Informatika va AT
8.73K subscribers
1.09K photos
598 videos
603 files
1.51K links
Informatika va axborot texnologiyalari bo'yicha O'zbekistonda birinchi faoliyatini boshlagan kanalga xush kelibsiz.

Bog'lanish: @Nursaidovuz

https://t.me/Informatika/3

Dasturlash: @FlutterDasturchi
Download Telegram
Forwarded from Bepul onlayn ta'lim
Quyosh orqali yo'nalishni aniqlab olish.
Windows tizimiga kirishda, parolni xato terganda, uni bloklash
#foydali

Parol bilan kiriladigan joylarda, maxfiylikni yana oshirish uchun, bir necha marotaba xato parol terilganda, uni bloklash imkoniyati bo'ladi. Misol uchun, 2 marotaba parol xato terilsa, qurilma(dastur) 60 daqiqaga bloklanadi, bu daqiqa ichida to'g'ri parol tersangiz ham ochilmaydi.

Windows tizimida ham bu imkoniyat mavjud, faqat uni sozlash lozim. Quyida, Windows tizimiga kirishda so'raladigan foydalanuvchi paroli 3 marotaba xato terilsa, 30 daqiqaga bloklash qanday amalga oshirilishini yozib o'taman.

1. Win+R cmd va Enter.
2. Nechi marotabaxato parol terilsa, bloklash lozimligini o'rnatamiz(3 marotaba).
net accounts /lockoutthreshold:3
3.
Nechi daqiqaga bloklash lozimligini kiritamiz(minimal qiymat 30 daqiqa, undan kam kiritsangiz xato beradi):
net accounts /lockoutduration:30
4.
KIritgan sozlamalarni ko'rish uchun quyidagi buyruqni yozamiz:
net accounts

Shundan so'ng, Windows tizimiga kirishda 3 marotaba xato terilsa, tizimga 30 daqiqa kiraolmaysiz, xatto kompyuterni qayta o'chirib, yoqsangiz ham.

☝️Bu kod ishlidimi, yo'qmi, deb tekshirib yurmang, o'zimda tekshirib ko'rdim, barchasi ishladi, ishlaganligi uchun bu post 30 daqiqa kech yozildi).
Akmal Xudoyberganov

👉 @informatika
Forwarded from Informatika va AT (informatika)
Bugun, 28 yanvar, dunyoda Xalqaro shaxsiy ma'lumotlarni himoya qilish kuni (Data Protection Day).

Ushbu kun 1981 - yildan beri nishonlanib kelinadi.

👉 @informatika
​​Windows "Рабочий стол"ni boshqa diskka ko'chirish

"Рабочий стол" odatda Windows'ning C diskiga joylashgan bo'ladi, bu ba'zi noqulayliklani keltirib chiqaradi. Misol uchun, tizim ishlaydigan C disk to'lib qolishi, Windows'ni qaytadan o'rnatishda kerakli fayllarni o'chib ketishi.

Shu sababli, "Рабочий стол"ni boshqa diskka ko'chirib quyishni tavsiya qilaman, buning uchun:

1. Quyidagi papkani ochamiz: C:\users\farhod
yoki rus tilida
C:\пользователи\farhod
farhod
- bu Windows'ga ulangan foydalanuvchi nomi(sizda boshqacha bo'ladi).
2. U yerdan  "Рабочий стол" papkasini topamiz va "Свойство"siga kiramiz.
3. Hosil bo'lgan oynadan, "Расположение" vkladkasida "Рабочий стол"  qayerga saqlanish kerakligi berilgan.
4. "Переместить" orqali biror boshqa joyni tanlaymiz, misol uchun:
D:\robochiy
5.
Shundan so'ng, ko'rsatilgan joyga "Рабочий стол"dagi fayl va papkalar ko'chadi.

Bunda "Рабочий стол" da hech narsa o'zgarmaydi, lekin fayl va papkalar D diskka o'tadi, u yerdan hech narsani o'chirmag, o'chirsangiz "Рабочий стол"dan ham o'chib ketadi.
Akmal Xudoyberganov

👉 @informatika
Forwarded from Flutter dasturchi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#ChatGPT #bu #nima 😳

🧐Ushbu videoni ko'rib, bu nima?, bu qanaqasi? Endi google va boshqa manbalardan ma'lumot izlab yurmaymizmi? Xohlagan dasturlash tilini o'rgata oladimi? yoki boshqa narsalar haqida ma'lumot olsak bo'ladimi? degan savollar chiqishi tabiiy.

💡ChatGPT
- to'g'ridan-to'g'ri xohlagan savolingizga aniq javoblar beradi va qadam tavsiflari bilan bog'liq muammolarni hal qiladi.

🥺 Ushbu sun'iy intellekt tez orada juda ko'p kasblarni o'rnini bosishi va juda katta muammolarni hal qilishi mumkin...

📹 Videoda dart tili bo'yicha bilimlarni so'radim. U aniq va o'zbek tilida javob berdi...

@FlutterDasturchi
Ko'pchilik ishlatmaydigan - End tugmasi haqida
#foydali #qisqa_info

Klaviaturada doimiy ishlatiladigan tugmalardan tashqari, kam foydalaniladigan, lekin ancha vaqtni tejaydigan tugmalar ham bor, shulardan biri - End tugmasi.

Ko'pchilik bu tugmadan umuman foydalanmaydi, hatto borligini ham bilmaydi, lekin mani ko'p tanishlarim bu tugmadan faol foydalanishadi, ayniqsa dasturchilarning qalin do'sti).

Bu tugma standart klaviaturalarda "Delete" va "PageDown" tugmalari o'rtasida joylashadi, notebook'larda esa har xil joyda, o'qib topib olarsiz. Ba'zi Notebook'larda bu tugma o'z vazifasini bajarishi uchun Fn tugma bilan birga bosilishi ham mumkin.

Demak, bu tugma bilan quyidagi ishlarni bajarish mumkin:
End. Kursorni darhol qator oxiriga o'tkazish. Kursor yurishi mumkin bo'lgan istalgan joyda ishlaydi: Word matn muharririda, notepad'da, hattoki brauzerning adres yozadigan joyida.
Shift+End. Kursor turgan joydan, qator oxirigacha yozilgan barcha yozuvni belgilaydi.
Ctrl+End. Biror matn muharririda(Word, Notepad), xujjatni oxiriga darhol tushiladi.

Shu ishlarni teskarisini "Home" tugmasi bilan amalga oshirishingiz mumkin.
Akmal Xudoyberganov

👉 @informatika
Kompyuterda tez ishlash bo'yicha qo'llanma - Win tugmasi

Windows operatsion tizimi bilan ishlaganda, ish unumdorligi oshirish maqsadida klaviaturadagi maxsus windows emblemasidan(Win) foydalanshni maslahat beraman.
Bu tugma odatda klaviaturaning chap tomon CTRL va ALT tugmalari o‘rtasida joylashgan. Demak quyidagi kombinatsiyalarni bir marotaba yaxshilab yodlab oling:
Windows 7'da tekshirilgan, qolgan versiyalarida ham ishlashi kerak.

Win - PUSK menyusini ochish yoki yopish.
Win + PAUSE – “Cвойство Windows“ oynasi
Win + D - Ish stolini ko'rish(Barcha oynalar ekranning quyi qismiga tushadi va ish stoli ochiladi).
Win + M - Barcha oynalarni "свернуть" qilish(quyi qismga tushirish).
Win + SHIFT+M - "свернуть" qilingan oynalarni ish stoliga chiqarish.
Win + E - "Мой компьютер" oynasi.
Win + F - fayl va papkalarni qidirish oynasini ochish, (Windows 10'da ishlamaydi).
CTRL+ Win + F - kompyuterlarni qidirish oynasini ochish(tarmoqdagi kompyuterlarni qidirish uchun).
Win + L - kompyuterni blokirovka qilish yoki foydalanuvchini o‘zgartirish uchun ishlatiladi.
Win + R - "Выполнить" oynasini chaqirish.
Win+ T - "Панель задач" (ekranning quyi qismi) dagi dasturlarni birin ketin aktiv holatga o‘tkazish.
Win + biror son -  kiritilgan songa mos holda, "Панель задач" da joylashgan shu songa mos keluvchi dasturni ishga tushirish.
SHIFT+Win + biror son - kiritilgan songa mos holda, "Панель задач" da joylashgan shu songa mos keluvchi dasturni yangi nusxasini ochish.
ALT+Win + biror son - kiritilgan songa mos holda, "Панель задач" da joylashgan shu songa mos keluvchi dasturni ochilgan barcha nusxalarini ko‘rish.
Win + TAB - Ishlayotgan barcha dasturlarni 3D ko‘rinishda bir biri bilan almashtirish(Windows 10 da 3d bo'lmaydi).
CTRL+Win + TAB - Ishlayotgan barcha dasturlarni 3D ko‘rinishda bir biri bilan almashtirish, oldin qotirib so‘ng TAB tugmasi orqali o‘tish(windows 10 da ishlamaydi).
Win+ PROBEL - Ish stolini ko‘rish(Faqat shu knopkalarni bosib turgan holda ko‘rish mumkin. Qo‘yib yuborsa yana eski holatga qaytadi) (Windows 10 da tilni o'zgartirish).
Win + YUQORI STRELKA - aktiv oynani to‘liq ekran bo‘ylab ochib beradi.
Win+ CHAP STRELKA - aktiv oynani chap tomon bo‘ylab ochib beradi(chap tomon to‘liq to‘lgan holda).
Win+ O‘NG STRELKA - aktiv oynani o‘ng tomon bo‘ylab ochib beradi(o‘ng tomon to‘liq to‘lgan holda).
Win + QUYI STRELKA - aktiv oynani boshlang‘ich holatga qaytaradi.
Win + HOME - aktiv oynadan boshqa barcha oynalarni ekranning quyi qismiga joylashtiradi("свернуть" qiladi).
Win+ SHIFT + YUQORI STRELKA - aktiv oynani yuqori va quyi qismini ekrannng oxirigacha kengaytiradi.
Win + P - Ekranga chiqarish rejimini o‘rnatish.
Win + U - "Центра специальных возможностей" oynasini ochib beradi(Windows 10 da "Параметры" oynasini ochadi).

☝️Bu qo'llanmani qog'ozga chiqarib, kompyuteringiz oldiga qo'yib qo'ying, kerak paytda qarab-qarab ishlatasiz va yod bo'lib ketadi.
Akmal Xudoyberganov

👉 @informatika
Simli yoki simsiz sichqoncha, qaysi biri ma'qul
#tanlov

Kompyuter sichqonchasini sotib olishda, uning imkoniyatlari, qulayliklari, tezligi, tashqi ko'rinishidan tashqari, yana uning ulanish bo'yicha ham tanlov mavjud. Ulanishi odatda 2 xil ko'rinishda bo'ladi: simli, simsiz(bluetooth, wi-fi orqali).

Qaysi birini olish kerak? degan savol har doim turadi, hoh u kompyuter sohasiga endi kirib kelgan bo'lsin, hoh professional bo'lsin.

Ushbu postda yuqoridagi savolga javob qidirib ko'ramiz, demak birinchisi simli ulanish:
Avzalliklari:
— Signallar uzatish tezligi ancha tez, so'nishlar yo'q desa ham bo'ladi;
— ishlash davomiyligi uzoq va ishonchli;
— harakatlanishdagi aniqlik;
— narxining biroz arzonligi.

Kamchiliklari:
— Sim orqali ulanish, ishlash uzoqligini cheklab qo'yadi, maksimum 2-3 metr;
— simlarning osilib yotishi;
— sim ancha chang yig'adi, uni tozalab turish lozim;
— tartibsiz ishlatish natijasida, ulanish joylaridagi nosozlik.

Simsiz ulanishga ega bo'lgan sichqoncha uchun:
Avzalliklari:
— 10m masofagcha uzoqlikdan turib foydalanish mumkin, ayniqsa proyektrlar bilan ishlaganda bu bilinadi;
— odatda ixcham ko'rinishda ishlab chiqariladi;
— tozalash ishlari kam bajariladi, kompyuterdan uzib turish ham talab etilmaydi;

Kamchiliklari:
— Narxi biroz qimmat;
— har xil svetodiodlar bilan bezalmagan, chunki batareyani ortiqcha sarflashdan saqlanish lozim;
— batareya(akkumlyator) quvvatini nazorat qilib borish lozim;
— bluetooth bilan ishlaydigan boshqa qurilmalar bilan signallar tutashishi(помех) mumkin;
— aniqlik darajasi simliga qaraganda past, chunki havo orqali so'nishlar bo'ladi;
— har xil qo'shimcha tugmalar kamroq bo'ladi, bu ham batareya quvvatini saqlash uchun.

Yuqoridagi sabablarni tahlil qilib, o'zingizga keragini tanlayverasiz, qaysi sohaga qaysi tur sichqoncha kerakligi haqida, qiziq bo'lsa, keyinroq yozib o'taman.

☝️Yozilmagan qonun bor, har doim eng kerakli paytda, simsiz sichqonchaning batareya quvvati tugab qoladi).
Akmal Xudoyberganov

👉 @informatika
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yevropada shunaqa “baklashka” sotib kun ko’rsa ham bo’ladi)

Bu yerda aslida hech qanaqa foyda yo’q iste’molchiga. Suv sotib olayotganda qo’shimcha 0.15€ to’laymiz.

Lekin atrof-muhit uchun foydali. Baklashkalar qayta ishlanadi, faqat talabalar emas, katta-katta amaki-buvilar ham o’zlarini pullarini qaytib olish, qolaversa, tabiatga zarar kamroq yetkazish uchun ham topshirishadi.

Yaxshi innovatsiya! O’zbekistonda joriy qilinsa, bu idishlar har yerga irg’itib ketilmasmidi)

@Ozodaxon_blogi
#lifehack

Smartfonni maksimal darajada tezlashtiramiz.

Bilasizmi? Smartfoningiz quvvatini faqatgina faol dasturlar emas, fondagi dasturlar ham isteʼmol qiladi. Siz ularni yopgan boʻlsangiz ham, ular ishlashdan toʻxtamaydi. Bu holatda oddiy zanjir: koʻplab fondagi dasturlar > koʻp batareya quvvatining sarflanishi > sekin ishlaydigan smartfon.

Androidʼda fondagi dasturlarni qanday cheklash mumkin:

1. “Настройки“ (sozlamalar) ga oʻtamiz.

2. “Для разработчиков“ (Ishlab chiquvchilar uchun) boʻlimini tanlaymiz.

3. “Лимит фоновых процессов“ (fon jarayonini cheklash) tugmasini bosamiz va qancha fondagi jarayonni cheklash kerakligini tanlaymiz.

iPhoneʼda ham jarayon deyarli bir xil:

“Настройки“ (Sozlamalar) → “Основные“ (Umumiy) → “Обновить фоновое приложение“ (Fon dasturini yangilash).

Endi smartfoningiz xuddi raketadek ishlaydi, sinab koʻramiz 😊

👉 @informatika
Рўйхат.docx
24.2 KB
Олий суд томонидан экстремистик деб топилган ва тақиқланган ташкилотлар ва сайтлар рўйхати

🩸Юқоридаги
сайт, профил ёки телеграм/ютуб каналлардан эҳтиёт бўлинг. Билмасдан аъзо бўлиб, эртага айбсиз айбдор бўлиб қолманглар.

Ўзингиз билиб билмасдан, қайсидир бир постга "лайк" ва "поделиться" босиб қўйманг! Бунинг учун Жиноят кодексини 244-1 моддаси 3-қисмига кўра 8 йилгача озодликдан маҳрум қилиш жазоси мавжуд.

📲P.S. Ҳурматли ота-оналар фарзандларизни қўл телефонларини текшириб қўйинглар! Қанчадан қанча ёш, тушунмаган болалар қамалиб кетишмоқда! У каналларда ибрат ва яxшилик йўқ!

Манба: Адвокат Абдувоҳид Якубов

👉 @informatika
Fayllarni saqlash uchun TOP 6 bepul bulutli(cloud) xizmatlar
#foydali

Kerakli xujjatlarni uzoq vaqt saqlash uchun quyidagi saqlash jihozlari mavjud:
Qattiq disklar(HDD);
mikrosxemali disklar(SSD, fleshkalar, USB tashqi saqlash qurilmalari);
lentalar;
disklar(DVD, CD, Blu-Ray);

Bular uchun albatta harajat qilish lozim, lekin shunday xizmatlar borki sizga bepul joy beriladi, albatta bepul bo'lgandan so'ng, joy ham chegaralangan. Quyida fayllaringizni saqlash uchun chegaralangan joy taqdim etadigan bulutli xizmatlarni keltirib o'taman:

1. Google Disk(15 GB joy);
2. Yandex Disk(10 GB);
3. Apple iCloud(5 GB);
4. Microsoft OneDrive(5 GB);
5. Mega(50 GB);
6. Dropbox(2 GB);

☝️Bulardan tashqari yana juda ko'p bulutli xizmatlar mavjud, bular sizga joy beradi, lekin uzoq yil saqlab berishni kafolatlamaydi.

👉 @informatika
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Chirigan ga'rbda shunaqa yangiliklar qilinayotgan ekan-a?

Ha, lekin soqoli bor ekan. Ushla....


👉 @informatika
Windows tizimini qayta o'rnatishdan oldin, nimalarni saqlab qolish lozim

Odatda, operatsion tizim C diskka o'rnatiladi, bu degani C diskdagi kerakli fayllarni saqlab qo'yish muhim, lekin shu kerakli fayllar qayerda saqlanishni ko'pchilik bilmaydi. Bundan tashqari, ba'zi sozlashlarni ham yozib olish kerak.
Demak, Windows tizimini qayta o'rnatishdan oldin quyidagilarni saqlab qoling:

1. Ish stoli(" Рабочий стол")
. Ko'pchilik ish stolida kerakli fayllarni saqlashni yaxshi ko'rishadi, vaholanki tizim qayta o'rnatilganda, bu fayllar o'chib ketadi. Shu sababli ish stolidagi barcha fayllarni boshqa diskka(misol uchun D disk) ko'chirib oling. Ish stolidagi fayllar quyidagi manzilda saqlanadi:
C:\Users\foydalanuvchi_nomi\Desktop

2.
Download("Загрузки"). Bu yerda asosan, internetdan ko'chirib olgan fayllaringiz saqlanadi, bu fayllar ham sizga kerak(kerak bo'lmaganda, internetdan traffik ketkazib ko'chirib olmagan bo'lardingiz), ularni ham boshqa disk yoki tashqi saqlash qurilmasiga saqlab oling, tizim o'rnatilganda, bular ham o'chib ketadi. Manzili:
C:\Users\user\Downloads

3
. "Корзина". Ba'zilarni bilaman, vaqtinchalik kerak emas fayllar, ko'z oldimda turmasin deb, "корзина"ga vaqtinchalik tashlab qo'yishadi, shu fayllar ham qolib ketmasin.

4. AppData. Bu joyda siz o'rnatgan dasturlar, o'yinlar sozlashlari saqlanadi. Agar tizimni qayta o'rnatganingizdan so'ng, oldin o'rnatgan dasturlarni o'rnatsangiz, sozlashlarni shu katalogdan oladi, demak, sozlashlar uchun vaqt ketkazmalik uchun, bu katalogni ham biror joyda saqlang. Bir narsaga ahamiyat bering, AppData katalogi berkitilgan bo'ladi. Uning adresi:
C:\Users\user\AppData

Kerakli fayllarni saqlab oldik, endi kerakli sozlashlarni saqlaymiz.

1. Agar kompyuteringiz simli internet yoki tarmoqqa ulangan bo'lsa, kompyuter ishlatayotgan IP, MAC, Shlyuz adreslarni biror joyga yozib qo'ying.
2. Agar siz torrent saytlar bilan ishlasangiz, torrent fayllarni ham saqlab qoling.
3. Brauzerdagi vkladkalarni saqlang. Kerakli saytlarni esda saqlamaslik uchun, brauzerga vkladka qilib saqlab qo'yiladi. Operatsion tizim qayta o'rnatilganda, brauzer ham o'chadi va vkladkalar ham o'chib ketadi. Har bir brauzerda vkladkalarni export qiladigan menyusi bor, shundan foydalaning.
4. O'rnatilgan kompyuter drayverlarini saqlab qoling. Operatsion tizim qayta o'rnatilgandan keyin, drayverlarni qayta qidirib yurmaslik uchun ularni saqlab qoling. Qanday saqlash haqida keyingi postlarda yozib o'taman.
5. Barcha o'rnatilgan dasturlarni nomini biror joyga yozib qo'ying, tizim o'rnatilganda barcha dasturlar o'chib ketadi, keyin ro'yhat bo'yicha dasturlarni o'rnatib chiqasiz.

Yuqoridagilar asosiy saqlash lozim bo'lgan narsalar, qo'shimchasiga kompyuter ishlatilishiga qarab, internetga ulanish uchun parol, Wi-Fi parol, reestr ma'lumotlari va boshqalarni ham saqlab qo'yish mumkin.
Akmal Xudoyberganov

👉 @informatika
O'chgan fayllarni qayta tiklovchi dasturlar
#foydali

Fayllar vinchesterda qismlarga bo'linib, bloklar ko'rinishida saqlanadi, agar siz biror faylni o'chirsangiz, shu fayl yozilgan bloklar bo'shatiladi, tozalanmaydi, balki bo'sh deb belgilab qo'yiladi.
Qayta tiklovchi dasturlar shu belgilarni olib tashlab, fayl mavjudligini sizga ko'rsatib beradi. Agar o'chgan fayl yozilgan bloklar ustiga boshqa fayl qismlari yozilib qolsa, bu bloklardagi eski qismlarni katta ehtimol bilan qayta tiklolmaysiz.

Qisqacha, qayta tiklash haqida nazariy ma'lumot berib o'tdim, quyida qayta tiklovchi dasturlar ro'yxatini, o'zining rasmiy saytidan ko'chirib olishingiz mumkin bo'lgan havolasi bilan berib o'taman. Biror faylingizni, bilmay o'chirib tashlasangiz, quyidagi dasturlar qayta tilklashga yordam berishi mumkin:

▫️Recuva
▫️PhotoRec
▫️DMDE
▫️Disk Drill
▫️Puran File Recovery
▫️RecoveRx
▫️MiniTool Power Data Recovery
▫️Stellar Data Recovery
▫️Data Rescue

☝️Xulosa, agar biror faylni bilmasdan o'chirib qo'ysangiz, yoki biror diskni format qilib qo'ysangiz, darhol qayta tiklovchi dasturlar orqali ishni boshlang, vinchesterda fayllar hosil qilishdan yoki fayllar tashlashdan o'zingizni tiyib turing.

Yuqoridagi ko'p dasturlar bepul, ko'chirib olib, tekshirib ko'rishingiz mumkin.
Akmal Xudoyberganov

👉 @informatika
Notebook akkumlyatorini qaysi dastur ko'p sarflashini aniqlash
#kerak_bolib_qoladi

Agar siz Notebook ishlatishda akkumlyatordan ko'p foydalansangiz, uning zaryadini nazorat qilib borishingiz zarur. Qaysi dasturlardan foydalanganda, akkumlyator zaryadi tezroq ketishini bilish orqali, ushbu dasturdan kam zaryad qolganda foydalanmaslik yoki ushbu dasturni boshqasi bilan almashtirishingizni aniqlab olishingiz mumkin.

Windows 10 tizimida qaysi dastur nechi foiz akkumlyatorni ketkazayotganini quyidagicha aniqlash mumkin:
1. Win+I tugmalari bosgan holda, "Параметры Windows" oynasini ochasiz.
2. "Система" menyusiga o'tasiz.
3. Chap tomondagi menyudan, "Батарея" qismiga kirasiz.
4. U yerdan, "Посмотрите, какие приложения влияют на время работы батареи"(Использование заряда батарей конкретными приложениями) havolasiga kirasiz.

So'ng, ekraningizda dasturlarning akkumlyatorga ta'sir darajasini ko'rishingiz mumkin. "Время" orqali 6, 24 va 1 haftalik statistik ma'lumotlar bilan tanishsangiz bo'ladi.

☝️Dasturlarni yaxshilab sozlash orqali, akkumlyatorga yaxshigina ta'sir o'tkazishingiz mumkin, misol uchun, avtomat yangilanishlarni o'chirish orqali.
Akmal Xudoyberganov

👉 @informatika
Forwarded from Nursaidov
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Olimlarimiz Scopusda maqola chiqardim, millatga foydam tegdi deb kabinetida pisib o'tirishi mumkin emas.

Chiqsin maydonga! Yoshlarni huquqiy ongini oshirishga xizmat qilsin!..

👉
@informatika