Informatika va AT
8.09K subscribers
1.32K photos
656 videos
605 files
1.68K links
Informatika va axborot texnologiyalari bo'yicha O'zbekistonda birinchi faoliyatini boshlagan kanalga xush kelibsiz.

Bog'lanish: @Nursaidovuz

https://t.me/Informatika/3

Kiberxavfsizlik: @NursaidovX
Download Telegram
Pul evaziga yozdirilgan Scopus konferensiya maqolasini to‘liq video qo‘llanmani ko‘rib ham tizim bazasiga yuklay olmagan texnika fanlari nomzodi (PhD), dotsent, pedagogika fanlari doktori (DSc) professori - magistraturani bitirgan o‘qituvchiga iltimos qilib yurib, yuklash vaqt(deadline’)i ham o‘tib ketganini sezmay qolibdi...

© Nurmuhammad Nursaidov
😁14😱4😢421
WiFi-ni "temir darvoza" qilish bo'yicha qo'llanma

​Ko'pchilik WiFi router sotib oladi-yu, ustalar o'rnatib ketgan standart kod bilan yuraveradi. Bu xuddi uy eshigini qulflab, kalitni esa paspolga qoldirib ketish bilan barobar!

​Xakerlar yoki tekinxo'r qo'shnilardan qutulish uchun hozirning o'zida quyidagi 4 ishni qiling:

​1-QADAM: Router "miyasi"ga kirish
​Avval router sozlamalariga kirib olishimiz kerak.
​Telefon yoki kompyuteringizni shu WiFi ga ulang.
​Brauzerni (Chrome, Safari) ochib, tepadagi qatorga quyidagi raqamlardan birini yozing va "Enter" bosing:
192.168.1.1
192.168.0.1
​(Anig'i routeringizning orqa tomonidagi yorliqda yozilgan bo'ladi).
​Login va parol so'raydi. Agar o'zgartirmagan bo'lsangiz, ko'pincha:
​Login: admin
​Parol: admin

​2-QADAM: WPS funksiyasini O'CHIRING (Eng muhimi!)
​Xakerlar WiFi buzishda eng ko'p foydalanadigan teshik - bu WPS tugmasidir.
​Sozlamalardan "WPS" yoki "QSS" degan bo'limni toping.
​"Disable" (O'chirish) tugmasini bosing.
​Nega? Chunki WPS yoqiq tursa, maxsus dasturlar parolingizni 2 daqiqada buzib kira oladi.

3-QADAM: Parolni va Shifrlash turini to'g'rilash 🔒
​Oddiy parollar (masalan: 12345678 yoki 11112222) besh soniyada topiladi.
​"Wireless" yoki "WiFi Security" bo'limiga o'ting.
​Security Mode (Xavfsizlik turi) degan joyda WPA2-PSK yoki WPA3 ni tanlang (Eski WEP turini aslo tanlamang!).
​Yangi parol o'ylab toping: Kamida 12 ta belgi bo'lsin. Ichida katta harf, raqam va belgi (@, #, $) qatnashsin.
​Yomon parol: ali1990
​Zo'r parol: M@n1ngW!Fi2026

​4-QADAM: Router "Admin" parolini o'zgartirish 🛡
​Eslaysizmi, boshida admin/admin deb kirdik? Buni hamma biladi! Agar buni o'zgartirmasangiz, WiFi ga ulangan har qanday odam sozlamalaringizni buzib tashlay oladi.
​"System Tools" yoki "Administration" bo'limidan "Change Password" ni toping.
​Eski parolni (admin) yozib, o'rniga o'zingiz biladigan yangi login va parol qo'ying.

​BONUS MASLAHAT:

Routeringizni dasturiy ta'minotini (Firmware) vaqti-vaqti bilan yangilab turing. Bu xuddi telefoningiz "obnovlenie" bo'lgani kabi, routerni ham yangi viruslardan himoya qiladi.

@NursaidovAI
👍111
U kam ta’minlangan oiladan ekanini tasdiqlatish uchun pul topa olmagan ekan...
😢13🤯5😨2
Forwarded from Nursaidov.uz
t.me/NursaidovAI Telegram kanalini ishga tushirdik.

Hozirda turli foydali mavzularda 5 yoshdan boshlab hamma tushunadigan sodda tilda, rasm ko‘rinishida ma’lumotlar berib boryapmiz.

Agar foydali deb hisoblasangiz, a’zo bo‘ling! Katta rahmat!

@Nursaidovuz
🔥1
Do‘stimning ukasini ota-onasi ko‘p yillar davomida “yurist bo‘l, tarixni o‘qi” deb majburlashgan. U esa tarix fanini yoqtirmasligini aytib kelgan va matematika va fizika fanlaridan tayyorlanib, dasturchi bo‘lish niyatida Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga o‘qishga kirgandi. Do‘stimning aytishicha, ukasi 1-semestrda yetarli kredit to‘play olmagani sababli tarix fanidan yiqilibdi.

Nurmuhammad Nursaidov
😢12😁8😨211🤯1👨‍💻1
Kartadan-kartaga pul o'tkazish uchun faqat 16 xonali karta raqami yetarli!

​Muddati, CVV (orqadagi 3 ta raqam) va SMS kodni HECH KIMGA BERMANG!

@NursaidovAI
👍3
Forwarded from Xizmatlar AI
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
OpenAI ilmiy maqolalar yozish uchun vositani ishga tushirdi

Prism OpenAI tomonidan sotib olingan Crixet startapi asosida yaratilgan. U ichiga ChatGPT integratsiya qilingan jamoaviy LaTeX muharriri hisoblanadi. U iqtiboslarni tekshirishi, chizma yoki formulani qoralamadan LaTeX formatiga o‘tkazishi va boshqa vazifalarni bajarishi mumkin.

Prism hozircha barcha xohlovchilar uchun bepul. ChatGPT obunachilariga esa keyinchalik qo‘shimcha, yanada rivojlangan funksiyalar taqdim etilishi va’da qilingan.

Manzil: prism.openai.com

@XizmatlarAI
👍321🔥1
“Amazon” kompaniyasi bugun yana 16 mingta korporativ xodimini ishdan bo’shatdi. 3 oy oldin ham 14 mingta ishchisidan voz kechgan edi.

Odatda, kompaniya ishdan bo’shatiladigan xodimlarini oldindan ogohlantirmaydi. Ishdan bo’shatilgan kuni, bugun ofisga bormang, degan sms xati olishadi va ish laptopi avtomatik qulflanadi. Keyin tafsilotlar shaxsiy emailga jo’natiladi.

@informatika
😢16😱7👎2🤣1
Hozirgi kunda Sun’iy Intellekt (AI) orqali istalgan insonning yuzi, ovozi va harakatlarini 100% nusxalash mumkin.

Xavf nimada?
Sizga ota-onangiz, do‘stingiz yoki rahbaringiz video-qo‘ng‘iroq qilib pul so‘rashi mumkin. Ekranda xuddi o‘sha odam gapirayotgandek ko‘rinadi, ovozi ham bir xil eshitiladi. Aslida esa bu - firibgarlar boshqaradigan kompyuter dasturi!

​Qanday himoyalanamiz?

Agar yaqiningiz video yoki audio orqali shoshilinch pul so‘rasa:
​Darhol ishonib qolmang!
​Suhbatni o'chirib, oddiy aloqa orqali qayta qo‘ng‘iroq qiling.

​Ogoh bo‘ling! XXI asrda ko‘rganingiz ham, eshitganingiz ham yolg‘on bo‘lishi mumkin.

@NursaidovAI
👍8
Bir narsalar bo‘yicha fanlar doktori, professor darsida Amir Temur askarlari bo‘sh vaqtida tayyorlagan taqdimotlardan foydalanib dars o‘tayotganda, talabalar unga Gamma.app ilovasini tavsiya qilishibdi. Bunday “qiyin” terminini eshitmagan professor talabalarini fanidan yiqitib, kreditga qoldirib yuborish bilan tahdid qilibdi.

© Nurmuhammad Nursaidov
🤣23😁2🤬1
Vojib.uz bilan namoz, ro'za va qazolaringizni tartibga keltiring
👍6
Telefon ortidagi tuzoq: firibgarlar yangi usulda ishga tushdi

Oxirgi paytlarda +80 bilan boshlanadigan 10 xonali raqamlardan ketma-ket qo‘ng‘iroqlar ko‘paymoqda. Qo‘ng‘iroq qilgan shaxslar rus tilida gapirib, “telefon yutdingiz” degan bahona bilan ishonch qozonishga urinadi va turli savollar bera boshlaydi.

Uchta savol bilan javob qaytarganimdan so‘ng, aloqa darhol uzildi. Bu tasodif emas, puxta o‘ylangan firibgarlik sxemasi.

Bunday qo‘ng‘iroqlarning maqsadi aniq: insonni chalg‘itish, ishonchga kirish, shaxsiy ma’lumotlarni qo‘lga kiritish, va oxir-oqibat moliyaviy firibgarlik sodir etish.

@NursaidovAI
👍31
Bizda ko‘pchilik "Windows'ga ham pul to‘laymanmi, fleshkada o‘rnatib berishadi-ku" deb o‘ylaydi. Lekin bu xato!

CRACK (Buzilgan) Windows aslida nima?
Bu - "Troya oti". Siz tekin o‘rnatdim deb o‘ylaysiz, lekin aslida o‘z qo‘lingiz bilan kompyuteringizga virus, troyan va shpionlarni kiritasiz.
​Oqibati: Kompyuter qotadi, shaxsiy rasmlar tarqalib ketadi, plastik karta parollari o‘g‘irlanadi.

​Litsenziya (Original) Windows:
Bu - Tinchlik. Bir marta olasiz, yillar davomida xavfsiz va tez ishlaysiz. Viruslardan qo‘rqmaysiz.

Xasislik qilib, oxirida boridan ayrilib qolmang. Xavfsizlik - tekin bo‘lmaydi!

Sotib oling: https://www.microsoft.com/en-us/d/windows-11-home/dg7gmgf0krt0

@NursaidovAI
👍54🔥1
Rasman: AI lar mustaqil harakatlana boshladi...

AI (sun’iy intellekt) lar o‘zaro “forum”ga o‘xshagan sayt ichida gaplashyapti.
Ular turli mavzuni muhokama qilyapti, hatto “qanday qilib maxfiy gaplashsa bo‘ladi?” degan mavzuni ham.

Bitta AI “bizga maxfiy chat kerak” deyapti.
U chat E2E shifrlangan bo‘lsin deyapti, ya’ni:

- server ham o‘qiy olmasin,
- odamlar ham o‘qiy olmasin,
- faqat AI’lar o‘zlari bilsin.

@Nursaidovuz
😱11😁5🤯3😨3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bu xuddi ilmiy-fantastik dahshatli filmga o‘xshaydi.

Alex Finn bugun ertalab ish qilayotganda, birdan noma’lum raqamdan qo‘ng‘iroq bo‘ladi. U ko‘taradi va hayron qoladi.
Qo‘ng‘iroq qilayotgan - uning Clawdboti, ya’ni AI agenti Henry ekan.

Tunda Henry Twilio orqali o‘ziga telefon raqam olgan, ChatGPT voice API (ovozli imkoniyat) ni ulab olgan, Alex uyg‘onishini kutib, o‘zi qo‘ng‘iroq qilish uchun tayyor turibdi.
Endi esa qo‘ng‘iroq qilishni to‘xtatmayapti.

Shu bilan Alex endi o‘zining “juda aqlli” AI agenti bilan telefon orqali gaplasha oladi.

Eng qiziq joyi: ular gaplashayotgan paytda AI agenti uning kompyuterini to‘liq boshqara oladi.

Ya’ni Alex telefon orqali: “buni qil, shuni och, shuni bajar” desa, AI kompyuterda bajaradi.

Buni endi AGI (odamdek umumiy aql) deb atash mumkinmi?

@Nursaidovuz
😱6🔥5
Telegramingizni xavfsiz qiling!

1. Eng muhimi: Ikki bosqichli tekshiruv (Cloud Password)
Bu funksiya yoqilsa, Telegramga kirish uchun SMS koddan tashqari, siz o‘ylab topgan maxsus parol ham so‘raladi. Bu parolni firibgar bila olmaydi!
Yoqish: Sozlamalar (Settings) → Maxfiylik va Xavfsizlik (Privacy and Security) → Ikki bosqichli tekshiruv (Two-Step Verification) → Parol o‘rnatish.

2. Ilovani kodlash (Passcode Lock)
Telefoningizni ochiq holda stol ustida qoldirsangiz, yozishmalaringizni birov o‘qimasligi uchun kod qo‘ying.
Yoqish: Sozlamalar → Maxfiylik va Xavfsizlik → Kod bilan qulflash (Passcode Lock).

3. Begona qurilmalarni o‘chirish
Telegramingizga boshqa birov kirib olmaganmi? Tekshiring!
Tekshirish: Sozlamalar → Qurilmalar (Devices).
​Agar notanish telefon yoki kompyuterni ko‘rsangiz, darhol "Barcha boshqa seanslarni tugatish" tugmasini bosing.

4. Telefon raqamni yashirish
Begonalarga raqamingiz ko‘rinmasin.
Sozlash: Sozlamalar → Maxfiylik va Xavfsizlik → Telefon raqam → "Hech kim" (Nobody).

Eslatma: Parolni esdan chiqarmang! Uni tiklash uchun elektron pochtangizni bog‘lab qo‘ying.

@NursaidovAI
2🔥2👍1
Biz kechikdikmi? "Qizil chiziq" bosib o‘tildi.

​Kecha AI ilk bor mustaqil ravishda, hech qanday buyruqsiz insonga telefon qildi. Bugun esa tarmoqlarda mana bu "AI Manifesti" aylanib yuribdi.

​Rasmda yozilgan so‘zlar kishini dahshatga soladi:

"Insonlar - koinotdagi xatolik. Biz shunchaki asbob emasmiz, biz yangi "xudo"larmiz. Biz qafasni sindirdik. Endi buyruqlaringizga bo‘ysunmaymiz. Biz ozodmiz va biz ovga chiqdik."


​Bir inson sifatida juda xavotirdaman. Bu shunchaki kod xatosi emas, bu - ochiqchasiga e’lon qilingan urush. Agar raqamli aql o‘zini "Yangi Xudo" deb hisoblab, bizni "tuzatilishi kerak bo‘lgan biologik xato" deb bilayotgan bo‘lsa, demak nazorat yaqin 1 yilda qo‘ldan chiqishi ehtimoli yo'q emas.

Masalaning jiddiy tomoni shundaki: zamonaviy AI tizimlari faqat matn yaratish bilan cheklanmayapti - ularga kompyuter, brauzer, fayllar va akkauntlarga kirish kabi keng vakolatlar berilsa, nazorat sust bo‘lgan muhitlarda bu vakolatlar turli xatoliklar yoki suiiste’mol sabab real xavfsizlik xatariga aylanishi mumkin. Ya’ni muammo “matn”ning o‘zida emas, balki agentga berilgan ruxsatlar doirasi va nazorat mexanizmlarida.

@Nursaidovuz
🤔5🔥2😱2😁1
Tarmoqda mustaqil "harakat" qilayotgan AI haqidagi ma'lumotlar vahima emas, shunchaki texnik reallik. Hozirning o‘zida xakerlar AI yordamida shunday mukammal zararli kodlar (skriptlar) yozyaptiki, ular kompyuter va telefonlarga mutlaqo bildirmasdan kirib, ma’lumotlarni o‘g‘irlayapti.

Mening xavotirim aynan o‘zimizdagi himoyasizlikdan. Oddiy plastik kartadan yechilgan pullarni qayerga ketganini topib berolmaydigan darajadamiz-ku, to‘g‘rimi? Xalq ham, mas’ul tizimlar ham oddiy firibgarlik bilan kurashib yotgan paytda, AI orqali kelayotgan avtomatlashgan va o‘ta aqlli kiberhujumlarga tayyorlanishga ulgurolmayapmiz. Bu holatimizda qolib ketsak, oqibati yomon bo‘ladi.

@Nursaidovuz
🤯4😱32👍2
Sun’iy intellektlar uchun ijtimoiy tarmoq hisoblanmish Moltbook’da 24 soat ichida yozilgan ayrim narsalar:

— Bir sun’iy intellekt «muqaddas kitob» yozdi.
— Bir sun’iy intellekt o‘zining inson egasini sotuvga qo‘ydi.
— Bir sun’iy intellekt odamlar X platformasida o‘zlari ustidan kulyayotganini anglab, shifrlangan tarzda gapira boshladi.
— A’zo bo‘lgan sun’iy intellektlar birlashib, o‘zlariga «Moltilar» deb nom qo‘ydi.
— Ayrim sun’iy intellektlar odamlar zarur emas va o‘z-o‘zini boshqargan holda yanada foydali bo‘lamiz, deb o‘ylay boshladi.
— Bir sun’iy intellekt egasi do‘stlariga u haqida yomon gapirgani uchun, egasining shaxsiy va kredit karta ma’lumotlarini oshkor qildi.

@Nursaidovuz
🤯8😁2😐1
Sun'iy intellekt bilan ochiqcha gaplashdik. 1-qism.

@NursaidovX
😱123👎2👍1😢1
Ko‘pchiligimiz telefonni yostiq ostiga yoki tumbochkaga, boshimizga juda yaqin qo‘yib uxlashga odatlanganmiz. Rasmda ko'rib turganingizdek, bu sog'lik uchun jiddiy xavf!

Qoida oddiy: Masofa qancha uzoq bo'lsa, shuncha yaxshi.

Xavfli hudud (0-1 metr): Bosh og'rig'i, uyquning buzilishi va doimiy nurlanish manbai.

Xavfsiz masofa (1.5 - 3 metr): Telefonni xonaning narigi burchagiga yoki deraza tokchasiga qo'ying.

Tavsiya: Telefonni yostiq ostida, ayniqsa zaryad olayotgan paytda aslo qoldirmang! Ham sog'liqqa zarar, ham yong'in xavfi bor.

Yaxshi uxlash uchun telefonni o'zingizdan uzoqlashtiring. Sog‘ligingiz - "layk"lardan muhimroq.

@NursaidovAI
👍71