Informatika va AT
8.68K subscribers
1.09K photos
598 videos
603 files
1.51K links
Informatika va axborot texnologiyalari bo'yicha O'zbekistonda birinchi faoliyatini boshlagan kanalga xush kelibsiz.

Bog'lanish: @Nursaidovuz

https://t.me/Informatika/3

Dasturlash: @FlutterDasturchi
Download Telegram
Forwarded from Nursaidov
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
February 11, 2023
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
February 13, 2023
February 13, 2023
14-fevral IT'shniklar uchun qanday bayram?
#qiziq

Bu kunni hamma har xil nishonlaydi, lekin IT olamida ham bu kun alohida o'rin tutadi. Demak, dunyoda 14 fevral - "Kompyuter kuni" yoki "Kompyuter va dasturchilar kuni" tariqasida keng nishonlanadi, lekin bu bayram norasmiydir.

Bunday deyilishiga sabab - 1946 yil 14 fevral  kuni, haqiqiy, ishlaydigan, elektron kompyuter ENIAC(Electrical Numerical Integrator And Calculator) taqdim qilingan. Bu "kompyuter" asosan, elektron lampalardan tashkil topgan.

Eniac haqida qisqacha(Wikipedia'dan olindi):

Og'irligi: 30 tonna;
Quvvati: 174 kVt;
Hisoblash quvvati: sekundiga 357 ta ko'paytirish amali yoki 5000 ta qo'shish amali;
Chastotasi: 100 kHz;
Xotira hajmi: 20 ta son-so'z.

Quyidagilardan tashkil topgan: 17 468 ta lampa(16 ta har xil lampa), 7200 ta kremniy diodi, 1500 ta rele, 70 000 rezistor, 10 000 ta kondensator.

☝️ Kompyuterchilar, bayramingiz bilan, CTRL, ALT va Delete tugmalarimiz har doim but bo'sin!
Akmal Xudoyberganov

👉 @informatika
February 14, 2023
February 14, 2023
February 15, 2023
Forwarded from Informatika va AT
Kompyuterni o'chirish uchun ushbu usulni bilasizmi? Agar Noutbukingiz sensorli bo'lsa bu juda ham foydali bo'ladi!

https://youtu.be/rmMr-GWXaDs
February 18, 2023
​​Microsoft Word dasturining 2 ta juda foydali imkoniyati + Bonus
#lifehack

O'sha gap, dasturlarni ishlatishda klaviaturadan foydalanish ancha samarali hisoblanadi, sababi yaxshigina vaqt tejaladi. Ayniqsa bu vaqt Word bilan ishlaganda bilinadi.
Mazza qilib, matn terish jarayoningizda qandaydir manipulyatisya qilish kerak bo'lsa, sichqoncha bilan shu ishni qilish, hayolingizni buzadi va vaqtingizni oladi, shu sabab oddiy ishlarni klaviaturada bajarishga odatlaning.

Demak, Word bilan ishlashda 2 ta zo'r imkoniyat:

1. So'zlarni ketma-ket belgilash. Shu ham muammomi, sichqoncha yordamida bu ishni qilish mumkin, lekin yuqoridagi gapga asosan, klaviatura orqali bajaramiz. Kursorni kerakli joyga olib borib, CTRL+Shift va ➡️ yoki ⬅️ tugmalarni bosamiz, shunda qaysi tomonligiga qarab, so'zma so'z belgilash amalga oshiriladi.

2. Belgilangan so'z, gap qatnashgan abzasni yuqori yoki pastga tushirish.  Bu ham ancha foydali "фича". Biror so'z yoki gapni belgiladingiz, shu so'z yoki gap qatnashgan abzasni ALT+Shift va ⬆️ yoki ⬇️ tugmalar orqali, mos ravishda yuqori va pastga tushirish mumkin.

Ishoning shu usul yordamida, sichqonchada bajarganga nisbatan tez amalga oshirasiz. Postni o'qiysiz, ha shunaqekan deb o'tib ketmang, bu imkoniyatni qog'ozga yozib, stolingiz ustiga qo'yib qo'ying va kerak paytda foydalaning, 3 yoki 4 martta foydalansangiz, qog'ozning ham keragi bo'lmay qoladi, avtomat bajaradigan bo'lasiz.

Bonus: Word dasturida keyingi varroqqa o'tish uchun, bir necha marotada Enter tugmasini bosmang, hozirgi paytda bu "уже" kulguli holat, CTRL+Enter tugmasidan foydalaning, bir qator yozib, qolganini keyingi varoqqa yozmoqchi bo'lsangiz, o'ylayabsizmi qancha Enter tugmasini bosishingiz kerak.

☝️Micrososft Word 2010 va 2016 dasturlarida tekshirildi, qolganlarida ham ishlaydi.
Akmal Xudoyberganov

👉 @informatika
February 19, 2023
February 20, 2023
Forwarded from Informatika va AT
#word #excel #powerpoint
➡️ Word, Excel, PowerPoint dasturlarida so'zlarni almashtirish funksiyasini bilarmidingiz?

So'zlarni boshlang'ich harfini yozib qolgan so'zlarni avtomatik hosil qilishni o'rganing

👉Bonus: https://youtu.be/owcO861GBws

Biz shunday video darslarni tayyorlashda davom etamiz. Siz youtube kanalimizga a'zo bo'ling
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
February 21, 2023
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
February 22, 2023
​​Windows tizimida, istalgan dasturni 3 ta tugma yordamida ishga tushirish mumkin

Bu usul orqali kompyuterdagi kerakli dasturlarni sichqonchadan foydalanmagan holda, tez ishga tushirishingiz mumkin, buning uchun bizga 3 ta tugma kerak bo'ladi:
Birinchi tugma - CTRL;
ikkinchi tugma - ALT;
uchinchisini mana bunday qilib o'zingiz o'rnatasiz:

1. Kerakli dasturni ishga tushiradigan fayli(misol uchun paint.exe dasturi) ustiga sichqonchani o'ng tomonini bosamiz(kontekst menyu) va "Свойства".
2. "Ярлык" nomli vkladkaga o'tamiz.
3. "Быстрый вызов:" qatorida "Нет" yozuvini ustida("Нет" so'zini o'chirmagan holda, o'chirolmaysiz ham) ) biror harfni bosamiz, misol uchun A harfi.
4. Shunda qator avtomat, "Ctrl + Alt + A" qiymatga o'zgaradi, bu degani klaviaturadan Ctrl va Alt tugmasini bosib turgan holda, A harfini bossa, tanlagan dastur(bizning misolda paint) ishga tushadi.

Shu yo'l orqali istalgan dasturni Ctrl, Alt va tanlagan harfingiz orqali ishga tushirish mumkin.

☝️Dasturni ishga tushuruvchi faylini "Пуск" yoki ish stolidan topishingiz mumkin, bu imkoniyat Windows 10 tizimida tekshirildi, Windows'ning qolgan versiyalarida ham ishlashi kerak.
Akmal Xudoyberganov

👉 @informatika
February 24, 2023
Forwarded from Informatika va AT
Windows 8-10 yangilanishini o'chirishni o'rganamiz. Barchaga kerakli dars

👉 Video:
https://youtu.be/-0R8q94IlnE

Barchaga ma'lumki, windows o'rnatilgandan so'ng internet ulanganda avtomatik yangilanish boshlanadi hamda internet trafikning tugab qolishiga va boshqa muammolarga olib keladi. Ushbu dars siz uchun.
March 1, 2023