Informatika va AT
8.66K subscribers
1.09K photos
600 videos
598 files
1.51K links
Informatika va axborot texnologiyalari bo'yicha O'zbekistonda birinchi faoliyatini boshlagan kanalga xush kelibsiz.

Bog'lanish: @Nursaidovuz

https://t.me/Informatika/3

Dasturlash: @FlutterDasturchi
Download Telegram
#Test
1.Kompyuter arxitekturasi bu …
A. kompyuterni tashkil etuvchi qurilmalar
B. kompyuter avlodlari
C. kompyuter dasturlari
D. axborot tashuvchilar

2.Kompyuterning asosiy qurilmalari …
A. protserror , monitor, skaner
B. printer, klaviatura, monitor
C. protserror, monitor, klaviatura
D. monitor, skaner, printer

3.Kompyuterning qoshimcha qurilmalari …
A. Modem, xabar, protserror
B. Vinchester, printer, monitor
C. skaner, printer, modem
D. klaviatura, modem, printer

4.Skanerning vazifasi nimadan iborat?
A. kompyuterdagi ma’lumotni chop etish
B. ma’lumotni kompyuter xotirasiga kiritish
C. bir necha kompyuterlarni ulash
D. kompyuter xotirasi

5.XAB qurilmasi qanday qurilma?
A. kompyuter tarmog
ì ni hosil qiluvchi qurilma
B. ma’lumotni chop etuvchi qurilma
C. kompyuterni elektr toki bilan ta’minlovchi qurilma
D. internetga ulanuvchi qurilma

Javoblaringizni @nurstudio ga jo'nating. To'g'ri javoblar kanalga joylashtiriladi.

▶️ @informatika
Test sinovi javoblariga Mavlonov Azamat, O'tkirbek Qutfiddinov va B. Nametov foydalanuvchilarimiz to'g'ri javob berishdi. Qolgan foydalanuvchilar 1 ta yoki 2 tadan xato qilishgan.

1a 2c 3c 4b 5a

Siz ham savollarga javob topgan bo'lsangiz, javoblarni tekshirib oling.

▶️ @informatika
#paskal
Arifmetik amallar

+ qo‘shish, masalan: A+B, natija turi real yoki integer;

- ayirish, masalan: A-B, natija turi real yoki integer;

* ko‘paytirish, masalan: A*B, natija turi real yoki integer;

/ bo‘lish, masalan: A/B, natija turi real;

div - butunga bo‘lish, masalan: A div B, natija turi integer;

mod bo‘linma qoldig‘i, masalan: A mod B, natija turi integer.

▶️ @informatika
#paskal
Butun sonlar uchun Paskal tilida div va mod amallari mavjud bo'lib, u mos holda butunga bo'lish va bo'linma qoldig'ini hisoblash amallarini bildiradi.
Masalan, 11 div 3 = 3- butun, 11 mod 3 = 2- qoldiq.

Boshqa elementar funksiyalar, masalan, tgx, arcsinx, arccosx, arcctgx lar elementar matematikadan ma’lum bo'lgan bo'lish ko'paytirish kabi munosabatlardan foydalanib hisoblash mumkin.

Har bir ko'rsatma yoki buyruq (nuqtali vergul) belgisi bilan yakunlanadi. Dastur matnida bir satrga ko’pi bilan 127 ta belgi yozish mumkin.

▶️ @informatika
#paskal
Dastur va uning tuzilishi

Paskal tilida dastur bitta blokda mujassamlashgan dastur sarlavhasi va tanasidan iborat bo'ladi.
Dasturning asosiy qismi uning tanasi hisoblanadi, umumiy holda u qat’iy tartibdagi 6 ta bo'limdan iborat:

Belgilarni aniqlash bo'limi: label

O'zgarmaslarni aniqlash bo'limi: const

Turlarni aniqlash bo'limi: type

O'zgaruvchilarni tavsiflash: var

Protsedura va funksiyalar
procedure; function

Operatorlar bo'limi: begin , end

▶️ @informatika
#Test
1. Ishga tushirilgan dasturning monitorda ko’rinib turgan va undan foydalanishga imkon beruvchi qismi …… deb ataladi.
A) uskunalar paneli
B) interfeys
C) ishchi maydoni
D) menyular satri

2. Matn muharrirlari ko’rsatilgan qatorni aniqlang.
A) Word, Express Maker, Notepad
B) WordPad, Fine Reader, Notepad
C) Bloknot, WordPad, Akelpad
D) Bloknot, Adobe Reader, Akelpad

3. …… yordamida matn fayllari hosil qilinadi.
A) Matn protsessori
B) Microsoft Office Word
C) Microsoft One Note
D) Matn muharrirlari

4. Matn muharrirlari nechta asosiy elementdan iborat?
A) 4 ta
B) 3 ta
C) 2 ta
D) 1 ta

5. Bloknot dasturining menyular satriga tegishli bo’lmagan menyuni aniqlang.
A) Сервис
B) Формат
C) Справка
D) Правка

Javoblaringizni @nurstudio ga jo‘nating. To‘g‘ri javoblar kanalga joylashtiriladi.

▶️ @informatika
Test sinovi javoblariga
0072
Mavlonov Azamat,
Oqiljon master computer
Shoista
Mansurjon Kamolov
Feruza
foydalanuvchilarimiz to'g'ri javob berishdi. Qolgan foydalanuvchilar 1 ta yoki 2 tadan xato qilishgan.

1 b 2 c 3 d 4 b 5 a

Siz ham savollarga javob topgan bo'lsangiz, javoblarni tekshirib oling.

▶️ @informatika
@informatika kanalining asosiy maqsadi quyidagilardan iborat.

- Informatika va Axborot texnologiyalari bo'yicha to'liq ma'lumotlar joylashtirish;

- Dasturlash tillarini bosqichma-bosqich o'rgatish;

- Kompyuter grafikasida ishlash;

- Dasturlash tillarini o'rgatishda dasturlarni kanalga joylashtirish (masalan: Paskal ABS, Delphi);

- Kompyuter grafikasini o'rgatishda ham
* Animatsiya
* Montaj
* Multiflm
* 3D loyixalar yaratishning
bosqichlari to'liq o'rgatiladi.

- Microsoft office paketiga kiruvchi
* Word
* Excel
* Power Point dasturlarida ishlash;

- Internetda ishlash, elektron pochta bilan ishlash va h.k.

- Foydalanuvchilar uchun 2 kunda bilimini sinash uchun testlar berib boriladi;

- Web dasturlash
PHP, HTML, JavaScript tillari ham bosqichma-bosqich o'rgatiladi.

- Kanalga do'stlaringizni ham taklif qilsangiz biz bundan minnatdor bo'lardik.

Har bir inson qaysi soxada faoliyat olib borishidan qat'iy nazar, Kompyuterda ishlashni bilishi shart va muhimdir.

Shunday ekan bizning kanaldan uzoqlashmang!!!

Do'stlaringizga ham ulashing:

▶️ @Informatika
#paskal
Paskal tilda, asosan, 3 xil miqdorlar ishlatiladi.

0‘ZGARMAS MIQDORLAR

Belgili o'zgarmaslar: apostrof ichiga olingan bitta belgi - harf, raqam yoki maxsus belgidan iborat. Masalan: ’a’; 'B'; '9';
'' va hokazo.

Satrli o'zgarmaslar (belgilardan iborat satr) soni 0 tadan 122 ta belgigacha bo'lgan va apostrof ichiga olingan harf, raqam va maxsus belgilar ketma-ketligidan iborat. Apostrof ichiga olingan raqamlar ustida arifmetik amallar ishlatib bo'lmaydi.
Masalan:‘456’; 'Toshkent’;'A 549’; 'B***M.’; '47%';

Mantiqiy o'zgarmaslar True (rost) yoki False (yolg'on) mantiqiy qiymatlardan biridir.

Sonli o'zgarmaslar ikki turda butun va haqiqiy:

Butun sonlar ishorali yoki ishorasiz ko'rinishda - 2147483648 dan +2147483647 gacha bo'lgan butun sonlardir. Agar butun sonli o'zgarmas bu oraliqdan chiqib ketsa, xato haqida xabar beradi.

Haqiqiy sonlar o'z navbatida qo'zg'almas nuqtali va qo'zg'aluvchi nuqtali sonlarga bo'linadi.

▶️ @informatika
Dasturlash tillari-yillari bilan! @informatika
#Test

1. Sanitariya gigiyena talablariga ko'ra o'quvchi kompyuter monitoridan qancha uzoqlikda o'tirishi lozim?
A) eng kamida 50-60 sm
B) eng kamida 10-620 sm
C) eng kamida 80-90 sm
D) eng kamida 90-100 sm

2. Sanitariya gigiyena talablariga ko'ra kompyuter xonasining o'rtacha harorati qanday bo'lishi lozim?
A) 10-12
B) 20-24
C) 30-34
D) 40-42

3. O'quvchilarning shaxsiy kompyuter bilan ishlash vaqti ... minutdan, bir kun davomida esa ... minutdan oshmasligi kerak.
A) 25-30, 45
B) 45-50, 300
C) 25-30, 180
D) 10-15, 60

4. Protsessorning aniq kompyuterning tashqi qurilmasi bilan aloqasini ta'minlovchi dastur bu ...
A) Sistema
B) Antivirus
C) Internet
D) Drayver

Javoblaringizni @nurstudio ga jo‘nating. To‘g‘ri javoblar kanalga joylashtiriladi.

▶️ @informatika
Test sinovi javoblariga
Temur
Cyber
Great Hacker
Muxtorov Abdullajon
Akbar
Islom Ismailov
Shahzod Karimov
SHOISTA foydalanuvchilarimiz to'g'ri javob berishdi. Qolgan foydalanuvchilar 1 ta yoki 2 tadan xato qilishgan.

1 a 2 b 3 c 4 d

Siz ham savollarga javob topgan bo'lsangiz, javoblarni tekshirib oling.

▶️ @informatika
#Paskalsavol1

Paskalda (1/3)* 3-1 ifodaning qiymati nolmi?

Javoblaringizni @nurstudio ga jo‘nating. To‘g‘ri javoblar kanalga joylashtiriladi.

▶️ @informatika
#PaskalABS

PascalABC да тасвирлар билан ишлаш

PascalABC тасвирлар билан ишлаш учун кенг имкониятларга эга. PascalABCда тасвирлар
билан ишлаш учун мўлжалланган график утилитлар GraphABC модулига йиғилган. Тасвирлар тасвир
дарчасига чиқарилади, бу дарча билан ишлаш учун GraphABC модулини улаш кифоя.
GraphABC модулида икки юздан ортиқ ўзгармаслар, ўзгарувчилар, функциялар ва
процедуралар мавжуд. Уларни қуйидаги гуруҳларга ажратиш мумкин.
1) График дарча устида амаллар.
2) Матн ва шрифтлар устида амаллар.
3) График шакллар.
4) Қалам устида амаллар.
5) Чўтка билан ишлаш.
6) Ранглар билан ишлаш.
7) Расмлар устида амаллар.
8) Экранга чиқариш тартибини ўрнатиш.
9) Нуқталар ва тўғри тўрбурчаклар устида амаллар.

▶️ @informatika
Paskalda (1/3)* 3-1 ifodaning qiymati nolmi? savolning javobiga SHOISTA foydalanuvchimiz amaliy ishlab javobni yuborganlar.
Temur, Akbar, ╰─┅─═ঊঈ💘ঊঈ═─┅─╯, Shahzod Karimov foydalanuvchilar javobni to'g'ri topganlar.

▶️ @informatika
Paskalda (1/3)* 3-1 ifodaning qiymati nolmi? savolning javobiga SHOISTA foydalanuvchimiz amaliy ishlab javobni yuborganlar. ▶️ @informatika
#Paskalsavol2 Quyidagi ifodalar Paskal tilida yozilsin: Javoblaringizni @nurstudio ga jo'nating. ▶️ @informatika
#C++

Дастурлашнинг биринчи қадамлари

Дастурларни ёзиш учун асосий тил қилиб С/С++ дастурлаштириш тили танланган. Мазкур тил, ҳозирда деярли барча техник олий ўқув юртларида кенг кўламда ўргатилмоқда. Ушбу тилда дастурлаш усулларини яхшилаб ўрганиб, бошқа алгоритмик тиллар, масалан Java, Visual Basicнинг синтаксиси ва бошқа хусусиятларини ўрганиш жуда осон. Асосий мақсад тилни билиш эмас, дастурлаш тажрибасини мукаммал эгаллашдир. Дастурлашни зўрлаб ўрганиб бўлмайди, бунинг учун қобилият ҳамда интилиш бўлиши талаб этилади.
Дастур сўзи ҳам командаларнинг алоҳида блокини (берилган кодини) аниқловчи сўз, ҳам яхлит ҳолдаги бажарилувчи дастурий маҳсулотни белгиловчи сўз сифатида ишлатилади.
Биз ишлайдиган ҳар қандай дастур бирор-бир шахс томонидан ёзилган бўлиб, улар дастурчилар деб аталади. Дастурчилар дастурни махсус тилларда ёзишади ва уларни дастурлаш тиллари деб айтишади. Бу тиллар ёрдамида дастурчилар компьютерга бажариш керак бўлган амалларни тушунтиришади. Бу амаллар умуман олганда, компьютернинг нимани, қайси ҳолларда, неча маротаба ва қачонгача бажариш керак бўлган аниқ йўриқномага ўхшайди. Амалларнинг ўзи эса алгоритмлар деб аталади. Шунинг учун унга аниқлик киритамиз.
Демак, дастурни ё дастурчи томонидан ёзиладиган командалар тўплами, ёки амалларни бажарадиган компьютер маҳсулоти сифатида тушунамиз.

▶️ @informatika
#C++
Дастурчилар олдида турган вазифалар

Вақт ўтиши билан дастурчилар олдига қуйилган вазифалар ўзгариб боряпти. Бундан йигирма йил олдин дастурлар катта ҳажмдаги маълумотларни қайта ишлаш учун тузилар эди. Бунда дастурни ёзувчи ҳам, унинг фойдаланувчиси ҳам компьютер соҳасидаги билимлар бўйича профессионал бўлиши талаб этиларди. Ҳозирда эса кўпгина ўзгаришлар рўй берди. Компьютер билан кўпроқ унинг аппарат ва дастурий таъминоти ҳақида тушунчаларга эга бўлмаган кишилар ишлашяпти. Компьютер одамлар томонидан уни чуқур ўрганиш воситаси эмас, кўпроқ ўзларининг олдиларига қўйилган, ўзларининг ишларига тегишли бўлган муаммоларини ечиш мосламаси бўлиб қолди.
Фойдаланувчиларнинг ушбу янги авлодини дастурлар билан ишлашларини осонлаштирилиши билан бу дастурларнинг ўзини мураккаблиги даражаси ошади. Замонавий дастурлар - фойдаланувчи билан дўстона муносабатни юқори даражада ташкил қиладиган кўп сондаги ойналар, меню, мулоқот ойналари ва визуал графикавий муҳитлардан таркиб топган интерфейсга эга бўлиши лозим.
Дастурлашга талабнинг ўзгариши нафақат тилларнинг ўзгаришига, балки уни ёзиш технологиясини ҳам ўзгаришига олиб келди. Дастурлаш эволюцияси тарихида кўпгина босқичлар бўлишига қарамай, биз бу курсимизда процедурали дастурлашдан объектларга мўлжалланган дастурлашга ўтишни қараймиз.

▶️ @informatika
Forwarded from Deleted Account
a) a+b*x+c*y*z b) ((a*x-b)*x+c)*x-d v) a*b/c+c/(a*b) g) (x+y)/a1*a2/(x-y) d) 10000*A-16/5*B e) (1+x/2+y/6)/(1+2/(3+x*y)) {dasturchi hisoblay oladigan ifodalarni o'zi hisoblab ruysayam bo'ladi}