Informatika va AT
8.69K subscribers
1.09K photos
598 videos
603 files
1.51K links
Informatika va axborot texnologiyalari bo'yicha O'zbekistonda birinchi faoliyatini boshlagan kanalga xush kelibsiz.

Bog'lanish: @Nursaidovuz

https://t.me/Informatika/3

Dasturlash: @FlutterDasturchi
Download Telegram
February 2, 2023
Simli yoki simsiz sichqoncha, qaysi biri ma'qul
#tanlov

Kompyuter sichqonchasini sotib olishda, uning imkoniyatlari, qulayliklari, tezligi, tashqi ko'rinishidan tashqari, yana uning ulanish bo'yicha ham tanlov mavjud. Ulanishi odatda 2 xil ko'rinishda bo'ladi: simli, simsiz(bluetooth, wi-fi orqali).

Qaysi birini olish kerak? degan savol har doim turadi, hoh u kompyuter sohasiga endi kirib kelgan bo'lsin, hoh professional bo'lsin.

Ushbu postda yuqoridagi savolga javob qidirib ko'ramiz, demak birinchisi simli ulanish:
Avzalliklari:
— Signallar uzatish tezligi ancha tez, so'nishlar yo'q desa ham bo'ladi;
— ishlash davomiyligi uzoq va ishonchli;
— harakatlanishdagi aniqlik;
— narxining biroz arzonligi.

Kamchiliklari:
— Sim orqali ulanish, ishlash uzoqligini cheklab qo'yadi, maksimum 2-3 metr;
— simlarning osilib yotishi;
— sim ancha chang yig'adi, uni tozalab turish lozim;
— tartibsiz ishlatish natijasida, ulanish joylaridagi nosozlik.

Simsiz ulanishga ega bo'lgan sichqoncha uchun:
Avzalliklari:
— 10m masofagcha uzoqlikdan turib foydalanish mumkin, ayniqsa proyektrlar bilan ishlaganda bu bilinadi;
— odatda ixcham ko'rinishda ishlab chiqariladi;
— tozalash ishlari kam bajariladi, kompyuterdan uzib turish ham talab etilmaydi;

Kamchiliklari:
— Narxi biroz qimmat;
— har xil svetodiodlar bilan bezalmagan, chunki batareyani ortiqcha sarflashdan saqlanish lozim;
— batareya(akkumlyator) quvvatini nazorat qilib borish lozim;
— bluetooth bilan ishlaydigan boshqa qurilmalar bilan signallar tutashishi(помех) mumkin;
— aniqlik darajasi simliga qaraganda past, chunki havo orqali so'nishlar bo'ladi;
— har xil qo'shimcha tugmalar kamroq bo'ladi, bu ham batareya quvvatini saqlash uchun.

Yuqoridagi sabablarni tahlil qilib, o'zingizga keragini tanlayverasiz, qaysi sohaga qaysi tur sichqoncha kerakligi haqida, qiziq bo'lsa, keyinroq yozib o'taman.

☝️Yozilmagan qonun bor, har doim eng kerakli paytda, simsiz sichqonchaning batareya quvvati tugab qoladi).
Akmal Xudoyberganov

👉 @informatika
February 3, 2023
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
February 3, 2023
February 4, 2023
Рўйхат.docx
24.2 KB
February 4, 2023
Fayllarni saqlash uchun TOP 6 bepul bulutli(cloud) xizmatlar
#foydali

Kerakli xujjatlarni uzoq vaqt saqlash uchun quyidagi saqlash jihozlari mavjud:
Qattiq disklar(HDD);
mikrosxemali disklar(SSD, fleshkalar, USB tashqi saqlash qurilmalari);
lentalar;
disklar(DVD, CD, Blu-Ray);

Bular uchun albatta harajat qilish lozim, lekin shunday xizmatlar borki sizga bepul joy beriladi, albatta bepul bo'lgandan so'ng, joy ham chegaralangan. Quyida fayllaringizni saqlash uchun chegaralangan joy taqdim etadigan bulutli xizmatlarni keltirib o'taman:

1. Google Disk(15 GB joy);
2. Yandex Disk(10 GB);
3. Apple iCloud(5 GB);
4. Microsoft OneDrive(5 GB);
5. Mega(50 GB);
6. Dropbox(2 GB);

☝️Bulardan tashqari yana juda ko'p bulutli xizmatlar mavjud, bular sizga joy beradi, lekin uzoq yil saqlab berishni kafolatlamaydi.

👉 @informatika
February 5, 2023
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
February 6, 2023
Windows tizimini qayta o'rnatishdan oldin, nimalarni saqlab qolish lozim

Odatda, operatsion tizim C diskka o'rnatiladi, bu degani C diskdagi kerakli fayllarni saqlab qo'yish muhim, lekin shu kerakli fayllar qayerda saqlanishni ko'pchilik bilmaydi. Bundan tashqari, ba'zi sozlashlarni ham yozib olish kerak.
Demak, Windows tizimini qayta o'rnatishdan oldin quyidagilarni saqlab qoling:

1. Ish stoli(" Рабочий стол")
. Ko'pchilik ish stolida kerakli fayllarni saqlashni yaxshi ko'rishadi, vaholanki tizim qayta o'rnatilganda, bu fayllar o'chib ketadi. Shu sababli ish stolidagi barcha fayllarni boshqa diskka(misol uchun D disk) ko'chirib oling. Ish stolidagi fayllar quyidagi manzilda saqlanadi:
C:\Users\foydalanuvchi_nomi\Desktop

2.
Download("Загрузки"). Bu yerda asosan, internetdan ko'chirib olgan fayllaringiz saqlanadi, bu fayllar ham sizga kerak(kerak bo'lmaganda, internetdan traffik ketkazib ko'chirib olmagan bo'lardingiz), ularni ham boshqa disk yoki tashqi saqlash qurilmasiga saqlab oling, tizim o'rnatilganda, bular ham o'chib ketadi. Manzili:
C:\Users\user\Downloads

3
. "Корзина". Ba'zilarni bilaman, vaqtinchalik kerak emas fayllar, ko'z oldimda turmasin deb, "корзина"ga vaqtinchalik tashlab qo'yishadi, shu fayllar ham qolib ketmasin.

4. AppData. Bu joyda siz o'rnatgan dasturlar, o'yinlar sozlashlari saqlanadi. Agar tizimni qayta o'rnatganingizdan so'ng, oldin o'rnatgan dasturlarni o'rnatsangiz, sozlashlarni shu katalogdan oladi, demak, sozlashlar uchun vaqt ketkazmalik uchun, bu katalogni ham biror joyda saqlang. Bir narsaga ahamiyat bering, AppData katalogi berkitilgan bo'ladi. Uning adresi:
C:\Users\user\AppData

Kerakli fayllarni saqlab oldik, endi kerakli sozlashlarni saqlaymiz.

1. Agar kompyuteringiz simli internet yoki tarmoqqa ulangan bo'lsa, kompyuter ishlatayotgan IP, MAC, Shlyuz adreslarni biror joyga yozib qo'ying.
2. Agar siz torrent saytlar bilan ishlasangiz, torrent fayllarni ham saqlab qoling.
3. Brauzerdagi vkladkalarni saqlang. Kerakli saytlarni esda saqlamaslik uchun, brauzerga vkladka qilib saqlab qo'yiladi. Operatsion tizim qayta o'rnatilganda, brauzer ham o'chadi va vkladkalar ham o'chib ketadi. Har bir brauzerda vkladkalarni export qiladigan menyusi bor, shundan foydalaning.
4. O'rnatilgan kompyuter drayverlarini saqlab qoling. Operatsion tizim qayta o'rnatilgandan keyin, drayverlarni qayta qidirib yurmaslik uchun ularni saqlab qoling. Qanday saqlash haqida keyingi postlarda yozib o'taman.
5. Barcha o'rnatilgan dasturlarni nomini biror joyga yozib qo'ying, tizim o'rnatilganda barcha dasturlar o'chib ketadi, keyin ro'yhat bo'yicha dasturlarni o'rnatib chiqasiz.

Yuqoridagilar asosiy saqlash lozim bo'lgan narsalar, qo'shimchasiga kompyuter ishlatilishiga qarab, internetga ulanish uchun parol, Wi-Fi parol, reestr ma'lumotlari va boshqalarni ham saqlab qo'yish mumkin.
Akmal Xudoyberganov

👉 @informatika
February 7, 2023
O'chgan fayllarni qayta tiklovchi dasturlar
#foydali

Fayllar vinchesterda qismlarga bo'linib, bloklar ko'rinishida saqlanadi, agar siz biror faylni o'chirsangiz, shu fayl yozilgan bloklar bo'shatiladi, tozalanmaydi, balki bo'sh deb belgilab qo'yiladi.
Qayta tiklovchi dasturlar shu belgilarni olib tashlab, fayl mavjudligini sizga ko'rsatib beradi. Agar o'chgan fayl yozilgan bloklar ustiga boshqa fayl qismlari yozilib qolsa, bu bloklardagi eski qismlarni katta ehtimol bilan qayta tiklolmaysiz.

Qisqacha, qayta tiklash haqida nazariy ma'lumot berib o'tdim, quyida qayta tiklovchi dasturlar ro'yxatini, o'zining rasmiy saytidan ko'chirib olishingiz mumkin bo'lgan havolasi bilan berib o'taman. Biror faylingizni, bilmay o'chirib tashlasangiz, quyidagi dasturlar qayta tilklashga yordam berishi mumkin:

▫️Recuva
▫️PhotoRec
▫️DMDE
▫️Disk Drill
▫️Puran File Recovery
▫️RecoveRx
▫️MiniTool Power Data Recovery
▫️Stellar Data Recovery
▫️Data Rescue

☝️Xulosa, agar biror faylni bilmasdan o'chirib qo'ysangiz, yoki biror diskni format qilib qo'ysangiz, darhol qayta tiklovchi dasturlar orqali ishni boshlang, vinchesterda fayllar hosil qilishdan yoki fayllar tashlashdan o'zingizni tiyib turing.

Yuqoridagi ko'p dasturlar bepul, ko'chirib olib, tekshirib ko'rishingiz mumkin.
Akmal Xudoyberganov

👉 @informatika
February 8, 2023
Notebook akkumlyatorini qaysi dastur ko'p sarflashini aniqlash
#kerak_bolib_qoladi

Agar siz Notebook ishlatishda akkumlyatordan ko'p foydalansangiz, uning zaryadini nazorat qilib borishingiz zarur. Qaysi dasturlardan foydalanganda, akkumlyator zaryadi tezroq ketishini bilish orqali, ushbu dasturdan kam zaryad qolganda foydalanmaslik yoki ushbu dasturni boshqasi bilan almashtirishingizni aniqlab olishingiz mumkin.

Windows 10 tizimida qaysi dastur nechi foiz akkumlyatorni ketkazayotganini quyidagicha aniqlash mumkin:
1. Win+I tugmalari bosgan holda, "Параметры Windows" oynasini ochasiz.
2. "Система" menyusiga o'tasiz.
3. Chap tomondagi menyudan, "Батарея" qismiga kirasiz.
4. U yerdan, "Посмотрите, какие приложения влияют на время работы батареи"(Использование заряда батарей конкретными приложениями) havolasiga kirasiz.

So'ng, ekraningizda dasturlarning akkumlyatorga ta'sir darajasini ko'rishingiz mumkin. "Время" orqali 6, 24 va 1 haftalik statistik ma'lumotlar bilan tanishsangiz bo'ladi.

☝️Dasturlarni yaxshilab sozlash orqali, akkumlyatorga yaxshigina ta'sir o'tkazishingiz mumkin, misol uchun, avtomat yangilanishlarni o'chirish orqali.
Akmal Xudoyberganov

👉 @informatika
February 10, 2023
Forwarded from Nursaidov
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
February 11, 2023
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
February 13, 2023
February 13, 2023
14-fevral IT'shniklar uchun qanday bayram?
#qiziq

Bu kunni hamma har xil nishonlaydi, lekin IT olamida ham bu kun alohida o'rin tutadi. Demak, dunyoda 14 fevral - "Kompyuter kuni" yoki "Kompyuter va dasturchilar kuni" tariqasida keng nishonlanadi, lekin bu bayram norasmiydir.

Bunday deyilishiga sabab - 1946 yil 14 fevral  kuni, haqiqiy, ishlaydigan, elektron kompyuter ENIAC(Electrical Numerical Integrator And Calculator) taqdim qilingan. Bu "kompyuter" asosan, elektron lampalardan tashkil topgan.

Eniac haqida qisqacha(Wikipedia'dan olindi):

Og'irligi: 30 tonna;
Quvvati: 174 kVt;
Hisoblash quvvati: sekundiga 357 ta ko'paytirish amali yoki 5000 ta qo'shish amali;
Chastotasi: 100 kHz;
Xotira hajmi: 20 ta son-so'z.

Quyidagilardan tashkil topgan: 17 468 ta lampa(16 ta har xil lampa), 7200 ta kremniy diodi, 1500 ta rele, 70 000 rezistor, 10 000 ta kondensator.

☝️ Kompyuterchilar, bayramingiz bilan, CTRL, ALT va Delete tugmalarimiz har doim but bo'sin!
Akmal Xudoyberganov

👉 @informatika
February 14, 2023
February 14, 2023
February 15, 2023