Informatika va AT
8.09K subscribers
1.32K photos
656 videos
605 files
1.68K links
Informatika va axborot texnologiyalari bo'yicha O'zbekistonda birinchi faoliyatini boshlagan kanalga xush kelibsiz.

Bog'lanish: @Nursaidovuz

https://t.me/Informatika/3

Kiberxavfsizlik: @NursaidovX
Download Telegram
VOJIB.UZ DA 3 TA KATTA YANGILIK!

1. Haj va Umra rejalashtirgich Safar uchun qancha mablag‘ingiz bor va har oy qancha ajrata olasiz? Tizim sizga InshaAlloh, qachon safarga tayyor bo‘lishingizni aniq hisoblab beradi. Niyatni reja bilan mustahkamlang!

2. Aqlli zakot kalkulyatori Endi hisob-kitobda adashish yo‘q. • Oltin va kumushning bugungi bozor narxini o‘zingiz kiritasiz (tizim eslab qoladi). • Tilla, pul va tijorat mollarini kiritib, zakot farz yoki yo‘qligini bir zumda aniqlaysiz.

3. Elektron tasbeh (Vibratsiya bilan) Zikrlaringizni huzur bilan aytishingiz uchun maxsus dizayn: - Namoz rejimi: 33 tadan avtomatik o‘tadi. - His qilish: Har bosganda telefon yengil titraydi (vibratsiya), ekranga qarash shart emas.

Hoziroq kirib, yangi imkoniyatlarni sinab ko‘ring! VOJIB.UZ

@Nursaidovuz
👍7🔥21
Sinvon kitobxon jamiyati nima?

Ayol va qizlar orasida ilmga bo'lgan rag'batni oshirish uchun tuzilgan hamjamiyat

Vazifasi nima?

Jamiyat o'laroq davomli kitob o'qish fikrlarni yozma tarzda bayon qila olish va nutq madaniyatini oshirish uchun birgalikda harakat qilish.

Jarayon:

Har hafta jamiyat a'zolariga (ya'ni sizga) 1 ta kitob va 1 ta podkast tavsiya qilinadi. 1 hafta davomida o'sha kitobni o'qib, olgan xulosalaringizni #kitobxulosa podkastni esa #podkastxulosa heshteglari ostida guruhga yozib yuborasiz. Har hafta oxirida "Sinvon kitobxon jamiyati" kanalida ovozli chat tashkillashtirilib, kitob va podkast haqida muhokama olib boriladi.

Sovrinlar:
O'qigan kitoblaringiz bo'yicha testlar, insholar yoki eng yaxshi kitob xulosa ta'riflari kabi musobaqalar o'tkaziladi. Ushbu tanlovlarda g'olib bo'lgan o'quvchilar sovg'alar yutib oladilar.

ESLATMA!!! Hamjamiyat faqat ayol-qizlar uchundir.
https://t.me/+db6hFeHyJgExYjZi

https://t.me/+db6hFeHyJgExYjZi
🔥6👍211
Manfaatli boʻlishidan umid qilib, loyiha boshlagandik, istasangiz qoʻshiling, kitobxon tanishlaringiz boʻlsa yetkazsangiz xursand boʻlardik, faqat ayollar, qizlar uchun
🔥71
Forwarded from Informatika va AT (ㅤNursaidov)
HDD va SSD farqlari, afzalliklari va kimga qaysi biri kerak?

Dastlab, qaysi biri qanday tuzilgan va qay tariqa ishlaydi ko'rib chiqamiz:

HDD - ma'lumot saqlashda elektrga bog'liq bo'lmagan qattiq(жесткий) disk. U bir necha metal disklardan tashkil topgan va bu metal disklar aylanishi hisobiga diskdan ma'lumotlar o'qiladi.

SSD - ma'lumot saqlashda elektrga bog'liq bo'lmagan qattiq(твердотельное устройство) qurilma yoki disk. U ma'lumotlarni flesh hotiralarda saqlaydi va mikrosxemalardan tashkil topgan. Fleshkaning ishlash prinsipiga o'xshaydi lekin undan tezroq va ishonchliroq.

Endi ularning farqlarini ko'rib chiqamiz:

📌 Tezlik. SSD HDD diskka qaraganda tezroq ishlaydi, chunki u yerda mexanik aylanishlar bo'lmaydi hammasi mikrosxemalarda bajariladi.

📌 Narx. HDD arzonroq, lekin SSD narxlari ham tushib bormoqda.

📌 Ishonchlilik. HDD'larda biror mexanik vaziyat(tushib ketish, biror nimaga urib olish) sodir bo'lsa, ishdan chiqish ehtimoli juda katta(o'zimda ham bo'lgan), SSD disklar ham jaaa buldozer 🚜 emas, ular ham buziladi, lekin biroz ishonchliroq.

📌 Shovqin. HDD disklarda metal listlar aylanganligi sababli shovqinli hisoblanadi, yuklama tushganda listlar aylanayotganini eshitishingiz ham mumkin.

📌Quvvat. SSD disklar kam quvvat talab qiladi, HHD disklarda esa metal listlarni katta tezlikda aylantirish uchun yaxshigina quvvat zarur.

📌 Hajm. Hajm bo'yicha ikkalasida ham muammo bo'lmasa kerak, har xil variantlari bor, lekin HDD'da variant ko'proq.

📌 Form faktor (tashqi ko'rinishi). SSD disklar HDD'ga qaraganda o'lcham jihatidan kichikroq, yengilroq va olib yurish ham qulay.

📌 Ishlash davomiyligi. HDD disklar qandaydir mexanik ta'sirlar bo'lmasa anchagacha ishlashi mumkin. SSD disklar ma'lum bir marotabagacha yozish va o'qish chegaralari bor, bu chegaralar uy kompyuteringizdagi SSD disklar uchun unchalik ahamiyatsiz, asosan serverlarda bu chegara muhimroq.

Asosiy farqlari shu, endi kimga qaysi biri kerakligini yozib o'taman:

Gaymerlar, ma'lumotlar bazasi bilan ishlovchilar, dasturchilar, video va foto montajchilar va albatta kim o'z kompyuterida tez ishlashni hohlasa shular uchun SSD yaxshi variant.

Katta hajmdagi video, kinolar saqlovchilar, arxiv ma'lumotlar bilan ishlovchilar, videokuzatuv ma'lumotlarini saqlovchilar, asosan offis ishlari bilan shug'ullanuvchlar uchun ma'lumot saqlashda HDD'dan foydalanish mumkin.

Optimal variant, aralash qilib ishlatish. Tizim tezroq yonishi uchun SSD qo'yib, qolganiga HDD qo'ysa bo'ladi yoki montaj ishlari uchun SSD qo'yib, qolgan dasturlarni HDD'ga yozish mumkin, bular endi ozingizning fantaziyangizga bog'liq.

🦅 SSD tezligini tasavvur qilishingiz uchun misol: SSD disk orqali Windows'ni yuklasangiz HDD'da yuklanadigandan 5, 6 marotaba tezroq yuklanadi.

☝️Kimga qaysi biri kerak degan savol nisbiy berilgan, agar pulingiz bo'lsa istalgan odam uchun SSD qulay, bunda bitta farq ma'lumotlar bazasi bilan ishlashda biroz o'ylash kerak(serverlarda), chunki SSD disklarda yozish chegarasi mavjud.
#hdd #ssd #maslahat #haqida
@Akmal Xudayberganov

👉 @informatika
👍8👏21
Kecha kompyuter olish uchun "Abu Saxiy"ga bordim va peshin namozini o‘qish uchun masjidga kirdim.

Namozdan so‘ng imom o‘g‘irlik haqida ma’ruza qildi. U xalq orasidagi "kitob o‘g‘irlagan o‘g‘ri hisoblanmaydi" degan qarashlarga e’tiroz bildirdi. Agar kishi "buning hech qanday yomon joyi yo‘q" deb (halol sanab) o‘g‘irlik qilsa, dindan chiqib qolishi mumkinligini ta’kidladi.

​Keyin imomning oldiga bir yigit kelib, PhD va DSc darajalari uchun pul evaziga ilmiy ishlar yozib berayotganini aytgan ekan, imom buning ham harom ekanligi haqida ogohlantirdi. Men ham imomning oldiga borib, hozirgi kunda ilmiy ishlar deyarli pul evaziga ("soqqa"ga) himoya qilinayotgani, shu haqida ko‘proq gapirishini iltimos qildim.

Ikkinchi masala - sun’iy intellekt (AI) sababli bizda ham kompyuter qurilmalarining narxi oshib ketibdi. Masalan, 20 dollarlik SSD narxi 80 dollarga chiqqan, boshqa qurilmalar narxi ham ko‘tarilganini aytishdi. Tez orada noutbuklar va umuman kompyuterlarning narxi ham qimmatlashishi mumkin ekan.

Shu ikkita masala haqida o‘ylab turganimda, bir katta davlat prezidentini o‘g‘irlab ketishibdi...

Nurmuhammad Nursaidov
😁317👍4😢32🤣2👎1
👏18🔥8👍42❤‍🔥2😢2👎1😁1
Kompyuter bozorida "Mukammal Inqiroz" (Perfect Storm) boshlandi

Asosiy sabab: Sun’iy intellekt (AI) ma'lumot markazlarida xotira chiplari (ayniqsa HBM va DDR5) AI serverlari uchun ommaviy ishlatilmoqda, oddiy foydalanuvchilarga esa yetishmayapti.

​RAM va SSD: Tanqislik sababli narxlar keskin oshmoqda, DDR4 kabi ommabop xotiralar ishlab chiqarishdan olinmoqda.

​Videokartalar: Xotira chiplari qimmatlagani videokartalar tannarxini ~80% ga oshirdi. NVIDIA (fevraldan) va AMD (shu oydan) narxlarni har oy oshirib borishini ma’lum qildi. Yangi RTX 50 va RX 9000 seriyalari kutilganidan 2-3 barobar qimmat bo‘lishi mumkin.

O'zbekistonda narxlar global o‘sish + logistika + valyuta kursi hisobiga yanada tezroq ko‘tariladi. Agar kompyuter yig‘ish yoki qismlarni yangilash rejangiz bo‘lsa, hozir ayni vaqti. Ertaga bugungi narxlar "arzon edi" deb eslanadigan bo‘ladi.

@Nursaidovuz
🤔62👎2😢1
Bugun ta’limning markaziy unsuri - 𝗶𝗻𝘀𝗼𝗻 𝘁𝗮𝗳𝗮𝗸𝗸𝘂𝗿𝗶 𝘃𝗮 𝗺𝗮𝘀’𝘂𝗹𝗶𝘆𝗮𝘁𝗶 - sekin-asta chetga chiqib boryapti. AI esa fikrni 𝗮𝗹𝗺𝗮𝘀𝗵𝘁𝗶𝗿𝗶𝘀𝗵 uchun emas, uni 𝗸𝘂𝗰𝗵𝗮𝘆𝘁𝗶𝗿𝗶𝘀𝗵 𝘃𝗮 𝗰𝗵𝘂𝗾𝘂𝗿𝗹𝗮𝘀𝗵𝘁𝗶𝗿𝗶𝘀𝗵 uchun xizmat qilishi kerak.

Afsuski, yoshlarning bir qismi maktabdan boshlab universitetgacha 𝗼‘𝗾𝗶𝘀𝗵 𝘃𝗮 𝗶𝘇𝗹𝗮𝗻𝗶𝘀𝗵𝗻𝗶 AIga topshirib qo‘ydi: o‘qimay turib “tayyor javob”, o‘ylamay turib “tayyor matn” odatga aylanmoqda.

Bu faqat talabalar muammosi emas. Bu holat ko‘pincha 𝗳𝗮𝗸𝘁𝗶𝗸 𝗯𝗶𝗹𝗶𝗺 va 𝘀𝗶𝗳𝗮𝘁 talab qilmaydigan, “qog‘oz” va “hisobot”ni ustun qo‘yadigan "soxta" 𝗼‘𝗾𝗶𝘁𝘂𝘃𝗰𝗵𝗶-𝗽𝗿𝗼𝗳𝗲𝘀𝘀𝗼𝗿𝗹𝗮𝗿 bilan ham bog‘liq. Bunday muhitda AI yanada qulay “niqob”ga aylanadi. Demak, bu oddiy texnologiya masalasi emas - bu 𝗵𝗮𝗹𝗼𝗹𝗹𝗶𝗸 𝘃𝗮 𝘀𝗶𝗳𝗮𝘁 masalasi.

Eng yomoni, muammo referat bilan cheklanmayapti: O‘zbekistonda hatto 𝗣𝗵𝗗 𝘃𝗮 𝗗𝗦𝗰 darajasidagi ishlar ham AIga yozdirilayotgani haqida gaplar ko‘paymoqda.

Agar bunga jiddiy to‘xtalmasak, bugun “qulaylik” bo‘lib ko‘ringan narsa ertaga 𝗯𝗶𝗹𝗶𝗺 𝘀𝗶𝗳𝗮𝘁𝗶𝗻𝗶𝗻𝗴 𝗽𝗮𝘀𝗮𝘆𝗶𝘀𝗵𝗶, 𝗱𝗶𝗽𝗹𝗼𝗺𝗻𝗶𝗻𝗴 𝗾𝗮𝗱𝗿𝘀𝗶𝘇𝗹𝗮𝗻𝗶𝘀𝗵𝗶, 𝗶𝘀𝗵𝗼𝗻𝗰𝗵𝗻𝗶𝗻𝗴 𝘆𝗲𝗺𝗶𝗿𝗶𝗹𝗶𝘀𝗵𝗶 𝘃𝗮 𝗸𝗮𝘀𝗯𝗶𝘆 𝘅𝗮𝘃𝗳𝘀𝗶𝘇𝗹𝗶𝗸𝗻𝗶𝗻𝗴 𝘇𝗮𝗶𝗳𝗹𝗮𝘀𝗵𝗶 ko‘rinishida juda og‘ir narx bilan qaytadi va qaytib boshladi

Nurmuhammad Nursaidov
👍8💯3👎1
Mening soqolim sof biologik(fiziologik) jarayon bo‘yicha "avtomatik" o‘zi chiqadi. Lekin O‘zbekistonda bu jarayon tan olinmaydi...

Qiziq-a, butun dunyoda soqol - testosteron belgisi, bizda esa - jinoyat
alomati

© Nurmuhammad Nursaidov
😁30🔥5👨‍💻1
Bugun Toshkentdagi yana bir universitetlardan biriga bordim. Bu yerga borishimning ikkita jiddiy sababi bor edi.

​Birinchidan, sun’iy intellekt va kiberxavfsizlik sohasiga qiziqishim baland, o‘z bilimim bilan soha rivojiga hissa qo‘shishni hamda mustaqil tadqiqot olib borishni niyat qilgandim. Ikkinchidan, surishtiruvlarim bo‘yicha aynan shu universitetda korrupsiya, tanish-bilishchilik deyarli yo‘qligi va muhit ancha sog‘lom ekanligi meni o‘ziga tortdi. Rostan ham, toza ishlashni xohlaydigan kadr uchun muhit yomon emas ekan.

​Ma’lumki, Prezident qaroridan so‘ng deyarli barcha oliy o‘quv yurtlarida "Sun’iy intellekt" yo‘nalishlari ochilmoqda. Qog‘ozda hammasi joyida: fan bor, soatlar ajratilgan, prorektor tasdiqlagan.

​Navbat "kadr" masalasiga, ya’ni menga kelganda suhbat rektor xonasida davom etdi. Rektor 1 stavka uchun qancha maosh so‘rashimni so‘radi.
- 15 million so‘m, - dedim.

​Bu raqamni osmondan olmadim. Sun’iy intellekt - murakkab matematika, algoritm va doimiy izlanish talab qiladigan soha. Bozorda bu soha vakillari bundan bir necha barobar ko‘p topadi. Men esa ta’limga bo‘lgan qiziqishim va yerdagi yaxshi muhit uchun bozor narxidan ancha pastroq, universitet uchun real bo‘lgan summani so‘radim. Qo'shimchasiga universitet nomidan grantlarga qatnashish, loyihalar qilish, dasturiy ta'minotlar ishlab chiqish, talabalarni grantlarga, ishga tayyorlash va h.k. rejalarim borligini ham aytdim.

​Rektorning javobi esa qisqa bo‘ldi:
- "Maksimal 8 million bera olamiz".
​Taklifni rad etishga majbur bo‘ldim.

Gap faqat menda emas. To‘g‘ri, ta’lim fidoyilikni talab qiladi va ko‘pchiligimiz shunga tayyormiz. Lekin bozor qonunlari bor: sohani chuqur biladigan amaliyotchi mutaxassis uchun universitet taklif qilayotgan maosh va real bozor narxi o‘rtasidagi farq yer bilan osmoncha. Bunday katta tafovut bor ekan, eng kuchli kadrlar ta’limdan uzoqlasha veradi.

​Natijada esa talabaga "Sun’iy intellekt" fani nomiga o‘tiladi. Slaydlar o‘qib beriladi, lekin amaliyot va chuqur bilim bo‘lmaydi. Ertaga shu diplomni olib chiqqan kadr yana bozor talabiga javob bermaydi.

​Biz qachongacha sifatni arzon narxda sotib olmoqchimiz? Ta’lim shumi? Yoki soqoldami gap?

© Nurmuhammad Nursaidov
🔥10😁7😭753👎1🤯1
Forwarded from Nursaidov.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Nursaidov.uz - bu raqamli konstruktor. Siz o‘zingiz fan yaratasiz, unga ma’ruza, taqdimot, kitob, video dars, test ....

Bu qanday amalga oshiriladi? Sun'iy intellekt ta'limda? Sizga qiziqmi? Unda yuqoridagi qisqacha videoni tomosha qiling!

Youtubeda ko'rish: https://youtu.be/mamSeNoBvio?si=1WzNcrVWynB8D2Vx

@Nursaidovuz
👍31🔥1
Forwarded from Nursaidov.uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Nursaidov.uz platformasida yangilik: Talabalar uchun AI-yordamchi sinov tariqasida ishga tushirilmoqda

Endi Nursaidov AI talabalarning o‘zlashtirish jarayonini nazorat qiladi. Tizimning o‘ziga xosligi shundaki, u an’anaviy yordamchi funksiyasini bajarmaydi.

Uning vazifasi: Talabaning bo‘shliqlarini aniqlash, bilmagan mavzularini o‘rgatish, mustaqil fikrlash ko‘nikmasini shakllantirish.
Siz undan yordam so‘rasangiz, u sizga javobni emas, javobni topish kalitini beradi.

@Nursaidovuz
👍41🔥1
Forwarded from Informatika va AT
Bir nomdor universitetda kontrakt to'lagan talabalar, 12 varoqli daftarga, sun'iy intellekt fanidan innovatsion "konspekt" yozishdan boshqa ishga o'tishmayapti...

Nurmuhammad Nursaidov
🤣15💯81😢1
Forwarded from Nursaidov.uz
☪️ IBODATLARINGIZNI "VOJIB.UZ" BILAN TARTIBGA SOLING!

Aziz dindoshim! Namoz, qazo namozlari va ro‘zalar hisobini yuritishda qiynalyapsizmi? Endi daftarga yozib yurish shart emas.

🌐 VOJIB.UZ platformasi ishga tushdi!

Nega aynan Vojib.uz?
- Aniq hisob-kitob: Balog‘at yoshi va uzrli kunlarni inobatga olgan holda avtomatik hisoblash.
- Hanafiy fiqhi: Vitr namozi qazosi ham alohida hisoblanadi.
- Xavfsiz: Ma’lumotlaringiz yo‘qolmaydi, istalgan vaqtda davom ettirasiz.
- Qulay: Chiroyli dizayn va oson boshqaruv.

🤲 Vaqtingizni g‘animat biling va qarzlaringizni bugundan uzishni boshlang!

🌙 Hoziroq kiring: vojib.uz

Bu tizim O‘zbekiston musulmonlari idorasi fatvolari va Hanafiy mazhabi qoidalariga to‘liq asoslangan holda ishlab chiqildi.

@Nursaidovuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍32🔥21
#iqtibos

Ilmga tashnalik paygʻambarlarning axloqidir.

🌙 Husayn Buxoriy
❤‍🔥124🔥1
​​Windows tizimida, papkani ko'pchilik topa olmaydigan qilib berkitamiz

Fayl va papkalarni "Скрыть" degan imkoniyati bor, bu orqali ularni berkitish mumkin, lekin istalgan odam "Показать скрытые элементы" orqali uni topib olishi mumkin.

Hozir ko'rsatadigan usulni oddiy kompyuter foydalanuvchisi topaolmaydi, demak D disk ichidagi Secret degan papkani berkitami(D:\secret).

1. Buyruqlar qatorini ochamiz:
Пуск -> Выполнить -> cmd
yoki
Win + R -> cmd

2. Ochilgan qora oynaga quyidagini yozamiz:
attrib +h +s +r "D:\secret"
va Enter tugmasini bosamiz, qarabsizki papka ko'zdan g'oyib bo'ldi, bu papkani qandaydir "Показать скрытые элементы" orqali topaolmaysiz.

Berkitilgan papkani ochamiz:
1. Win + R -> cmd
2. attrib -h -s -r "D:\secret"
va Enter.
"D" disk ichidagi secret papkasi ko'rinarli holga keladi.

☝️Eng asosiysi, papka qayerda joylashganini eslab qoling, aks holda uni topish qiyib bo'ladi. Agar topaolmasangiz, sizga yordamga TotalCommander kelishi mumkin, bu dastur o'sha berkitilgan faylni ko'ra oladi.

Bu kod Windows 10 tizimida tekshirildi.

Akmal Xudayberganov

👉 t.me/informatika
3👍2
Forwarded from Nursaidov.uz
🔈 Kutib oling! Talabalar va o‘quvchilarni dars davomida mobil telefoni orqali guruhlar bo‘yicha tezkor, qiziqarli, shaffof tartibda baholovchi raqamli metod tayyor

Talabalar guruhlarga bo‘linadi, har bir guruhga alohida kod beriladi, ular shu kod orqali tizimga kirib, savollarni kutishadi, o‘qituvchi “Boshlash” tugmasini bosgan zahoti bellashuv boshlanadi, har bir guruh to‘g‘ri javobni belgilashi kerak, tizim ballarni real vaqt rejimida hisoblaydi, kim birinchi to‘g‘ri javob bersa bonus oladi, xatoliklar kamayadi, natijalar shaffof ko‘rinadi, har bir guruh va o‘quvchining ishtiroki jonli kuzatiladi, yakunda umumiy reyting, eng faol va eng kuchli guruh aniqlanadi. Dars juda qiziqarli va shaffof o'tadi.

💡Ushbu tizimni bor yo'g'i 999 ming so'm 499 ming so'mga o'rnatib beramiz. Xohlagancha va bir umr cheksiz ishlatishingiz mumkin.

@Nursaidovuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏2👍1🔥1
Forwarded from Nursaidov.uz
Nursaidov.uz
🔈 Kutib oling! Talabalar va o‘quvchilarni dars davomida mobil telefoni orqali guruhlar bo‘yicha tezkor, qiziqarli, shaffof tartibda baholovchi raqamli metod tayyor Talabalar guruhlarga bo‘linadi, har bir guruhga alohida kod beriladi, ular shu kod orqali tizimga…
Dars davomida guruhlar bo'yicha talabalarni bilimini sinash hamda darsni sifatli qiluvchi raqamli metodni 2 kishiga 271 ming so'mdan o'rnatib beramiz. Duo sharti bilan!

Murojaat uchun: @Nursaidovman
👍3👏21🔥1