarafda joylashgan menyudan shaharni tanlaysiz. Agar kerak bo'lsa radio va moshina ovozlarini ham yoqib qo'yishingiz mumkin!

Aytgancha: Google Chrome orqali ko'rayotganlar F11 tugmasi orqali to'liq ekran funksiyasini yoqishlari mumkin!

👉🏻 @informatika
Forwarded from Texno Work
F1 dan F12 gacha tugmalar nima uchun kerak?

Kompyuter klaviaturasidagi bu tugmalar dastur turiga qarab o'zgarishi mumkin, lekin asosan bir turdagi vazifalarni bajaradi:

F1 - Windows yoki biror dasturda ma'lumotnoma chiqarib beradi.
F2 - Ish stoli yoki "Проводник"da fayl yoki papka nomini o'zgartirish.
F3 - Ish stoli yoki ko'p dasturlarda qidirish oynasini ochadi.
F4 - ALT+F4 kombaniatsiyasi aktiv oynani yopadi.
F5 - aktiv oynani yangilash(обновление)
F6 - brauzerlarda adres qatorini aktivlashtirish
F7 - Microsoft Office dasturlarida matnning to'g'ri yozilganligiga tekshirish(o'zbek tilida ishlamaydi).
F8 - Operatsion tizim yuklanayotganda, yuklanish rejimini tanlash(safe mode, oddiy yuklash).
F9 - Word dasturini xujjatni qayta yangilash(обновление).
F10 - Ochilgan dastur menyusini aktivlashtirish.
F11 - ko'p brauzerlarda to'liq ekran rejimiga o'tish va undan qaytish.
F12 - Office dasturlarida xujjatni saqlash oynasini ochish.

Bonus: 
SHIFT + F10 - sichqonchani o'ng tugmai rolini bajaradi.

☝️Nima sababdan klaviatura knopkalari haqida ko'p yozmoqdaman? Sababi klaviatura bilan ishlashni yaxshilab o'rganing, bu ishingizni ancha tezlashtiradi.

O'zingiz uchun yaxshi ko‘rgan narsani do'stingizga ham ravo ko‘ring: https://t.me/planetait
«Informatika darsliklari butunlay o‘zgartiriladi» — Shermatov ATni o‘qitishdagi 4ta muammoni sanadi

«Birinchi navbatda,
barcha maktablarda axborot texnologiyalari uchun infratuzilmani yaxshilash masalasi turibdi. Ko‘p maktablarda yuqori tezlikdagi internet umuman bo‘lmagan. Farg‘ona viloyatida 41 foiz maktab internetga ulandi. Yaqin orada hammasi ulanadi.

Ikkinchidan, o‘qituvchining malakasini oshirish. Axborot texnologiyalaridan dars beradigan o‘qituvchining o‘zi bilim jihatdan orqada. Har bir tumanda raqamli texnologiya markazi ochilib, ular o‘qituvchilarning malakasini oshirish bo‘yicha ishlaydi. Shuningdek, har bir tumanda axborot texnologiyalari bo‘yicha bitta tayanch-ixtisoslashgan maktab bo‘ladi. U yerda o‘qituvchilar malakasi oshirilib, boshqa maktablarga tarqatiladi.

Uchinchi masala – frilanserlik bozorini rivojlantirish. Tahlil qilganimizda ko‘rdikki, upworking.com’da poytaxt yoki shahar markazidagi emas, oddiy tumandan yoshlar o‘tirib pul topyapti. Oyiga 10 mln so‘m. Oliy ta’limda ham o‘qimagan. Nega boshqa yoshlar shu ishni qila olmaydi? Nafaqat axborot texnologiyalari, internet orqali qo‘shimcha daromad topish bo‘yicha ham ishlaymiz.

Navbatdagi masala – darsliklar. Informatika darsliklari asosan user – foydalanuvchi tayyorlashga moslashgan, ishlab chiqaruvchini emas. Kompyuterni yoqadi, matn teradi, shu bilan chegaralanadi. Bu darsliklar mazmuni mutlaqo o‘zgartiriladi. Foydalanuvchi emas, developer [dasturiy mahsulot ishlab chiqaruvchi] tayyorlashga e’tibor qaratiladi.

Shuningdek, dizayn masalasi. Darsliklar faqat matndan iborat, zerikarli. Vizual jihatdan yangilik qilinadi.

👉 @informatika
Ishlasang yoki katta pulga, yoki tekinga ishla! Lekin hech qachon arzon narxga ishlama!

© Stiv Jobs