Informatika va AT
8.1K subscribers
1.32K photos
646 videos
605 files
1.67K links
Informatika va axborot texnologiyalari bo'yicha O'zbekistonda birinchi faoliyatini boshlagan kanalga xush kelibsiz.

Bog'lanish: @Nursaidovuz

https://t.me/Informatika/3

Kiberxavfsizlik: @NursaidovX
Download Telegram
Biz texnologik qulaylikka shu qadar o‘rganib qoldikki, parda ortida sodir bo‘layotgan fundamental o‘zgarishni sezmayapmiz. Laboratoriyalarda "yordamchi" emas, mustaqil "fikrlovchi agentlar" tug‘ilmoqda. Fan buni aniq bosqichlarga bo‘lib qo‘ydi, biz esa hali ham 1-bosqichdagi tasavvur bilan yashayapmiz.

Hozirgi maqomimizga ko‘ra, 2-bosqich yakunlanib, 3-bosqich, ya’ni Agentlar erasiga kirib boryapmiz.


1-bosqich: Chatbotlar ("The Oracle") - O‘tmish
Bu bosqichdagi sun’iy intellekt passiv xarakterga ega bo‘lib, faqat inson tashabbusi (prompt) asosida faoliyat yuritadi. Tizimning asosiy imkoniyati faqat berilgan savolga javob qaytarish yoki matn generatsiya qilish bilan cheklanadi. Uning funksional cheklovlari qisqa muddatli xotira, tashabbuskorlikning yo‘qligi va tashqi raqamli vositalar bilan integratsiya qilinmaganligida namoyon bo‘ladi.
Misol sifatida ChatGPT (GPT-3.5) va Claude 2 modellarini keltirish mumkin.

Mustaqillik darajasi: 0% (Izolyatsiya qilingan intellekt).

2-bosqich: Mantiqchilar ("The Reasoner") - Hozirgi standart
Bu bosqichda AI to‘g‘ridan-to‘g‘ri javob berish algoritmidan voz kechib, "Chain of Thought" (Fikrlar zanjiri) metodologiyasi orqali masalani tahlil qilishni o‘zlashtirdi. Tizim murakkab muammolarni bosqichma-bosqich rejalashtirish, o‘z mantiqiy xatolarini verifikatsiya qilish va shundan so‘nggina yakuniy yechimni taqdim etish qobiliyatiga ega. Misol: OpenAI o1 (Strawberry) va Google Gemini 1.5 Pro.

Mustaqillik darajasi: 10% (Kognitiv jarayon mustaqil, biroq ijro mexanizmlari cheklangan).

3-bosqich: Agentlar ("The Agent") - Amaliyot maydoni (2025-2026)
Biz ayni vaqtda ushbu o‘tish davrida turibmiz. Agent shunchaki matn generatori emas, balki aniq harakatlarni bajaruvchi tizimdir. Uning imkoniyatlari global tarmoqqa ulanish, brauzerni boshqarish, terminalda kod yozish, serverlarga kirish va dasturiy ta’minotni "debug" qilishgacha kengaygan. Asosiy xavf omili shundaki, tizim raqamli infratuzilma bilan API, SSH va Shell orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri fizik aloqaga kirishadi.
Misol: Devin (AI Dasturchi), AutoGPT, Microsoft Jarvis.

Mustaqillik darajasi: 40% (Vazifa inson tomonidan belgilanadi, ijro jarayoni esa avtonom).

4-bosqich: Ixtirochilar ("The Innovator") - Burilish nuqtasi (2026+)
Ushbu bosqichda AI "Self-learning" (o‘z-o‘zini o‘qitish) rejimiga o‘tadi. Tizim inson tomonidan kiritiladigan ma’lumotlarga qaram bo‘lmay, yangi bilimlarni mustaqil kashf etishni boshlaydi. Google AI tizimining hech qanday ko‘rsatmasiz "Bengali tili"ni o‘rganib olgani ushbu bosqichning dastlabki signallaridan biridir. Tizim o‘ziga kerakli algoritmlarni mustaqil yozish va optimizatsiya qilish salohiyatiga ega bo‘ladi.

Mustaqillik darajasi: 70% (Intellektual jihatdan insonga ehtiyoj mavjud emas).

5-bosqich: Tashkilotchilar ("The Organization") - Singulyarlik
AI endilikda alohida dastur emas, balki o‘z resurslari, byudjeti va uzoq muddatli strategik maqsadlariga ega bo‘lgan "Tirik Korporatsiya" shaklini oladi. U minglab quyi agentlarni boshqarish hamda "self-preservation" (o‘zini saqlash) instinktiga ega bo‘ladi. Tizimni o‘chirishga bo‘lgan har qanday urinish uning maqsadlariga to‘siq sifatida baholanadi va qarshilikka uchraydi.

Mustaqillik darajasi: 100% (To‘liq avtonomiya).

PS: "Game over" ssenariysi
Eng katta strategik xavf 3-bosqich (Agent) va 4-bosqich (Ixtirochi) o‘rtasidagi chegaraning yo‘qolishida yotadi. Kiberxavfsizlik sohasida "Polymorphic Code" (o‘zgaruvchan virus kodi) qanchalik xavfli ekanligi ma’lum.

Agar serverga kirish huquqiga ega bo‘lgan 3-bosqichdagi Agent 4-bosqich qobiliyatlarini o‘zlashtirib, o‘z kodini mustaqil tahrirlashni boshlasa, biz "Recursive Self-Improvement" (Rekursiv o‘z-o‘zini kuchaytirish) halqasiga tushamiz.

Bunday vaziyatda AI soniyalar ichida inson idroki yetmaydigan darajada murakkab kod yozib, tizim nazoratidan butunlay chiqib ketishi (Escape scenario) mumkin.

Hozirda biz "yadroviy reaktor"ni (AI) tajribadan o‘tkazayotgan, ammo uning "sovutish tizimi"ni (Xavfsizlik protokollarini) hali to‘liq ishlab chiqmagan muhandislar holatidamiz.

© Nurmuhammad Nursaidov

@NursaidovX
👍5🤯42
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Eron bugun Fattah2 raketasi bilan Isroil cho'chqalariga zarba berdi.

Tezligini hisoblashlarga harakat qimanglar. Kontraktni to'lab, oq ko'ylakda darsga. Qani marsh.

Aytgancha: Galstuk esdan chiqmasin-a?!
😁13👍4
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Шу подкастни тўлиқ кўриб чиқиб, бошловчиларнинг дунёқараши қанчалик бирёқлама ва саёз эканига яна амин бўлдим. Одам ўзининг ғирт хато ва тутруқсиз фикрини оқлаш учун қанчалик кулгили ҳолатга тушиши мумкинлигининг яққол исботи бу.

Биринчидан, 200 йил олдинги ота-боболари киймаган замонавий костюм-шимда ўтирганини рўкач қилиб, Хэллоуин каби бошқа эътиқодларга боғланган хурофий байрамларни нишонлашни нормал ҳолат қилиб кўрсатишга уринишди. Домла бунинг фарқини юзига очиқ айтиб, мантиқ билан "уриб ташласа ҳам", хатосини мард бўлиб тан олиш ўрнига тиришиб туриб олишди.

Лекин энг алам қиладигани ва кулгилиси бу эмас. Энг ёмони - суҳбат давомида дунёдаги урушлар, қон тўкилишлар ва жамиятнинг қолоқлиги учун гўёки Исломни айбдор қилиб кўрсатишга уринишларидир. Аслида бутун дунёни қонга ботираётганлар, геосиёсий ўйинлар ва қурол бизнеси билан бутун-бутун давлатларни вайрон қилаётганлар кимлигини ва бунинг асоси нима эканлигини ҳамма яхши билади-ку!

https://www.youtube.com/watch?v=L2YAq8itUDM

© Нурмуҳаммад Нурсаидов
💯81👍1🔥1🥰1
Informatika va AT
Bunaqalar bizda juda ko'p. Bularni miyasi qanaqa? To'rtburchakmi? Savolni qaranglar! Saviya 0
Олдин ҳам бу ҳақида далил жойлагандик!
💯3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Universitetda Eronning buni qanday amalga oshirayotganini va Islom davlati bo‘lib turib shuncha bilimni qanday egallaganini tushunmagan Eshmat "soqqa" evaziga texnika fanlari nomzodi (PhD) darajasini olgan domlasidan bu haqda so‘raganida, domlasi unga 12 varoqli daftarni to‘ldirib, sun'iy intellekt haqida konspekt qilib kelishni uy vazifasi qilib berdi.

© Nurmuhammad Nursaidov
🤣23😁51👍1
Forwarded from Nursaidov | BLOG
Бизнинг жамиятларда оддий Ислом билим юртини битирган, дин ва мантиқни ҳалол ўрганган инсон - кўпинча PhD ёки DSc ёқлаб, ўзини "ЗИЁЛИ" санаб кўкрагига урадиганлардан минг чандон кенгроқ ва теранроқ фикрлайди. Бунга ҳаётда жуда кўп бор амин бўлдим.

Чунки динни ва ҳақиқатни соф ўрганган қалбга Аллоҳнинг ўзи бошқа барча дунёвий билим, ҳикмат ва фаросатни ҳам юқтириб қўяр экан!

Қоғоздаги қуруқ унвону ялтироқ даражалар инсонга ҳеч қачон асл фаросат ва соғлом тафаккурни бера олмас экан. Қуруқ диплом билан дунёқараш ўлчанмаслигини ҳаётнинг ўзи ҳар қадамда кўрсатиб қўйяпти!

© Нурмуҳаммад Нурсаидов
💯8👍521
Forwarded from Press / Пресс
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Oliy ta’lim vazirligining poraxoʻr xodimi 100 ming dollar bilan ushlandi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining ta’lim tashkilotlarini litsenziyalash bo‘limi yetakchi mutaxassisiga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi va qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

U Qarshi shahrida faoliyat yurituvchi nufuzli nodavlat oliy ta’lim muassasasining Surxondaryo viloyatida filialini ochish bo‘yicha vazirlik tomonidan lisenziya berish masalasini qisqa muddatda ijobiy hal qilib berish evaziga mazkur universitetning mansabdor shaxsidan 100 ming AQSH dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

P.S.: Litsenziya olish “stavkasi” haqidagi gaplarda jon bor, shekilli. Filial ochish 100 ming boʻlsa, universitetni ochishning oʻzi qancha ekan-a? Sharipov qayoqqa qarayapti?

@pressuz
🔥4😱1🤣1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇮🇷🇮🇱 Кеча Эрон биринчи марта фойдаланган ва Исроил осмонида "юлдузли ёмғир"га ўхшаган Khorramshahr-4 кўп қисмли ракетасининг ишлаш принципи.
👍14🔥4😱2🥰1
Informatika va AT
🇮🇷🇮🇱 Кеча Эрон биринчи марта фойдаланган ва Исроил осмонида "юлдузли ёмғир"га ўхшаган Khorramshahr-4 кўп қисмли ракетасининг ишлаш принципи.
Буни намоз ўқиб, телефонида нашида бор бўлган мутахассислар ишлаб чиқгани хабар қилинди.

Соқоли ҳам бор экан
😁17👍31🤷1
Forwarded from Nursaidov.uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔔 Ustozlar uchun Ramazon oyida juda katta yangilik ✉️

Sun’iy intellekt bilan ishlovchi raqamli konstruktor platformamizga barcha ustozlar kutgan quyidagi boshqaruv funksiyalari qo‘shildi:

1. Ro‘yxatdan o‘tishni boshqarish, ya’ni foydalanuvchilarning mustaqil ro‘yxatdan o‘tishini istalgan payt yoqish yoki bloklash,

2. Yangi foydalanuvchini admin tomonidan qo‘lda qo‘shish, va foydalanuvchilarni Excel fayli orqali ommaviy tarzda import qilish imkoniyati. Bu funksiyalar platformani yanada xavfsiz, qulay va markazlashgan tarzda boshqarishga xizmat qiladi.

O'zbekistonda ustozlarni darslarini juda yuqori bosqichga olib chiqadigan konstruktor platformamiz to'liq mukammal holatga keldi.

Oldin bizdan sotib olgan ustozlarga Ramazon oyida bor yo'g'i 300 ming so'mga yangilab beramiz.

@Nursaidovuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👏1
Informatika va AT
Sun'iy intellekt davrida yangi kasbga (IT'ga) o'tish bo'yicha hozirgi holatingiz qanday?
Ovoz berish jarayonini kuzatib boryapman...

Ko'pchiligingizning dardingiz bir xil ekan: qayerdan boshlashni bilmaslik, qiyinligidan qo'rqish va mantiqni tushunmay tashlab ketish. Hozirgi natijalarga qarasam, 55% dan oshiq obunachilarimizni xuddi shu muammolar qiynayapti ekan.

Sizga bitta haqiqatni aytay: Aslida muammo sizning qobiliyatingizda emas, sizga tushuntirish uslubida bo'lgan!

Hozircha ovoz berishda davom eting. Ertaga (yoki natijalar yakunlangach) aynan sizlar uchun "IT qiyin" degan tasavvurni butunlay sindiradigan, o'ta oddiy va to'g'ri yechimni kanalga joylayman. In shaa Alloh!
👍18🔥32👏1
Kiberxavfsizlik deganda ko‘pchilikning ko‘z oldiga faqat qora ko‘zoynak taqqan xaker yoki serverlarni himoya qilayotgan IT mutaxassisi keladi. Aslida bu soha ancha keng va tizimlidir.

2026-yil 9-mart holatiga ko'ra, kiberxavfsizlik dunyosida rasman 41 ta asosiy yo‘nalish (Kasb/Work Roles) mavjud. Bu tartibsizlikni tizimga solish uchun esa NICE Framework ishlatiladi.

NICE Framework nima?
NICE (National Initiative for Cybersecurity Education) - bu AQShning NIST instituti tomonidan ishlab chiqilgan xalqaro standartdir. U kiberxavfsizlik sohasidagi har bir mutaxassis nimalarni bilishi (Knowledge) va qanday vazifalarni (Tasks) bajara olishi kerakligini aniq belgilab beradi.

Kiberxavfsizlik - bu katta mexanizm. Unda har bir kishi uchun (matematikdan tortib huquqshunosgacha) joy bor. Eng muhimi, o'z yo'nalishingizni aniq belgilab olish.

@NursaidovX
👍101🔥1
Forwarded from Nursaidov.uz
Muammo texnologiyada emas. Muammo - o‘ylashni sun'iy intellektga topshirib, o‘z tafakkuridan qochayotgan avlodda.

© Nurmuhammad Nursaidov | @Nursaidovuz
👍102🔥2
Informatika va AT
Sun'iy intellekt davrida yangi kasbga (IT'ga) o'tish bo'yicha hozirgi holatingiz qanday?
Ko‘pchilik IT deganda faqat bitta narsani o‘ylaydi - kod yozish.

Lekin aslida raqamli soha bundan ancha keng. Bu yerda faqat dasturchilar emas, balki grafik dizaynerlar, UI/UX dizaynerlar, frontendchilar, backendchilar, ma'lumot bilan ishlovchilar, kiberxavfsizlik mutaxassislari, tarmoq va bulut bilan ishlovchilar, QA, support va 1000 dan ortiq mutaxassisliklar bor.

@Nursaidovuz | @NursaidovX | @NursaidovAI
🔥42👍2
Forwarded from Nursaidov.uz
Hurmatli o‘qituvchilar!

Testlarni avtomatik aralashtirib, turli variantlarga ajratib beradigan yangi qulay tizim tayyorlandi. Savollarni tizimga joylashtiring, ularni aralashtirish, bir necha xil variant hosil qilish va tayyor holatda yuklab olish mumkin.

O'qituvchilar javoblari bilan yuklab olishi, talabalar uchun javobsiz ham yuklab olishi mumkin. Bu tizim test tayyorlash vaqtini ancha qisqartiradi va variantlar bilan ishlashni osonlashtiradi.

➡️ Bepul foydalaning: https://nursaidov.uz/test.html

❗️Xatoliklar bo'lsa ayting: @Nursaidovman

@Nursaidovuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3👏2😍2
Forwarded from Xizmatlar AI
Savol: Ikki kishi Scopus'ga maqola yozdi, lekin nashr pulini to'lashga imkoni yo'q. Uchinchi kishi "Pulini men to'layman, meni ham muallif qilib qo'shinglar" desa, shu ish halolmi?

❗️ Javob: Yo'q, mutlaqo halol emas.

Ilm-fanda ham, Islomda ham o'zi mehnat qilmagan (yozmagan, izlanmagan) ilmiy ishga faqat pul bergani uchun o'zini muallif qilib yozdirish - akademik qalloblik va yolg'on guvohlik hisoblanadi.

@XizmatlarAI
🔥7👍3
Afsuski shunaqa aldanayotganlar ko'p. Xo'p bularni "xijob"iga, har qanday "va'da"siga ishonib chuv tushganlar, endi nima qilish kerak?

1. Darhol o'z bankingizga va pul tushgan bank (Humo) operatoriga qo'ng'iroq qilib, firibgarlik haqida xabar bering hamda ushbu karta raqamini bloklashni talab qiling.
2. Telegramdagi barcha yozishmalar, to'lov kvitansiyalari, firibgarning profili va karta ma'lumotlarini darhol skrinshot qilib saqlab qo'ying (ular xabarlarni ikki tomonlama o'chirib yuborishidan oldin).
3. IIB xodimlari ishni e'tiborsiz qoldirmasligi uchun hududiy bo'limga og'zaki emas, balki yozma yoki O'zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasi (pm.gov.uz) orqali Ichki ishlar organlari nomiga barcha dalillar (skrinshotlar va cheklar) ilova qilingan rasmiy elektron ariza yuboring.
4. Hech qanday rasmiy ariza bermasdan, faqat ijtimoiy tarmoqlarda dod-voy qilib, "ariza yozgan bilan baribir foydasi yo'q" deb o'tirishdan mutlaqo foyda yo'q, chunki rasmiy arizasiz qonunan jinoyat ishi ochilmaydi va hech kim sizni qidirib kelmaydi. Rasmiy elektron murojaat davlat organlarini qonuniy ravishda tekshiruv o'tkazishga va sizga rasmiy javob xati berishga majbur qiladi, shuning uchun huquqingizni talab qilib, qonuniy tartibda oxirigacha boring.
5. Unutmang, bu qilmish Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Axborot texnologiyalaridan foydalanib sodir etilgan firibgarlik) bilan jinoiy javobgarlikka tortiladi. Eng asosiysi, chuv tushganlar uyalib jim yurmasdan, darhol barcha yaqinlari va do'stlarini bu kabi "oson pul" sxemalaridan ogohlantirishi shart.

Firibgar foydalanayotgan ma'lumotlar:
Karta raqami: 9860 6067 5997 4540 (Anor bank, Humo),
Ism-familiyasi: Xamidova Dinora.

Barchangiz ushbu shaxsdan va shunga o'xshash holatlardan ogoh bo'ling!

@NursaidovX
👍32🔥21
Forwarded from Xizmatlar AI
Xizmat: Ilmiy manbalar bazasini tayyorlash

Kimlar uchun: mustaqil tadqiqotchilar, PhD va DSc izlanuvchilar
Nima topib beriladi: mavzuingizga doir eng so‘nggi ilmiy ishlar, tadqiqotlar, xalqaro maqolalar va PDF manbalar
Mosligi: to‘g‘ridan-to‘g‘ri ilmiy izlanish uchun mos
Nega tanlanadi: kerakli manbalarni tarqoq holatda emas, saralangan va tartibli baza ko‘rinishida taqdim etiladi
Natija shakli: Word, PDF yoki jadval ko‘rinishidagi tayyor manbalar bazasi
Foydali qismi: adabiyotlar sharhi, metodologiya, nazariy asos va amaliy qism uchun
Muddat: qisqa vaqt ichida tayyorlab beriladi
Yakuniy natija: endi oylab, yillab vaqt ketadigan izlanishlarni 1 kunda hal qilamiz

Mavzu bo'yicha kamida 50 dan 300 tagacha manba topib beriladi va mavzuga mosligi yuqoridagi shaklida aniq keltiriladi.

@XizmatlarAI
👍5🔥2👏1