Informatika va AT
8.73K subscribers
1.09K photos
598 videos
603 files
1.51K links
Informatika va axborot texnologiyalari bo'yicha O'zbekistonda birinchi faoliyatini boshlagan kanalga xush kelibsiz.

Bog'lanish: @Nursaidovuz

https://t.me/Informatika/3

Dasturlash: @FlutterDasturchi
Download Telegram
Forwarded from Informatika va AT
topnotchenglish_english_for_information_technology.pdf
21.2 MB
Axborot texnologiyalari sohalari bo'yicha o'qiydigan, ishlaydigan va faoliyat olib boradiganlar, kerakli darajada ingliz tilini bilishi o'zi uchun foydali bo'ladi.

Ushbu kitob orqali ingliz tili grammatikasini Axborot texnologiyalariga bog'lab o'rganishingiz, mashqlar bajarishingiz, hamda ingliz tilidan ko'nikmalaringizni oshirishingiz mumkin bo'ladi. Juda foydali kitob.

👉
@Informatika
Forwarded from Nursaidov.uz
📍Bunaqasi hali bo'lmagan. Bizni oylar davomida qiynagan Krossvord tizimi tayyor bo'ldi.

Interaktiv krossvord tizimi orqali talaba va o'quvchilar so'zlarni tanlab, savollarga qarab krossvordlar yechishadi va javoblari avtomatik tekshiriladi.
Savollarni, foydalanuvchilarni boshqarish uchun admin panel mavjud. Darslaringizni samarali va qiziqarli qiling!

➡️ Sinab ko'ring: Nursaidov.uz/kros/kros.html

❗️Natijalarni ko'ring: Nursaidov.uz/kros

🗣️ Ushbu tizimni bor yo'g'i 499 ming so'mga o'rnatib beramiz. Xohlagancha va bir umr cheksiz foydalanishingiz mumkin. Ushbu tizim takomillashtirilib boriladi. Sotib olganlarga tekin yoki ozroq qiymat evaziga yangilab beriladi.

@Nursaidovuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Informatika va AT
6) 5 sinf - Klaviatura trenajori.exe
1.6 MB
#Dasturlar #trenajor #klaviatura

KLAVIATURA TRENAJORI dasturini kutib oling. O'rganing va mashq qiling.

🩸Boshqa kanaldan bu dasturlarni topa olmaysiz. Agar topsangiz bizdan ko'chirishgan bo'ladi.

👉
@informatika
Siz Microsoft office dasturlarini shu narxda sotib olib, ishlatasizmi? Yoki buzib tarqatilayotgan bepul versiyasinimi?

@informatika
Litsenziyasiz va o'g'irlangan Microsoft Word dasturida halollik va adolat haqida jarangdor maqolalar yoziladi.

Mavlon Marasulov

@informatika
Forwarded from Informatika va AT
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Mendan ko‘pchilik motivasiya haqida so‘rashadi, qanday qilsam, zo‘r bo‘lib ketaman, qanday qilsam, ishlarim rivojlanib ketadi, birim ikki bo‘ladi deb so‘rashadi.

Men sizga aytsam, men buning siri bilmayman, shu sirni o‘rgataman, hayotingiz butunlay zo‘r bo‘lib ketadi, orzu qilishni o‘rganing, ana orzu qilganlar bunday bo‘ladi deb jar solayotgan katta-katta biznesmenlar ham aslida quloqqa lag‘mon osishdan boshqa narsa qilishmaydi.

Chinakam baxt formulasini Abdukarim Mirzayev mana bu videoda aniq va tiniq qilib tushuntirib qo‘yganlar, qolgani bekor, azizlar!

Videoni tomosha qiling va eng kuchli motivasiya nimada ekanligini anglab oling.

@Nursaidovuz
Informatika va AT
Yaqinda bir do'stimga universitet uchun ta'limda qo'llaydigan raqamli tizim tayyorlab bergandim. Talabalar undan mobil telefonlari orqali har kuni xursand bo‘lib foydalanishib, darslarga juda qiziqib ketishibdi. Bir kuni Kafedra mudiri do'stimni chaqirib:…
Do'stim ham qiziqda, darslarda mobil telefoni orqali bilimini sinovdan o'tkazadigan, baholaydigan tizimlar va raqamli labaratoriyalarni universitet prorektoriga ko'rsatibdi. Adolat bor ekan. Nega deysizmi? Prorektor ham yangiligingni printerdan chiqarib kel debdi...

Marsdan Saturnga o'tishda taxi bormikan?

© Nurmuhammad Nursaidov
Forwarded from Informatika va AT
2) 5 sinf - Klaviatura bilan ishlash.exe
6.6 MB
#Klaviatura #dastur #maktab

KLAVIATURA bilan tanishishni va ishlashni maxsus dastur orqali farzandlaringizga o'rgating.

👉 @informatika
3) 5 sinf - Sichqoncha bilan ishlash.exe
4.7 MB
#Sichqoncha #dastur #maktab

SICHQONCHA bilan tanishishni va ishlashni maxsus dastur orqali farzandlaringizga o'rgating.

👉
@informatika
4) 5 sinf - Kompyuterni boshqarish dasturlari.exe
4.7 MB
#Dasturlar #kerakli #maktab

KOMPYUTERNI BOSHQARISH DASTURLARI bilan tanishishni va ishlashni maxsus dastur orqali farzandlaringizga o'rgating.

👉
@informatika
5) 5 sinf - Kalkulyator va Paint.exe
4.3 MB
#Dasturlar #kalkulyator #paint

KALKULYATOR VA PAINT bilan tanishishni va ishlashni maxsus dastur orqali farzandlaringizga o'rgating.

🩸Boshqa kanaldan bu dasturlarni topa olmaysiz. Agar topsangiz bizdan ko'chirishgan bo'ladi.

👉
@informatika
Forwarded from Informatika va AT
Kompyuterni o'chirish uchun ushbu usulni bilasizmi? Agar Noutbukingiz sensorli bo'lsa bu juda ham foydali bo'ladi!

https://youtu.be/rmMr-GWXaDs
Forwarded from Informatika va AT
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Notebook ekranini yopishda, ekranning o'rtasidan bu ishni amalga oshiring, bu eng xavfsiz yopish usuli. Ko'pchilik, ekranning biror chetidan ochib/yopadi, bu ekran qayrilishiga sabab bo'ladi va matritsaga zarar yetkaziladi.

Yana bir P.S. Notebook'ni ko'targanda, hech qachon, ochiq holda ekranidan ushlab ko'tarmang, hattoki biroz surmoqchi bo'lsangiz ham, bu usul ham ekran matritsasini buzilishiga olib keladi, uni tuzatish yaxshigina mablag' talab qiladi.
Akmal Xudoyberganov

👉 @informatika
Forwarded from Informatika va AT
Windows tizimiga kirishda, parolni xato terganda, uni bloklash
#foydali

Parol bilan kiriladigan joylarda, maxfiylikni yana oshirish uchun, bir necha marotaba xato parol terilganda, uni bloklash imkoniyati bo'ladi. Misol uchun, 2 marotaba parol xato terilsa, qurilma(dastur) 60 daqiqaga bloklanadi, bu daqiqa ichida to'g'ri parol tersangiz ham ochilmaydi.

Windows tizimida ham bu imkoniyat mavjud, faqat uni sozlash lozim. Quyida, Windows tizimiga kirishda so'raladigan foydalanuvchi paroli 3 marotaba xato terilsa, 30 daqiqaga bloklash qanday amalga oshirilishini yozib o'taman.

1. Win+R cmd va Enter.
2. Nechi marotabaxato parol terilsa, bloklash lozimligini o'rnatamiz(3 marotaba).
net accounts /lockoutthreshold:3
3.
Nechi daqiqaga bloklash lozimligini kiritamiz(minimal qiymat 30 daqiqa, undan kam kiritsangiz xato beradi):
net accounts /lockoutduration:30
4.
KIritgan sozlamalarni ko'rish uchun quyidagi buyruqni yozamiz:
net accounts

Shundan so'ng, Windows tizimiga kirishda 3 marotaba xato terilsa, tizimga 30 daqiqa kiraolmaysiz, xatto kompyuterni qayta o'chirib, yoqsangiz ham.

☝️Bu kod ishlidimi, yo'qmi, deb tekshirib yurmang, o'zimda tekshirib ko'rdim, barchasi ishladi, ishlaganligi uchun bu post 30 daqiqa kech yozildi).
Akmal Xudoyberganov

👉 @informatika
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining yangi tahririga ko‘ra, ta’lim muassasalarida hijob taqishga nisbatan bosim o‘tkazilishi quyidagi moddalarni buzadi:

18-modda: "O‘zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega hamda jinsi, irqi, millati, dini, tilga bo‘lgan munosabati, kelib chiqishi, e’tiqodi va shaxsiy yoki ijtimoiy mavqeidan qat’i nazar, qonun oldida tengdir."

Hijob taqishga bosim diniy tenglik va inson huquqlarini buzadi.

19-modda: "Insonning huquq va erkinliklari xalqaro huquqning umume’tirof etilgan normalariga binoan e’tirof etiladi va kafolatlanadi."

Xalqaro huquq doirasidagi din va e’tiqod erkinligi kafolatlarini buzadi.

29-modda: "Har bir inson fikrlash, so‘z va e’tiqod erkinligi huquqiga ega."

Diniy e’tiqodga rioya qilishga qo‘yiladigan cheklovlar ushbu moddaning buzilishi hisoblanadi.

31-modda: "Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi."


Hijob taqish din amrini bajarish bo‘lib, bu erkinlikka bosim vijdon erkinligini cheklashdir.

33-modda: "Fuqarolar birlashmalari tashkil qilish va ularga a’zo bo‘lish huquqiga ega."

Hijob taqish orqali diniy guruhga mansublikni ifodalashni cheklash ushbu huquqqa zid.

41-modda: "Har kim bilim olish huquqiga ega."

Ta’lim olish huquqini diniy tashqi ko‘rinish sababli cheklash ushbu moddaga qarshi keladi.

43-modda: "Davlat inson huquqlari va erkinliklarini ta’minlashga mas’uldir."


Hijob sababli bosim o‘tkazish davlatning bu mas’uliyatini buzadi.

49-modda: "Fuqarolar o‘z huquq va erkinliklarini amalga oshirishda boshqa shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga putur yetkazmasligi kerak."

Hijob taqish boshqa shaxslarning huquq va erkinliklariga putur yetkazmaydi, uni taqiqlash esa noqonuniy.

67-modda: "O‘zbekiston Respublikasi xalqaro huquq normalariga muvofiq diniy va madaniy urf-odatlarni hurmat qiladi."


Hijobni taqiqlash diniy va madaniy urf-odatlarni hurmat qilmaslikdir.

71-modda: "Davlat fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga rioya etilishi hamda ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilish mas’uliyatini o‘z zimmasiga oladi."

Davlatning majburiyatlarini bajarishda buzilish bo‘ladi.

Ushbu moddalar O‘zbekiston Konstitutsiyasida hijobga bosim o‘tkazishning noqonuniyligini tasdiqlaydi.
🖥 Keyingi testga start berdik. TARMOQLAR bo'yicha bilimlaringizni sinab ko'ring!

Ushbu test natijalari umumiy ko'rinishda hammaga ochiq bo'ladi, bu esa shaffoflikni oshiradi.
Test barchaga har xil tushadi va eng yaxshi ball olganlar yuqorida avtomatik saralanib boradi. 15 ta test uchun 20 minut vaqt beriladi

➡️Testni boshlang: https://nursaidov.uz/test/test.html

❗️Test natijalari: https://nursaidov.uz/test/

Halol bo'ling! Ko'chirmachilik qilmang!

🆘 Kanalimizga ulaning: @Informatika
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Sanjar Xo‘ja
Odamlarning hayotda uch asosiy maqsadi uchun yashaydi:

- Mashina olish,
- Uy qurish,
- To‘y qilish

O‘zi va oilasi bir umr shunga harakat qiladi. Unga erishgach, mashinasini va uyini hayotining markazi qo‘yadi. Qalbining to‘riga turadi. Shunday qilib temir mashina va g‘isht-betonli uy muqaddaslashadi. Ulardan mahrum bo‘lish xuddi dindan chiqishdek tusga kiradi. Shunday qilib har qanday nohaqlikka ko‘nadi. Uyi va mashinasiga zarar kelmasa bo‘ldi.

Shunday qilib mol-mulk muqaddaslashadi. Islomni ilk davridagi musulmonlar munofiq bo‘lib qolishdan qo‘rqqan. Hozir esa mol-mulkdan mahrum bo‘lish qo‘rquvi balanroq.

@sanjar_xoja
Forwarded from Informatika va AT (Nursaidov ㅤ)
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Word #kerakli #video_dars

Word dasturida matn kiritganda yoki sichqonchani varoqning istalgan qismiga 2 marta chertib, ma'lumot kiritish mumkin.

Lekin bu ba'zi muammolarni keltirib chiqaradi. Ushbu funksiya sizga kerak bo'lmasa videoni ko'rib o'chirib qo'yishni o'rganing.


👉 @informatika
Forwarded from Informatika va AT (Nᴜrsaidov ㅤ)
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Word #almashtirish #matn

Odatda, biz biron-bir hujjatdagi biron bir matnni tanlasak va klaviaturadan biror narsani yozishni boshlasak, tanlangan matn o'chiriladi va uning o'rniga yangisi kiritiladi. Bu biz tez-tez ishlatadigan dasturning odatiy harakati hisoblanadi.

Agar to'satdan tanlangan matn yangisi bilan almashtirilmasa, sozlamalarni tekshiring. Ushbu harakatlarni videodars orqali o'rganing

👉
@informatika
Forwarded from Informatika va AT (Nᴜrsaidov ㅤ)
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#PowerPoint #Video_dars

Power Point dasturida har bir slaydni raqamlab chiqish vaqtni olishi mumkin. Yana taqdimotlar orasidan biror keraksiz slaydni o'chirsangiz yana qayta raqamlab chiqishga to'g'ri keladi.

Shuning uchun bu darsda slaydga avtomatik raqam qo'yishni o'rganamiz. Bunda taqdimot ichidan keraksizini o'chirsangiz ham muammo kuzatilmaydi.

Do'stlarga ulashing:
https://t.me/joinchat/AAAAAENGLVn11ckt0szG3Q

👉 @informatika