Informatika va AT
8.67K subscribers
1.09K photos
599 videos
598 files
1.51K links
Informatika va axborot texnologiyalari bo'yicha O'zbekistonda birinchi faoliyatini boshlagan kanalga xush kelibsiz.

Bog'lanish: @Nursaidovuz

https://t.me/Informatika/3

Dasturlash: @FlutterDasturchi
Download Telegram
Ahad Qayum ham dasturchi bo'lganini bilarmidingiz?

Logika lvl 999

@yetimdasturchi
#CHALLENGE #TARQATING

Qizlar
uchun majburiy "tavsiya" etilayotgan kiyim, islom diniga zid hisoblanadi.

Talabimiz:
Har kim o'z e’tiqodidan kelib chiqib kiyinishiga ruhsat berilishini talab qilamiz!

Men ushbu formaga qarshiman!
Robotexnika o'rgatamiz deydiganlarni va joylarni ko'pini kuzatdim. Ahvol juda ayanchli.

Biz hali Robototexnika ostonasi uyoqda tursin u haqida yetarlicha tasavvurga ham ega emaskanmiz. Kurslar o'quvchilarga ijodiy qobiliyat emas chiroqcha yoqishni o'rgatadigandek hammasi.

Ko'ngil uchun elementar radiotexnikadan ham xabardor emas. Sxemotexnika haqida tushunchaga yo'q. Radio detallarniku tasavvur ham qilisholmaydi. Bilganlari interdan ko'rgan maqolasini bolalar ongiga singdirish. Shuyam yo'lni o'rtasidan.

Bir ikkitasiga qiziqib transistorli kalit yasab bering yoki eng oddiy sxema tuzilishi qanday va qaysi detallardan tashkil topganini so'rasam shuniyam bilishmadi?

Asosiy yo'lni tanlab olsak, bolaga (umuman kelajakga) robototexnikani o'rgatishmi yoki soqqa qilish?!

Ushbu sohada eng ildam bo'lgan yaponiyaga razm solsak. Ularda kerak bo'lsa uyda boqiladigan it-mushuklarning ham robot versiyalari bor va bizdagi ba'zi bir odamlardan aqlli)

Ular nima uchun ushbu sohada kuchli? Sabab oddiy fundamental bilim to'g'ri qo'yilgan. Fundament bizda ham qo'yiladi lekin hech birimiz buni eslab qolishni xohlamaymiz.

Istalgan bitta elektron uskunani ochib ko'ring. 8-sinf fizikasida o'tilgan barcha mavzularni amaliyotda joriy qilinganini ko'rasiz. Kulon qonunidan boshlab yarim o'tkazgichlar mavzusigacha.

Atrofimiz aslida murakkab emas, shunchaki biz uni anglashni xohlamaymiz xolos.

Robototexnika eng zo'r kelajaklardan biri hisoblanadi. Ushbu soha chet-elda kirib kelganiga 100 yildan oshdi. Olmonlarning BMW, Mercedes kabi avtomobillarini deyarli 70-80% qismini robotlar tayyorlaydi. Uyingizdagi televizorni robotlar yig'ib beradi. Koinotni ham insoniyat robotlar sabab o'rganmoqda. Bizni mamlakat esa hali u haqida tuzukroq tasavvurga ham ega emas.

O'quv markazlar bolaga birinchi darsdanoq arduinoni tutqazib miyyasini zaharlashi shart emas. Kerak bo'lsa fizikadan elementar mavzulardan boshlashi kerak. Bolalar radio detallar bilan tanishsin. Sxema chizish, o'qish va jarayondagi hisob kitolablarni bilishsin. To'g'ridan to'g'ri dastur bilan raqamlashgan formatni unga tiqishtirmay avval analogli sxematikalarni o'rgatish kerak.

Oddiygina tranzistor, kondensator va qarshilikdan itartirib multivibrator yasatib keyingina hozirgi kunda manabunday microchiplar mavjud. Ularga ikki qator kod bilan lampochkani o'chib yonishini belgilay olasan deb o'rgatish kerak.

Bill gates ham birgina radiotexniksiz bir-tiyinli dasturchi hisoblanadi. Radiotexnik bo'lmasa dasturlash ham mavjud bo'la olmasdi. Robototexnika esa bu ikki sohani birlashgan varianti hisoblanadi.

Appleni dunyoga kelishiga sababchi bo'lgan Stiv Vozniak ham radiotexnik edi xolos. Bular shu soha sabab eng katta insdustrayini boshlay olishdi. Appleni o'zi Amerikani juda katta hajmdagi iqtisodini hal qiladi. Yana ularda bunday kompaniyalar son sanoqsiz.

Katta ketish emas istagan robototexnika kursiga borib OM qonuni haqida so'rang, yarim o'tkazgichlar dieleksiyasini surishtiring nafasi ichiga tushib qoladi. Bular aslida ular dars beraman degan narsani asosi.

Bolalarga avvalo nazariya, detallar, sxemalar bilan ishlash, analogli qurilmalarni o'rgatish, keyingina dasturlash bosqichidan o'tkazib robotexnikaga yo'l berish lozim.

Logic gates (mantiqiy amallarni)ni bola to'laqonli bilishi lozim. Shundagina yuklatilgan vazifani bajara oladi ular. Shundagina biz zamonga mos kelajak yaratib boshqa mamlakatlarkaga yaqinlasha olamiz.

@yetimdasturchi
Forwarded from Informatika va AT (ㅤNursaidov)
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bir nechta Word xujjatlarini bitta xujjatga birlashtirish

Ha, bu oddiyku, har bir hujjat ochilib, nusxa olinib, yangi xujjatga nusxasi tashlab chiqiladi, deb o'yladingiz. Umuman olib qaraganda, bu Word dasturini ustidan kulish, mavjud imkoniyatdan foydalanmaslikdir. Mayli, shu yo'l menga ma'qul dedingiz, agar xujjatlar soni 20 ta, 100 ta bo'lsachi?

Demak, bizda name1.docx, name2.docx, name3.docx nomli Word xujjatlali bor, bularni name.docx nomli xujjatda birlashtiramiz.

1. Word matn muharriri ochiladi.
2. "Вставка" bo'limiga o'tiladi.
3. "Объект" menyusi ochilib, "Текст из файла" tanlanadi.
4. Kerakli xujjatlar tanlanadi(name1.docx, name2.docx, name3.docx) va "Вставить".
5. Natijada, barcha fayldagi matnlar shu xujjatga ketma-ket tushadi.
6. Yangi xujjat name.docx deb saqlanadi.

☝️Bu usul, Word2007, Word2010, Word2019 versiyalarida tekshirildi.
Akmal Xudayberganov

👉 @informatika
Forwarded from SUBYEKTIV
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Xo’rlangan turist… Turizmni rivojlantirish haqida og’iz ochmasak ham bo’ladi.

#MantiqLeftUzbekistan

Videodan foydalanganda manba
keltiring❗️©
@subyektivuz
Juda ko’pchilikdan keladigan savollar shunga o’xshash: “Hozir C ni o’rganayapman, lekin bu tildan ko’nglim to’lmayapti. Uning o’rniga C# yoki C++ ni o’rganishim kerakmi ?

Men bilmayman. Bu sizning nima xohlayotganingizga bog’liq.

Tasavvur qiling, siz doktor bo’lmoqchisiz. Qanday turdagi doktor bo’lmoqchisiz?

Kardiolog? Unda qon tomirlari va yurak haqida o’rganasiz

Tish shifokori? Unda tish haqida o’rganasiz

Psixiatr? Unda ruxiy salomatlik haqida o’rganasiz

Nimaga shama qilayotganimni tushungandirsiz?

Qanday turdagi dasturchi bo’lmoqchisiz?

iOS dasturchi? Unda Objective C va Swiftni o’rganing.

Android dasturchi? Unda Java va Kotlinni o’rganing.

Backend? Unda Python, Ruby/ C#/ PHP va boshqalardan birini o’rganing.

Frontend? Unda HTML, CSS, JavaScript va boshqalarni o’rganing.

Past darajadagi tizim dasturlash ? Unda C va C++.

Windows dasturlash? Unda C#ni o’rganing.

Bularning barchasi dasturlash yo’nalishlari. Yo’nalish tanlang, undan keyin esa tilni.

Muallif: Jahongir Rahmonov

👉 @informatika
Forwarded from Nursaidov | BLOG
Kim nima desa desin. Maqsadingdan qaytma!
Фарзандингизга бизнес қилишни ўргатинг! Умуман давлат ишига боғланиб қолмасин. Ҳеч бўлмаса, пойабзал таъмирлашни ўратинг. Бирор куни башараси қийшиқ чўчқасифат бошлиғининг турқига ҳеч иккиланмасдан аризасини ёзиб, улоқтириб кетишга тайёр турсин!

Шунақа салоҳиятли дўстларим бор, 3-4 та тилни билади. Лекин қанақадир 10 млн маош учун бир қоринвойнинг сассиқ башарасига, қовоқ-тумшиғига қараб туришга мажбур. Маоши катта экан-ку, деманг. Ишонаверинг ўшаларнинг ўзи ҳаётидан мамнун эмаслигини айтади. Бозорда арава тортиб тирикчилигини қиладиган одам ҳам ундан бахтиёр, Бахт пулга боғлиқ дейдиганларга бу яққол мисол.

Эрталабдан-кечгача тиним билмай ишлайди; бир порахўрнинг олдида ўзини муттахамдек тутади; танбеҳ берса, бошини ерга солиб қараб туради; яна камига бошлиғи сичқоннинг думича лавозимини оширса, минг марта миннат қилади...

Ҳеч қачон фарзандингизни давлат ишига қарам қилиб қўйманг! Акс ҳолда, бутун умр унинг уволига қоласиз. Зеро энг зўр кадр исталган вақт аризасини ёзиб, барчасига тупуриб кетадиган кадр!

@adolat_kuychisi | адолат излаганлар учун
🌙 Қурбон ҳайитингиз муборак бўлсин!
Davlat organlari xodimlari, kitobxonlar shuningdik doimiy ravishda matn bilan ishlovchilar orasida OCR (matndan belgilarni aniqlash) texnologiyasiga bo'lgan talab juda katta albatta.

Odatda windows abbyfinereader yoki androidda play marketda bir necha dasturlash topish mumkin.

Lekin ulardagi bir noqulayliklardan biri O'zbek tili bilan to'laqonli ishlay olmasligida.

Aynan shu holatni inobatga olib bir bot yaratdim. Bot yuqoridagi muammo chetlab o'tishga qaratilgan. Jumladan matnlarni analiz qilish orqali o'z-o'zini rivojlantorish qobiliyatiga ham ega.

Endi sizda rasmdan matnlarni ajratib olish muammo emas.

https://t.me/literarobot

@yetimdasturchi
Forwarded from Informatika va AT (Nursaidov ㅤ)
⌨️ Agar sizda faqat klaviatura bo'lsa(Мышка bo'lmasa)!

Пуск
-> Выполнить (Win+R) asosiy kommandalari:

📍calc - kalkulyator
📍mstsc - "удаленный рабочий стол"
📍services.msc - windows servislar
📍notepad - bloknot
📍msconfig - tizim konfiguratsiyasi
📍msinfo32 - tizim haqida ma'lumot
📍compmgmt.msc - kompyuterni boshqarish
📍eventvwr.msc - windows hodisalarini ko'rish oynasi
📍control - windows parametrlari
📍resmon - resurslarni monitoring qilish
📍cmd - kommandalar kiritish(командная строка)
📍gpedit.msc - lokal foydalanuvchilarni boshqarish
📍regedit - windows reestr haqida ma'lumot
📍firewall.cpl - windwos brandmaur oynasi
📍C: - C diskka kirish

☝️Windows 7 tizimida tekshirilgan, Windows 10'da ham ishlashi kerak
Akmal Xudayberganov

👉 @informatika
Dunyoda 180 ta davlatlar ichida:

- Havo sifati bo'yicha O'zbekiston 177-o'rinda.

- Eng iflos havo bo'yicha faxrli 4-o'rin
Forwarded from Canada life🇨🇦 | R.Isroilov (Rahmatilla)
​​Kanadaga kelgandan keyingi mulohazalarim:

1. Asfalt yo’llar aslida juda tekis va yamasiz bo’lar ekan;

2. Moshinani umuman signalsiz ham haydash mumkin ekan;

3. Daraxtlar faqat kesilish uchun ekilmas ekan;

4. Tug’ruqxonadan aslida hech qanday suyunchi pulisiz ham chiqish mumkin ekan;

5. Mamlakatning rivojlanishi va tinchligiga soqol va hijobning hech qanday aloqasi yo’q ekan. Musulmonlar sunnat deb, boshqalar tabiiy tuk bo’lganligi va vid uchun soqol qo’yisharkan. Ilm olishda, ishlashda formaning bo’lish-bo’lmasligi hech qanday ahamiyati yo’q ekan. Hamma hohlagan kiyimida maktabga borsa bo’lar ekan.

6. Moshinani o’zaro hurmat va bir-biriga yo’l berib boshqarsa yo’lingiz bexatar va chiroyli ish bo’lar ekan. 5 minut kechga qolsangiz osmon uzilib yerga tushmas ekan.

7. Tanimagan insoningizga salom berib, tabassum qilib kunni o’tkassangiz strees kam bo’lar ekan.

8. Biron nimaga navbatga turishni madaniyat darajasiga olib chiqish mumkin ekan. Boy-kambag’al, tanish-bilishchilikning navbatga turishda aslida ahamiyati yo’q ekan.

9. Kartoshka fries, chicken (tovuq), sushi va pizza yaxshi taom ekan.

10. Dunyoda faqat GM moshinalari emas balki undan yaxshiroq va sifatliroq (komfort) moshinalar bor ham ekan.

11. Ha aytgancha, moshinalar aslida benzin bilan yurar ekan)

12. Ishingizni tanish-bilishchiliksiz, porasiz bemalol bitira olar ekansiz.

13. Yigit kishining albatta hunari bo’lishi shart ekan. Diplom bilan och qolish mumkin lekin hunar bilan och qolmaysiz ishonavering.

14. Uyda umuman gaz bo’lmasa ham bibbinoyidek yashash mumkin ekan. Bunda uydagi barcha jihozlar elektrga moslashadi.

15. Alloh yaratgan tabiati aslida juda chiroyli ekan.

16. Fermerlar aslida juda boy yashasharkan.

17. Ko’chalar GAIlarsiz va reydlarsiz ancha tinch va chiroyli bo’lar ekan.

18. Yo’llar aslida faqat avariya yoki ta’mirlash vaqtida yopilar ekan.

19. Chiqarilgan qonun-qoida va qonunlarga amal qilinsa va qonunlar kim bo’lishidan qatiiy nazar ishlasa bir chiroyli jamiyat bo’lar ekan.

20. Alloh umr berib, yashayversak postni davom ettiriman.
— Farzandimni IT sohasida o‘qitaman. Ingliz tilini o‘rganadi. Kelajakda dasturchi bo‘ladi...

Shuncha beparasat ota-ona ichida balkim farzandim shifokor yoki uchuvchi bo‘lishni istar, fikrini so‘raganim maqulmikan deb o‘ylaydigani ham bormikan?

Bizning jamiyatdagi birinchi ongsizlikka ota-onalar aybdor. O‘z fikri bilan ulg‘aymagan bola rahbar(lar) ketini yalab yursa hayratlanmaslik kerak.

Insonning kasbi, umuman olganda tanlagan sohasi bu ishton emasku modaga qarab belgilansa.

Men futbolni yomon ko‘raman. Lekin farzandim — dada men futbolist bo‘moqchiman desa u bilan shu sohada as bo‘lguncha to‘p tepishishga roziman. Muhimi uning qiziqishi.

Agarda men yo‘q muhandis bo‘lasan desam u hech narsaga qiziqmaslikni boshlaydi va rasvo muhandisga aylanadi.

Yaxshisi hozirdanoq, dunyoga keraksiz biomassalar yetishtirishni bas qilishimiz kerak.

@yetimdasturchi
QA o'zi nima?

QA
, ya'ni Quality Assurancedasturiy ta'minotni testlash bo'lib, sifatli tekshiruvlar va xatoliklarni bartaraf etish orqali dasturning to'g'ri ishlashini ta'minlash hisoblanadi.

🔥 Hozirda «тестировщик»ga bo'lgan talab ortayotganligi sababli «Najot Ta'lim» markazida ehtiyojdan kelib chiqqan holda QA kursiga start berildi.

Agar siz ham dasturiy ta'minot testlovchisi bo'lishni xohlasangiz «Najot Ta'lim» markazining QA kursida o'z sohasining mutaxassislaridan o'rganishingizni tavsiya qilamiz.

👉 Kurs uchun ro'yxatdan o'ting

QA mutaxassisi bo'lish uchun dasturchi bo'lish shart emas.

👉
@informatika
Forwarded from ICT.uz | CyberSecurity
Markaziy Florida universiteti tadqiqotchilari inson ko‘ziga taqlid qiluvchi sun’iy intellekt texnologiyasini yaratdi

💡Ma’lum bo‘lishicha tadqiqot natijasida kamera yoki telefonda olingan fotosuratlarning avtomatlashtirilgan tavsifi kabi ko‘rgan narsalarini darhol aniqlay oladigan ilg‘or SI ko‘zlari paydo bo'lishi mumkin. Olimlar ushbu SI ko‘zlaridan robotlar va o'zi boshqariladigan transport vositalarida ham keng qo'llanilishi mumkinligi haqida ta’kidlamoqdalar.

🩸O'zbekiston yangiliklari: Qashqadaryoda bank rahbari fuqarodan tirikligini isbotlovchi maʼlumotnoma olib kelishni soʼradi

@ICTuz - IT yangiliklar
Forwarded from Informatika va AT (Nursaidov ㅤ)
​​Istalgan saytga kirganingizda, sayt siz haqingizda nimalarni bilishi mumkin?

Hech shu haqida o'ylab ko'rganmisiz?
Misol uchun, kun.uz saytiga kirdingiz, hech qayerdan ro'yhatdan o'tganingiz yo'q, lekin sayt siz haqingizda quyidagilarni bilishi mumkin:
- Qaysi davlat, hattoki qaysi shahardan kirdingiz;
- qanday brauzer orqali kirdingiz va shu brauzerning versiyasi qanday;
- internetga qaysi manzil(IP adress) bilan kirdingiz;
- siz foydalanayotgan monitor ekrani qanday o'lchamda;
- qaysi provayderga ulangansiz;
- qanday operatsion tizim orqali kirdingiz;
- vahakazo

Ishonmaysizmi, mana marhamat mana bu saytlarga kirib o'zingiz ko'ring. Bu saytlar sizga yaqqol ko'rsatmoqda, lekin istalgan sayt kod orqali yuqoridagi axborotlarni olishi mumkin.

https://2ip.ua/ru/
https://yandex.ru/internet/
https://pr-cy.ru/browser-details/

☝️Bular ochiq ma'lumotlar, shu sababli internet orqali bilganimni qilaman deb yurmang).
Akmal Xudayberganov

👉 @informatika