Informatika va AT
7.86K subscribers
1.36K photos
663 videos
611 files
1.75K links
Informatika va axborot texnologiyalari bo'yicha O'zbekistonda birinchi faoliyatini boshlagan kanalga xush kelibsiz.

Bog'lanish: @Nursaidovuz

Kiberxavfsizlik: @NursaidovX

AI muhandislik: @NursaidovAI
Download Telegram
Forwarded from Nursaidov.uz
Hurmatli o‘qituvchilar!

Testlarni avtomatik aralashtirib, turli variantlarga ajratib beradigan yangi qulay tizim tayyorlandi. Savollarni tizimga joylashtiring, ularni aralashtirish, bir necha xil variant hosil qilish va tayyor holatda yuklab olish mumkin.

O'qituvchilar javoblari bilan yuklab olishi, talabalar uchun javobsiz ham yuklab olishi mumkin. Bu tizim test tayyorlash vaqtini ancha qisqartiradi va variantlar bilan ishlashni osonlashtiradi.

➡️ Bepul foydalaning: https://nursaidov.uz/test.html

❗️Xatoliklar bo'lsa ayting: @Nursaidovman

@Nursaidovuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3👏2😍21
Forwarded from Xizmatlar AI
Savol: Ikki kishi Scopus'ga maqola yozdi, lekin nashr pulini to'lashga imkoni yo'q. Uchinchi kishi "Pulini men to'layman, meni ham muallif qilib qo'shinglar" desa, shu ish halolmi?

❗️ Javob: Yo'q, mutlaqo halol emas.

Ilm-fanda ham, Islomda ham o'zi mehnat qilmagan (yozmagan, izlanmagan) ilmiy ishga faqat pul bergani uchun o'zini muallif qilib yozdirish - akademik qalloblik va yolg'on guvohlik hisoblanadi.

@XizmatlarAI
🔥8👍3
Afsuski shunaqa aldanayotganlar ko'p. Xo'p bularni "xijob"iga, har qanday "va'da"siga ishonib chuv tushganlar, endi nima qilish kerak?

1. Darhol o'z bankingizga va pul tushgan bank (Humo) operatoriga qo'ng'iroq qilib, firibgarlik haqida xabar bering hamda ushbu karta raqamini bloklashni talab qiling.
2. Telegramdagi barcha yozishmalar, to'lov kvitansiyalari, firibgarning profili va karta ma'lumotlarini darhol skrinshot qilib saqlab qo'ying (ular xabarlarni ikki tomonlama o'chirib yuborishidan oldin).
3. IIB xodimlari ishni e'tiborsiz qoldirmasligi uchun hududiy bo'limga og'zaki emas, balki yozma yoki O'zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasi (pm.gov.uz) orqali Ichki ishlar organlari nomiga barcha dalillar (skrinshotlar va cheklar) ilova qilingan rasmiy elektron ariza yuboring.
4. Hech qanday rasmiy ariza bermasdan, faqat ijtimoiy tarmoqlarda dod-voy qilib, "ariza yozgan bilan baribir foydasi yo'q" deb o'tirishdan mutlaqo foyda yo'q, chunki rasmiy arizasiz qonunan jinoyat ishi ochilmaydi va hech kim sizni qidirib kelmaydi. Rasmiy elektron murojaat davlat organlarini qonuniy ravishda tekshiruv o'tkazishga va sizga rasmiy javob xati berishga majbur qiladi, shuning uchun huquqingizni talab qilib, qonuniy tartibda oxirigacha boring.
5. Unutmang, bu qilmish Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Axborot texnologiyalaridan foydalanib sodir etilgan firibgarlik) bilan jinoiy javobgarlikka tortiladi. Eng asosiysi, chuv tushganlar uyalib jim yurmasdan, darhol barcha yaqinlari va do'stlarini bu kabi "oson pul" sxemalaridan ogohlantirishi shart.

Firibgar foydalanayotgan ma'lumotlar:
Karta raqami: 9860 6067 5997 4540 (Anor bank, Humo),
Ism-familiyasi: Xamidova Dinora.

Barchangiz ushbu shaxsdan va shunga o'xshash holatlardan ogoh bo'ling!

@NursaidovX
👍42🔥21
Forwarded from Xizmatlar AI
Xizmat: Ilmiy manbalar bazasini tayyorlash

Kimlar uchun: mustaqil tadqiqotchilar, PhD va DSc izlanuvchilar
Nima topib beriladi: mavzuingizga doir eng so‘nggi ilmiy ishlar, tadqiqotlar, xalqaro maqolalar va PDF manbalar
Mosligi: to‘g‘ridan-to‘g‘ri ilmiy izlanish uchun mos
Nega tanlanadi: kerakli manbalarni tarqoq holatda emas, saralangan va tartibli baza ko‘rinishida taqdim etiladi
Natija shakli: Word, PDF yoki jadval ko‘rinishidagi tayyor manbalar bazasi
Foydali qismi: adabiyotlar sharhi, metodologiya, nazariy asos va amaliy qism uchun
Muddat: qisqa vaqt ichida tayyorlab beriladi
Yakuniy natija: endi oylab, yillab vaqt ketadigan izlanishlarni 1 kunda hal qilamiz

Mavzu bo'yicha kamida 50 dan 300 tagacha manba topib beriladi va mavzuga mosligi yuqoridagi shaklida aniq keltiriladi.

@XizmatlarAI
👍6🔥2👏1
Amir Temur jang maydoniga xuddi shaxmat taxtasiga qaragandek qaragan. U dushmanni avval ruhan sindirib, keyin kutilmagan joydan zarba bergan

@NursaidovAI
4😁3
🆘 O‘zbekistonda Z-Pegasus AI bot ishga tushdi! Internetda shubhali havolalarga kirishdan charchadingizmi? Endi xavotirga o‘rin yo‘q.

Nega aynan Z-Pegasus?

🔍 Havola bo‘yicha tezkor tekshiruv: VirusTotal bazasi orqali 70+ antivirus tahlili.
📊 Xavf balli:
Har bir havola uchun 0-100 oralig‘ida xavfsizlik koeffitsienti.
🕵️ Fishing tahlili:
URL tarkibidagi shubhali belgilarni avtomatik aniqlash.
🌐 IP Reputation:
Sayt serverining global "qora ro'yxat"dagi holati (AbuseIPDB).
🏢 Provayder ma'lumotlari:
IP manzil, mamlakat va provayder haqida to'liq report.

⚠️ Fishing va xakerlar tuzog'iga tushmang! O'zingizni va yaqinlaringizni professional kiber-razvedka vositasi bilan himoya qiling.

🔗 Botni hoziroq sinab ko'ring: @z_pegasus_bot | Botga yangi funksiyalar qo'shishda davom etyabmiz

Link tashlab ozroq kutasiz.

@NursaidovX
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4👏321😁1
Forwarded from Nursaidov.uz
Ramazon oyida juda katta chegirmada yana bir ustozimizga O'zbekistonda yagona AI ta'lim konstruktori platfomasini o'rnatib berdik.

Bitta eng yaxshi funksiyasi - cheksiz fanlar qo'sha olasiz, har bir fanga cheksiz testlar, videolar, kitoblar, cheksiz, cheksiz qo'shasiz. AI hisobot beradi, va h.k. Eng asosiysi umrbod foydalanasiz

Alloh xayrli qilsin! Ustozni yangiliklardan foydalanib, dars o'tishlari foydali bo'lsin!


U qanaqa platforma? | Oxirgi yangilanish zo'r funksiya qo'shildi | Platformani yangilashda davom etamiz

@Nursaidovuz
🔥2
Forwarded from Nursaidov.uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Nursaidov.uz platformasida testlarni bloklash funksiyasi vazifasi. Bu ham eng yaxshi funksiyalardan biri

@Nursaidovuz
🔥3
🔋 Telefoningiz qizib, zaryadi tez tugayaptimi? Ekranda ko'rinmaydigan "Josus" dasturlarni topish siri!

"Ekrandagi hamma ochiq dasturlarni yopib tashladim, telefonim tinch turibdi", deb o'ylaysizmi? Adashasiz! Kiberjinoyatchilar o'zlarining kuzatuvchi viruslarini (Spyware yoki Trojan) telefon menyusida umuman ko'rinmaydigan qilib yashirishadi. Sizning xabaringizsiz ular orqa fonda mikrofoningizni eshitib, yozishmalaringizni o'g'irlab yoki lokatsiyangizni uzatib turgan bo'lishi mumkin.

Antiviruslar ham har doim bunday aqlli viruslarni topa olmaydi. Lekin buni tekshirishning 100% ishonchli va yashirin usuli bor. Buning uchun Androidning maxfiy "Dasturchilar menyusi"ni ochishimiz kerak:

Qanday tekshiramiz? (Qadam-ba-qadam)

Telefoningizning Sozlamalar (Settings) bo'limiga kiring.

Eng pastga tushib, Telefon haqida (About phone) degan joyga kiring.

U yerdan Dasturiy ta'minot ma'lumotlari (Software information) ga o'tib, "Yig'ish raqami" (Build number) yozuvi ustiga ketma-ket, tez-tez 7 marta bosing! (Ekranda "Siz endi dasturchisiz" degan yozuv chiqadi).

Endi orqaga - asosiy Sozlamalar menyusiga qaytsangiz, eng pastda yangi "Dasturchi parametrlari" (Developer options) bo'limi paydo bo'lganini ko'rasiz. Unga kiring!

U yerda "Ishlayotgan xizmatlar" (Running services) degan joyni toping va ustiga bosing.

Haqiqiy manzara tayyormi? 🚨
Sizning oldingizda ayni soniyada telefoningiz xotirasida (RAM) haqiqatdan nimalar ishlab turgani ro'yxati chiqadi. Bu ro'yxatni hech qanday virus alday olmaydi!

Agar siz u yerda nomi g'alati, belgisi (icon) yo'q yoki o'zingiz umuman o'rnatmagan qandaydir shubhali dastur tinimsiz ishlab turganini ko'rsangiz - demak, telefoningizda "mehmon" bor. Darhol uning ustiga bosib, "To'xtatish" (Stop) tugmasini bosing va ilovalar ro'yxatidan qidirib topib, tag-tugi bilan o'chirib tashlang!

Kiber-qoida: Telefoningizni o'zingiz nazorat qiling, u sizni nazorat qilishiga yo'l qo'ymang!

Xabarni yaqinlaringizga yuboring.

@NursaidovX
👍41
Bugun dunyoni hayratga solayotgan asimmetrik texnologiyalar - G‘azodan Erongacha, Afg‘onistondan kiber-maydongacha - qog‘ozdagi unvonlar emas, balki “yashab qolish” instinkti mahsulidir.

O'zbekistondagi aksariyat magistr yoki PhD talabasi ko‘pincha "diplom olsam, yaxshi ish topsam" degan kasbiy motiv bilan o‘qiydi.

Eronning raketa arxitektorlari esa "yashab qolish yoki yo‘q bo‘lish" paradigmasida ishlaydi. Qachonki mutaxassis o‘z ishini shunchaki tirikchilik emas, balki o‘z borlig‘i va mas’uliyatini belgilovchi missiya deb qabul qilsa, uning kognitiv salohiyati bir necha barobar ortadi.

​Ular 8 soatlik ish kuni uchun emas, balki natija uchun yashaydi. Eng qizig'i, dunyoni hayratga solgan o'sha raketa va dron tizimlarini yaratganlarning ko'pida nafaqat PhD yoki magistrlik, balki hattoki oddiy bakalavr diplomi yo'q.

Ularning "diplomi" - cheksiz izlanish, sanksiyalar ichidagi amaliy tajriba va vatan oldidagi mas'uliyat edi. Chunki qog'ozdagi unvon emas, amaldagi natija uchadigan raketani yasaydi.

© Nurmuhammad Nursaidov
👍17🔥12💯81🫡1
Forwarded from Nursaidov.uz
RAMAZON OYI OXIRIDA Raqamli metodlarni 5 ta USTOZga katta chegirmalarda beramiz. SHOSHILING. ULGURMAGANLAR XAFA BO'LISH YO'Q.

1. QR-kodli test tizimi - 271 ming so'm
2. QR-kodli krossvord tizimi - 271 ming so'm
3. Raqamli savol tizimi - 271 ming so'm
4. Uch bosqichli bilimni sinaydigan professional tizim- 271 ming so'm
5. Guruhlar o‘rtasida musobaqa tashkil etish tizimi - 271 ming so'm
6. “Millioner” tizimi - 271 ming so'm
7. Dars va o‘qituvchini anonim baholash tizimi -171 ming so'm
8. Sun’iy intellekt asosida ishlab chiqilgan, xohlagan fanlaringiz bo‘yicha ma’lumotlarni real vaqtda joylash va o‘chirish, bilimni sinash hamda individual AI asosida xulosa beradigan, yengil va tez ishlaydigan Nursaidov.uz - konstruktor tizimi - 150$

➡️ Murojaat uchun: @Nursaidovman | ❗️

@Nursaidovuz
👍32
Forwarded from Informatika va AT
“O‘zbekona” degan tushuncha - Islomga zid bo‘lmasligi kerak. Afsuski, bugungi kunda targ‘ib qilinayotgan "milliylik" musulmon odoblariga to‘g‘ri kelmaydi.

© Nurmuhammad Nursaidov
💯5🔥1
Falastin blokada sharoitida bo'lishiga qaramay, ta'limni yagona yashab qolish strategiyasi deb biladi, natijada savodxonlik 97% dan yuqori bo'lib, ular yetishtirgan malakali shifokor va muhandislar butun Arab dunyosida eng talabgir kadrlar hisoblanadi, shuningdek, cheklangan resurslar va texnologik qamal holatida ham mahalliy muhandislar masofadan boshqariladigan tizimlar va o'ta murakkab raketa texnologiyalarini o'zlari ishlab chiqish darajasiga yetgan.

Global IQ reytingida (2026) O‘zbekiston 96.7 ball bilan 69-o‘rinni, Falastin esa blokada sharoitiga qaramay 96.4 ball bilan 73-o‘rinni egallab turibdi. Har ikki xalq intellektual salohiyat bo‘yicha dunyo o‘rtachasiga juda yaqin va deyarli teng darajada, ammo Falastinning doimiy urush va resurslar cheklangan sharoitda bunday ko‘rsatkichni saqlab qolishi ularning ta’lim tizimi o‘ta hayratlanarli va mustahkam ekanidan dalolat beradi.

© Nurmuhammad Nursaidov
👍8
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"Nega buncha PhD larga osilasiz?" deyishyapti.

Chunki bu jamiyat uchun sening Scopusdagi maqolang, quruq hisobotlaring va unvonlaring bir pul, agar ular real hayotdagi muammoni hal qilmasa.

PhD - bu shunchaki kabinetda o‘tirish emas, balki muammoni ildizi bilan ko‘ra olish va uni ochiq aytish mas’uliyatidir. Olim degani jamiyatning eng hushyor qatlami bo‘lishi, xatolarni ko‘rganda sukut saqlamasdan, hokimiyat va tizimni keskin tanqid qilishi shart.
Agar ilmiy darajasi bor odam haqiqatni aytishdan qo‘rqsa yoki tizimning xatolariga ko‘z yumsa, u olim emas, shunchaki diplomli nusxadir.

Men esa ilmning o‘limiga tomoshabin bo‘lib turolmayman.

© Nurmuhammad Nursaidov
👍16💯5👏21
O'zbekistonga keladigan asosiy internet magistrallari Rossiya orqali o'tgani sababli, u yerdagi har qanday cheklov yoki texnik "filtrlar" bizdagi Telegram tezligiga ta'sir qilyapti.

VPN yoqib telefoningizni qizitib, batareyasini o'ldirmang. Telegram ichidagi TLS Proxy barcha to'siqlarni aylanib o'tish uchun eng keskin va samarali yechimdir.

tg://proxy?server=exp.proxy.digitalresistance.dog&secret=7tQdjNmPALIE6YAJmOz4Mi53d3cuZ29vZ2xlLmNvbQ&port=443

Qo‘llanma:
- Yuqoridagi ko‘k rangli havolaga bosing.
- Telegram ichida ochilgan oynada "Connect Proxy" (yoki "Подключить прокси") tugmasini tanlang.

Bo‘ldi! Telegram avtomatik tarzda cheklovlarni chetlab o‘tib, barqaror ishlay boshlaydi.

@NursaidovX
👍42🤯1
⚠️ Kiberxavfsizlik bo'yicha 0 dan darslar boshlandi

7 yoshdan 70 yoshgacha qanday kasbda bo'lishingizdan qat'iy nazar bilishingiz shart bo'lgan bilimlar bazasi

t.me/NursaidovX
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6
🗓 Sun’iy intellekt muhandisligi bo‘yicha 0 dan darslar boshlandi!

Bu ChatGPT yoki boshqa AI’dan foydalanishni o‘rganish emas - bu AI’ni ishlab chiqishni o‘rganishdir.

t.me/NursaidovAI
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍13
Barcha birdek tushunishi uchun kurslarni 0 dan yuqoridagi kanallarda tayyorlab, chiqyapmiz.
👍14
Forwarded from NurStudio | Dasturlar
Wub. Nursaidovuz.zip
981.4 KB
Windows Update Blocker - bu bepul dastur bo'lib, u Windows tizimidagi Avtomatik yangilanishlarni bir marta bosish orqali butunlay o'chirish yoki yoqishga yordam beradi.

👉 @informatika
👍2🔥1👏1