Informatika va AT
8.66K subscribers
1.09K photos
600 videos
598 files
1.51K links
Informatika va axborot texnologiyalari bo'yicha O'zbekistonda birinchi faoliyatini boshlagan kanalga xush kelibsiz.

Bog'lanish: @Nursaidovuz

https://t.me/Informatika/3

Dasturlash: @FlutterDasturchi
Download Telegram
#C++

Дастурлашнинг биринчи қадамлари

Дастурларни ёзиш учун асосий тил қилиб С/С++ дастурлаштириш тили танланган. Мазкур тил, ҳозирда деярли барча техник олий ўқув юртларида кенг кўламда ўргатилмоқда. Ушбу тилда дастурлаш усулларини яхшилаб ўрганиб, бошқа алгоритмик тиллар, масалан Java, Visual Basicнинг синтаксиси ва бошқа хусусиятларини ўрганиш жуда осон. Асосий мақсад тилни билиш эмас, дастурлаш тажрибасини мукаммал эгаллашдир. Дастурлашни зўрлаб ўрганиб бўлмайди, бунинг учун қобилият ҳамда интилиш бўлиши талаб этилади.
Дастур сўзи ҳам командаларнинг алоҳида блокини (берилган кодини) аниқловчи сўз, ҳам яхлит ҳолдаги бажарилувчи дастурий маҳсулотни белгиловчи сўз сифатида ишлатилади.
Биз ишлайдиган ҳар қандай дастур бирор-бир шахс томонидан ёзилган бўлиб, улар дастурчилар деб аталади. Дастурчилар дастурни махсус тилларда ёзишади ва уларни дастурлаш тиллари деб айтишади. Бу тиллар ёрдамида дастурчилар компьютерга бажариш керак бўлган амалларни тушунтиришади. Бу амаллар умуман олганда, компьютернинг нимани, қайси ҳолларда, неча маротаба ва қачонгача бажариш керак бўлган аниқ йўриқномага ўхшайди. Амалларнинг ўзи эса алгоритмлар деб аталади. Шунинг учун унга аниқлик киритамиз.
Демак, дастурни ё дастурчи томонидан ёзиладиган командалар тўплами, ёки амалларни бажарадиган компьютер маҳсулоти сифатида тушунамиз.

▶️ @informatika
#C++
Дастурчилар олдида турган вазифалар

Вақт ўтиши билан дастурчилар олдига қуйилган вазифалар ўзгариб боряпти. Бундан йигирма йил олдин дастурлар катта ҳажмдаги маълумотларни қайта ишлаш учун тузилар эди. Бунда дастурни ёзувчи ҳам, унинг фойдаланувчиси ҳам компьютер соҳасидаги билимлар бўйича профессионал бўлиши талаб этиларди. Ҳозирда эса кўпгина ўзгаришлар рўй берди. Компьютер билан кўпроқ унинг аппарат ва дастурий таъминоти ҳақида тушунчаларга эга бўлмаган кишилар ишлашяпти. Компьютер одамлар томонидан уни чуқур ўрганиш воситаси эмас, кўпроқ ўзларининг олдиларига қўйилган, ўзларининг ишларига тегишли бўлган муаммоларини ечиш мосламаси бўлиб қолди.
Фойдаланувчиларнинг ушбу янги авлодини дастурлар билан ишлашларини осонлаштирилиши билан бу дастурларнинг ўзини мураккаблиги даражаси ошади. Замонавий дастурлар - фойдаланувчи билан дўстона муносабатни юқори даражада ташкил қиладиган кўп сондаги ойналар, меню, мулоқот ойналари ва визуал графикавий муҳитлардан таркиб топган интерфейсга эга бўлиши лозим.
Дастурлашга талабнинг ўзгариши нафақат тилларнинг ўзгаришига, балки уни ёзиш технологиясини ҳам ўзгаришига олиб келди. Дастурлаш эволюцияси тарихида кўпгина босқичлар бўлишига қарамай, биз бу курсимизда процедурали дастурлашдан объектларга мўлжалланган дастурлашга ўтишни қараймиз.

▶️ @informatika
Forwarded from Deleted Account
a) a+b*x+c*y*z b) ((a*x-b)*x+c)*x-d v) a*b/c+c/(a*b) g) (x+y)/a1*a2/(x-y) d) 10000*A-16/5*B e) (1+x/2+y/6)/(1+2/(3+x*y)) {dasturchi hisoblay oladigan ifodalarni o'zi hisoblab ruysayam bo'ladi}
Forwarded from Deleted Account
G misolda ikkita kasrni orasida qaysi amal bo‘lsa o‘shani yoziladi
#Test

1. BIOS kompyuterning qaysi xotirasida joylashgan bo'ladi?
A) Doimiy xotira qurilmasida
B) Tezkor (operativ) xotira qurilmasida
C) Vinchesterda
D) CD-ROM da

2. Dastur interfeysida maxsus buyruqlar va amallar yig'indisi biror bir xususiyatlari asosida birlashishiga ... deyiladi.
A) Catalog
B) Formatlash
C) Menyu
D) Defragmentatsiya

3. Sichqoncha yordamida kontekst - menyu qanday chaqiriladi?
A) Sichqonchaning chap tugmasini bosib
B) Sichqonchaning chap tugmasini ikki marta bosib
C) Yurgichni ekran bo'ylab surib
D) Sichqonchaning o'ng tugmasini bosib

4. Magnit disklarga axborot qaysi qurilma yordamida yoziladi?
A) Printer
B) Klaviatura
C) Disk yuritgich
D) Nurli pero

Javoblaringizni @nurstudio ga jo‘nating. To‘g‘ri javoblar kanalga joylashtiriladi.

▶️ @informatika
Test sinovi javoblariga
Elyor Nosirov
Zulxumor Axmedovna
ROmajon
Mister_John Red_Devil
Nekruz Marufjonov
52700
Azizbek
╰─┅─═ঊঈ💘ঊঈ═─┅─╯
Nilufar Nasriddinova
Angel
Feruza
Mansurjon Kamolov foydalanuvchilarimiz to'g'ri javob berishdi. Qolgan foydalanuvchilar 1 ta yoki 2 tadan xato qilishgan.

1 a 2 c 3 d 4 c

Siz ham savollarga javob topgan bo'lsangiz, javoblarni tekshirib oling.

▶️ @informatika
#savoljavob

Электрон китоб яратиш муҳити? - HTML, JavaScript, FotoShop, Flash

▶️ @informatika
#savoljavob

Power Point дастури нима учун мўлжалланган? - презентация ва слайдлар ташкил этиш учун

▶️ @informatika
#savoljavob

Компьютер процессори қандай вазифани бажаради? - Асосий мантиқий ва арифметик амалларни бажаради.

▶️ @informatika
#C++

С/С++ дастурлаш тилининг яратилиш тарихи

Кейинги йилларда амалий дастурчиларга жуда кўп интеграцион дастур тузиш муҳитлари таклиф этилмоқда. Бу муҳитлар у ёки бу имкониятлари билан бир–биридан фарқ қилади. Cи (инглизча С) дастурлаш тили 1970 йилнинг бошларида Би тили асосида Bell Labs Кен Томпсон ва Денис Ритчилар томонидан яратилди. Си дастурлаш тили UNIX операцион тизимида фойдаланиш учун мўлжалланган эди. Ушбу тил амалий дастурлар тузишда хам қўлланилар эди. Аксарият дастурлаштириш муҳитларининг фундаментал асоси С++ тилига бориб тақалади. Ушбу Си ++ жумлани (номни) Рик Маситти ўйлаб топди. Бу 1983 йил ўйлаб кўрилмаган хам эди.

▶️ @informatika
#Test

1. Disket nima uchun kerak?
A) Ma'lumotlarni kiritish uchun
B) Ma'lumotlarni saqlash uchun
C) Ma'lumotlarni tashish uchun
D) Barcha javoblar to'g'ri

2. Ma'lum bir vazifani bajarish uchun kompyuterga beriladigan buyruqlarning tartibli ketma-ketligi nima deb ataladi?
A) dastur
B) buyruq
C) qattiq qism
D) yumshoq qism

3. Kompyuterning qurilmalari ... deb ataladi. Kompyuterning dasturlari ... deb ataladi.
A) Hardware, Software
B) Software, Hardware
C) buyruq, dastur
D) dastur, buyruq

4. Tashqi xotirada biror nom bilan saqlab qo'yilgan har qanday ma'lumot nima deyiladi.
A) buyruq
B) fayl
C) dastur
D) disk

5. ....... o'chirilgan ma'lumotlarni vaqtincha saqlab turish uchun xizmat qiladi.
A) dastur
B) savatcha
C) disk
D) ish stoli

Javoblaringizni @nurstudio ga jo‘nating. To‘g‘ri javoblar kanalga joylashtiriladi.

▶️ @informatika
Test sinovi javoblariga 100 dan ortiq foydalanuvchilar javob berishgan. Afsuski juda kam foydalanuvchilar testga to'g'ri javob yo'llashgan.
ॐΞЗσגστσй мลλъчนlระΞॐ
Bek_ZVER
╰─┅─═ঊঈ💘ঊঈ═─┅─╯
Yuldashov Azizbek
Eldor usmonov
Nilufar Nasriddinova
УМИДА ИСЛАМОВНА
Mansurjon Kamolov
Deleted Account
D хур шиD foydalanuvchilarimiz to'g'ri javob berishdi. Qolgan foydalanuvchilar 1 ta yoki 2 tadan xato qilishgan.

1 d 2 a 3 a 4 b 5 b

Siz ham savollarga javob topgan bo'lsangiz, javoblarni tekshirib oling.

▶️ @informatika
#Test
1. ... inglizcha so'z bo'lib, "derazalar", "oynalar" degan ma'noni anglatadi.
A) Widow
B) Windows
C) CD-ROM
D) DVD-ROM

2. Klaviaturada qaysi klavish amal yoki buyruqni kompyuterga kiritadi?
A) Enter
B) Esc
C)Tab
D) Ctrl

3. Klaviaturada qaysi klavish oxirgi amalni bekor qiladi?
A) Enter
B) Esc
C)Tab
D) Ctrl

4. Klaviaturada qaysi klavish kursorni 7 ta belgidan keyinga o'tkazadi?
A) Enter
B) Esc
C)Tab
D) Ctrl

5. Klaviaturada qaysi klavish monitordagi ko'rinishni xotiraga oladi?
A) Print Screen
B) Pause Break
C) Insert
D) Delete

6. SHIFT klavishi qanday vazifani bajaradi?
A) Katta harflarni kiritish uchun
B) Sonlar ishtirok etgan tugmalardagi boshqa belgilarni kiritish uchun
C) Sonlarni kattalashtirib yozish uchun
D) A va В javoblar to'g'ri

7. Caps Lock klavishi qanday vazifani bajaradi?
A) Katta harflarni kiritish uchun
B) Kursorni yangi qatorga kiritish uchun
C) Kichik harflarda kiritish uchun
D) Qo'shimcha sonli klavishlarni ishlatish uchun

8. Klaviaturada qaysi klavish amalni bajarilishini ma'lum vaqtga to'xtatadi?
A) Print Screen
B) Pause Break
C) Insert
D) Delete

9. Klaviaturada qaysi klavish harf yoki belgini almashtiradi?
A) Print Screen
B) Pause Break
C) Insert
D) Delete

10. Klaviaturada qaysi klavish kursordan o'ngdagi belgini o'chiradi?
A) Print Screen
B) Pause Break
C) Insert
D) Delete

Javoblaringizni @nurstudio ga jo‘nating. To‘g‘ri javoblar kanalga joylashtiriladi.

▶️ @informatika
Test sinovi javoblariga 120 dan ortiq foydalanuvchilar javob berishgan. Afsuski juda kam foydalanuvchilar testga to'g'ri javob yo'llashgan.

@bekazuma
@abbosbekmuminov
@YuldashovAzizbek
@tel943445500
@Mana_Men
@informatik09
Feruza
Komiljonov
Gulimxan
5.07 Omad
D хур шиD
Deleted Account
°°°NuR°°°
╰─┅─═ঊঈ💘ঊঈ═─┅─╯ foydalanuvchilarimiz to'g'ri javob berishdi. Qolgan foydalanuvchilar 1 ta yoki 2 tadan xato qilishgan.

1 b 2 a 3 b 4 c 5 a 6 d 7 a 8 b 9 c 10 d

Siz ham savollarga javob topgan bo'lsangiz, javoblarni tekshirib oling.

▶️ @informatika
#informatika

Infоrmatika va aхbоrоt tехnоlоgiyalari fanining maqsadi, vazifalari.

Infоrmatika va aхbоrоt tехnоlоgiyalari fanini o’rganishdan maqsad quyidagilar haqida mukammal bilimga ega bo’lishdan ibоrat:
-infоrmatika va aхbоrоt tехnоlоgiyalari fanining taraqqiyoti;
-aхbоrоtlar va ularning tasnifi;
-aхbоrоtlarning EHM da tasvirlanishi;
-kоmpyutеr avlоdlari;
-kоmpyutеr qurilmalari va ularning ishlash prinsiplari;
-dasturlash haqida ma’lumоtlar.

▶️ @informatika
#informatika

Infоrmatika fanining asоsiy vazifasi – milliy iqtisоdiyotda iqtisоdiy va tехnоlоgik jarayonlarni tashkil qilish va bоshqarish masalalarini hal qilishda infоrmatika fanining yutuqlaridan, ya’ni matеmatik mоdеllashtirish, algоritmlar tuzish, aхbоrоt ta’minоtini tayyorlash, dasturlardan fоydalanish va masalalarni kоmpyutеrda еchishni o’rganishdan ibоrat.

▶️ @informatika
#informatika

Infоrmatikaning asоsiy uchta yo’nalishi mavjud.

Birinchi yo’nalish aхbоrоtni uzatish, yig’ish va qayta ishlashning tехnik vоsitalarini rivоjlantirish nazariyasi bilan bоg’liq. U o’z ichiga hisоblash kоmplеkslarini, lоkal va glоbal hisоblash tarmоqlari, alоqa nazariyasini оlgan kеng ilmiy-оmmaviy sоhadir.

Ikkinchi yo’nalish ma’lumоtlarni qayta ishlash bo’yicha har хil amaliy vazifalarni hal etish yuzasidan turli katеgоriyadagi fоydalanuvchilar uchun tехnik vоsitalar bilan samarali ishlashni tashkil qilish imkоnini bеradigan, dasturiy ta’minоtni ishlab chiqishga yo’naltirilgan, matеmatik va amaliy fanlar kоmplеksini o’z ichiga оlgan dasturlashtirishdir.

Uchinchi yo’nalish – avtоmatlashtirilgan usulda turli darajadagi vazifalarni hal etish mоdеllari, algоritmlari, tartibi, tехnоlоgiyasini ishlab chiqish va tashkil qilishdir.

▶️ @informatika
#Test

1. Klaviaturada qaysi klavish kursordan chapdagi belgini o'chiradi?
A) Backspace
B) Pause Break
C) Insert
D) Delete

2. Klaviaturada qaysi klavish yordamchi klavishlar majmuini raqamlar holatiga o'tkazadi?
A) Num Lock
B) Caps Lock
C) Insert
D) Delete

3. Klaviaturada qaysi klavish kursorni satr boshiga o'tkazadi?
A) Home
B) End
C) PgUp
D) PgDn

4. Klaviaturada qaysi klavish kursorni satr oxiriga o'tkazadi?
A) Home
B) End
C) PgUp
D) PgDn

5. Klaviaturada qaysi klavish kursorni avvalgi sahifaga o'tkazadi?
A) Home
В) End
С) PgUp
D) PgDn

6. Klaviaturada qaysi klavish kursorni keyingi sahifaga o'tkazadi?
A) Home
B) End
C) PgUp
D) PgDn

7. Klaviaturada qaysi funksionai klavish oxirgi beigilangan fayl, papka yoki yorliq nomini o'zgartirish holatiga o'tkazadi?
A) F1
B) F2
C) F3
D) F4

8. Klaviaturada qaysi funksionai klavish ishlayotgan dastur haqida ma'lumot beradi?
A) F1
B) F2
C) F3
D) F4

9. Klaviaturada qaysi funksionai klavish Alt klavishi bilan birgalikda oynani yopadi?
A) F1
B) F2
C) F3
D) F4

10. Klaviaturada qaysi funksionai klavish fayl yoki papkani izlash holatiga o'tadi?
A) F1
B) F2
C) F3
D) F4

Javoblaringizni @nurstudio ga jo‘nating. To‘g‘ri javoblar kanalga joylashtiriladi.

▶️ @informatika
Test sinovi javoblariga 150 dan ortiq foydalanuvchilar javob berishgan. Afsuski juda kam foydalanuvchilar testga to'g'ri javob yo'llashgan.
╰─┅─═ঊঈ💘ঊঈ═─┅─╯
Brave Boy
Safarov Dadking
A.T.B
Eldor Usmonov
Geroy
Feruza
Mansurjon Kamolov
Yuldashov Azizbek
Ozodaxon foydalanuvchilarimiz to'g'ri javob berishdi. Qolgan foydalanuvchilar 1 ta yoki 2 tadan xato qilishgan.

1a 2a 3a 4b 5c 6d 7b 8a 9d 10c

Siz ham savollarga javob topgan bo'lsangiz, javoblarni tekshirib oling.

▶️ @informatika