Informatika va AT
8.68K subscribers
1.09K photos
599 videos
598 files
1.51K links
Informatika va axborot texnologiyalari bo'yicha O'zbekistonda birinchi faoliyatini boshlagan kanalga xush kelibsiz.

Bog'lanish: @Nursaidovuz

https://t.me/Informatika/3

Dasturlash: @FlutterDasturchi
Download Telegram
Musulmonlar uchun foydali bo‘ladigan extension (qo‘shimcha ilova) ishlab chiqilibdi - HaramBlur (haromni xiralashtiruvchi)

Soham asosan internetda video va rasmlar ustida ishlash bilan bog‘liq bo‘lgani uchun bu e’tiborimni tortdi. Chunki o‘zingizga kerakli materialni izlayotgan paytingizda tasodifan paydo bo‘ladigan rasm yoki videodan saqlanish mushkul.
Shunday vaziyatda HaramBlur qo‘l keladi, u musulmonlarni internetdagi nomaqbul rasm va videolardan himoya qiluvchi, ko‘zni saqlashga yordam beradigan sun’iy intellekt yordamida ishlovchi xrom brauzeri uchun bepul ilova.
Misol uchun, u Youtube'dagi ayol kishi tasviri mavjud muqovalarni aniqlab xiralashtirib qo‘yadi.
Ilova faqat erkaklar uchun emas, balki ayollar uchun ham ishlaydi. Ya’ni sozlamalarda qaysi jins vakillarini xiralashtirish kerakligini o‘zgartirsa bo‘ladi.

HaramBlur'ni sinab ko‘rdim, hali mukammal emas, ammo yordam beradi.
Salohiddin Mahammadjonov

👉 @informatika
Forwarded from Informatika va AT
​​Windows'da siz bu nomdagi fayl va papkalar ocholmaysiz

Microsoft'ning dastlabki MS-DOS operatsion tizimidan qolib ketgan kiritish va chiqarishga oid nomlar hali ham zaxiralangan hisoblanadi va siz bu so'zlarni papka, hamda fayllarga beraolmaysiz.

1. con - console so'zining qisqartmasi, kiritish chiqarish qurilmasiga tegishli.
2. prn - printer papkasi.
3. aux - kiritish chiqarish uchun yordamchi port.
4. nul - qiymatsiz natija.
5. com1-com9 - ketma ket ulanishli port
6. lpt1-lpt9 - parallel ulanish porti.

☝️ Ko'p saytlar con so'zini Bill Gates'ga yoqmaydigan so'z bo'lganligi uchun shunday deb yozishadi, vaholanki bu DOS tizimidan qolib ketgan console so'zi.

Endi biror papka ochingd-a, nomiga yuqoridagilarni berib ko'ring.

👉 @informatika
"Umma Life" - musulmonlar ijtimoiy tarmog'i.

Yuklab oling, foydalaning hamda Allohni taniganlar bilan birga bo'ling.

👉 https://play.google.com/store/apps/details?id=com.ummalife.android
Germaniya aholisining qarishi va tug'ilish darajasining qisqarishi uning ish o'rinlarini to'ldirish uchun tobora ko'proq immigratsiyaga intilayotganini anglatadi. O‘tgan yilning oxirida Germaniyada Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lmagan mamlakatlardan 350 ming kishi ish izlab ro‘yxatga olingan. Mamlakatda malakali muhojirlar soni ham ortib bormoqda.

👉 @informatika
#Germaniyada #Ausbildung O‘zbekiston fuqarolari uchun xushxabar.

Germaniya tashqi savdo palatasi “O‘zbekistondan Germaniya uchun stajyorlar” loyihasini yo‘lga qo‘yadi va O‘zbekiston yoshlari orasida quyidagi texnik mutaxassisliklar bo‘yicha Germaniyada kasb-hunar ta’limi olish uchun ishga qabul qilishni e’lon qiladi:

✔️Metallurgiya texnologiyalari bo'yicha mutaxassis
✔️Sanoat elektromontyori
✔️Sanoat mexanigi
✔️Sanoat muhandisligi bo'yicha elektron mutaxassis
✔️Mashina va qurilmalar operatori

Ariza beruvchilar uchun asosiy mezonlar:

✔️Nemis tilini A2 yoki undan yuqori darajada bilish
✔️Yaxshi baholarga ega boʻlgan oʻrta maktab attestati
✔️Texnik mutaxassislik bo'yicha bilim va tajriba orttirishga qiziqish
✔️Germaniyada kasbiy ta'limni tugatgandan keyin ishlashni davom ettirish istagi
✔️Jinoyat holati yo'q

Stajyorlarga stipendiya, turar joy va sug‘urta to‘lanadi. Nemis tilini o'rgatish xarajatlari ham mezbon tomon tomonidan to'lanadi.

Loyiha haqida batafsil ma'lumotni bu yerda topishingiz mumkin. Loyihada ishtirok etish uchun ariza shaklini to'ldirishingiz kerak.

Ariza shakli: https://zentralasien.ahk.de/de/forms/bewerbungsbogen-berufsausbildung-in-deutschland

✈️ @informatika
Nemis tilini xarajatsiz o'rgana olasiz. Atigi A2 olish uchun. Unda boshlang. 2 oyda maksimal harakat qilib A2 ni oling. Qo'lingizdan keladi. Hozir boshlang. Mana tekin darslar. To'liq

👉 https://www.youtube.com/playlist?list=PLkREkayoYCyJWJqU-mecKaouuLIEDRTZv

👉 @Informatika
Forwarded from SUBYEKTIV
Kichik qishloqdan GIGANT kompaniyalargacha — Kremniy vodiysidagi oʻzbeklar ⚡️

Subyektivchilar! Nihoyat yangi koʻrsatuvimiz chiqdi. Quyidagi havola orqali oʻtib uni tomosha qilishingiz mumkin 👇🏼

Tomosha qiling 👉🏼 https://youtu.be/aitLkJ_VYMw?si=zpeMm3W_cI7jSPO8
Forwarded from Informatika va AT
Germaniyaga Ausbildung izlash yoki o'qishga topshirish vizasi bilan kelmoqchi bo'lganlar.

A) Hozirda 30 yoshga to'lmaganlar ushbu viza bilan kelishlari mumkin, 2024-yil mart oyidan boshlab esa 35 yoshga to'lmaganlar ham ushbu vizani olishlari mumkin bo'ladi.

B) Bu vizani olish uchun hozirda B2 kerak. 2024-yildan boshlab B1 yetadi.

C) Bu viza faqat 6 oyga berilar edi, endilikda esa 9 oyga berish rejalashtirildi. (Keyin ID karta beriladi 3 yillik)

👉 @Informatika
Forwarded from Informatika va AT
topnotchenglish_english_for_information_technology.pdf
21.2 MB
Axborot texnologiyalari sohalari bo'yicha o'qiydigan, ishlaydigan va faoliyat olib boradiganlar, kerakli darajada ingliz tilini bilishi o'zi uchun foydali bo'ladi.

Ushbu kitob orqali ingliz tili grammatikasini Axborot texnologiyalariga bog'lab o'rganishingiz, mashqlar bajarishingiz, hamda ingliz tilidan ko'nikmalaringizni oshirishingiz mumkin bo'ladi. Juda foydali kitob.

👉
@Informatika
Germaniyada Ausbildung dasturlari odatda har yili 1 avgustda boshlanadi, shuning uchun yilning oktyabr-noyabr davrida ariza topshirishni boshlash tavsiya etiladi.

Bundan tashqari, shuni bilishingiz kerakki, Ausbildung dasturlari bepul va Ausbildung dasturlari oylik stipendiya yoki ish haqini taklif qiladi, bu oyiga 650 dan 1300 evrogacha bo'lishi mumkin. Ushbu stipendiya siz ishlayotgan kasbga, shtatga va sohaga qarab farq qilishi mumkin.

Ariza berish jarayoni odatda yaxshi tuzilgan o'quv dasturi (CV), motivatsion xati va tegishli ta'lim hujjatlarini topshirishni o'z ichiga oladi. Evropa Ittifoqiga a'zo bo'lmagan talabalar uchun qo'shimcha hujjatlar talab qilinishi mumkin, ularni o'z mamlakatingizdagi Germaniya elchixonasidan olishingiz mumkin. Agar kerak bo'lsa, hujjatlaringiz, jumladan, ta'lim to'g'risidagi guvohnomalaringiz nemis tiliga tarjima qilinishini ta'minlash muhimdir.

👉 @Informatika
🆘 Diqqat! Nyu-Brunsvikda, Kanadada hamshiralarning immigratsiya va ishga joylashish bo'yicha ajoyib imkoniyat.

➡️1-tadbir: 4-8 Fevral kunlarida Dubayda ofline tarzda bo'lib o'tadi.
➡️2-tadbir: 26-27 fevral kunlari online bo'lib o'tadi.

Buning uchun ro'yhatdan o'tish kerak bo'ladi. Tadbirlarni ustiga bosib ro'yhatdan o'ting.

🌀Til darajasi: Ingliz tili yoki Fransuz tilidan B2 darajada til bilish ko'nikmalari bo'lishi shart

Kanadaning sharqiy qirg'og'ida Atlantika okeani bo'ylab joylashgan Nyu-Brunsvik o'ziga xos hayot tarzi va qiziqarli martaba imkoniyatlarini taklif etadi. Biz butun dunyodan kelgan yangi kelganlarning tajriba va ko'nikmalarini qadrlaymiz. Sizni va oilangizni uyida kutib olishni intiqlik bilan kutamiz!

Barcha omad tilaymiz.

😉 @Informatika
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤨Mana nima uchun ingliz tilini o'rganish kerak.

Internetdagi 63 foizdan ko'proq ma'lumotlar ingliz tilida.

@informatika
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
MAN Truck & BUS kompaniyasida 2024 yil Sentabr oyida boshlanuvchi Avtomobillarga texnik xizmat ko'rsatish yo'nalishida Ausbildung uchun hujjatlar qabuli boshlandi

– oylik stipendiya (800€ dan - 1000€ gacha Brutto)
– Toshkent-Germaniya chiptasi olib beriladi
– Ausbildung so'ng ish shartnomasini olish imkoniyati
- sinov muddati tugagandan so'ng Planshet sovg'a qilinadi
- Bayramlarda qo'shimcha to'lovlar

TALABLAR:
– Texnika sohasiga qiziqish va ushbu sohada karyera qilishga kuchli xohish
– Nemis tilidan B1 Daraja
– 20 yoshdan 30 yoshgacha

KERAKLI HUJJATLAR:
– Lebenslauf
– Nemis tilidan B1 sertifikat
- Chet elga chiqish pasporti

Suhbatdan ijobiy o'tgan nomzodlarga aprel-avgust oylarida bepul nemis tili b1-b2 kursi o'tiladi. Hujjatlarni topshirish: https://docs.google.com/forms/d/1-LxL1FPeTixDEVlnICKm9xnVwQMm6dOzJ5e70oXoPtc/edit

👉 @informatika
❗️Mening IT bo'yicha diplomim yo'q, lekin ish tajribam bor. Bu Germaniyada ishlay olmayman deganimi?

Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari sohasida ishga joylashish uchun sizdan malakali ishchi ekanligingizni tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etishingiz shart emas, agar quyidagi shartlar bajarilsa:

- so'nggi yetti yil davomida kamida uch yillik kasbiy tajribangiz orqali ega bo'lgan taqqoslanadigan malaka;
- kamida 52 560 evro yillik yalpi ish haqi;
- B1 darajasida nemis tilini bilish (bu talab istisno hollarda bekor qilinishi mumkin, masalan, agar siz aniq kasb faqat ingliz tilini bilishni talab qilishini isbotlay olsangiz).

👉 @informatika
💯 IELTS 5.5 bilan magistraturaga qaysi davlatlarga 100% grant yutish mumkin?

1. Italiya
2. Vengriya
3. Saudia Arabistoni
4. Janubiy Koreya
5. Turkiya
6. Xitoy
7. Malayziya
8. indoneziya
9. Singapur
10. Qatar


Ro'yhat to'ldirilmoqda... Harakat qiling!

➡️ @informatika
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ingliz tili va boshlang'ich IT ko'nikmalarini rivojlantirmoqchi bo'lganlar uchun Amerikaning Nobel Internship Program dasturidan bepul onlayn kurslar

Talablar
— Dasturda 16 yoshdan katta barcha davlat fuqarolari qatnashishi mumkin;
— Ingliz tilida gapirish ko'nikmasini rivojlantirmoqchi bo'lganlar qatnasha oladi;
— Haftasiga 4 soatdan ortiq dasturga oid vazifalarni/ishlarni bajara olish kerak.

Foydali tomonlari
— Mazkur dasturda qatnashish bepul;
— Dasturda qatnashish orqali ishtirokchilar xalqaro kompaniyada ishlash tajribasiga ega bo'ladi;
— Kelajak uchun zarur bo'lgan asosiy soft va hard ko'nikmalarni o'rganish va takomillashtirish imkoniyati.

Oxirgi muddat
26.01.2024

Batafsil: https://www.nobelnavigators.com/internship/

➡️@Informatika
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Endi tarjimonlar kerak emas

Endi bizga tarjimonning keragi yo‘q shu kungacha matnlarni tarjima qilib beradigan dasturlar bor edi, endi esa Samsung S24 ultra ovozingizni to‘g‘ridan to‘g‘ri sun’iy entelekt "AI" yordamida tarjima qilib bera oladi ya'ni telefon yordamida chet elliklar bilan o‘z tilingizda so‘zlaysiz ular esa o‘z tillarida eshita oladilar.

🆘O'zbekiston yangiliklari: Barcha hududlarda erkaklar soqollariga qarshi reydlar davom etmoqda.

➡️ @Informatika
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Informatika va AT
Talablarga binoan onlayn kurslar orasida eng ilg‘orlari va menga yoqqanlarini taqdim etaman, marhamat:

https://www.coursera.org – menimcha onlayn bilim resurslarning eng yetakchisi. Materiallar asosan ingliz tilida, ammo rus, turk, xitoy, ispan, arab va boshqa tillarda ham dasturlar topiladi. Kurslarni tekin o‘tish mumkin, pullik o‘tsa mutaxassislik diplomini beradi. Leksiya, seminar, proyekt, test, talabalar kollaborasiyasi ishlari yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Dasturlar faqat tasdiqlangan universitet kollejlar.

https://www.udemy.com - ham Coursera-ga o‘xshagan ammo dastur egalari universitet bo‘lishi shart emas. Mayda ixtisoslik bo‘yicha materiallar ko‘p. O‘zingizning shaxsiy dasturlaringizni joylashtirish mumkin. Pullik dasturlar bo‘lgani bilan tekinlarini topish mumkin, qidirishda FREE/BESPLATNO opsiyasini bosib qo‘ysangiz bo‘ldi.

https://www.udacity.com – IT sohasi uchun kuchli platforma. Boshqa bilimlar ham bor. Asosan pullik, ammo tekin narsalar chiqib qoladi.

https://www.edx.org/ - Harvard, MIT va boshqa “kibor” universitetlar onlayn kurslariga mo‘ljallangan. Pullik, lekin tekin dasturlar ham joylab turishlarini ko‘rganman.

https://online.stanford.edu/courses o‘z nomi bilan Sendford, turli sohalarda tekin kurslari bor.

https://postnauka.ru – menimcha ilmiy ommabop videolar platformasi ichida eng zo‘rlaridan. Kurslar va o‘yinlarni ham joylaydigan bo‘lishgan. Ingliz tilida ham kontent bor. Videolari youtube-da taqagan.

https://ru.khanacademy.org va https://www.ted.com larni bilmaydiganlar bo‘lmasa kerak... (o‘zbek tiliga ba’zi videolari o‘girilgan).

https://netology.ru/courses rus tilida amaliy kurslar. Tanishlar maqtagan. Asosan pullik, lekin bepul kurslari ham bor.

Albatta bular hammasi emas! Vaqtingizni bekor ketkazmang!
Jamshid Muslimov

👉 @informatika
#Ҳиндистонлик рикша ҳайдовчиси Дешраж Жи соҳиб, етим қолган неварасининг ўқишини тўлаш учун уйини сотиб, мана шу рикшада кун кураётган экан.

Ҳиндларга қойил қолмай иложи йўқ, илм-фаннинг қадрига етади. Дунёда катта ИТ фирмаларнинг деярли ҳаммаси Ҳиндлар томонидан бошқарилади (Google, Microsoft, Intel, Nokia, Dell, AMD).

Биз ҳам тўйга эмас, фарзандларимизни ўқитишга пул йиғиб бошлашимиз керак.

➡️@Informatika
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM