Informatika va AT
8.68K subscribers
1.09K photos
598 videos
603 files
1.51K links
Informatika va axborot texnologiyalari bo'yicha O'zbekistonda birinchi faoliyatini boshlagan kanalga xush kelibsiz.

Bog'lanish: @Nursaidovuz

https://t.me/Informatika/3

Dasturlash: @FlutterDasturchi
Download Telegram
Test sinovi javoblariga 237 kishi javob bergan

1 b 2 c 3 d 4 b 5 a

Siz ham savollarga javob topgan bo'lsangiz, javoblarni tekshirib oling.

▶️ @informatika
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Mana bu loyiha butun dunyodagi insonlarni hayratlanishiga sabab bõlgan.

👨‍💻 @informatika
«Агар пуллар биз учун ҳаётдаги асосий мақсад бўлганида эди, аллақачон компанияни сотиб, соҳилда тобланаётган бўлардик»

- Ларри Пейж Google компанияси асосчиси.

👨‍💻 @informatika
#Алоқа_тарихи_музейи
Ўзбекистоннинг биринчи президенти Ислом Каримовнинг биринчи мобиль телефони. 1992 йил 26 август.

👨‍💻 @informatika
Ноутбугим узоқ умр кўрсин десангиз

Бузилган ноутбукни таъмирлаш серташвиш ва серхарж юмушлигини бугун деярли кўпчилик яхши билади. Компютер – темир, унинг жони йўқ, бир қарашда бинойидек ишлаб тургани билан, сал ўтмай «миқ этмай» қолиши ҳеч гап эмас. Сабаблар кўп – нотўғри фойдаланиш, чанг-ғубор, вируслар… Нозик қурилма эмасми, салгина эҳтиётсизлик ҳам уни ишдан чиқариши ҳеч гап эмас.

Ноутбук умрини узайтириш ва уни турли кўнгилсизликлардан асраш аслида қийин иш эмас. Бунинг учун айрим оддий қоидаларга риоя қилинса бас.

1) Дастлаб ноутбук аккумулятори тўлиқ қувватсизлантирилади ва бу зарядлантириш/зарядсизлантириш бир неча марта амалга оширилади. Зарядлаш қурилмасини улашда уни аввал ноутбукка, кейин электр тармоғига уланг. Барқарор бўлмаган тармоқларга уланишда эҳтиёт бўлинг, кўнгилсизликларга йўл қўймаслик учун махсус фильтрлардан фойдаланганингиз маъқул.

2) Ноутбукни очишда ҳушёр бўлинг (экран-қопқоқни икки томонидан ёки ўртасидан ушлаб очиш тўғри ҳисобланади).

3) Клавиатура устига турли нарсалар (ручка, кўзойнак, наушник кабилар)ни қўйманг, мабода билмасдан қопқоқни ёпиб юборсангиз экран ёки клавишларга шикаст етиши турган гап. Давоми бор...

👨‍💻 @informatika
👨‍💻 @informatika
Pascal N-IDE 4.1.3.apk
6.4 MB
#paskaldastur

Android qurilmangiz uchun Paskal N-IDE dasturi.
Formati: .apk
Hajmi: 6.4 Mb
Versiya: 2017

Barcha kodlarni qo'llab quvvatlaydi.

👨‍💻 @informatika
#dastur
Siz Windows 10 ishlatasiz. Lekin Pusk paneli sizga yoqmadi. Pusk panelini oddiy va qulay shaklda dizaynini o'zgartirishni xohlaysizmi? Unda ushbu dastur siz uchun 👇👇👇 👨‍💻 @informatika
👆1999yil
🛒 Amazon asoschisi Jeff Bezos tarixning eng boy odamiga aylandi. Uning boyligi taxminan 105 milliard dollarga baholanmoqda, bu esa Bill Geytsdan har qachongidan-da ko‘proq. 👨🏻‍💻@itspecuz
Microsoft Office (Word, Excel, Powerpoint) dasturining 2019 versiyasi ham taqdim etildi. Dasturni kanalga joylashtirishga nima deysiz?
👍 Zo'r bo'lardi
👎 Shart emas
👉 Men hali 2010 ishlataman
Microsoft office dasturining 64 - razryadli Part 1 va Part 2 qismi 👇
Microsoft office dasturining 32 - razryadli Part 1 va Part 2 qismi 👇
Uning yordamida kompyuterni, zamonaviy televizorni, uy kinoteatrini (Home Theater) yoki proyektorlarni ulash mumkin.
Муқобил ўқиш

Ўзбекистон олий ўқув юртларига қабул индинга тугайди. Имтиҳонларнинг охиргиси эса 15 августда бўлади.

Бу йил 800 000 дан ортиқ абитуриент 60 000 дан сал кўпроқ талабалик ўрни учун талашиб кўради (ҳар хил усуллар билан). Бир ўринга ўртача 13,3 киши. (Қабул тугагандан кейин аниқ ҳисоб-китоблари чиқади.)

Камига бу йил тўлов контрактлари яхшигина ошди. Энди энг кам тўлов ҳам 1 000$ дан юқори.

Ўзбекистон олий ўқув юртларида ўқиш сифати умуман тушиб кетгани ҳақида йиллардан бери гапириб келинади ва бу айни ҳақиқат!

Хўш, 1) рақобат юқори; 2) тўлов жуда кўп; ва 3) таълим сифати абгор бўлган шароитда қарийб бир миллион кишилик абитуриентлар армияси олдида бундан бошқа, муқобил танлов борми?

Албатта! Ҳар доим, ҳар ерда муқобил танлов бўлган.

Шулардан бирини қуйида ўқийсиз.

-------------------------------------------

8 миллион сўмдан 4 йил давомида 35-40 миллион тўлаб, ҳеч қаерда тан олинмайдиган Ўзбекистон димломини олгандан кўра, шу пулнинг 30-50%ини (15-20 миллионини) 1-1,5 йил давомида қуйидагилар учун сарфласангиз, кони фойда:

а) тил курсларига бориб, халқаро IELTS сертификатини олинг. Ёки шунга ўхшаш бирон халқаро тилни ўрганинг; 1 йиллик ўқиш харажатлари ҳудудларга қараб, 3-6 миллион сўмгача, имтиҳон топшириш учун 126 £ ~ 1.3 миллион сўм;

б) компьютер тармоқлари курсига бориб, халқаро Cisco CCNA сертификатини олинг. 4 ойлик ўқиш нархи: 1,6-4 миллион cўм, имтиҳион нархи 325$~2,5 миллион сўм;

в) 1,5-2 миллион сарфлаб, 3-4 ой яхшироқ ўқув курсларида бирон бир дастурлаш тилларидан бирини ўрганинг (Java, Python, PHP ва ш.к.). Кейинчалик бирон бир яхши дастурчи акаларнинг “этагидан” тутиб, кўпроқ тажриба тўпланг.

г) Linux ва Windows Server операцион тизимларида амалий ишлаб, тажрибангизни оширининг.

Ишонинг, агарда юқоридагиларни мукаммал ўрганиб, яхшигина тажриба тўпласангиз, ишингиз БЕШ бўлади.

Хоҳласангиз ўзимизда, айниқса чет элда бу соҳа билан йўқолиб қолмайсиз!

Бизнинг университетлар юқоридаги АТ курсларида бериладиган билимнинг 20%ини ҳам бермайди.
#maslahtimuz

© Sanjar Stone
👨‍💻 @informatika
🍎 Mashhur BRENDlar ma’nolari

♻️ Apple — Bu Stiv Jobsning sevimli mevasi edi. Shunda Stiv Jobs xodimlariga firma nomini o’ylab topish uchun vaqt beradi, agar topa olishmasa yoqtirgan mevasini firma nomi sifatida qo’yishini aytadi va…

♻️ Adobe — Bu firma asoschisi Djona Vornoka hisoblanadi. U firma nomi sifatida uyining oldidan oqib o’tadigan ko’l nomini tanladi.

♻️ Cisco — Ko’pchilik o’ylaganidek, bu firma qisqartma ismlardan tashkil topgan emas, balki San Frantsisko shahrining oxirgi bo’g’inlaridir.

♻️ Corel — Bu ism firma asoschisi Maykla Kopland familiyasining bosh bo’g’inlaridan olingan.

♻️ Google — Matematikada bu nom bir va yuzta nol degan manoni beradi(1000000…). Google haqida quyidagi maqolada o’qing: Google va google ishchilari haqida

♻️ Hotmail — Djek Smit nomli inson firma yaratadi va o’zining pochtalar bilan ishlash uchun mo’ljallangan firma nomini uzoq vaqt qidiradi, u oxiri “mail”so’zi boshiga har xil nomlar qo’yada va oxiri “hotmail” nomida to’xtaydi. Chunki bu nomda veb sahifalar yaratish uchun mo’ljallangan “HTML”gipermatn tilining barcha harflari ishtrok etadi.

♻️ Hewlett Packard — Bill Xyulett va Deyv Pakkard bu firmaning asoschilari hisoblanishadi va ular firma nomi Hewlett-Packard yoki Packard-Hewlett bo’lishi borasida kelisha olishmay tanga tashash orqali aniqlash lozimligini anglashadi va natijaga guvohsiz.

♻️ Intel — Bob Noys va Gordon Mur o’z firmalariga ‘Mur Noyce’ nomini berishmoqchi bo’lishadi, lekin bu nom bir tarmoqli mehmonxonaning nomi edi, shu sababli ular firma nomi sifatida internal (ichki) electronic (elektronika) so’zlarining yig’indisini olishdi.

♻️ Microsoft — Bill Geyts kompyuterlar uchun yaratiladigan dasturiy to’plamiga oid firmasini Micro-Soft (mikro dasturlar) nomini berishga qaror qilgan va keyinchalik defis(-) olib tashlangan. Bill Gates sarguzashtlari bu firmani mashhurlikka olib chiqdi.

♻️ Motorola — Dastlab bu firma mashinalar uchun radio chiqarar edi va firma asoschisi Pol Galvin o’z firmasini o’sha paytlardagi mashhur radio nomini asos qilib, Motorola deb qo’ygan, o’sha paytlarda bu radio nomi Victorola edi.

♻️ Yahoo! — Bu so’zni dastlab Djonatan Svift o’zining «Gulliverning sayohati» kitobida ishlatgan. So’ng bu so’z firma asoschisi Djerri Yang va Devid Filo ga manzur kelgan. Ular shu orqali o’zlarini shunday hursand ekanliklarini bildirishgan. Hozirda bu nom Yet Another Hierarchical Officious Oracle deb yuritiladi.

♻️ Fuji — Yaponiyadagi eng baland tog’ nomi Fudzi sharafiga qo’yilgan.

♻️ Honda — firma asoschisi Soichiro Honda nomiga qo’yilgan.

♻️ Kawasaki — firma asoschisi Shozo Kawasaki nomiga qo’yilgan.

♻️ IBM — International Business Machines (Biznes uchun xalqaro mashina) qisqartmasidan olingan.

♻️ Kodak – firma assoschisi Djordja Istmena “K” harfini juda yaxshi ko’rar edi va u o’z firmasi nomini bosh va oxirgi harfini K sifatida ko’rmoqchi bo’ldi va juda uzoq qidirdi. Shundan so’ng u “Kodak” nomida to’xtaldi. Undan tashqari bu K xarfi barcha tillarda bir hil ko’rinishda yozilar edi.

♻️ LG — 2 ta koreys brandlaring qo’shilishi, Lucky i Goldstar.

♻️ NEC — 1983 yilda Nippon Electric Company so’zlarining qisqartmasidan olingan.

♻️ Reebok –afrika yerlaridagi juda tez yuguruvchi antilop nomiga qo’yilgan.

♻️ 3Com — bu firma nomida matematik amal amalga oshirilgan, ya’ni “Computer Communication Compatibility Corporation” nomini olishgan va so’zlarning bosh 3 ta harfini olib qolib, qolganlarini otib yuborishgan. Shundan so’ng bir xil so’z birikmalari hosil bo’lgan va ularning soni 3 ta edi.

♻️ Sanyo – Xitoy tilidan tarjima qilganda “3 ta oken” degan ma’noni beradi.

♻️ Sumsung – koreys tilidan tarjima qilganda “3 ta yulduz” ma’nosini beradi.

♻️ Philips – firma asoschisi Fridrix Filips nomiga qo’yilgan. 1891 yil Eydxovenda tashkil etilgan va o’sha paytlarda lampochka ishlab chiqarish bilan shug’ullangan. Hozirda lampochkalarga qo’shib yana bir necha hil turdagi mahsulotlar ishlab chiqilmoqda.

👨‍💻 @informatika