Informatika va AT
8.67K subscribers
1.09K photos
599 videos
598 files
1.51K links
Informatika va axborot texnologiyalari bo'yicha O'zbekistonda birinchi faoliyatini boshlagan kanalga xush kelibsiz.

Bog'lanish: @Nursaidovuz

https://t.me/Informatika/3

Dasturlash: @FlutterDasturchi
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Илтимос максимал тарқатинг !
Қизни шифохонадан чиқариб юборишмоқчи.

Камолиддин Эшматов отаси:

Humo karta :
5614 6821 1072 5308
Kamoliddin Eshmatov

4023 0602 4328 4188
Kamoliddin Eshmatov

6262 5700 5509 2250
Gavxar Eshmatova Онаси

Онасининг тел рақами хозир туркияда
Телеграм личкаси @GavharEshmatova
+998 94 578 8853

Отасининг телефон рақами:
+998974848294 👈🏻

"Эҳсоннинг мукофоти фақат эҳсондир."
Ар-Роҳман сураси, 60-оят.
Forwarded from Nursaidov.uz
Bizning 3 bosqichli test dasturimizdan ustozlar DARS jarayonida foydalanishmoqda. Alhamdulillah!

Biroq ko‘pchilikda: "Bu qanday dastur?", "Nima uchun kerak?", "Qanday savollar kiritiladi?" kabi savollar ko‘paymoqda.

Sizlar uchun 3 bosqichli test dasturimiz haqida to‘liq tushuntiruvchi video tayyorladik.
Ko‘rib chiqing, savollaringiz bo‘lsa, bemalol murojaat qiling!

➡️ https://youtu.be/1DyGN3pFVQY

@Nursaidovuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Xizmatlar AI
Sun’iy intellekt bizni nodon qilmaydi, aksincha, bizni yanada zukko qiladi. U bizni to‘g‘ri savol qo‘yish zarurati bilan yuzlashtiradi. Sun’iy intellekt biz nimani istayotganimizni bilmaydi - shuning uchun har bir so‘rov uchun aniq savol ishlab chiqish nihoyatda muhim. Bu esa ko‘pincha o‘ylaganimizdan ko‘ra murakkabroq bo‘ladi.

Kerakli savolni to‘g‘ri, aniq va maqsadga muvofiq tarzda shakllantirish uchun chuqur fikr yuritish talab etiladi. Keyin esa, sun’iy intellekt bergan javobdan muammoni hal qilishda foydalanish mumkin. Bu fikrlash jarayonini talab qiladi, va aynan shu jarayonda sun’iy intellekt bizga o‘z muammolarimizni aniqroq ifoda etishga va yechimlarni maqsadli qo‘llashga yordam beradi.

Sun’iy intellektdan to‘g‘ri va samarali foydalanish oddiy ish emas - bu muayyan bilim va mehnatni talab qiladi.

©Nurmuhammad Nursaidov

@XizmatlarAI
Forwarded from Nursaidov.uz
🖥 PhD va DSc dissertatsiyalari ustida ishlayotganlar uchun tizim bo‘yicha platforma, mobil ilova va turli xil dasturlar ishlab chiqishda yordam beryapmiz

❗️Eslatma: Ilmiy ishlar, maqolalar yoki word formatidagi tadqiqotlarga aloqador hujjatlarni tayyorlash kabi jarayonlarga aralashmaymiz.

@Nursaidovuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Elon Mask Erondagi raketalarni ko‘rib, o‘z faoliyatini to‘xtatishga qaror qilibdi:)

© Nurmuhammad Nursaidov
Pegasus - bu eng xavfli josus dastur. Uni Isroilning NSO Group nomli kompaniyasi ishlab chiqgan.

Telefoningizga yoki planshetingizga yashirincha kirishi mumkin, asosan Android va iPhone (iOS) tizimlarida ishlaydi. Odatda faqat hukumat va maxsus xizmatlar sotib oladi, narxi bir foydalanuvchi uchun yuz minglab dollargacha yetishi mumkin.

Foydalanuvchidan hech narsa so‘ramaydi, oddiy ilova sifatida ko‘rinmaydi, antivirus topolmaydi, hech qanday bildirishnoma chiqmaydi. Kamera va mikrofonni masofadan yoqadi, joylashuvingizni aniqlaydi, barcha xabar va fayllaringizni ko‘radi. Hamma messenjer, kontakt, hatto parollaringizni ham o‘g‘irlashi mumkin. Uni oddiy odam o‘zi o‘rnatolmaydi, faqat professional josuslik uchun ishlatiladi. Pegasus’ning oddiy .apk yoki .ipa versiyasi yo‘q, faqat maxsus zaifliklar orqali kiradi. Oddiy foydalanuvchi Pegasus o‘rnatilganini bilishi deyarli imkonsiz.

Belgilari - batareya tez tugash, telefon isishi, internet tez ishlashi, lekin bu belgilar boshqa sababdan ham bo‘lishi mumkin. Uni aniq aniqlash uchun mutaxassis va maxsus tahlil kerak. Xavfsizlik uchun shubhali linklarga kirmang, ilovalarni tekshirib o‘rnating, doim yangilab yurib, ehtiyot bo‘ling.

© Nurmuhammad Nursaidov
Pegasus - bu juda qimmat va professional josus dastur. Uni oddiy odamlar sotib olib, bemalol ishlata olmaydi. Asosan davlatlar va maxsus xizmatlar tomonidan, katta pul evaziga olinadi.

Gondurasga o'xshagan korrupsiya kuchli, jamiyat moliyasi ustidan xalq yoki mustaqil nazorat bo‘lmagan davlatlarda, byudjetdan millionlab dollarlar “milliy xavfsizlik”, “aksilterror choralar”, “maxfiy harajatlar” sifatida chiqarilishi mumkin. Shu sababli, hukumat yoki kuch tuzilmalari xalqdan yashirin tarzda katta mablag‘larni shunday josus texnologiyalarga yo‘naltirishi mumkin.

Natijada, muxoliflar, dindorlar, mustaqil jurnalistlar, faol bloggerlar, va ba’zan oddiy fuqarolar ham Pegasus kabi dasturlar yordamida yashirin nazorat ostiga olinishi ehtimoldan xoli emas.

© Nurmuhammad Nursaidov
O‘zbekistonda barcha telefonlar IMEI raqami bilan 100% ro‘yxatga olinishda davom etmoqda. IMEI raqamning josus dasturlar bilan qanday bog'liqligi bor?

Dunyo bo‘yicha maxsus xizmatlar va hukumatlar josuslik vositalaridan foydalanadi: masalan, Pegasus va FinFisher kabi dasturlar 90% hollarda IMEI orqali aniq nishonni tanlaydi. IMEI orqali nafaqat telefon, balki egasining joylashuvi, harakatlari va kontaktlari ham to‘liq kuzatiladi. 2021-yildagi Pegasus Project fosh etilishida, 50 mingdan ortiq IMEI raqami aniqlanib, nishonga olingani tasdiqlangan.

IMEI ro‘yxatga olish bir tomondan o‘g‘irlangan telefonlarni bloklash uchun yaxshi (masalan, bloklangan IMEI’larning 80% dan ortig‘i qayta ishlamagan), lekin boshqa tomondan, shaxsiy hayot va maxfiylikka tahdid kuchayadi. Davlat va maxsus xizmatlar uchun nishonni aniqlash va kuzatish, endi IMEI orqali 100% aniq va tez bajariladi.

© Nurmuhammad Nursaidov
Keyingi josus dastur - FinSpy!

FinFisher (FinSpy) - bu juda xavfli va professional josus dastur bo‘lib, uni Germaniyaning Gamma Group kompaniyasi ishlab chiqadi. Asosan davlat va maxsus xizmatlar uchun sotiladi. Pegasusdan ustunlik tarafi, barcha operatsion tizimlarda jumladan, Android, iPhone (iOS), Windows, Mac va Linux qurilmalariga yashirincha o‘rnashib oladi. Narxi o‘n minglab, ba’zan yuz minglab dollar bo‘lishi mumkin.

Dastur o‘zini yashiradi, foydalanuvchiga ko‘rinmaydi, antiviruslar ko‘pincha aniqlay olmaydi. Kamera, mikrofon, joylashuv, xabarlar, fayllar va messenjerlardagi ma’lumotlarni masofadan o‘g‘irlaydi. Oddiy odam o‘zi o‘rnata olmaydi, odatda faqat professional eksploit va zaifliklar orqali tizimga kiradi. FinFisher qurilmada borligini oddiy foydalanuvchi sezmaydi.

So‘nggi yillarda FinFisher texnologiyasi yanada xavfli bo‘lib, Kaspersky tadqiqotiga ko‘ra, u Windows, macOS va Linux qurilmalariga to‘rt bosqichli yashirinlik (obfuskatsiya) va hatto UEFI bootkit (tizim yuklanish bosqichida) orqali ham o‘rnatilishi mumkin. Bu, hatto operatsion tizimni to‘liq qayta o‘rnatishda ham spyware omon qolishini ta’minlaydi. Dastur oldin faqat nishonga olingan maxsus qurilmalarga o‘rnatiladi va serverga ulanishdan oldin “aniqlash vositalaridan qochish”ni tekshiradi.

Xavfsizlik uchun qurilmani va operatsion tizimni doim yangilab yurish, faqat ishonchli dastur va havolalardan foydalanish, shubhali fayllarga hech qachon kirmaslik tavsiya etiladi.

© Nurmuhammad Nursaidov
Forwarded from Nursaidov.uz
Yana bir amaliyotga mo'ljallangan, yirik mobil ilova tayyor bo'ldi.

@Nursaidovuz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Tanzila opamni feyk intervyusi tarqaldi...

Hozirgi kunda sun’iy intellekt yordamida shunaqa video qilish mumkin va tayyorlab kelinyapti. Masalan, biror odam aslida boshqa mavzuda intervyu bergan bo‘lsa ham, unga butunlay boshqa gaplarni aytyapti deb ko‘rsatishadi. Yuzini umuman o‘zgartirishmaydi - o‘sha-o‘sha qoladi. Faqat uning ovozini sun’iy intellekt yasab beradi (bunga ElevenLabs, PlayHT kabi dasturlar ishlatiladi), keyin lab harakatlarini o‘sha yangi ovozga moslab qimirlatadi (bunga Wav2Lip, SadTalker ishlatiladi). Natijada video shunaqa chiqadiki, qaragan odam: “haqiqatan shu odam shuni aytyapti”, deb o‘ylaydi. Bu texnologiyalarni HeyGen, Synthesia, Runway degan xizmatlar bir joyda qilib beradi. Shuning uchun hozir videolarga, ayniqsa mashhur insonlar haqida chiqqan gaplarga, darrov ishonishdan oldin o‘ylab ko‘rish kerak. Ko‘rgan narsangiz rostdek ko‘rinsa ham, bu aslida sun’iy intellekt yordamida qilinayotgan aldov bo‘lishi mumkin.

AI zamoniga xush kelibsiz)

@Nursaidovuz