Informatika va AT
8.66K subscribers
1.09K photos
600 videos
598 files
1.51K links
Informatika va axborot texnologiyalari bo'yicha O'zbekistonda birinchi faoliyatini boshlagan kanalga xush kelibsiz.

Bog'lanish: @Nursaidovuz

https://t.me/Informatika/3

Dasturlash: @FlutterDasturchi
Download Telegram
Channel created
Informatika - Axborot xususiyatlarini va uni taqdim etish, to'plash, avtomatik ishlov berish va uzatish usullarini o'rganuvchi ilmiy yo'nalish.
Informatika bo’yicha ta’lim hech kimni yetuk dasturchi qila olmaydi huddi, mo’yqalam va moybo’yoq haqida o’qish kimnidir yetuk rassom qila olmaganidek.
Erik S. Reymond
@informatika kanali orqali Informatikani to'liq o'rgatishga harakat qilamiz. Kanalga do'stlaringizni ham taklif qiling!

👉https://t.me/joinchat/AAAAAENGLVng880ATKHzhg
Informatika hisob-kitob qilishni o’rganishdir: ya’ni, ma’lumotni qanday taqdim qilish va qayta ishlash demakdir. Quyida uning ba’zi konsepsiyalarini o’rganib chiqishingiz mumkin:

Muammoni hal qilish: siz umumiy taktika, bo’lib tashla va hukmronlik qil, rekursiya, evristika, ochko’z qidiruv va tasodifiy algoritmlar kabi sizga har qanday muammoni modellashtirish, qismlarga ajratish va hal qilishga yordam beradigan algoritmlarni o’rganasiz.

Mantiq: siz o’ylashning aniq va formal uslublaridan foydalanishni boshlaysiz, jumladan abstraksiya, mantiqiy ifoda, sonlar nazariyasi, ko’plik nazariyasi, natijada muammolarni puxta yecha olasiz.

Ma’lumotlar: siz axborot nazariyasiga duch kelasiz va axborot nima? kabi savollar berishni boshlaysiz. Uni qanday taqdim qilasiz? Real hayotni qanday modellashtirasiz?

Tizimlar: bir qator talablar va cheklovlarga javobberadigan murakkab tizimlarni qanday loyihalashtirasiz va qurasiz? Tizimli loyihalashtirish deyarli har bir ishda muhim hisoblanadi.

👉 https://t.me/joinchat/AAAAAENGLVng880ATKHzhg
🤔 SANITARIYA - GIGIYENA TALABLARI 🤔
👉🏿 Kompyuterda ko'p ishlash, ya'ni uning oldida ko'p o'tirish insonning ko'zi, qon aylanish sistemasi, bosh miya faoliyatiga zarar yetkazishi mumkin.
👉🏿 Shunga ko'ra, kompyuterdan foydalanganda quyidagi talablarga rioya qilish zarurdir.
👉🏿 O'quvchining ish joyiga tushayotgan yorug'lik tepadan va chapdan tushishi, display ekrani va klavishlar ko'zni qamashtirmaydigan bo'lishi kerak.
👉🏿 Xonadagi havo harorati o'rtacha 20-24 daraja oralig'ida bo'lishi lozim.
👉🏿 V-IX sinf o'quvchilarining shaxsiy kompyuter bilan ishlash vaqti 25-30 minutdan, bir kun davomida esa 180 minutdan oshmasligi kerak.
👉🏿 O'quvchi kompyuterdan eng kamida 50-60 sm narida o'tirishi kerak.
👉🏿 Kompyuter xonasida o'tkazilayotgan dars jarayonida o'quvchilarning tana mushaklarida va ko'zlarida zo'riqish hosil bo'lmasligi uchun 2-3 minutdan iborat dam berish lozim.
🔎 @informatika
#kompyuter
Kompyuter uch asosiy qismdan iborat.

🖥 Monitor
Klaviatura
🗄 Sistemali blok

Do'stlaringizga ham ulashing!

▶️ @informatika
#monitor
🖥 Monitor - Kompyuterning asosiy qurilmasi, displeyning asosiy tarkibiy qismlaridan biri.

🖥 Monitor tizimda ro'y berayotgan jarayonlarning ekranda aks ettirilishini ta'minlaydi.

🖥 Monitor ba'zan displey deb ham ataladi. Monitorlar yaratilish texnologiyasi ekran hajmi, ajrata olish qobiliyati bilan farq qiladi.

▶️ @informatika
#atamalar
Shrift — alifbo harflari, raqamlar va turli belgilarning yozma yoki bosma ko'rinishi
Satr — bitta chiziqda yozilgan so'zlar, harflar yoki belgilar ketma-ketligi.
Hoshiya — sahifa chetidagi toza saqlanadigan qism.
Bosh satr — hoshiyadan o‘ng yoki chap tomonga chekinishi bilan boshlanuvcni birinchi satr.
Abzats (nemischa) — bosh satri bo'lgan satrlar ketma-ketligi.
Matn — abzastlar to'plami.
Fragment (lotincha: bo'lak) — san'at asari, matnning bo'lagi.
Sahifa — kitob yoki daftar varag'ining bir tomoni.
Matn protsessorlarida sahifa bir bosma qog'ozga mos keladi.
Format (lotincha: shakl beraman) — o'lcham, shrift shakli, chizma ko'rinishi, interval aniqlash yoki boshqa ko'rinish berish.

▶️ @informatika
#axborot
Axborot miqdori, o'lchash birliklari

Axborotning eng kichik o'lchov birligi sifatida bit qabul qilingan. Bit axborotning raqamli ifodasidagi 0 yoki 1 belgisi bo'lib, ingliz tilidagi “binary digit” so'zlaridan olingan va "ikkilik raqami” degan ma’noni anglatadi.
Masalan, 100101101 da 9 ta bit bor, chunki unda 9 ta raqam (0 va 1) ishtirok etmoqda. Bitdan kattaroq o'lchov birligi sifatida bayt qabul qilingan: 1 bayt = 8 bit.
Masalan: 11011011 da 1 bayt axborot bor, chunki unda 8 ta bit (raqam) qatnashmoqda, 1011010100100011 da esa 2 bayt axborot bor, chunki unda 16 ta bit (raqam) qatnashmoqda.
Axborotda qatnashgan har qanday belgi 1 bayt hajmli deb hisoblanadi. Masalan, “B” harfi 1 bayt yoki 8 bit hajmga ega;
”MA" esa 2 bayt hajmli; “MAS” 3 bayt hajmli va h.k.
Baytdan katta o'lchov birligi ham mavjud. U kilobayt (KB) deb nomlanadi.
Kilobaytdan katta o'lchov birliklari
megabayt (MB),
gigabayt (GB),
terabayt (ТВ),
petabayt (PB) kabi belgilangan.

▶️ @informatika
“Texnologiya” so'zi yunoncha “techne” - san’at, mohirlik, hunar va “logos” - fan so'zlaridan tashkil topgan bo'lib, u aniq maqsadga erishish uchun zaruriy vositalar, usul va sharoitlardan foydalangan holda muayyan amallarning ketma-ket bajarilishini ko'zda tutadi.

▶️ @informatika
Proyektorlar

Axborot chiqarishni tashkil qilish va vizual aks ettirish uchun shaxsiy kompyuterning displeyi bilan bir qatorda proyeksiyalash texnikasi keng qo'llaniladi.

▶️ @informatika
Ongimizga turli xil dasturlarni kirituvchi qurol – bu, albatta, aql. U sizning yagona dasturchingiz desa ham bo’ladi. To’g’ri – ongimizda aql kiritmagan dasturlar ham bor. Bular tug’ma dasturlar va ular bizga tabiatdan ato etilgan. Baxtimizga, aql ularga daxl qila olmaydi – ular aqldan avval yaratilgan.

Turli dasturlar qatori aql ongimizda bizning shaxsiyatimizni belgilovchi dasturlarni ham shakllantirib boradi. Ular bizning u yoki bu narsaga yoki, umuman, hayotga munosabatimizni, o’zimizga bo’lgan ishonch va hurmat hissini, shaxs sifatida atrofdagilar bilan munosabatlarimizni va boshqa jihatlarni belgilaydi. Ana shu dasturlar yig’indisi – odam fe’l-atvorini yoki xarakterini tashkil qiladi.

▶️ @informatika
Dasturlash – kompyuterlar va boshqa mikroprosersorli elektron mashinalar uchun dasturlar tuzish, sinash va oʻzgartirish jarayonidan iborat. Odatda dasturlash yuqori saviyali dasturlash tillari (Delphi, Java, C++, Python) vositasida amalga oshiriladi. Bu dasturlash tillarining semantikasi odam tiliga yaqinligi tufayli dastur tuzish jarayoni ancha oson kechadi.

▶️ @informatika
Kompyuter dunyosida ko‘plab dasturlash tillari mavjud bo‘lib, dasturlash va unga qiziquvchilar soni ortib bormoqda. Bir xil turdagi ishni bajaradigan dasturlarni Basic, Pascal, Ci va boshqa tillarda yozish mumkin. Pascal, Fortran va Kobol tillari universal tillar hisoblanadi, Si va Assembler tillari mashi tiliga ancha yaqin tillar bo‘lib, o‘rta darajali tillardir. Algoritmik til inson tillariga qanchalik yaqin bo‘lsa, u tilga yuqori darajali til deyiladi. Mashina tili esa eng pastki darajali tildir.

▶️ @informatika
Test sinovi

1.Informatika faniga qachon asos solingan?
A. xx asrning 70-yillarida
B. xxasrning 60-yillarida
C. xxasrning 50-yillarida

2.Informatika terminining fransuzcha tarjimasi qanday?
A.axborotli avtomatika
B.kompyuter ilmi
C.axborot

3.Informatika fani uchun asosiy ashyo?
A.kompyuter
B.axborot
C.disklar

4.”Axborot bizni va sezgilarimizni tashqi olamga moslashuvimizdagi mazmunini ifodalash” axborot haqidagi ushbu fikrlar kimga tegishli?
A.Farobiy
B.Klod Shennon
C.Norbert Viner

5.Axborot qanday asosiy xususiyatlarga ega bo’lishi kerak?
A.qimmatli,foydali,ishonchli
B.qimmatli,to’liqlik,ishonchli
C.qimmatli,tushunarli,to’liqlik

6.Axborot turlarini aniqlang.
A.uzluksiz,uzlukli
B.diskret,analog
C. A va B

7.Axborotlar ustida bajariladigan amallar bilan bog’liq barcha jarayonlar ... deyiladi.
A.axborot tashuvchi vositalar
B.axborotli jarayonlar
C.axborotlarni to’plash

8.Quyidagilardan qaysilari axborot tashuvchi vositalar hisoblanadi?
A.kitob,disk,flesh-xotira
B.kitob,ruchka,flesh-xotira
C.disket,ruchka,vinchester

9.Elektromagnit telegraf qurilmasini qachon,kim ixtiro qilgan?
A.Semyuel Morze 1837-yil
B.Lisandro 1837-yil
C.Norbert Viner 1837-yil

10.Ikkilik sanoq sistemasida 10 soni qanday yoziladi?
A.1010
B.0101
C.1101

Javoblaringizni @nurstudio ga jo'nating. To'g'ri javoblar kanalga joylashtiriladi.

▶️ @informatika
Test sinovi javoblariga B. Nametov foydalanuvchimiz to'g'ri javob berdi.

1.Informatika faniga qachon asos solingan?
A. xx asrning 50-yillarida

2.Informatika terminining fransuzcha tarjimasi qanday?
A.axborotli avtomatika

3.Informatika fani uchun asosiy ashyo?
B.axborot

4.”Axborot bizni va sezgilarimizni tashqi olamga moslashuvimizdagi mazmunini ifodalash” axborot haqidagi ushbu fikrlar kimga tegishli?
B.Klod Shennon

5.Axborot qanday asosiy xususiyatlarga ega bo’lishi kerak?
C.qimmatli,tushunarli,to’liqlik

6.Axborot turlarini aniqlang.
A.uzluksiz,uzlukli

7.Axborotlar ustida bajariladigan amallar bilan bog’liq barcha jarayonlar ... deyiladi.
B.axborotli jarayonlar

8.Quyidagilardan qaysilari axborot tashuvchi vositalar hisoblanadi?
A.kitob,disk,flesh-xotira

9.Elektromagnit telegraf qurilmasini qachon,kim ixtiro qilgan?
C.Norbert Viner 1837-yil

10.Ikkilik sanoq sistemasida 10 soni qanday yoziladi?
A.1010

Siz ham savollarga javob topgan bo'lsangiz, javoblarni tekshirib oling.

▶️ @informatika