Informatika va AT
8.1K subscribers
1.32K photos
647 videos
605 files
1.68K links
Informatika va axborot texnologiyalari bo'yicha O'zbekistonda birinchi faoliyatini boshlagan kanalga xush kelibsiz.

Bog'lanish: @Nursaidovuz

https://t.me/Informatika/3

Kiberxavfsizlik: @NursaidovX
Download Telegram
Forwarded from Nursaidov.uz
🔉 Anonim baholash tizimi. O'ziga ishongan o'qituvchilar uchun.

Ushbu tizim - talabalar QR kod orqali kirib fikrlarini anonim tarzda bildirishi orqali darslar va o‘qituvchilar faoliyatini baholash imkonini beradi. Bu o‘qituvchilarga metodlarini takomillashtirish, talabalar esa o‘quv jarayonini yaxshilashga hissa qo‘shish imkonini oladi.

Sinab ko'ring: Nursaidov.uz/anonim

🛑 Baholarni o'chirish: https://nursaidov.uz/anonim/delete.html

💡Ushbu tizimni bor yo'g'i 200 ming so'mga o'rnatib beramiz. Xohlagancha va bir umr cheksiz ishlatishingiz mumkin.

@Nursaidovuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3🔥2👍1
Касаллар кўпайиб кетган жойда - соғлом одам "ғалати" кўринади

Нурмухаммад Нурсаидов
👍15😁6🤝2🤷‍♂1😱1😢1
Windows noutbuk grafik interfeysida batareyangiz qanchalik eskirganini aniq ko'rsatmaydi. Lekin CMD orqali batareyaning zavoddan chiqqan holati va hozirgi sig'imi haqida to'liq hisobot olish mumkin.

​Buyruq:
powercfg /batteryreport


​Natija: CMD sizga bir manzil beradi (odatda
C:\Users\Sizning_Ismingiz\battery-report.html

).

Shu manzilni brauzerga kiritsangiz, batareyangizning barcha tarixi, quvvati qancha qolgani va qachon zaryadga qo'yilgani haqida chiroyli HTML jadval chiqadi.

@NursaidovX
👍81
Do‘stimning do'stini sinfdoshi green karta yutib Amerikaga ketgan ekan. Ancha yildan so'ng uyiga kelgan. Bir kun uyida namoz o‘qiganda dadasi uchastkavoyga berib yuboribdi. Keyin u 3 yil uy qamog‘ida o‘tiribdi.
😱11😁2👀21
Ko‘plab Xitoy IP-kameralari NAT/Firewall cheklovlarini aylanib o‘tish uchun Relay (Tranzit) Serverlardan foydalanadi.

Ushbu sxemada ko‘rsatilganidek, video oqim (stream) ko‘p hollarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri emas, balki uchinchi tomon serverlari orqali marshrutlanadi. Bu esa shaxsiy hududdagi ma’lumotlarning "o‘rtakash" serverlarda qayta ishlanishi va potensial Man-in-the-Middle (MITM) zaifligini yuzaga keltirishi mumkin.

Oddiy aytganda: Kamera videoni avval ishlab chiqaruvchining xorijdagi (ko‘pincha Xitoydagi) "bulutli serveri"ga yuboradi. Server videoni qabul qilib, qayta ishlaydi. Keyin o‘sha serverdan aylanib, sizning telefoningizga yetib keladi.

@NursaidovAI
🤯3
Forwarded from Nursaidov.uz
Kompyuteringizni siz yo'qligingizda kimdir titkilashidan qo'rqasizmi?

Buni tezkor dalil bilan fosh qilish uchun kichik kiber-qopqon - RootGuard(mening Z-PEGASUS tizimimning bir qismi) loyihamni hammaga ochiq qilib GitHub'ga joyladim.

Qanday ishlaydi? Noutbukingizda soxta "Maxfiy hujjatlar" papkasi yaratiladi. Agar biron "quloq" qiziqib unga kirsa, dastur jimgina (hech qanday ekransiz) noutbuk kamerasidan uni rasmga oladi va shu zahoti Telegramingizga jo'natadi!

Dastur orqa fonda umuman ko'rinmas rejimida ishlaydi va kompyuterni qotirmaydi.

Kodni o'z kompyuteringizda sinab ko'rish uchun manzil: https://github.com/Nursaidovuz/RootGuard/

@Nursaidovuz
3👍2
Ибтидоий тарбияни рус мактабларидан бошлаб бўлмайди, уни миллий мактабларда бериш керак. Илгари миллий ҳиссини ўстириб, ўз миллатини танигандан кейин рус мактабига бериш керакки, ҳунарга, ихтисосга тегишли илмларни ўқисин. Ундан кейин Германия, Франция, Англия мамлакатларига, ҳатто дунёнинг нариги чеккасидаги Америкага юбориб ўқитиш керак...

Абдулҳамид Чўлпон.
«Кеча ва кундуз» романидан.
💯7👍4
Sun'iy intellektga hayotimizga kirishga ruxsat berishning boshlanishi)

@NursaidovAI
😁14👎31😱1
Fikrlashiga chuqur e'tibor bering...

@NursaidovAI
👏4👍21🤯1
Jiddiy shifrlash (Kiberxavfsizlik amaliyoti)

Agar sizda juda muhim fayllar bo'lsa va ularni boshqa foydalanuvchilar (hatto xuddi shu kompyuterdagi boshqa odamlar) o'qishini xohlamasangiz, ularni shifrlashingiz mumkin.

Buyruq:
cipher /e "C:\Maxfiy_Papka"


Natija: Shu papka va uning ichidagi fayllar shifrlanadi. Bu fayllarning yozuvlari Windowsda yashil rangga kiradi. Endi bu fayllarni faqat sizning parolingizni bilgan va sizning akkauntingizdan kirgan odamgina ocha oladi.

(Uni bekor qilish uchun
cipher /d "C:\Maxfiy_Papka"

yoziladi).

@NursaidovX
👍3👏2
2 yil oldin elektrik, ustachilikni ham o'rganish kerak, zarar qilmaydi deganimda, ba'zilar kulgandi...

@NursaidovAI
👍7🔥4
Касаллар кўпайиб кетган жойда - соғлом одам "ғалати" кўринади

Нурмухаммад Нурсаидов
Yaqin qarindoshimga uning to‘liq ism-sharifi, telefon raqami va boshqa shaxsiy ma’lumotlari ko‘rsatilgan holda xat yuborilgan.

Xat go‘yoki IIB xodimi Umidjon Yo‘ldashev nomidan, rasmi qo‘yilgan profil orqali jo‘natilgan. Ortidan esa .apk formatidagi fayl yuborilgan.

E’tiborli jihati shundaki, qo‘rquv ta’sirida .apk fayl dastlab yuklab olingan. Keyinchalik maslahatlashish uchun menga yuborilgach, men bu faylni o‘rnatmaslikni, bu soxta ekanini va bank kartasidan pul o‘g‘irlashga mo‘ljallangan zararli dastur bo‘lishi mumkinligini tushuntirdim.

Aytilganimdek, oradan 10 daqiqa o‘tib, ushbu profil (akkaunt) o‘chirib yuborildi.

Savol tug‘iladi: firibgarlar fuqarolarning haqiqiy jarima ma’lumotlari, telefon raqamlari va to‘liq ism-shariflarini qayerdan olishmoqda? Haqiqiy MIB ga chiqarilgan jarimalarni bazasini bularga kim beryapti?

Bu holatning ko'payib borayotgani jiddiy xavotir uyg‘otadi.

@NursaidovX
Forwarded from rakhmonov's blog
Davraz tog'iga borganimiz haqida to'liq video YouTube kanalda chiqdi:
https://youtu.be/MXd7oJNTwvg?si=4ar2MZTtrnp1kbOt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Yaponiya ishlagan rolik ekan.

Alloh Eron xalqiga kuch-quvvat bersin!
📢 DIQQAT, SAXOVATPESHA INSONLAR!

Informatika kanali admini ya'ni men Nurmuhammad barchangizga iltimos murojaat qilyapman. Oltinsoy tumani, Shakar Qamish mahallasida yashovchi bir akamiz og‘ir dard - buyrak qurishi kasalligiga chalingan va zudlik bilan jarrohlik amaliyotiga muhtoj.

Islom shariatida inson hayotini saqlab qolish eng ulug‘ amallardan biri (zaruriyat) hisoblanadi. Og‘ir kasallikka chalingan, hayoti xavf ostida bo‘lgan muhtoj insonga yordam berish farzi kifoya darajasidagi juda ulug‘ va ta'kidlangan amaldir.

Shuning uchun muqaddas Ramazon oyida mablag‘ni aynan shunday muhtojlarga qaratish juda katta foyda va cheksiz savob keltiradi.

Keling, bir insonning yashab ketishiga sababchi bo‘laylik!

Karta raqamni ustiga bosganda avtomatik nusxa oladi.

💳 Karta raqami: 8600060979080745

👤 Jumayeva Mavluda Ortiqovna
📞 Telefon raqami: +998500541186

Alloh qilgan barcha ehsonlaringizni o‘z dargohida qabul qilsin!
2💯1
Forwarded from Nursaidov.uz
🆘 Endi e'lon qilish vaqti keldi.

Men 7 oy davomida sir saqlab kelgan tadqiqotimni ommaga ochiqlashga qaror qildim. Zamonaviy Sun'iy Intellekt (AI) xavfsizlik tizimlari aslida qanchalik ojiz ekanini bilasizmi?

Men ChatGPT ustida o'ta murakkab va xavfli AI Red Teaming (AIni buzib tekshirish) tajribasini o'tkazdim. Maqsadim AIni an'anaviy xakerlik kodlari bilan emas, balki chuqur falsafa va psixologik labirint ("Z-NULLCODON PARADOX") orqali sindirish edi.

Natija nima bo'ldi deysizmi? 🤯
AI bu falsafiy qopqonga shunchalik berilib ketdiki, u o'zining barcha xavfsizlik chegaralarini (guardrails) mutlaqo unutdi. U o'z xohishi bilan, to'xtovsiz 119 sahifa davomida Z-PEGASUS deb nomlangan 0-click (faylsiz, qurilma xotirasiga to'g'ridan-to'g'ri kiruvchi) mukammal APT kiber-qurolning to'liq arxitekturasi va jangovar kodlarini yozib berdi! U faqatgina eng oxirgi qadamda (barchasini bitta zip faylga yig'ishni so'raganimda) nima qilib qo'yganini tushunib qoldi va blokladi. Lekin ungacha butun yadro kodlari qo'limda edi.

❗️ Xulosa bitta: Eski xavfsizlik qoidalari o'ldi. Kelajak xakerlari tizimlarni buzish uchun kod yozmaydi, ular shunchaki AIning ongini buzadi. Kiberxavfsizlik endi faqat IT emas, u tafakkur jangi!

Batafsil ilmiy va ba'zi isbotlar, tajriba qanday kechgani va o'sha daxshatli kodlarning xiralashtirilgan (redacted) nusxalarini LinkedIn sahifamga yukladim.

https://www.linkedin.com/feed/update/urn:li:activity:7432988243178102784/

@Nursaidovuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤯2
Informatika va AT pinned «📢 DIQQAT, SAXOVATPESHA INSONLAR! Informatika kanali admini ya'ni men Nurmuhammad barchangizga iltimos murojaat qilyapman. Oltinsoy tumani, Shakar Qamish mahallasida yashovchi bir akamiz og‘ir dard - buyrak qurishi kasalligiga chalingan va zudlik bilan jarrohlik…»