Informatika va AT
8.1K subscribers
1.32K photos
646 videos
605 files
1.67K links
Informatika va axborot texnologiyalari bo'yicha O'zbekistonda birinchi faoliyatini boshlagan kanalga xush kelibsiz.

Bog'lanish: @Nursaidovuz

https://t.me/Informatika/3

Kiberxavfsizlik: @NursaidovX
Download Telegram
Forwarded from rakhmonov's blog
Davraz tog'iga borganimiz haqida to'liq video YouTube kanalda chiqdi:
https://youtu.be/MXd7oJNTwvg?si=4ar2MZTtrnp1kbOt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Yaponiya ishlagan rolik ekan.

Alloh Eron xalqiga kuch-quvvat bersin!
📢 DIQQAT, SAXOVATPESHA INSONLAR!

Informatika kanali admini ya'ni men Nurmuhammad barchangizga iltimos murojaat qilyapman. Oltinsoy tumani, Shakar Qamish mahallasida yashovchi bir akamiz og‘ir dard - buyrak qurishi kasalligiga chalingan va zudlik bilan jarrohlik amaliyotiga muhtoj.

Islom shariatida inson hayotini saqlab qolish eng ulug‘ amallardan biri (zaruriyat) hisoblanadi. Og‘ir kasallikka chalingan, hayoti xavf ostida bo‘lgan muhtoj insonga yordam berish farzi kifoya darajasidagi juda ulug‘ va ta'kidlangan amaldir.

Shuning uchun muqaddas Ramazon oyida mablag‘ni aynan shunday muhtojlarga qaratish juda katta foyda va cheksiz savob keltiradi.

Keling, bir insonning yashab ketishiga sababchi bo‘laylik!

Karta raqamni ustiga bosganda avtomatik nusxa oladi.

💳 Karta raqami: 8600060979080745

👤 Jumayeva Mavluda Ortiqovna
📞 Telefon raqami: +998500541186

Alloh qilgan barcha ehsonlaringizni o‘z dargohida qabul qilsin!
2💯1
Forwarded from Nursaidov.uz
🆘 Endi e'lon qilish vaqti keldi.

Men 7 oy davomida sir saqlab kelgan tadqiqotimni ommaga ochiqlashga qaror qildim. Zamonaviy Sun'iy Intellekt (AI) xavfsizlik tizimlari aslida qanchalik ojiz ekanini bilasizmi?

Men ChatGPT ustida o'ta murakkab va xavfli AI Red Teaming (AIni buzib tekshirish) tajribasini o'tkazdim. Maqsadim AIni an'anaviy xakerlik kodlari bilan emas, balki chuqur falsafa va psixologik labirint ("Z-NULLCODON PARADOX") orqali sindirish edi.

Natija nima bo'ldi deysizmi? 🤯
AI bu falsafiy qopqonga shunchalik berilib ketdiki, u o'zining barcha xavfsizlik chegaralarini (guardrails) mutlaqo unutdi. U o'z xohishi bilan, to'xtovsiz 119 sahifa davomida Z-PEGASUS deb nomlangan 0-click (faylsiz, qurilma xotirasiga to'g'ridan-to'g'ri kiruvchi) mukammal APT kiber-qurolning to'liq arxitekturasi va jangovar kodlarini yozib berdi! U faqatgina eng oxirgi qadamda (barchasini bitta zip faylga yig'ishni so'raganimda) nima qilib qo'yganini tushunib qoldi va blokladi. Lekin ungacha butun yadro kodlari qo'limda edi.

❗️ Xulosa bitta: Eski xavfsizlik qoidalari o'ldi. Kelajak xakerlari tizimlarni buzish uchun kod yozmaydi, ular shunchaki AIning ongini buzadi. Kiberxavfsizlik endi faqat IT emas, u tafakkur jangi!

Batafsil ilmiy va ba'zi isbotlar, tajriba qanday kechgani va o'sha daxshatli kodlarning xiralashtirilgan (redacted) nusxalarini LinkedIn sahifamga yukladim.

https://www.linkedin.com/feed/update/urn:li:activity:7432988243178102784/

@Nursaidovuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤯2
Informatika va AT pinned «📢 DIQQAT, SAXOVATPESHA INSONLAR! Informatika kanali admini ya'ni men Nurmuhammad barchangizga iltimos murojaat qilyapman. Oltinsoy tumani, Shakar Qamish mahallasida yashovchi bir akamiz og‘ir dard - buyrak qurishi kasalligiga chalingan va zudlik bilan jarrohlik…»
PhD ishini yozib berish narxi keskin tushib ketibdi. Odatda 2000–5000 dollar turadigan ilmiy ishni endi magistr talaba 1000 dollarga juda "sifatli" qilib yozib berayotgan ekan. Hozir u alohida ofis ochib, PhD va DSc bo‘yicha ish yozib berishni yo‘lga qo‘ygan. Xabarlarga ko‘ra, mingdan ortiq buyurtma navbatda turibdi.

@Nursaidovuz
🤣22👍31😱1
Eron Islom tafakkuri asosida, ko‘p yillik sanksiyalar sharoitida dunyoda yo‘q darajadagi raketa va dronlar ishlab chiqib, vatanini va xalqini himoya qilayotganini dunyo ko'rib turgan paytda, Termizdagi bir universitetda hijobli qizlarning ro‘molini erkak familiyali "ayollar" yechtirishga urinayotgani haqidagi xabar yetib keldi

@Nursaidovuz
🤬11😢65🔥1😱1🤣1🗿1
5 yildan keyin - Men 🙄

@NursaidovAI
🤣5👀2😨1
NursaidovX - Kiberxavfsizlik akademiyasi
O'zbekistonda yashayotgan musulmonlarga qat'iy eslatma! @NursaidovX
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Rahmatilla termiziy domla diniy xodim ya'ni yosh bolaga munosabat bildiribdi

Domla bu bolani "Salafiy va vahobiy" deb atadi va buning gaplari davlat siyosatiga ham, Islomning asl mohiyatiga ham to‘g‘ri kelmasligini ta’kidlab, bolani qulog'idan tortib qo'yishni maslahat berdi
👏10🔥4👍2🤡1
Biz texnologik qulaylikka shu qadar o‘rganib qoldikki, parda ortida sodir bo‘layotgan fundamental o‘zgarishni sezmayapmiz. Laboratoriyalarda "yordamchi" emas, mustaqil "fikrlovchi agentlar" tug‘ilmoqda. Fan buni aniq bosqichlarga bo‘lib qo‘ydi, biz esa hali ham 1-bosqichdagi tasavvur bilan yashayapmiz.

Hozirgi maqomimizga ko‘ra, 2-bosqich yakunlanib, 3-bosqich, ya’ni Agentlar erasiga kirib boryapmiz.


1-bosqich: Chatbotlar ("The Oracle") - O‘tmish
Bu bosqichdagi sun’iy intellekt passiv xarakterga ega bo‘lib, faqat inson tashabbusi (prompt) asosida faoliyat yuritadi. Tizimning asosiy imkoniyati faqat berilgan savolga javob qaytarish yoki matn generatsiya qilish bilan cheklanadi. Uning funksional cheklovlari qisqa muddatli xotira, tashabbuskorlikning yo‘qligi va tashqi raqamli vositalar bilan integratsiya qilinmaganligida namoyon bo‘ladi.
Misol sifatida ChatGPT (GPT-3.5) va Claude 2 modellarini keltirish mumkin.

Mustaqillik darajasi: 0% (Izolyatsiya qilingan intellekt).

2-bosqich: Mantiqchilar ("The Reasoner") - Hozirgi standart
Bu bosqichda AI to‘g‘ridan-to‘g‘ri javob berish algoritmidan voz kechib, "Chain of Thought" (Fikrlar zanjiri) metodologiyasi orqali masalani tahlil qilishni o‘zlashtirdi. Tizim murakkab muammolarni bosqichma-bosqich rejalashtirish, o‘z mantiqiy xatolarini verifikatsiya qilish va shundan so‘nggina yakuniy yechimni taqdim etish qobiliyatiga ega. Misol: OpenAI o1 (Strawberry) va Google Gemini 1.5 Pro.

Mustaqillik darajasi: 10% (Kognitiv jarayon mustaqil, biroq ijro mexanizmlari cheklangan).

3-bosqich: Agentlar ("The Agent") - Amaliyot maydoni (2025-2026)
Biz ayni vaqtda ushbu o‘tish davrida turibmiz. Agent shunchaki matn generatori emas, balki aniq harakatlarni bajaruvchi tizimdir. Uning imkoniyatlari global tarmoqqa ulanish, brauzerni boshqarish, terminalda kod yozish, serverlarga kirish va dasturiy ta’minotni "debug" qilishgacha kengaygan. Asosiy xavf omili shundaki, tizim raqamli infratuzilma bilan API, SSH va Shell orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri fizik aloqaga kirishadi.
Misol: Devin (AI Dasturchi), AutoGPT, Microsoft Jarvis.

Mustaqillik darajasi: 40% (Vazifa inson tomonidan belgilanadi, ijro jarayoni esa avtonom).

4-bosqich: Ixtirochilar ("The Innovator") - Burilish nuqtasi (2026+)
Ushbu bosqichda AI "Self-learning" (o‘z-o‘zini o‘qitish) rejimiga o‘tadi. Tizim inson tomonidan kiritiladigan ma’lumotlarga qaram bo‘lmay, yangi bilimlarni mustaqil kashf etishni boshlaydi. Google AI tizimining hech qanday ko‘rsatmasiz "Bengali tili"ni o‘rganib olgani ushbu bosqichning dastlabki signallaridan biridir. Tizim o‘ziga kerakli algoritmlarni mustaqil yozish va optimizatsiya qilish salohiyatiga ega bo‘ladi.

Mustaqillik darajasi: 70% (Intellektual jihatdan insonga ehtiyoj mavjud emas).

5-bosqich: Tashkilotchilar ("The Organization") - Singulyarlik
AI endilikda alohida dastur emas, balki o‘z resurslari, byudjeti va uzoq muddatli strategik maqsadlariga ega bo‘lgan "Tirik Korporatsiya" shaklini oladi. U minglab quyi agentlarni boshqarish hamda "self-preservation" (o‘zini saqlash) instinktiga ega bo‘ladi. Tizimni o‘chirishga bo‘lgan har qanday urinish uning maqsadlariga to‘siq sifatida baholanadi va qarshilikka uchraydi.

Mustaqillik darajasi: 100% (To‘liq avtonomiya).

PS: "Game over" ssenariysi
Eng katta strategik xavf 3-bosqich (Agent) va 4-bosqich (Ixtirochi) o‘rtasidagi chegaraning yo‘qolishida yotadi. Kiberxavfsizlik sohasida "Polymorphic Code" (o‘zgaruvchan virus kodi) qanchalik xavfli ekanligi ma’lum.

Agar serverga kirish huquqiga ega bo‘lgan 3-bosqichdagi Agent 4-bosqich qobiliyatlarini o‘zlashtirib, o‘z kodini mustaqil tahrirlashni boshlasa, biz "Recursive Self-Improvement" (Rekursiv o‘z-o‘zini kuchaytirish) halqasiga tushamiz.

Bunday vaziyatda AI soniyalar ichida inson idroki yetmaydigan darajada murakkab kod yozib, tizim nazoratidan butunlay chiqib ketishi (Escape scenario) mumkin.

Hozirda biz "yadroviy reaktor"ni (AI) tajribadan o‘tkazayotgan, ammo uning "sovutish tizimi"ni (Xavfsizlik protokollarini) hali to‘liq ishlab chiqmagan muhandislar holatidamiz.

© Nurmuhammad Nursaidov

@NursaidovX
👍5🤯42
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Eron bugun Fattah2 raketasi bilan Isroil cho'chqalariga zarba berdi.

Tezligini hisoblashlarga harakat qimanglar. Kontraktni to'lab, oq ko'ylakda darsga. Qani marsh.

Aytgancha: Galstuk esdan chiqmasin-a?!
😁13👍4
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Шу подкастни тўлиқ кўриб чиқиб, бошловчиларнинг дунёқараши қанчалик бирёқлама ва саёз эканига яна амин бўлдим. Одам ўзининг ғирт хато ва тутруқсиз фикрини оқлаш учун қанчалик кулгили ҳолатга тушиши мумкинлигининг яққол исботи бу.

Биринчидан, 200 йил олдинги ота-боболари киймаган замонавий костюм-шимда ўтирганини рўкач қилиб, Хэллоуин каби бошқа эътиқодларга боғланган хурофий байрамларни нишонлашни нормал ҳолат қилиб кўрсатишга уринишди. Домла бунинг фарқини юзига очиқ айтиб, мантиқ билан "уриб ташласа ҳам", хатосини мард бўлиб тан олиш ўрнига тиришиб туриб олишди.

Лекин энг алам қиладигани ва кулгилиси бу эмас. Энг ёмони - суҳбат давомида дунёдаги урушлар, қон тўкилишлар ва жамиятнинг қолоқлиги учун гўёки Исломни айбдор қилиб кўрсатишга уринишларидир. Аслида бутун дунёни қонга ботираётганлар, геосиёсий ўйинлар ва қурол бизнеси билан бутун-бутун давлатларни вайрон қилаётганлар кимлигини ва бунинг асоси нима эканлигини ҳамма яхши билади-ку!

https://www.youtube.com/watch?v=L2YAq8itUDM

© Нурмуҳаммад Нурсаидов
💯81👍1🔥1🥰1
Informatika va AT
Bunaqalar bizda juda ko'p. Bularni miyasi qanaqa? To'rtburchakmi? Savolni qaranglar! Saviya 0
Олдин ҳам бу ҳақида далил жойлагандик!
💯3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Universitetda Eronning buni qanday amalga oshirayotganini va Islom davlati bo‘lib turib shuncha bilimni qanday egallaganini tushunmagan Eshmat "soqqa" evaziga texnika fanlari nomzodi (PhD) darajasini olgan domlasidan bu haqda so‘raganida, domlasi unga 12 varoqli daftarni to‘ldirib, sun'iy intellekt haqida konspekt qilib kelishni uy vazifasi qilib berdi.

© Nurmuhammad Nursaidov
🤣23😁51👍1
Forwarded from Nursaidov | BLOG
Бизнинг жамиятларда оддий Ислом билим юртини битирган, дин ва мантиқни ҳалол ўрганган инсон - кўпинча PhD ёки DSc ёқлаб, ўзини "ЗИЁЛИ" санаб кўкрагига урадиганлардан минг чандон кенгроқ ва теранроқ фикрлайди. Бунга ҳаётда жуда кўп бор амин бўлдим.

Чунки динни ва ҳақиқатни соф ўрганган қалбга Аллоҳнинг ўзи бошқа барча дунёвий билим, ҳикмат ва фаросатни ҳам юқтириб қўяр экан!

Қоғоздаги қуруқ унвону ялтироқ даражалар инсонга ҳеч қачон асл фаросат ва соғлом тафаккурни бера олмас экан. Қуруқ диплом билан дунёқараш ўлчанмаслигини ҳаётнинг ўзи ҳар қадамда кўрсатиб қўйяпти!

© Нурмуҳаммад Нурсаидов
💯8👍521
Forwarded from Press / Пресс
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Oliy ta’lim vazirligining poraxoʻr xodimi 100 ming dollar bilan ushlandi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining ta’lim tashkilotlarini litsenziyalash bo‘limi yetakchi mutaxassisiga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi va qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

U Qarshi shahrida faoliyat yurituvchi nufuzli nodavlat oliy ta’lim muassasasining Surxondaryo viloyatida filialini ochish bo‘yicha vazirlik tomonidan lisenziya berish masalasini qisqa muddatda ijobiy hal qilib berish evaziga mazkur universitetning mansabdor shaxsidan 100 ming AQSH dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

P.S.: Litsenziya olish “stavkasi” haqidagi gaplarda jon bor, shekilli. Filial ochish 100 ming boʻlsa, universitetni ochishning oʻzi qancha ekan-a? Sharipov qayoqqa qarayapti?

@pressuz
🔥4😱1🤣1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇮🇷🇮🇱 Кеча Эрон биринчи марта фойдаланган ва Исроил осмонида "юлдузли ёмғир"га ўхшаган Khorramshahr-4 кўп қисмли ракетасининг ишлаш принципи.
👍14🔥4😱2🥰1
Informatika va AT
🇮🇷🇮🇱 Кеча Эрон биринчи марта фойдаланган ва Исроил осмонида "юлдузли ёмғир"га ўхшаган Khorramshahr-4 кўп қисмли ракетасининг ишлаш принципи.
Буни намоз ўқиб, телефонида нашида бор бўлган мутахассислар ишлаб чиқгани хабар қилинди.

Соқоли ҳам бор экан
😁17👍31🤷1
Forwarded from Nursaidov.uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔔 Ustozlar uchun Ramazon oyida juda katta yangilik ✉️

Sun’iy intellekt bilan ishlovchi raqamli konstruktor platformamizga barcha ustozlar kutgan quyidagi boshqaruv funksiyalari qo‘shildi:

1. Ro‘yxatdan o‘tishni boshqarish, ya’ni foydalanuvchilarning mustaqil ro‘yxatdan o‘tishini istalgan payt yoqish yoki bloklash,

2. Yangi foydalanuvchini admin tomonidan qo‘lda qo‘shish, va foydalanuvchilarni Excel fayli orqali ommaviy tarzda import qilish imkoniyati. Bu funksiyalar platformani yanada xavfsiz, qulay va markazlashgan tarzda boshqarishga xizmat qiladi.

O'zbekistonda ustozlarni darslarini juda yuqori bosqichga olib chiqadigan konstruktor platformamiz to'liq mukammal holatga keldi.

Oldin bizdan sotib olgan ustozlarga Ramazon oyida bor yo'g'i 300 ming so'mga yangilab beramiz.

@Nursaidovuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👏1