123456 - PAROL EMAS, OCHIQ ESHIK!
Ismingiz, tug‘ilgan yilingiz yoki "123456" kabi oddiy kodlarni parol qilib qo‘yish - uyingiz eshigini shunchaki ip bilan bog‘lab qo‘yishdek gap. Xakerlar buni bir soniyada buzib kiradi.
Maslahat: Parolingiz qanchalik uzun va "g‘alati" (harf, son, belgilar aralash) bo‘lsa, hamyoningiz shunchalik tinch bo‘ladi.
Oddiy parol - o‘g‘riga taklifnoma!
@NursaidovAI

👍7🥴4❤2⚡2
Yana bir ustozga dars davomida foydalanish uchun Test va Krossvord raqamli metodlarni o'rnatib berdik!
@Nursaidovuz
@Nursaidovuz
👏7👍3❤1
Shimoliy Koreyaning HWASONG-17 dahshatli qit'alalararo ballistik quroli haqida
Yetish masofasi: 15,000 km - nafaqat Osiyo, balki AQSH va Yevropaning istalgan nuqtasiga zarba bera oladi.
Zarba kuchi: Bitta raketa uchida bir nechta yadroviy kallak olib yuradi. Bir uchishda 3-4 ta shaharni kulini ko‘kka sovurishi mumkin.
Sayyoraning istalgan burchagiga yadroviy "salom" yo‘llay oladi.
@Informatika

😢5😐3👎2❤1🔥1
Forwarded from Nursaidov.uz
Ta’limni raqamlashtirish - dars jarayonini tezkor natija beradigan, real vaqtli tahlilga tayanuvchi va yuqori interaktivlikni ta’minlaydigan ekotizimga aylantirmoqda.
Bizda hozirda mavjud bo‘lgan raqamli metodlar:
1. QR-kodli test tizimi
2. QR-kodli krossvord tizimi
3. Raqamli savol tizimi
4. Uch bosqichli bilimni sinaydigan professional tizim
5. Guruhlar o‘rtasida musobaqa tashkil etish tizimi
6. “Millioner” tizimi
7. Dars va o‘qituvchini anonim baholash tizimi
8. Sun’iy intellekt asosida ishlab chiqilgan, xohlagan fanlaringiz bo‘yicha ma’lumotlarni real vaqtda joylash va o‘chirish, bilimni sinash hamda individual AI asosida xulosa beradigan, yengil va tez ishlaydigan Nursaidov.uz - konstruktor tizimi
O‘zbekiston oliygohlarida eng ko'p foydalanilayotgan raqamli metod bu - QR-kodli test tizimi hisoblanadi.
@Nursaidovuz - ta’limni raqamlashtirishda davom etamiz.

👍4🔥2⚡1
Amir Temur jang maydoniga xuddi shaxmat taxtasiga qaragandek qaragan. U dushmanni avval ruhan sindirib, keyin kutilmagan joydan zarba bergan
@NursaidovAI
@NursaidovAI
👍13❤2🔥2⚡1👏1💯1
Forwarded from NursaidovAI - Muhandislik Akademiyasi
MAKTABDA KIYINISH ODOBI: KAMTARLIK VA ILMGA HURMAT
Rasmdagi kabi, musulmon o‘quvchilar uchun maktabda ham o‘z diniy va milliy qadriyatlariga mos, kamtarona va ozoda kiyinish muhimdir.
- Qizlar uchun: Ro‘mol o‘rash va uzunroq yubka yoki ko‘ylak kiyish - hayo va iffat belgisi.
- O‘g‘il bolalar uchun: Do‘ppi kiyish va tartibli forma (masalan, kamzul bilan) - jiddiy va odobli ko'rinish.
Bu kiyim nafaqat tashqi ko‘rinish, balki ilm dargohiga bo‘lgan hurmat va ichki tarbiyaning ham ifodasidir. Eng asosiysi – libos doimo toza va tartibli bo‘lishi kerak.

👍8❤1
Forwarded from NurStudio | Dasturlar
CompOFF.hta
4 KB
Kompyuterni avtomatik o'chirish tizimi
Bu tizim, foydalanuvchiga kompyuterini ma'lum vaqt oralig'idan so'ng avtomatik ravishda o'chirish imkonini beradi. Tizimda vaqt soniyalarda kiritiladi va "O'chirishni boshlash" tugmasini bosish orqali timer boshlanadi. Vaqt tugagach, kompyuter avtomatik tarzda o'chiriladi. Agar foydalanuvchi timerni to'xtatmoqchi bo'lsa, "O'chirishni bekor qilish" tugmasidan foydalanishi mumkin.
Masalan internetdan katta hajmdagi ma'lumot yuklayapsiz. Lekin kutishga vaqt yo'q. Taxminan vaqt belgilaysiz. Kompyuter o'chgan bo'ladi.
t.me/nurstudio

👍5
Hozirgi murakkab geosiyosiy vaziyatda Eronning harbiy salohiyatiga past baho berish - strategik xatodir. Mutaxassis sifatida vaziyatni tahlil qilar ekanman, Eron nafaqat texnik jihatdan kuchayganini, balki psixologik va strategik jihatdan ham urushning yangi bosqichiga o‘tganini ko‘ryapman.
Agar Eron zarbalarni qabul qilishga to‘liq tayyor bo‘lsa, u bir soniya ham ikkilanmaydi. Bu safar Tehron otashkesimga (ceasefire) tayyor ekanligi haqida hech qanday signal bermayapti. Oliy rahbariyat bayonotlari harbiy doktrina butunlay o‘zgarganini ko‘rsatmoqda: endi gap uzoq muddatli to‘qnashuv, yanada kuchli zarbalar va tarixda ilk bor - preventiv (oldindan) zarba berish ehtimoli haqida ketmoqda.
Bunday o‘zini ishonchli tutishning ortida quyidagi aniq harbiy-texnik omillar turibdi:
- Eronning eng asosiy "ko‘ziri" - bu eng ilg‘or mudofaa tizimlarini ("Temir gumbaz", "Patriot") aylanib o‘tishga ixtisoslashgan raketalardir:
Fattah-2 (Gipertovushli): Tovush tezligidan 15 barobar tez (Mach 15) hamda 2000km+ masofaga uchadi. Atmosferada "sirg‘alib" uchuvchi (HGV) kallagi trayektoriyasini o‘zgartira oladi, bu esa uni tutib olishni deyarli imkonsiz qiladi.
Sejjil: Qattiq yoqilg‘ida ishlaydi (suyuq yoqilg‘i quyish shart emas). Bir necha daqiqada jangga kirishadi va mobil qurilmalardan otilib, joyini darhol o‘zgartiradi.
Kheybar Shekan: 1450 km masofaga uchadi. So‘nggi bosqichda dushmanni chalg‘itish uchun keskin manevrlar qilib, nishonga uriladi.
- Eron dronlar bo‘yicha dunyodagi yetakchi davlatlardan biriga aylandi. Ular qimmatbaho raketalarga qarshi "To‘da hujumi" (Swarm attack) taktikasini qo‘llaydi:
Shahed-136 va 238: Bir vaqtning o‘zida yuzlab dronlar uchiriladi. HHM tizimlari ularning hammasini urib tushirishga jismonan ulgurmaydi. Yangi reaktiv dvigatelli Shahed-238 versiyasini oddiy pulemyotlar bilan to‘xtatib bo‘lmaydi.
Mohajer-10: 24 soat havoda qolib, 2000 km masofagacha (Isroil hududigacha) razvedka qiladi va bomba tashlay oladi.
- Eron o‘z osmonini himoya qilishda faqat xorij tizimlariga tayanmayapti:
Bavar-373: Mutaxassislar buni S-300 dan kuchliroq va S-400 ga yaqin deb baholashmoqda. "Sayyad-4B" raketalari bilan 300 km masofadagi nishonlarni (hatto 5-avlod qiruvchilarini) aniqlab, yo‘q qila oladi.
Arman va Azarakhsh: Muhim strategik obyektlarni pastlab uchuvchi raketalar va dronlardan himoya qiladi.
- Yaqinda Eronning Starlink tarmog‘ini muvaffaqiyatli bloklashi (jamming) jiddiy signal bo‘ldi. Eron "R-330 Zhitel" yoki mahalliy Cobra V8 kabi tizimlar orqali dushmanning GPS va aloqa tizimlarini "bo‘g‘ib", yuqori aniqlikdagi qurollarni samarasiz qilib qo‘yish salohiyatiga ega.
- Rossiyadan "4++" avlodiga mansub Su-35 qiruvchi samolyotlarining xarid qilinishi havodagi kuchlar nisbatini o‘zgartirdi. Bu samolyotlar Eronning kuchli yer usti mudofaa tizimlari bilan birgalikda dushmanning havo hujumlarini qaytarishda jiddiy to‘siq bo‘ladi.
Isroil va AQSH avvalgi «dars»ni unutgani yo‘q. Isroil qiruvchilari Eron chegarasini buzib kirganda, Tehron bitta pult va soniyalik qaror bilan qanday aniq va yakson qiluvchi javob bera olishini amalda ko‘rsatib qo‘ygan edi.
O‘shanda Isroilning eng zamonaviy texnikasi ham bu zarba oldida ojiz qolgan. Bugungi sukunat va ikkilanish - o‘sha «shaloq»ning ta’siri. Isroil generallari yaxshi biladi: bu safar xato qilish - shunchaki mag‘lubiyat emas, butun boshli davlatning halokati bo‘lishi mumkin.
Nurmuhammad Nursaidov

👍9❤5🤔2
Forwarded from Nursaidov.uz
Sizlarga pdf fayllardan kerakli sahifalarni ajratib olish imkoniyatini beruvchi yangi tizimni taqdim etmoqchiman. Ushbu tizimning asosiy xususiyatlari:
Foydalanuvchilar uchun qulay interfeys, o‘zbek tilida yaratilgan.
Pdf fayllardan kerakli sahifalarni tezda ajratib olish imkoniyati.
Sahifalarni tanlash, tartiblash va saqlash.
Faylni yuklab, kerakli sahifa raqamlarini kiriting va "Ajratib olish" tugmasini bosing va sizga kerakli sahifalar tayyor bo‘ladi!
Ushbu tizimdan foydalanib, maqolalaringizni, kerakli ma'lumotlarni tez va oson ajratib oling.
O'rganing: https://youtu.be/ROT6irGBKmU
Foydalaning: https://nursaidov.uz/pdf/

👍7
Pul evaziga yozdirilgan Scopus konferensiya maqolasini to‘liq video qo‘llanmani ko‘rib ham tizim bazasiga yuklay olmagan texnika fanlari nomzodi (PhD), dotsent, pedagogika fanlari doktori (DSc) professori - magistraturani bitirgan o‘qituvchiga iltimos qilib yurib, yuklash vaqt(deadline’)i ham o‘tib ketganini sezmay qolibdi...
© Nurmuhammad Nursaidov
© Nurmuhammad Nursaidov
😁14😱4😢4⚡2❤1
Forwarded from NursaidovAI - Muhandislik Akademiyasi
WiFi-ni "temir darvoza" qilish bo'yicha qo'llanma
Ko'pchilik WiFi router sotib oladi-yu, ustalar o'rnatib ketgan standart kod bilan yuraveradi. Bu xuddi uy eshigini qulflab, kalitni esa paspolga qoldirib ketish bilan barobar!
Xakerlar yoki tekinxo'r qo'shnilardan qutulish uchun hozirning o'zida quyidagi 4 ishni qiling:
1-QADAM: Router "miyasi"ga kirish
Avval router sozlamalariga kirib olishimiz kerak.
Telefon yoki kompyuteringizni shu WiFi ga ulang.
Brauzerni (Chrome, Safari) ochib, tepadagi qatorga quyidagi raqamlardan birini yozing va "Enter" bosing:
192.168.1.1
192.168.0.1
(Anig'i routeringizning orqa tomonidagi yorliqda yozilgan bo'ladi).
Login va parol so'raydi. Agar o'zgartirmagan bo'lsangiz, ko'pincha:
Login: admin
Parol: admin
2-QADAM: WPS funksiyasini O'CHIRING (Eng muhimi!) ❌
Xakerlar WiFi buzishda eng ko'p foydalanadigan teshik - bu WPS tugmasidir.
Sozlamalardan "WPS" yoki "QSS" degan bo'limni toping.
"Disable" (O'chirish) tugmasini bosing.
Nega? Chunki WPS yoqiq tursa, maxsus dasturlar parolingizni 2 daqiqada buzib kira oladi.
3-QADAM: Parolni va Shifrlash turini to'g'rilash 🔒
Oddiy parollar (masalan: 12345678 yoki 11112222) besh soniyada topiladi.
"Wireless" yoki "WiFi Security" bo'limiga o'ting.
Security Mode (Xavfsizlik turi) degan joyda WPA2-PSK yoki WPA3 ni tanlang (Eski WEP turini aslo tanlamang!).
Yangi parol o'ylab toping: Kamida 12 ta belgi bo'lsin. Ichida katta harf, raqam va belgi (@, #, $) qatnashsin.
Yomon parol: ali1990
Zo'r parol: M@n1ngW!Fi2026
4-QADAM: Router "Admin" parolini o'zgartirish 🛡
Eslaysizmi, boshida admin/admin deb kirdik? Buni hamma biladi! Agar buni o'zgartirmasangiz, WiFi ga ulangan har qanday odam sozlamalaringizni buzib tashlay oladi.
"System Tools" yoki "Administration" bo'limidan "Change Password" ni toping.
Eski parolni (admin) yozib, o'rniga o'zingiz biladigan yangi login va parol qo'ying.
BONUS MASLAHAT:
Routeringizni dasturiy ta'minotini (Firmware) vaqti-vaqti bilan yangilab turing. Bu xuddi telefoningiz "obnovlenie" bo'lgani kabi, routerni ham yangi viruslardan himoya qiladi.

👍11❤1
U kam ta’minlangan oiladan ekanini tasdiqlatish uchun pul topa olmagan ekan...
😢13🤯5😨2
Forwarded from Nursaidov.uz
t.me/NursaidovAI Telegram kanalini ishga tushirdik.
Hozirda turli foydali mavzularda 5 yoshdan boshlab hamma tushunadigan sodda tilda, rasm ko‘rinishida ma’lumotlar berib boryapmiz.
Agar foydali deb hisoblasangiz, a’zo bo‘ling! Katta rahmat!

Telegram
NursaidovAI - Muhandislik Akademiyasi
@NursaidovAI – Kelajakka birga qadam qo‘yamiz!
🔥1
Do‘stimning ukasini ota-onasi ko‘p yillar davomida “yurist bo‘l, tarixni o‘qi” deb majburlashgan. U esa tarix fanini yoqtirmasligini aytib kelgan va matematika va fizika fanlaridan tayyorlanib, dasturchi bo‘lish niyatida Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga o‘qishga kirgandi. Do‘stimning aytishicha, ukasi 1-semestrda yetarli kredit to‘play olmagani sababli tarix fanidan yiqilibdi.
Nurmuhammad Nursaidov
Nurmuhammad Nursaidov
😢12😁8😨2❤1⚡1🤯1👨💻1
Forwarded from NursaidovAI - Muhandislik Akademiyasi
Kartadan-kartaga pul o'tkazish uchun faqat 16 xonali karta raqami yetarli!
Muddati, CVV (orqadagi 3 ta raqam) va SMS kodni HECH KIMGA BERMANG!
@NursaidovAI
Muddati, CVV (orqadagi 3 ta raqam) va SMS kodni HECH KIMGA BERMANG!
@NursaidovAI
👍3
Forwarded from Xizmatlar AI
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
OpenAI ilmiy maqolalar yozish uchun vositani ishga tushirdi
Prism OpenAI tomonidan sotib olingan Crixet startapi asosida yaratilgan. U ichiga ChatGPT integratsiya qilingan jamoaviy LaTeX muharriri hisoblanadi. U iqtiboslarni tekshirishi, chizma yoki formulani qoralamadan LaTeX formatiga o‘tkazishi va boshqa vazifalarni bajarishi mumkin.
Prism hozircha barcha xohlovchilar uchun bepul. ChatGPT obunachilariga esa keyinchalik qo‘shimcha, yanada rivojlangan funksiyalar taqdim etilishi va’da qilingan.
Manzil: prism.openai.com
@XizmatlarAI

👍3❤2⚡1🔥1
“Amazon” kompaniyasi bugun yana 16 mingta korporativ xodimini ishdan bo’shatdi. 3 oy oldin ham 14 mingta ishchisidan voz kechgan edi.
Odatda, kompaniya ishdan bo’shatiladigan xodimlarini oldindan ogohlantirmaydi. Ishdan bo’shatilgan kuni, bugun ofisga bormang, degan sms xati olishadi va ish laptopi avtomatik qulflanadi. Keyin tafsilotlar shaxsiy emailga jo’natiladi.
@informatika

😢16😱7👎2🤣1
Forwarded from NursaidovAI - Muhandislik Akademiyasi
Hozirgi kunda Sun’iy Intellekt (AI) orqali istalgan insonning yuzi, ovozi va harakatlarini 100% nusxalash mumkin.
Xavf nimada?
Sizga ota-onangiz, do‘stingiz yoki rahbaringiz video-qo‘ng‘iroq qilib pul so‘rashi mumkin. Ekranda xuddi o‘sha odam gapirayotgandek ko‘rinadi, ovozi ham bir xil eshitiladi. Aslida esa bu - firibgarlar boshqaradigan kompyuter dasturi!
Qanday himoyalanamiz?
Agar yaqiningiz video yoki audio orqali shoshilinch pul so‘rasa:
Darhol ishonib qolmang!
Suhbatni o'chirib, oddiy aloqa orqali qayta qo‘ng‘iroq qiling.
Ogoh bo‘ling! XXI asrda ko‘rganingiz ham, eshitganingiz ham yolg‘on bo‘lishi mumkin.

👍8
Bir narsalar bo‘yicha fanlar doktori, professor darsida Amir Temur askarlari bo‘sh vaqtida tayyorlagan taqdimotlardan foydalanib dars o‘tayotganda, talabalar unga Gamma.app ilovasini tavsiya qilishibdi. Bunday “qiyin” terminini eshitmagan professor talabalarini fanidan yiqitib, kreditga qoldirib yuborish bilan tahdid qilibdi.
© Nurmuhammad Nursaidov
© Nurmuhammad Nursaidov
🤣23😁2🤬1