Informatika va AT
8.61K subscribers
1.09K photos
601 videos
598 files
1.51K links
Informatika va axborot texnologiyalari bo'yicha O'zbekistonda birinchi faoliyatini boshlagan kanalga xush kelibsiz.

Bog'lanish: @Nursaidovuz

https://t.me/Informatika/3

Dasturlash: @FlutterDasturchi
Download Telegram
Forwarded from Informatika va AT (Nursaidov ㅤ)
Hozirgi vaqtda universitet talabalari, magistrlari va ishsiz qolgan barcha insonlar ish izlash bilan ovora!

Quyidagi saytlar O'zbekistondagi ishsiz qolgan kadrlar, ish izlayotgan insonlarga o'z kasbi bo'yicha bo'sh ish o'rinlarini izlab topishida ko'mak ko'rsatish uchun mo'ljallangan bo'lib, uning asosiy vazifasi ishsiz kadrlarni ish bilan ta'minlashdan iborat.

1. https://hh.uz/

2. https://ishkop.uz/

3. https://rabota.uz/

4. https://uz.jooble.org/

5. http://Ish.mehnat.uz/

6. https://myjob.uz/

7. https://uzjobs.uz/

8. https://uz.trud.com/

Ushbu saytlardan ish izlab ko'ring. Mabodo ishga kirsangiz, izohda qaysi sayt orqali ish topib, baxtga erishganingiz haqida ma'lumot qoldiring!

Barcha tanishlaringizga ushbu xabarni yatkazing! Omad!

👉
@informatika
Forwarded from Informatika va AT (Nursaidov ㅤ)
​​Kompyuterning asosiy xarakteristikasini bilishning bir necha usullari

O'zingizning kompyuteringiz xarakteristikasini bilish juda muhim hisoblanadi, sababi istalgan dastur yoki o'yinlarni o'rnatishdan oldin, bu dastur yoki o'yinlar sizning kompyteringizga mos tushadimi aniqlash lozim.

Asosiy xarakteristikaga quyildagilar kiradi:
▪️Kompyuter modeli
▪️Protsessor(CPU)
▪️Tezkor xotira(RAM)
▪️Plata(Motherboard)
▪️Videokarta
▪️Qattiq disk(HDD)

Bu xarakteristikalarni bilishning bir necha usullari bor, marhamat tanlan-tanlab ishlatavering:
1. Win + R -> msinfo32
2. Win + R -> dxdiag
3. Win + R -> cmd -> systeminfo (qora oynaga systeminfo yozamiz)
4. Win + pause tugmalari bosamiz va hosil bo'lgan oynaning chap tomonidan "Диспетчер устройств" menyusiga kiramiz.

☝️Har biri Windows 7 va Windows 10 tizimlarida tekshirildi.
Akmal Xudayberganov

👉 @Informatika
O'qishga kirganlar va bitirganlarni tabriklayman))

👉 @informatika
Klaviaturangizning barcha tugma(knopka)lari ishlamoqdami?

Kompyuter klaviaturasi uncha munchaga buziladigan qurilma emas, lekin shunday bo'lsa ham biror texnik holat yoki suyuqlik to'kilishi oqibatida ba'zi knopkalari ishlamay qolishi mumkin.

Bu holatda klaviatura knopkalarini ishlashini online tekshiradigan xizmat mavjud:
1. Klaviaturangiz yozishini ingliz tiliga o'tkazing.
2. Biror brauzer oching, misol uchun Chrome.
3. http://key-test.ru/ saytiga kiring.
4. Sayt sizga klaviatura rasmini taqdim etadi, bu rasmga qarab klaviaturangizni har bir knopkasini bosib chiqing va rasmdagi holat orqali knopkalar ishlash yoki ishlamasligini ko'ring.

Saytdagi klaviatura knopkalari 3 xil holatda bo'ladi:
- oq, klaviaturangiz knopkasini bosib qo'yvorgan holat(demak ishlamoqda).
- havorang, siz knopkani bosib turibsiz.
- shaffof, hali bu knopka bosilmadi(bosgan bo'lsangiz, demak bu knopka ishlamayapti).

☝️Online xizmat, yangi klaviatura sotib olganda, uning barcha knopkalari ishlashini tekshirib olishda ham foydali.

👉 @informatika
Mendan eng ko'p so'ralgan savol

Kirish chizig‘iga 4 ball yetmaganlar nisbatan ancha arzon kontrakt to‘laydi. Jumladan:

1 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun - 1,5 barobar;

1.1 balldan 2 ballgacha yetmaganlar uchun - 2,0 barobar;

2.1 balldan 3 ballgacha yetmaganlar uchun - 2,5 barobar;

3.1 balldan 4 ballgacha yetmaganlar uchun - 3,0 barobar.

Masalan, kirish bali 140 bo‘lgan deylik. 139 ball to‘plagan abituriyent kontraktning 1,5 barobarini to‘laydi. Masalan, asli 10 mln so‘m kontrakt bo‘lsa, 15 mln so‘m to‘lasa kifoya.

👉 @informatika
Forwarded from Informatika va AT (Nursaidov ㅤ)
Informatika va AT fani bo'yicha testlarni play market do'konidan bepul yuklab olishingiz mumkin.

👉https://play.google.com/store/apps/details?id=com.infortest.test

Test bazasiga 2000 dan ortiq savollar mavjud

Siz dasturni ishga tushirgach 35 tagacha bо‘lgan test savollaridan iborat sinovni xohlagancha topshira olasiz. Bunda foydalanuvchi tomonidan ishlangan variantlar ishlab bo’lingach dasturni qayta ishga tushirganda dastur bazasidan yana boshqa yangi variantlar ishga tushadi, xato ishlanayotgan va ko’p o’ylangan test savollari keyingi sinovlarda takroriy beriladi. Bu imkoniyat sizning fanni chuqur va puxta о‘zlashtirishingizda katta yordam beradi.

👉 @informatika
Forwarded from Informatika va AT
Juda ko’pchilikdan keladigan savollar shunga o’xshash: “Hozir C ni o’rganayapman, lekin bu tildan ko’nglim to’lmayapti. Uning o’rniga C# yoki C++ ni o’rganishim kerakmi ?

Men bilmayman. Bu sizning nima xohlayotganingizga bog’liq.

Tasavvur qiling, siz doktor bo’lmoqchisiz. Qanday turdagi doktor bo’lmoqchisiz?

Kardiolog? Unda qon tomirlari va yurak haqida o’rganasiz

Tish shifokori? Unda tish haqida o’rganasiz

Psixiatr? Unda ruxiy salomatlik haqida o’rganasiz

Nimaga shama qilayotganimni tushungandirsiz?

Qanday turdagi dasturchi bo’lmoqchisiz?

iOS dasturchi? Unda Objective C va Swiftni o’rganing.

Android dasturchi? Unda Java va Kotlinni o’rganing.

Backend? Unda Python, Ruby/ C#/ PHP va boshqalardan birini o’rganing.

Frontend? Unda HTML, CSS, JavaScript va boshqalarni o’rganing.

Past darajadagi tizim dasturlash ? Unda C va C++.

Windows dasturlash? Unda C#ni o’rganing.

Bularning barchasi dasturlash yo’nalishlari. Yo’nalish tanlang, undan keyin esa tilni.

Muallif: Jahongir Rahmonov

👉 @informatika
#monitor #ekran #foydali

MONITOR haqida to'liq ma'lumot bitta rasmda.

Monitorning barcha turlari va qismlarini bilib oling!

Manba

👉 @informatika
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#word #video_dars

Баъзида ҳужжатимизда саҳифа кенглиги бўйлаб горизонтал чизиқ ўтказишимизга тўғри келиб қолади. Қуйида ушбу чизиқларнинг ҳар хил вариантларини яратишни кўрсатамиз.

👉 @informatika
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#word #video_dars #matn

Word dasturida kiritilgan matnning ko'rinishini o'zgartirish kerakmi? Unda kerakli matnni belgilab, videodagi ketma-ketlikni bajarib natijaga oson erishing!

👉 @informatika
Forwarded from Informatika va AT (Nursaidov ㅤ)
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Bonus #excel #video_dars

Microsoft Excel dasturida krossword yaratish

Dars
davomiyligi: 10 daqiqa

Muallif: Rasul Atamuratov

👉🏻 @informatika
Scratch @informatika 3.15.0.exe
107.2 MB
#dastur #scratch #bepul

Scratch - bu interaktiv o'yinlar va animatsiyalarni yaratishingiz mumkin bo'lgan bepul dasturlash tili. Bolalar uchun juda tushunarli muhit hisoblanadi.

👉🏻
@informatika
AdobeAIR @informatika.exe
11 MB
Scratch muhitini o'rnatishdan oldin ushbu Adobe AIR dasturini o'rnatish talab etiladi.

👉🏻
@informatika
Forwarded from Informatika va AT (Nursaidov ㅤ)
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Excel #video_dars #agar_funksiya

Excel: Agar funksiyasi

Dasturlash tillari kabi qudratli AGAR funksiyasi – uni bilmasdan turib Excelda ishlashni bilaman deyish noto‘g’ri bo’lardi menimcha. Chunki u, dasturdagi eng asosiy qurollardan biri.

👉
@informatika
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Word #darslik #videodars

Word dasturida "пoдложка" ya'ni tayyorlangan ma'lumotingizning orqa qismiga doimiy o'zgarmasdan turadigan matn kiritishni o'rganamiz. Bunda kiritilgan matnning hajmi, rangi va joylashuv o'rnini hamda sozlash qismlari haqida to'xtalamiz.

👉
@informatika
Forwarded from Informatika va AT (Nursaidov ㅤ)
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Photoshopda 3x4 rasm tayyorlash

Photoshop dasturi orqali fotosuratingizni 3x4 ko'rinishida mustaqil tayyorlashni ushbu videodars orqali o'rganing.

© Muallif: Rasul Atamuratov

Qo'shimcha qulayliklar: 👇

Photoshop dasturini yuklab olish

Photoshop darslar

👉 @informatika