Informatika va AT
7.87K subscribers
1.36K photos
663 videos
611 files
1.75K links
Informatika va axborot texnologiyalari bo'yicha O'zbekistonda birinchi faoliyatini boshlagan kanalga xush kelibsiz.

Bog'lanish: @Nursaidovuz

Kiberxavfsizlik: @NursaidovX

AI muhandislik: @NursaidovAI
Download Telegram
AI maqola. Uzb talabasi jurnali.pdf
616.9 KB
Bundan ikki oy oldin ijtimoiy tarmoqlarda sun’iy intellektning 5 bosqichli evolyutsiyasi haqida yozgan tahliliy mulohazalarim bugun “O‘zbekiston Talabasi” jurnalida maqola bo‘lib nashr etildi. Jurnal jamoasi materialga AI asosida tahliliy munosabat ham ilova qilibdi.

Mavzu bugun har qachongidan dolzarb. Kechagina Claude (Anthropic) o‘zining kompyuterni mustaqil boshqaradigan "Computer Use" funksiyasini taqdim etdi. Marc Benioff esa Figure 03 robotining avtonom ishlash jarayonini namoyish qildi. Hatto Jensen Huang (Nvidia) AGI darajasiga erishganimizni ta’kidlamoqda.

Bu shuni anglatadiki, biz men maqolada keltirgan 3-bosqich - "Agentlar" erasiga to‘liq o‘tdik. Endi AI shunchaki matn yozuvchi yordamchi emas, balki raqamli va fizik infratuzilmada mustaqil harakatlanuvchi kuchdir.

Asosiy xavotir - texnologik quvvatning o‘sishi uning xavfsizlik protokollaridan ilgarilab ketayotganida. 2026-yil insoniyat uchun haqiqiy burilish nuqtasi bo‘lishi kutilmoqda.

Umid qilamanki, ushbu tahlil yosh izlanuvchilar va soha mutaxassislari uchun foydali bo‘ladi.

@Nursaidovuz
👍6👏1😍1
Forwarded from Nursaidov.uz
Kompyuter xarakteristikasi 2.0.hta
12.9 KB
📊 Kompyuter sotib olmoqchisiz yoki sotmoqchisiz, lekin parametrlarini bilmaysizmi?

Windows sozlamalari ichida adashib yurishni to'xtating. Endi "kompyutering xarakteristikasi qanaqa" degan savolga qiynalmay javob berasiz. Kompyuter xarakteristikasi haqida o'zbek tilida ma'lumot beruvchi dasturimizning 2.0 versiyasini foydalanishga topshirdik.

Ushbu tizim quyidagi ma’lumotlarni ko‘rsatadi:

Protsessor - nomi, yadrolar soni, mantiqiy oqimlar soni va maksimal tezligi
Grafik karta - nomi va video xotira hajmi
Operativ xotira - umumiy hajmi, bo‘sh qismi va ishlatilayotgan qismi
Disklar - kompyuterdagi barcha xotiralar, ularning umumiy hajmi, bo‘sh va band qismi
Tarmoq - IP manzili, MAC manzili va adapter ma’lumotlari
Tizim - Windows turi, versiyasi, arxitekturasi, kompyuter nomi, foydalanuvchi nomi va oxirgi ishga tushirilgan vaqt.

🖥 Yuklab oling, sinab ko'ring, yaqinlaringizga ulashing!

@Nursaidovuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍31
1. Kompyuter - bu temir. Uning aqli yo'q. U faqat 0 (tok yo'q) va 1 (tok bor) holatini tushunadi. U mustaqil fikrlay olmaydi.

2. Dasturchi - bu qo‘mondon. Siz buyruq berasiz, kompyuter bajaradi. Agar kompyuter xato qilsa, demak siz noto‘g‘ri buyruq bergansiz.

3. Algoritm - bu ketma-ketlik. Dasturlash bu kod yozishdan oldin, muammoni mayda qadamlarga bo‘lib chiqishdir.

@Nursaidovuz
👍14🔥1
Nursaidov.uz
Nursaidov.uz - bu raqamli konstruktor. Siz o‘zingiz fan yaratasiz, unga ma’ruza, taqdimot, kitob, video dars, test .... Bu qanday amalga oshiriladi? Sizga qiziqmi? Unda yuqoridagi qisqacha videoni tomosha qiling! Youtubeda ko'rish: https://youtu.be/mamS…
Yangilik. Raqamli ya'ni AI platformamizga o‘qituvchilar uchun juda ko'p imkoniyatlar qo'shildi. https://t.me/Nursaidovuz/752

Yangi foydalanuvchi qo‘shish, foydalanuvchilarni sanalar bo‘yicha alohida ko‘rish, bugun, kecha, oxirgi 7 kun va shu oy kesimida filtrlash, aniq sana oralig‘ida saralash, har bir sana bo‘yicha alohida Excel yuklab olish, foydalanuvchini tez topish va nazorat qilish, natijalarini ko‘rish, kerak bo‘lsa foydalanuvchini tartibli boshqarish, ro‘yxatdan o‘tishni istalgan payt ochish yoki vaqtincha bloklash, ya’ni qabulni to‘liq nazorat qilish, tizimni o‘qituvchi uchun sodda, tartibli va professional holatda yuritish imkoniyati yaratildi, bu ayniqsa ko‘p talaba bilan ishlaydigan ustozlar uchun juda qulay!

Masalan, 101-guruh, 102-guruh, Sirtqi-1 deb ajratib ishlash ancha qulay bo‘ladi.

Oldin sotib olgan ustozlarga juda arzon narxda ushbu funksiyalarni qo'shib beramiz.

@Nursaidovuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6👍1
- Rossiyada qurilishda ishlab, kontraktda o‘g‘lini o‘qitayotgan otaning farzandi texnika fanlari nomzodi PhD domlasiga:

sun’iy intellekt juda aqldan ozmoqda. Men 20 daqiqada Claude bilan ko‘p ish qildim. U mening kompyuterimga kirib, o‘zi mustaqil ishlayapti. Bu ketishda juda ko‘p ish o‘rinlarini almashtiradi.

- Poraga “olim” bo‘lgan domla: “Claude nima?”

- Talaba: ---------.
🤣7😢3🙊2
Xonaga yashirin kamera o‘rnatilganini qanday bilish mumkin? Uni qanday topamiz?

Bugun juda muhim mavzu haqida gaplashamiz: xonaga yashirin kamera o‘rnatilgan bo‘lsa, uni qanday aniqlash mumkin?

Ba’zan mehmonxona, ijaradagi uy, ishxona, yotoqxona yoki hatto oddiy xonada ham odamda shubha paydo bo‘lishi mumkin. “Bu yerda yashirin kamera yo‘qmi?” degan savol tug‘iladi.
Shuning uchun hozir sizga kamerani topishning eng amaliy va aniq usullarini birma-bir aytaman.

1-usul: Xonani oddiy ko‘z bilan juda diqqat bilan tekshiring


Yashirin kamera ko‘pincha juda kichik bo‘ladi. Uni odatda quyidagi joylarga yashirishadi:

rozetka atrofiga
telefon zaryadlagich ichiga
stol soati ichiga
lampa yoki tungi chiroq ichiga
tutun datchigi ichiga
Wi-Fi router atrofiga
televizor oldi yoki orqasiga
rasm ramkasi ichiga
kiyim ilgich yoki devor bezagiga
ventilyatsiya teshiklariga
oynaga qaragan joylarga
yotoq, kiyinish joyi yoki hammom tomonga qaragan buyumlarga

Nimaga qarash kerak? Agar biror buyum g‘alati joyda turgan bo‘lsa, kichkina qora nuqtasi bo‘lsa, oldida igna boshidek teshik bo‘lsa, yoki sizga qarab turgandek joylashgan bo‘lsa, shubhalaning.

Eng muhimi: kamera odatda insonni ko‘ra oladigan burchakda bo‘ladi. Demak, yotoq, eshik, kiyinish joyi, stol yoki hammom tomon qaragan narsalarni ko‘proq tekshirish kerak.

@Informatika
👍61
🗓 Sun’iy intellekt muhandisligi bo‘yicha 0 dan darslar boshlandi!

Bu ChatGPT yoki boshqa AI’dan foydalanishni o‘rganish emas - bu AI’ni ishlab chiqishni o‘rganishdir.

t.me/NursaidovAI
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
⚠️ Kiberxavfsizlik bo‘yicha 0 dan bepul kurs boshlandi. Hozirda nazariy darslar barchaga tushunarli va sodda tarzda joylashtirib borilmoqda. Bu bilim hammaga zarur, kasbingizdan qat’iy nazar. Ilm olinglar, XALQIM!

➡️ t.me/NursaidovX
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4
🆘 Kiberxavfsizlik bo‘yicha darslarimizni o'rganish davomida bepul bilimingizni sinang!

Nursaidov.uz saytiga kirib, ro‘yxatdan o‘ting yoki akkauntingizga kiring. Asosiy menyu tugmasini bosib, fanlar orasidan "KIBERXAVFSIZLIK" bo‘limini tanlang. Kerakli testni belgilab, "Boshlash" tugmasini bosing. Savollarga diqqat bilan javob berib, yakunda natijani yuboring.

Har gal testni boshlaganda savollar yangilanib boradi, bu esa bilimingizni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi. Barcha natijalaringiz tizimda saqlanadi. Bosh sahifaga o‘tsangiz, sun’iy intellekt natijalaringizni to‘liq tahlil qilib, bilimingizni oshirish bo‘yicha shaxsiy maslahatlarini berib boradi.

Bepul kiring: Nursaidov.uz

Ushbu tizimga barcha kurslarimizning video darslari, kitoblar, testlar va h.k ma'lumotlarni joylab boramiz. Barchaga omad!

@NursaidovX
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏4👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Nursaidov.uz sun'iy intellekt platformasini telefoningizga mobil ilova sifatida ishlatishni o'rganing va oson kiring.

@Nursaidovuz
👏51
Forwarded from Nursaidov.uz
🆘 To'xtang! Kiberxavfsizlikni o'rganish vaqti keldi!

Hozirgi zamonda smartfon yoki kompyuterdan foydalanadigan har bir kishi xavf ostida.

Shuning uchun @NursaidovX kanalida kasbingizdan qat'iy nazar barcha uchun tushunarli bo'lgan MUTLAQO BEPUL kiberxavfsizlik darslarini boshlaganmiz.

Lekin nazariyaning o'zi yetarli emas. Bilimingizni "jangovar" holatda sinab ko'rishingiz uchun biz maxsus amaliyot botini ishlab chiqdik!

📲 @NursaidovX_test_bot - bu sizning kiber-poligoningiz!

Shunaqa botlar ham ishlab chiqamiz

@Nursaidovuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍41
Forwarded from MuhandisAI
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇨🇳 Xitoy yaqinda kundalik ishlaringizni bajaradigan uy robotini taqdim etdi.

Panther bilan tanishing, u allaqachon haqiqiy kvartiralarda sinovdan o‘tkazilayotgan inson ko‘rinishidagi yordamchi. U g‘ildiraklar yordamida harakatlanadi, xonalarni osonlik bilan aylanib chiqadi va yotoqni tayyorlash, oddiy taomlar pishirish, kir yuvish, tozalash va uy jihozlarini boshqarish kabi kundalik vazifalarni bajaradi.

Demo ko‘rsatmalarda u hatto bolaga smuzi tayyorlaydi va maktabga ketayotganda qo‘l silkitadi. Dasturchilar uning ko‘pchilik uy ishlarini o‘z zimmasiga olishi mumkinligini ta’kidlashmoqda. Hozirda u hali jonli sinovda, lekin to‘liq uy operatoriga aylanishga juda yaqin.

@MuhandisAI
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤯4👏2
Forwarded from MuhandisAI
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Sun'iy intellekt bo'yicha ekspert Geoffrey Hinton jiddiy xavotirda. Uning fikricha, texnologik poyga iqtisodiy tanazzulga olib kelishi mumkin.

Asosiy muammo: Ish o‘rinlarining yo‘qolishi: AGI (kuchli AI) ko‘plab kasblarni avtomatlashtiradi, bu esa ommaviy ishsizlikni keltirib chiqaradi.

Iqtisodiy uzilish: Odamlar daromadsiz qolsa, iste'mol zanjiri buziladi va iqtisodiyot izdan chiqadi.

Tengsizlik: Daromadlar faqat AI texnologiyalari egalari qo'lida to'planadi.

Yechim: Hinton "AI solig‘i"ni taklif qiladi. Agar mashinalar inson o‘rnida ishlasa, ulardan olinadigan soliq davlat xazinasini to‘ldirishi va aholiga bazaviy daromad (UBI) sifatida qaytarilishi kerak.

Xulosa: AI - bu shunchaki texnologiya emas, bu iqtisodiy tizimni tubdan o‘zgartirishi kerak bo‘lgan kuch. Biz nafaqat dasturlashni, balki yangi iqtisodiy qoidalarni ham ishlab chiqishimiz shart.

@MuhandisAI
👍3🙏1🕊1
💻 Kompyuteringiz "eslab qolgan" sirlar!

Agar kimdir kompyuteringizga kirsa, siz qaysi faylni soat nechada ochganingizni, qaysi saytlarda bo‘lganingizni va hatto o‘chirib tashlangan rasmlaringizning "izlarini" osongina topishi mumkin.

Buni tekshirib ko‘ring:

1. Win + R tugmalarini bosing.

2. recent deb yozing va Enter’ni bosing.

BUM! Siz oxirgi marta ochgan barcha maxfiy hujjatlar, rasm va videolar ro‘yxati turibdi (hatto ularni boshqa papkaga yashirgan bo‘lsangiz ham).

@NursaidovX
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6🔥3👏1😱1
Kompyuteringizda siz bilmagan "Tinch qotillar" bormi?

Siz Windows’ni yoqasiz va hamma narsa joyida deb o‘ylaysiz. Lekin orqa fonda (background) o‘nlab dasturlar sizning internetingiz, RAM va protsessoringizni o‘g‘irlab, kimlargadir "hisobot" berib turishi mumkin.

Shok fakt: Ba'zi viruslar va josus dasturlar (spyware) o‘zini Windows’ning oddiy xizmati (service) qilib ko‘rsatadi. Siz ularni "Task Manager"da ham ko‘rmaysiz!

Ertaga buni @NursaidovX kanalimizga qanday ko'rish haqida ma'lumot joylaymiz!

@Informatika
🤝5🔥2
Ilmning nomi ulug‘, ammo uni ko‘taradigan yelka bo‘lmasa, unvon ham bir bezakdan ortmay qolur. Bugun sun’iy intellekt kafedrasida if bilan else’ni olamshumul kashfiyotdek muhokama qilgan ayrim zotlar, talabaning AGI haqidagi savoli qarshisida ne holga tushgani ayon bo‘ldi. O‘sha lahza ko‘z oldida kitob emas, izlanish emas, balki pora bilan sug‘orilgan diplomlar gavdalandi. Bu esa ilmning fojeasi, zamonaning sharmandasi bo‘lib turibdir.

© Nurmuhammad Nursaidov
👍7😢2
🗓 Sun’iy intellekt muhandisligi bo‘yicha 0 dan darslar boshlandi!

Bu ChatGPT yoki boshqa AI’dan foydalanishni o‘rganish emas - bu AI’ni ishlab chiqishni o‘rganishdir.

t.me/NursaidovAI
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4🔥1
Forwarded from Nursaidov.uz
🖥 Ustozlar uchun dars davomida talabalar va o‘quvchilarning bilimini tezkor baholashga xizmat qiladigan Telegram bot ishlab chiqamiz. Talabga qarab botga sun'iy intellekt ham qo'shib beramiz!

Natijalarni talabaning o‘zi, o‘qituvchi va barcha ko‘ra oladigan qilish mumkin. Bu esa shaffoflikni yanada oshiradi.

Narxlar arzon, sifat esa yuqori. Buni biz bilan ishlaganlarning barchasi yaxshi biladi.

📲 Namuna: @NursaidovX_test_bot

➡️Murojaat uchun: @Nursaidovman

@Nursaidovuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥2
👀 SIZ QAYSI SAYTLARGA KIRGANINGIZNI KOMPYUTERINGIZ "YODLAB" OLGAN!

Siz brauzerdan tarixni (History) o‘chirib tashlasangiz ham, Windows sizning barcha kirgan saytlaringizni DNS keshida saqlab qoladi. Bu – xakerlar yoki akalar uchun sizning internet-tarixingizni tiklashning eng oson yo‘li.

Siz ko‘rgan har bir sayt manzili, hatto "Incognito" rejimida kirgan bo‘lsangiz ham, tizim xotirasida vaqtincha iz qoldiradi!

✍️ Keling, kompyuteringiz hozir qaysi saytlar "manzilini" bilishini tekshiramiz:

1. CMD (Komandalar satri) ni oching. (PUSK + R)
2. Quyidagi buyruqni kiriting va Enter bosing: ipconfig /displaydns

⚠️BUM! Ekranda siz oxirgi vaqtlarda kirgan barcha saytlar ro‘yxati "to‘kiladi".

Bonus: Bu "iz"larni darhol o‘chirib tashlash uchun quyidagi buyruqni bosing: ipconfig /flushdns
(Bundan keyin "DNS Resolver Cache Cleared" degan yozuv chiqadi – tamom, tarix tozalandi!)

🆘 Xavfsizlik uchun qoida: Kompyuteringizni "flushdns" qilishni odat qiling, ayniqsa jamoat joylarida ishlagandan keyin.

Raqamli dunyoda "izsiz" bo‘lish - bu san'at. Bugundan boshlab o‘z izlaringizni o‘zingiz tozalang!

@NursaidovX
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥4👍21👏1