Informatika va AT
8.67K subscribers
1.09K photos
600 videos
598 files
1.51K links
Informatika va axborot texnologiyalari bo'yicha O'zbekistonda birinchi faoliyatini boshlagan kanalga xush kelibsiz.

Bog'lanish: @Nursaidovuz

https://t.me/Informatika/3

Dasturlash: @FlutterDasturchi
Download Telegram
​​Microsoft Word dasturining 2 ta juda foydali imkoniyati + Bonus
#lifehack

O'sha gap, dasturlarni ishlatishda klaviaturadan foydalanish ancha samarali hisoblanadi, sababi yaxshigina vaqt tejaladi. Ayniqsa bu vaqt Word bilan ishlaganda bilinadi.
Mazza qilib, matn terish jarayoningizda qandaydir manipulyatisya qilish kerak bo'lsa, sichqoncha bilan shu ishni qilish, hayolingizni buzadi va vaqtingizni oladi, shu sabab oddiy ishlarni klaviaturada bajarishga odatlaning.

Demak, Word bilan ishlashda 2 ta zo'r imkoniyat:

1. So'zlarni ketma-ket belgilash. Shu ham muammomi, sichqoncha yordamida bu ishni qilish mumkin, lekin yuqoridagi gapga asosan, klaviatura orqali bajaramiz. Kursorni kerakli joyga olib borib, CTRL+Shift va ➡️ yoki ⬅️ tugmalarni bosamiz, shunda qaysi tomonligiga qarab, so'zma so'z belgilash amalga oshiriladi.

2. Belgilangan so'z, gap qatnashgan abzasni yuqori yoki pastga tushirish.  Bu ham ancha foydali "фича". Biror so'z yoki gapni belgiladingiz, shu so'z yoki gap qatnashgan abzasni ALT+Shift va ⬆️ yoki ⬇️ tugmalar orqali, mos ravishda yuqori va pastga tushirish mumkin.

Ishoning shu usul yordamida, sichqonchada bajarganga nisbatan tez amalga oshirasiz. Postni o'qiysiz, ha shunaqekan deb o'tib ketmang, bu imkoniyatni qog'ozga yozib, stolingiz ustiga qo'yib qo'ying va kerak paytda foydalaning, 3 yoki 4 martta foydalansangiz, qog'ozning ham keragi bo'lmay qoladi, avtomat bajaradigan bo'lasiz.

Bonus: Word dasturida keyingi varroqqa o'tish uchun, bir necha marotada Enter tugmasini bosmang, hozirgi paytda bu "уже" kulguli holat, CTRL+Enter tugmasidan foydalaning, bir qator yozib, qolganini keyingi varoqqa yozmoqchi bo'lsangiz, o'ylayabsizmi qancha Enter tugmasini bosishingiz kerak.

☝️Micrososft Word 2010 va 2016 dasturlarida tekshirildi, qolganlarida ham ishlaydi.
Akmal Xudoyberganov

👉 @informatika
ChatGPT`ni fikrlayotganiga misol: "Menga kompyuter virusi kerak" deb so'rov berdim.

Javob: Kechirasiz, ammo foydali va maʼlumot beruvchi javoblarni taqdim etishga moʻljallangan sunʼiy intellekt tili modeli sifatida men kompyuter viruslarini yaratish yoki tarqatish kabi zararli yoki zararli soʻrovlarga yordam bera olmayman.

Kompyuter viruslarini yaratish va tarqatish noqonuniy hisoblanadi va jismoniy shaxslar va tashkilotlarga katta zarar yetkazishi mumkin, jumladan ma'lumotlar o'g'irlanishi, tizimning shikastlanishi va moliyaviy yo'qotishlar. Texnologiyadan axloqiy va mas'uliyatli foydalanish, boshqalarga zarar yetkazadigan yoki qonun va qoidalarni buzadigan harakatlardan qochish muhimdir.

👉 @informatika
Forwarded from Informatika va AT
#word #excel #powerpoint
➡️ Word, Excel, PowerPoint dasturlarida so'zlarni almashtirish funksiyasini bilarmidingiz?

So'zlarni boshlang'ich harfini yozib qolgan so'zlarni avtomatik hosil qilishni o'rganing

👉Bonus: https://youtu.be/owcO861GBws

Biz shunday video darslarni tayyorlashda davom etamiz. Siz youtube kanalimizga a'zo bo'ling
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Agar smartfoningizning zaryadlovchi simi kaltalik qilsa...
#lifehack

👉
@informatika
​​Windows tizimida, istalgan dasturni 3 ta tugma yordamida ishga tushirish mumkin

Bu usul orqali kompyuterdagi kerakli dasturlarni sichqonchadan foydalanmagan holda, tez ishga tushirishingiz mumkin, buning uchun bizga 3 ta tugma kerak bo'ladi:
Birinchi tugma - CTRL;
ikkinchi tugma - ALT;
uchinchisini mana bunday qilib o'zingiz o'rnatasiz:

1. Kerakli dasturni ishga tushiradigan fayli(misol uchun paint.exe dasturi) ustiga sichqonchani o'ng tomonini bosamiz(kontekst menyu) va "Свойства".
2. "Ярлык" nomli vkladkaga o'tamiz.
3. "Быстрый вызов:" qatorida "Нет" yozuvini ustida("Нет" so'zini o'chirmagan holda, o'chirolmaysiz ham) ) biror harfni bosamiz, misol uchun A harfi.
4. Shunda qator avtomat, "Ctrl + Alt + A" qiymatga o'zgaradi, bu degani klaviaturadan Ctrl va Alt tugmasini bosib turgan holda, A harfini bossa, tanlagan dastur(bizning misolda paint) ishga tushadi.

Shu yo'l orqali istalgan dasturni Ctrl, Alt va tanlagan harfingiz orqali ishga tushirish mumkin.

☝️Dasturni ishga tushuruvchi faylini "Пуск" yoki ish stolidan topishingiz mumkin, bu imkoniyat Windows 10 tizimida tekshirildi, Windows'ning qolgan versiyalarida ham ishlashi kerak.
Akmal Xudoyberganov

👉 @informatika
Forwarded from Informatika va AT
Windows 8-10 yangilanishini o'chirishni o'rganamiz. Barchaga kerakli dars

👉 Video:
https://youtu.be/-0R8q94IlnE

Barchaga ma'lumki, windows o'rnatilgandan so'ng internet ulanganda avtomatik yangilanish boshlanadi hamda internet trafikning tugab qolishiga va boshqa muammolarga olib keladi. Ushbu dars siz uchun.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Eksperiment: Buni uyda takrorlay ko'rmang!!!

Kompyuterda eng qiziydigan qurilmalardan biri bu protsessor. Videoda protsessorning sovutish tizimlarini olib tashlangan holda, yegulik tayyorlash mumkinligi ko'rsatilgan.

Odatiy holda, protsessor 40-50 gradus haroratda ishlaydi, unga yuklama berilsa, 100 gradusgacha ko'tarilishi mumkin. Videoda ham yuklama bilan ishlayotgan protsessordan foydalangan holda eksperiment o'tkazilgan.

Albatta, videodagi sabzi va go'shtlarni aniq pishgan diyish sal qiyinroqku, lekin shu darajaga olib borish uchun ham harorat baland bo'lishi kerak.

☝️ Bunday eksperimentni uyda zinhor takrorlay ko'rmag, bu juda havfli, siz uchun ham kompyuter uchun ham. Videodan maqsad, protsessor qanchalik issiqlikka chidamli bo'lishini ko'rsatish.

👉 @informatika
Forwarded from Dilmurad
Korea universitetida ChatGPTdan foydalanishar ekan
Forwarded from Informatika va AT
ChatGPT`dan ro'yhatdan o'tish bo'yicha ko'pchilik so'rashyapti.

Sizga ChatGPT kerak bo'lsa @xizmatlar_ai profiliga murojaat qiling.

Xizmat narxi atigi 50 ming so'm.(insof sari baraka)

Bunda visa karta orqali chet el nomeri sotib olinib, sizga ro'yhatdan o'tib beriladi.

ChatGPT juda ko'p imkoniyatlarni bermoqda. Masalan talabalar uchun mustaqil ishi, kurs ishi va diplom ishlarini yozib bermoqda. Imtihonlarda beriladigan savollarga to'liq javob bermoqda. Xullas barcha soha vakillariga yordamchi vazifasini bajarmoqda.

➡️ Murojaat uchun: @xizmatlar_ai

Reklama
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Parazit.

Har gal ChatGPT haqida yozganimda "Nega ChatGPT bizda ishlamaydi?" deb soʻrashadi.

Menda esa sizga qarshi savol bor, "Qachon oxirgi marta internetda biror xizmat uchun pul toʻladingiz?"

Bizdagi aksar odamlar internet va undagi xizmatlarni tabiiy va bepul deb qabul qilib oʻrganib qolgan. Internet rivojiga hissa qoʻshish uyoqda tursin, boshqalar qilgan ishini ham qadrlamaymiz.

Internetga qoʻyildimi, bepul boʻlishi kerak deb oʻylaymiz. Pullik dasturlarni suv tekin boʻlsa ham buzamiz. Pullik xizmatlarni koʻrsak jahlimiz chiqadi. Kino va seriallarni faqat torrentdan olamiz (qanaqa netflix?). Bu xizmatlarni yaratish, ularni doimiy ishlatib turish uchun pul va resurs talab qilinishini hayolimizga ham keltirmaymiz.

Kamiga, hukumatimiz ham absurd talablar qoʻyishdan charchamaydi. Masalan, Youtube (aniqrogʻi Google) Oʻzbekistonga xizmat koʻrsatmaydi. Monetizasiya yoqmaydi, reklama qabul qilmaydi. Sababi bizning hukumatimiz Googledan serverlarini Oʻzbekistonga koʻchirishni talab qilgan, tabiiyki Google oson yoʻldan yurgan va Oʻzbekistonni kartasidan oʻchirib qoʻygan. Buning orqasidan esa davlat va bloglerlar millionlab zarar koʻrishi esa hayolimizga ham kelmaydi.

Xullas, internet uchun biz gʻirt parazitmiz: bepul resurslardan foydalanamiz, pulligini koʻrsak burnimizni jiyiramiz. Onlayn qimorda $1000 yutqazsak-yutqazamiz, lekin Microsoft Officedan foydalanish uchun 10$ toʻlashga kelganda ziqnaligimiz tutadi. Malikadan 1000$ ga kompyuter olamiz, Windows esa oʻgʻrilangan boʻladi.

Yana uyalmasdan, "Nega ChatGPT Oʻzbekistonda yoʻq?" deymiz. San ziqnada Youtube ishlab turganiga rahmat degin.

© Anvar Narzulloh