Informatika va AT
8.09K subscribers
1.32K photos
656 videos
605 files
1.68K links
Informatika va axborot texnologiyalari bo'yicha O'zbekistonda birinchi faoliyatini boshlagan kanalga xush kelibsiz.

Bog'lanish: @Nursaidovuz

https://t.me/Informatika/3

Kiberxavfsizlik: @NursaidovX
Download Telegram
Mening soqolim sof biologik(fiziologik) jarayon bo‘yicha "avtomatik" o‘zi chiqadi. Lekin O‘zbekistonda bu jarayon tan olinmaydi...

Qiziq-a, butun dunyoda soqol - testosteron belgisi, bizda esa - jinoyat
alomati

© Nurmuhammad Nursaidov
😁30🔥5👨‍💻1
Bugun Toshkentdagi yana bir universitetlardan biriga bordim. Bu yerga borishimning ikkita jiddiy sababi bor edi.

​Birinchidan, sun’iy intellekt va kiberxavfsizlik sohasiga qiziqishim baland, o‘z bilimim bilan soha rivojiga hissa qo‘shishni hamda mustaqil tadqiqot olib borishni niyat qilgandim. Ikkinchidan, surishtiruvlarim bo‘yicha aynan shu universitetda korrupsiya, tanish-bilishchilik deyarli yo‘qligi va muhit ancha sog‘lom ekanligi meni o‘ziga tortdi. Rostan ham, toza ishlashni xohlaydigan kadr uchun muhit yomon emas ekan.

​Ma’lumki, Prezident qaroridan so‘ng deyarli barcha oliy o‘quv yurtlarida "Sun’iy intellekt" yo‘nalishlari ochilmoqda. Qog‘ozda hammasi joyida: fan bor, soatlar ajratilgan, prorektor tasdiqlagan.

​Navbat "kadr" masalasiga, ya’ni menga kelganda suhbat rektor xonasida davom etdi. Rektor 1 stavka uchun qancha maosh so‘rashimni so‘radi.
- 15 million so‘m, - dedim.

​Bu raqamni osmondan olmadim. Sun’iy intellekt - murakkab matematika, algoritm va doimiy izlanish talab qiladigan soha. Bozorda bu soha vakillari bundan bir necha barobar ko‘p topadi. Men esa ta’limga bo‘lgan qiziqishim va yerdagi yaxshi muhit uchun bozor narxidan ancha pastroq, universitet uchun real bo‘lgan summani so‘radim. Qo'shimchasiga universitet nomidan grantlarga qatnashish, loyihalar qilish, dasturiy ta'minotlar ishlab chiqish, talabalarni grantlarga, ishga tayyorlash va h.k. rejalarim borligini ham aytdim.

​Rektorning javobi esa qisqa bo‘ldi:
- "Maksimal 8 million bera olamiz".
​Taklifni rad etishga majbur bo‘ldim.

Gap faqat menda emas. To‘g‘ri, ta’lim fidoyilikni talab qiladi va ko‘pchiligimiz shunga tayyormiz. Lekin bozor qonunlari bor: sohani chuqur biladigan amaliyotchi mutaxassis uchun universitet taklif qilayotgan maosh va real bozor narxi o‘rtasidagi farq yer bilan osmoncha. Bunday katta tafovut bor ekan, eng kuchli kadrlar ta’limdan uzoqlasha veradi.

​Natijada esa talabaga "Sun’iy intellekt" fani nomiga o‘tiladi. Slaydlar o‘qib beriladi, lekin amaliyot va chuqur bilim bo‘lmaydi. Ertaga shu diplomni olib chiqqan kadr yana bozor talabiga javob bermaydi.

​Biz qachongacha sifatni arzon narxda sotib olmoqchimiz? Ta’lim shumi? Yoki soqoldami gap?

© Nurmuhammad Nursaidov
🔥10😁7😭753👎1🤯1
Forwarded from Nursaidov.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Nursaidov.uz - bu raqamli konstruktor. Siz o‘zingiz fan yaratasiz, unga ma’ruza, taqdimot, kitob, video dars, test ....

Bu qanday amalga oshiriladi? Sun'iy intellekt ta'limda? Sizga qiziqmi? Unda yuqoridagi qisqacha videoni tomosha qiling!

Youtubeda ko'rish: https://youtu.be/mamSeNoBvio?si=1WzNcrVWynB8D2Vx

@Nursaidovuz
👍31🔥1
Forwarded from Nursaidov.uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Nursaidov.uz platformasida yangilik: Talabalar uchun AI-yordamchi sinov tariqasida ishga tushirilmoqda

Endi Nursaidov AI talabalarning o‘zlashtirish jarayonini nazorat qiladi. Tizimning o‘ziga xosligi shundaki, u an’anaviy yordamchi funksiyasini bajarmaydi.

Uning vazifasi: Talabaning bo‘shliqlarini aniqlash, bilmagan mavzularini o‘rgatish, mustaqil fikrlash ko‘nikmasini shakllantirish.
Siz undan yordam so‘rasangiz, u sizga javobni emas, javobni topish kalitini beradi.

@Nursaidovuz
👍41🔥1
Forwarded from Informatika va AT
Bir nomdor universitetda kontrakt to'lagan talabalar, 12 varoqli daftarga, sun'iy intellekt fanidan innovatsion "konspekt" yozishdan boshqa ishga o'tishmayapti...

Nurmuhammad Nursaidov
🤣15💯81😢1
Forwarded from Nursaidov.uz
☪️ IBODATLARINGIZNI "VOJIB.UZ" BILAN TARTIBGA SOLING!

Aziz dindoshim! Namoz, qazo namozlari va ro‘zalar hisobini yuritishda qiynalyapsizmi? Endi daftarga yozib yurish shart emas.

🌐 VOJIB.UZ platformasi ishga tushdi!

Nega aynan Vojib.uz?
- Aniq hisob-kitob: Balog‘at yoshi va uzrli kunlarni inobatga olgan holda avtomatik hisoblash.
- Hanafiy fiqhi: Vitr namozi qazosi ham alohida hisoblanadi.
- Xavfsiz: Ma’lumotlaringiz yo‘qolmaydi, istalgan vaqtda davom ettirasiz.
- Qulay: Chiroyli dizayn va oson boshqaruv.

🤲 Vaqtingizni g‘animat biling va qarzlaringizni bugundan uzishni boshlang!

🌙 Hoziroq kiring: vojib.uz

Bu tizim O‘zbekiston musulmonlari idorasi fatvolari va Hanafiy mazhabi qoidalariga to‘liq asoslangan holda ishlab chiqildi.

@Nursaidovuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍32🔥21
#iqtibos

Ilmga tashnalik paygʻambarlarning axloqidir.

🌙 Husayn Buxoriy
❤‍🔥124🔥1
​​Windows tizimida, papkani ko'pchilik topa olmaydigan qilib berkitamiz

Fayl va papkalarni "Скрыть" degan imkoniyati bor, bu orqali ularni berkitish mumkin, lekin istalgan odam "Показать скрытые элементы" orqali uni topib olishi mumkin.

Hozir ko'rsatadigan usulni oddiy kompyuter foydalanuvchisi topaolmaydi, demak D disk ichidagi Secret degan papkani berkitami(D:\secret).

1. Buyruqlar qatorini ochamiz:
Пуск -> Выполнить -> cmd
yoki
Win + R -> cmd

2. Ochilgan qora oynaga quyidagini yozamiz:
attrib +h +s +r "D:\secret"
va Enter tugmasini bosamiz, qarabsizki papka ko'zdan g'oyib bo'ldi, bu papkani qandaydir "Показать скрытые элементы" orqali topaolmaysiz.

Berkitilgan papkani ochamiz:
1. Win + R -> cmd
2. attrib -h -s -r "D:\secret"
va Enter.
"D" disk ichidagi secret papkasi ko'rinarli holga keladi.

☝️Eng asosiysi, papka qayerda joylashganini eslab qoling, aks holda uni topish qiyib bo'ladi. Agar topaolmasangiz, sizga yordamga TotalCommander kelishi mumkin, bu dastur o'sha berkitilgan faylni ko'ra oladi.

Bu kod Windows 10 tizimida tekshirildi.

Akmal Xudayberganov

👉 t.me/informatika
3👍2
Forwarded from Nursaidov.uz
🔈 Kutib oling! Talabalar va o‘quvchilarni dars davomida mobil telefoni orqali guruhlar bo‘yicha tezkor, qiziqarli, shaffof tartibda baholovchi raqamli metod tayyor

Talabalar guruhlarga bo‘linadi, har bir guruhga alohida kod beriladi, ular shu kod orqali tizimga kirib, savollarni kutishadi, o‘qituvchi “Boshlash” tugmasini bosgan zahoti bellashuv boshlanadi, har bir guruh to‘g‘ri javobni belgilashi kerak, tizim ballarni real vaqt rejimida hisoblaydi, kim birinchi to‘g‘ri javob bersa bonus oladi, xatoliklar kamayadi, natijalar shaffof ko‘rinadi, har bir guruh va o‘quvchining ishtiroki jonli kuzatiladi, yakunda umumiy reyting, eng faol va eng kuchli guruh aniqlanadi. Dars juda qiziqarli va shaffof o'tadi.

💡Ushbu tizimni bor yo'g'i 999 ming so'm 499 ming so'mga o'rnatib beramiz. Xohlagancha va bir umr cheksiz ishlatishingiz mumkin.

@Nursaidovuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏2👍1🔥1
Forwarded from Nursaidov.uz
Nursaidov.uz
🔈 Kutib oling! Talabalar va o‘quvchilarni dars davomida mobil telefoni orqali guruhlar bo‘yicha tezkor, qiziqarli, shaffof tartibda baholovchi raqamli metod tayyor Talabalar guruhlarga bo‘linadi, har bir guruhga alohida kod beriladi, ular shu kod orqali tizimga…
Dars davomida guruhlar bo'yicha talabalarni bilimini sinash hamda darsni sifatli qiluvchi raqamli metodni 2 kishiga 271 ming so'mdan o'rnatib beramiz. Duo sharti bilan!

Murojaat uchun: @Nursaidovman
👍3👏21🔥1
Men ogohlantirgan edim...

Ilon Maskga tegishli xAI kompaniyasi Grok’da tasvirlar yaratishni bepul akkauntlar uchun chekladi. Endi rasm yaratish va tahrirlash faqat pullik obunachilar uchun mavjud.

The Guardian nashri ma’lumotlariga ko‘ra, Grok ayollarning roziligisiz ochiq-sochiq tasvirlar va videolar, shuningdek zo‘ravonlik sahnalari yaratishda ishlatilgan.

Kir Starmer bunday kontentni sharmandali deb atab, agar X vaziyatni nazoratga olmasa, keskin choralar ko‘rilishini va’da qildi. Avvalroq Mask bu funksiyani cheklash chaqiriqlarini e’tiborsiz qoldirgan edi, biroq endi baribir qoidalar keskinlashtirildi.

Qaytaraman. O'zingiz va oila a'zolaringizni rasmlarini barcha tarmoqlardan tozalang!

@Nursaidovuz
🔥4
Dars jarayonida talabalar bilimini raqamli metodlar yordamida telefon orqali sinovdan o‘tkazish, dars vaqtida talabalarni ijtimoiy tarmoqlardan chalg‘imasligini ta’minlash, shuningdek yangi metodlarni ishlab chiqib, ularni eng minimal narxlarda ustozlarga o‘rnatib berish bo‘yicha qilayotgan ishlarimiz o‘z samarasini bermoqda. Alhamdulillah!

Rasmda ko‘rib turganingizdek, 5 ta raqamli metodimizdan faol foydalanib kelayotgan ustozimiz bizdan yana yangi metodni o‘rnatib berishimizni so‘rashdi.

@Nursaidovuz
👏6👍1
Nursaidov.uz konstruktor AI tizimini yana bir ustozga o'rnatib berdik.

Tez orada platformamiz katta yangilanish oladi. In shaa Alloh!

https://t.me/Nursaidovuz/752

@Nursaidovuz
4👏3
Yana bir ustozimizga talabalarni guruhlar bo'yicha bilimini sinashga mo'ljallangan raqamli metodimizni o'rnatib berdik.

@Nursaidovuz
👍5👏4
Eron hukumati tarixda ilk bor Starlink internetining 80 foizini ishdan chiqardi. Ular tizimni buzmadi (hack qilmadi), balki fizik to‘siq qo‘ydi.

Qanday qilishdi?
Starlink terminali va kosmosdagi yo‘ldosh radio to‘lqinlar orqali "gaplashadi". Eron maxsus qurilmalar orqali xuddi shu to‘lqinda juda kuchli “oq shovqin” (xalaqit) tarqatdi.

Oddiy tilda tushuntirsak:
Tasavvur qiling, siz telefonda gaplashyapsiz, yoningizda esa kimdir baland ovozda musiqa qo‘yib yubordi yoki baqiryapti. Siz narigi tomonni eshitmay qolasiz.

Eron Starlink terminallari (Dishy) bilan xuddi shunday qildi:
- Terminallar qayerda turganini aniqlashdi.
- O‘sha tomonga kuchli sun’iy shovqin yuborib, foydali signalni "bosib" tashlashdi.

Bu kiberxavfsizlikdagi “Fizik qatlam”ga qilingan hujumdir. Internetni nafaqat provayderdan o‘chirish, balki havoda signalni “bo‘g‘ish” orqali ham to‘xtatish mumkinligi isbotlandi.

Nurmuhammad Nursaidov
👍183🔥1
Yana bir ustozga dars davomida foydalanishga mo'ljallangan 5 ta raqamli metodni o'rnatib berdik

@Nursaidovuz
👍4🔥1👏1
ChatGPT 20$ lik tarifni bepul taklif qilyapti. Foydalanib qolinglar...

Diqqat: Bu ba'zilarga bepul ba'zilarga pullik ko'rsatyapti. Kimdirda ish bersa, xursandmiz!

@Nursaidovuz
🤷‍♂72👍21👏1
GPT-5.2 insonlardan oldin mashhur noaniq matematik muammo bo‘lgan Erdős muammosi #728 ni mustaqil ravishda hal qilgani xabar qilindi.

Yecha topishda ba'zi shartlar (shu jumladan talqin noaniqligi va oldingi tadqiqotlarning aks-sadosi) mavjud bo‘lsa-da, sun'iy intellekt inson yordamisiz isbotini takomillashtira oldi.

Natija matematiklar jamoasi tomonidan ko‘rib chiqilib, HarmonicMath tomonidan yaratilgan Aristotle nomli AI matematik vositasi yordamida rasmiylashtirildi.

@Informatika
😱3😁1