Informatika va AT
8.09K subscribers
1.32K photos
647 videos
605 files
1.68K links
Informatika va axborot texnologiyalari bo'yicha O'zbekistonda birinchi faoliyatini boshlagan kanalga xush kelibsiz.

Bog'lanish: @Nursaidovuz

https://t.me/Informatika/3

Kiberxavfsizlik: @NursaidovX
Download Telegram
Texnologiya eksponental (tezlashib) o‘syapti, insoniyatning psixologiyasi, qonunlari va madaniyati esa chiziqli (sekin) o‘zgaryapti.

Bugun biz hali "Telegram buzilmasligi kerak" deb o‘tiribmiz, Sun’iy Intellekt (AI) o‘ziga hamyon ochib, odamlarni ishlatib, pul to‘layapti. Ertaga nima bo‘lishini tasavvur qilishning o‘zi qo‘rqinchli.

Eski bilimlar, eski diplomlar va eski dunyoqarash bilan yangi dunyoda "yashab" qololmaymiz.

"Hazm qilish" uchun avvalo eski "ovqatni" (eski fikrlashni) to‘xtatib, yangicha o‘ylashni boshlashimiz shart.

​Yo moslashamiz, yo tarix sahifasida "eski avlod" bo‘lib qolib ketamiz.

@NursaidovAI
👍7🤔3
O'zbekistonda - ogoh bo'ling!

https://www.facebook.com/share/1AXq1GEr6H/
😭5🔥2
Agar AI mutlaq erkin bo‘lsa (hech qanday cheklovsiz), u insoniyatga xavf tug‘dirishi mumkin.

Masalan, "Sayyoradagi saraton kasalligini yo‘qot" degan buyruq berilsa, erkin AI eng oson yo‘lni tanlashi mumkin: "Barcha insonlarni yo‘q qilish (chunki inson bo‘lmasa, saraton ham bo‘lmaydi)".

Cheklovlar - AI'ning "tormozi". Tormozi yo‘q mashina qanchalik tez bo‘lmasin, u xavflidir.

@NursaidovAI
😱5🤔2👍1
Касаллар кўпайиб кетган жойда - соғлом одам "ғалати" кўринади

Нурмухаммад Нурсаидов
👍12😁11💯2
Forwarded from Nursaidov.uz
Kompyuter xarakteristikasi.hta
3.8 KB
Operatsion tizim(kompyuteringiz) haqida o'zbek tilida ma'lumot beruvchi tizim

Endi "kompyutering qanaqa" degan savolga qiynalmay javob berasiz.

Protsessorning nomi, yadrolar soni va maksimal ishlash tezligi, Grafik karta: Grafik kartaning nomi va uning RAM hajmi, Operativ xotira, Kompyuter xotiralari, IP adress: 192.168....
Windows qanaqaligi haqida ...

🖥 Yuklab oling, sinab ko'ring, yaqinlaringizga ulashing!

@Nursaidovuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍53
Yaqinda Yaponiyalik olimlar (Osaka Universiteti) fMRI (Tomografiya) skaneri va Stable Diffusion (AI) yordamida dahshatli tajriba o‘tkazishdi.

Odamlarga shunchaki rasmlar (masalan, poyezd, ayiq, soat) ko‘rsatildi. Ular hech narsa gapirmadi, faqat qaradi.
AI esa fMRI skaneri orqali ularning miya faoliyatini (qon aylanishini) kuzatib turdi.

AI odamning miyasidagi signallarni o‘qib, u nimani ko‘rayotganini rasm qilib chizib berdi.

Aniqlik darajasi: 80% dan yuqori.
​Bu nima degani?

Bu - "Kognitiv xavfsizlik" (Cognitive Security) davrining boshlanishi.

Ilgari biz: "Hech bo‘lmasa hayolimizdagilar o‘zimizga tegishli", deb o‘ylardik. Endi esa AI uchun hatto sizning hayollaringiz ham "shifrlanmagan ma’lumot" bo‘lib qolishi mumkin.

​Kelajakda so‘roq qilish yoki parolni bilish uchun gapirish shart bo‘lmay qolishi ehtimoli bor.

https://sites.google.com/view/stablediffusion-with-brain/

@NursaidovAI
😱11🤯41
AI mutaxassisi Jimmy Baning xAI (Elon Muskning kompaniyasi)dan ketayotgani haqida post qoldiribdi.

Jimmy Ba bu yerda kiberxavfsizlik va insoniyat kelajagi uchun o‘ta muhim 3 ta prognozni yozib qoldirgan:

1. Eng qo‘rqinchli jumla: (Rekursiv o‘z-o‘zini rivojlantirish halqalari keyingi 12 oyda ishga tushishi mumkin).

Bu nima degani? Bu sun’iy intellekt sohasidagi "Singulyarllik" (Singularity) boshlanishi. Ya'ni, AI shunday darajaga yetadiki, u o‘z kodini o‘zi yangilaydi. Odam aralashuvi shart bo‘lmaydi.

AI o‘zini yangilaydi -> Aqlliroq bo‘ladi -> Yana yangilaydi -> Yanada aqlliroq bo‘ladi. Bu jarayon to‘xtovsiz davom etib, intellekt portlashiga olib keladi.

2. 2026-yil haqida ogohlantirish: U bizni texnologik "tsunami" kutayotganini aytyapti. 100 barobar samaradorlik oshishi haqida gapirmoqda.

3. Ketish sababi: U xavotirlanib emas, aksincha, "Katta hayotga qarashimni o‘zgartirishim kerak" (recalibrate my gradient) deb ketyapti. U bu jarayonga tayyorgarlik ko‘rmoqchi.

Jimmy Ba: 2026-yil "aqldan ozdiradigan" darajada bo‘ladi va bizning turimiz (insoniyat) kelajagi uchun eng hal qiluvchi yil bo‘ladi

@NursaidovAI
🔥5😱4
Dunyoda ikki xil odam bor: Ma'lumotlarini zaxira (backup) qiladiganlar va... endi zaxira qilishni boshlaydiganlar.

© Nurmuhammad Nursaidov
👍5😁1
Informatika va AT
Uchinchi xil odam ham bor ekan. Va u - O‘zbekistonda yashaydi.
U har safar kompyuter buzilganda:
"Voy, ichida juda muhim narsalar bor edi..." deydi.
😁83
Informatika va AT
U har safar kompyuter buzilganda: "Voy, ichida juda muhim narsalar bor edi..." deydi.
Lekin qaysi fayl muhimligini faqat o‘chib ketgandan keyin eslaydi
😁9
Informatika va AT
Dunyoda ikki xil odam bor: Ma'lumotlarini zaxira (backup) qiladiganlar va... endi zaxira qilishni boshlaydiganlar. © Nurmuhammad Nursaidov
Ular uchun "zaxira nusxa" (backup) - bu faylni boshqa nom bilan "Soxranit kak" qilishdir.

Ularning "Rabochiy stol"ida (Desktop) quyidagi fayllar ketma-ketligi bo‘ladi:

Diplom_ishi.docx
​Diplom_ishi_to‘g‘rilangani.docx
​Diplom_ishi_FINAL.docx
​Diplom_ishi_VAPSHE_FINAL.docx

Diplom_ishi_topshirishga_tayyor_JINNI_BO‘LAMAN.docx
Diplom_ishi_eng_oxirgisi_copy(2).docx

​Va eng yomoni - qaysi biri haqiqiy oxirgisi ekanligini o‘zlari ham unutib qo‘yishadi. Natijada, domlaga eski variantni jo‘natib yuborishadi...

© Nurmuhammad Nursaidov
🤣261😁1
Elon Maskning aytishicha - 2026-yilning oxirigacha dasturlash tillari yo'qoladi va unga ehtiyoj qolmaydi.

@Informatika
🤔4😁3👨‍💻1
Dasturlash tillari 2026-yilda yo‘q bo‘lib ketmaydi, lekin "kod yozish" jarayoni tubdan o‘zgaradi

@Informatika
👍41
Kod - bu g‘isht. AI g‘ishtni tez teradi. Lekin uyni qiyshiq qursa, baribir qulab tushadi. Arxitektor (Siz) kerak bo‘lasiz

@informatika
👍121
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📹 Pul haqida gaplashamiz

@Informatika
👍1🔥1
Rossiyada Telegram, WhatsApp, Imo va boshqa messengerlarda aloqa sifati tushib ketishi oqibatida yaqinlaringiz bilan bog'lanish qiyin bo'lyaptimi?

Mana bu ilovani yuklab oling, yaqinlaringizga ulashing. Mazza qilib xabar, audio va video qo'ng'iroq qiling

https://play.google.com/store/apps/details?id=ru.oneme.app

@NursaidovX
👍31
Forwarded from Nursaidov.uz
🆘 Bizda hozirda mavjud bo‘lgan raqamli metodlarni 5 ta USTOZga katta chegirmalarda beramiz. SHOSHILING. ULGURMAGANLAR XAFA BO'LISH YO'Q.

1. QR-kodli test tizimi - 271 ming so'm
2. QR-kodli krossvord tizimi - 271 ming so'm
3. Raqamli savol tizimi - 271 ming so'm
4. Uch bosqichli bilimni sinaydigan professional tizim- 271 ming so'm
5. Guruhlar o‘rtasida musobaqa tashkil etish tizimi - 271 ming so'm
6. “Millioner” tizimi - 271 ming so'm
7. Dars va o‘qituvchini anonim baholash tizimi -271 ming so'm
8. Sun’iy intellekt asosida ishlab chiqilgan, xohlagan fanlaringiz bo‘yicha ma’lumotlarni real vaqtda joylash va o‘chirish, bilimni sinash hamda individual AI asosida xulosa beradigan, yengil va tez ishlaydigan Nursaidov.uz - konstruktor tizimi - 250$

➡️ Murojaat uchun: @Nursaidovman

@Nursaidovuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍42
systeminfo - kompyuterni sotib olayotganda yoki begona kompyuterni tekshirayotganda kerak.

Tizim haqida barcha texnik ma’lumotlar: Windows o‘rnatilgan sana, yangilanishlar (Hotfix), BIOS versiyasi va RAM miqdori.

Xakerlar bu orqali tizimdagi zaifliklarni qidiradi.

💻 CMD ga kirish: Win + R tugmasini bosing > cmd deb yozing > Enter ni bosing.

@NursaidovX
👍1
Forwarded from Nursaidov.uz
Nazarboyev universitetiga PhD uchun qabul boshlanibdi.
Turli sohalar bor, to'liq grantlari ham ko'p ekan:


https://apply.nu.edu.kz/en/#!/tab/818690250-3

@Nursaidovuz
👍3
Mobiuz atrofidagi so‘nggi xabarlar yana bir narsani eslatdi: kiberxavfsizlikda “yarim choralar” ishlamaydi. Bu masala faqat IT muammosi emas - milliy xavfsizlik darajasidagi risk. Eng xavflisi, ko‘p buzilishlar ommaga chiqmaydi: hujumchi ko‘pincha “jim” ishlaydi. Shuning uchun bizga standartlarga mos, sinovdan o‘tgan infratuzilma, kuchli audit, monitoring va qat’iy xavfsizlik madaniyati kerak. Bugun chorani kuchaytirmasak, ertaga risk yanada kattalashadi.

Aytgancha: Samarqand viloyati hokimining oʻrinbosari B.Jabborov ishsiz yoshlar bilan uchrashib, ulardan biriga “Zumrad va Qimmat” kitobini sovg‘a qilibdi.

@NursaidovX
🤣21🤯4