Informatika va AT
8.67K subscribers
1.09K photos
599 videos
603 files
1.51K links
Informatika va axborot texnologiyalari bo'yicha O'zbekistonda birinchi faoliyatini boshlagan kanalga xush kelibsiz.

Bog'lanish: @Nursaidovuz

https://t.me/Informatika/3

Dasturlash: @FlutterDasturchi
Download Telegram
Axborot texnologiyalarining barcha yo'nalishlari bo'yicha foydali, sodda, kerakli hamda zarur videolardan bexabar qolib ketmang. A'zo bo'ling!

👉 https://www.youtube.com/c/Nursaidovuz

@Nursaidovuz
Боши берк кўчага кириб қолганингда ифлос табиатинг фош бўлади.

Фитналар пайтида фикринг қанақалиги фош бўлади.

Ҳокимиятга чиқсанг ахлоқинг қанақалиги фош бўлади.

Молга эришсанг парҳезкорлик ҳақидаги даъвойинг фош бўлади.

Обрўга эришсанг аслу-наслинг қанақалиги фош бўлади.

Қийинчиликда қолсанг ҳақиқий дўстинг кимлиги фош бўлади.

Доктор Мустафо Сибоий роҳимаҳуллоҳ.

Telegram | Muhammad Qodir
Forwarded from SUBYEKTIV
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O’zbekistonda IT mutaxassislar ITdek xor bo’lmasa bo’lgani…

Videodan foydalanganda manba
keltiring❗️©
@subyektivuz
Forwarded from TROLL.UZ
IT бўйича танловда ғолиб болага жуда қимматбаҳо совға беришибди.
-
В конкурсе по IT победителям вручили ооочень ценные призы.

@trolluz
Рассом Фарруҳ Тешаев

Каналга обуна бўлинг👇👇👇
https://t.me/mushtumjurnali
Forwarded from Informatika va AT
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Mendan ko‘pchilik motivasiya haqida so‘rashadi, qanday qilsam, zo‘r bo‘lib ketaman, qanday qilsam, ishlarim rivojlanib ketadi, birim ikki bo‘ladi deb so‘rashadi.

Men sizga aytsam, men buning siri bilmayman, shu sirni o‘rgataman, hayotingiz butunlay zo‘r bo‘lib ketadi, orzu qilishni o‘rganing, ana orzu qilganlar bunday bo‘ladi deb jar solayotgan katta-katta biznesmenlar ham aslida quloqqa lag‘mon osishdan boshqa narsa qilishmaydi.

Chinakam baxt formulasini Abdukarim Mirzayev mana bu videoda aniq va tiniq qilib tushuntirib qo‘yganlar, qolgani bekor, azizlar!

Videoni tomosha qiling va eng kuchli motivasiya nimada ekanligini anglab oling.

@Nursaidovuz
​​Адлия вазирлигида нима гаплар!?

Адлия вазирлиги томонидан "Тенг муомала қилиш ва камситмаслик тўғрисида"ги қонун ишлаб чиқилиб, бир қатор вазирлик ва идорларга келишиш учун юборилибди.

Хусусан, мазкур лойиҳага ДХХнинг таклифидан хулоса қилимиз мумкинки, ушбу қонунни қабул қилишдан мақсад — Ўзбекистонда бир жинсли никоҳни легаллаштириш бўлиб қолмоқда!

Очиғи, охирги пайтларда адлия тизимидагиларнинг хатти-ҳаракатида шубҳали ҳолатлар кўп кузатилмоқда. Хусусан, бундан бир неча ой илгари кўплаб мусулмонларнинг эътирозига сабаб бўлдган Давлетовнинг диний уламоларни замирида овозини ўчиришга қаратилган баёнотидан жамиятга атеизмни олиб кириш унсурлари сезилиб турган эди ва айнан ушбу баёнотни йўқлаб чиққанларнинг ҳам аксарияти атеист гуруҳлар билан диний соҳа вакилларига аламзада кайфиятда бўлганлар эди.

Шунингдек, вазирлик Аброр Мухтор Алийнинг фаолиятини чеклаш бўйича ҳам ҳаракатлар бошлаб юборилганлиги ҳақида гап-сўзлар юрибди...

Жуда шубҳали ҳолатлар! Ҳар ҳолда, дин соҳаси вакилларига қоғозга ўраб "овозингни ўчир" дейиш, лгбтга қарши бўлган фаолларнинг ҳаракатларига тақиқ қўйишга ва кетидан бир жинсли никоҳни легаллаштиришга уруниш яхшилик аломати эмас. Хавфсизлик идоралари адлия тизимидаги ходимларнинг фаолиятини қаттиқ назоратга олиши керак, менимча!

@adolat_kuychisi | адолат излаганлар учун
Forwarded from Sariq Dev
Bulutli texnologiyalardan foydalanasizmi?

Ikkita kompyuterim bor, biri uyda, biri o’zim bilan olib yurishga. Barcha ma’lumotlarim bulutda turgani uchun bittasida qilayotgna ishimni 1 soniyada ikkinchisida davom etib ketaveraman. Ikkisi doim sinxronizasiya holatida turadi.

Kompyuter va telefonim xotirasidagi barcha narsalar doim bulutga ko’chiriladi. Istalgan hujjat yoki rasmni istlagan payt telefon orqali ham ochaman.

Qaysi bulutlardan foydalanaman:

Rasmlar uchun - Google Photos. 15GB bepul. Keyin to’lov qilish kerak.
20 yildan beri Google xizmatidan foydalanaman. 2002-yil ilk chiqqanida Google Picasa deb atalar edi. Yaqingacha ham katta hajmdagi rasmlarni joylash bepul edi. Hozir barcha Google bulut xizmatlari uchun oyiga 3$ to’layman (200 GB).

Hujjatlar uchun - Microsoft Office 365 tarkibidagi OneDrive. 15GB bepul.
OneDrive Microsoft Office (Word, Excel, PowerPoint) bilan birga ishlataman. Hujjatlar birdan bulutga va kompyuterga tushadi. Microsfot Office o’zingizga olsangiz oyiga 7$. Menga ishxonam to’laydi. Pullik verisiyada joy 1TB.

Dasturlar uchun - GitHub (bepul) va Google Drive (oyiga 3$, 200GB).

Qisqa qaydlar uchun - Google Keep (bepul). Hayolga kelgan fikrlarni, blog uchun mavzular, majlis davomida aytilgan gaplar uchun juda qulay. Uydagilar bozorlik ro’yxatini Keepga yozadi. Birdan menda ham ko’rinadi.

Kam ishlatiladigan hujjatlar, turli kitoblar, fayllar uchun - Dropbox.

Avval ishlatgan, keyin qolib ketgan xizmatlar: Evernote (qisqa matnlar uchun), Pocket (web sahifalar uchun), Mega (fayllar uchun), HubiC (fayllar uchun).

Bulut xizmatlardan foydalanishda xavfsizlik o’ta muhim. Bitta qurilmani yo’qotsangiz, hamma ma’lumotlar ochiqlanadi. Buni oldini olish uchun:
1. Barcha xizmatlarni 2 qadam bilan himoyalang (kalit so’z + sms).
2. Barcha qurilmalarni kalit bilan himoyalang.

Yana bir muhim narsa - bulutdan tashqari barcha ma’lumotlarni ora-orada tashqi diskka saqlab turing (backup). Tashqi diskni ham albatta kalit so’z bilan himoyalang (maxsus shifrlash dasturlari yordamida).

Siz qaysi biridan foydalanasiz?
Ўзбекларнинг дарди:
Тўй, чойхона, тонировка, Миллионнинг концерти, Луизанинг "тоғора"си, Аҳад Қаюмнинг жанжали...

Ҳали бери одам бўлишимизга кўзим етмай қолади баъзида!

@adolat_kuychisi | адолат излаганлар учун
Айти бўйича мусобақа ғолибига ток узайтиргич, рақсни тарғиб қилганга автомашина.

Кет укам бу ерлардан, кет!!!
✈️

p/s. Дунё яралибдики, ўлчовлар бу даражада бузилмаган бўлса керак

Sherzod Husan
Индамасхўжалар

Бугунги аксарият давлат идораларида энг хавфли ходимлар тоифаси бор: "соққа"га аралашмасдан бир четда жим турган индамасхўжалар...

Ҳа, ажабланманг! Ишхонада энг ёқимсиз ходим бўлишингиз учун шунчаки ҳалол бўлиб, жим юришингизнинг ўзи етарли. Сиз "қулоқ" бўласиз, сиз "писмиқ" бўласиз, хуллас, сиз ҳеч қандай иш қилмайдиган энг дангаса ходим бўласиз.

Вей, иплос, сен ҳам миндий соққа қилиб, раҳбарларингга "пахта" қўйиб юрмайсанми!? Қаерга борсанг, чиқиштиришмайди, узоғи 3-4 ой ишлайсан, кейин юмшоққина думбачаларингга тепиб юборишади, демак ўзингда бирор қусур бўлса керак-да, деб қўйишади ортингиздан секингина.

Биз бугун коррупцияга қарши курашяпмиз деб, жар солиб юрибмиз, лекин ҳалол ходимларни бой беряпмиз. Жамоада шаклланган носоғлом муҳит битта-иккита мавжуд ҳалол ходимларни ҳам сиқиб чиқаряпти.

Мен ўзимча янгилик айтаётганим йўқ. Буни ҳамма яхши билади. Давлат идораларида ё оқим билан сузиш, ё четга чиқиш кераклигини ҳамма билади. Лекин ҳеч ким индамайди. Минбарларда эса коррупцияга қарши курашяпмиз, деб бонг ураверишади...

Биз коррупцияга қарши курашяпмиз...

@adolat_kuychisi | адолат излаганлар учун
Ahad Qayum ham dasturchi bo'lganini bilarmidingiz?

Logika lvl 999

@yetimdasturchi
#CHALLENGE #TARQATING

Qizlar
uchun majburiy "tavsiya" etilayotgan kiyim, islom diniga zid hisoblanadi.

Talabimiz:
Har kim o'z e’tiqodidan kelib chiqib kiyinishiga ruhsat berilishini talab qilamiz!

Men ushbu formaga qarshiman!
Robotexnika o'rgatamiz deydiganlarni va joylarni ko'pini kuzatdim. Ahvol juda ayanchli.

Biz hali Robototexnika ostonasi uyoqda tursin u haqida yetarlicha tasavvurga ham ega emaskanmiz. Kurslar o'quvchilarga ijodiy qobiliyat emas chiroqcha yoqishni o'rgatadigandek hammasi.

Ko'ngil uchun elementar radiotexnikadan ham xabardor emas. Sxemotexnika haqida tushunchaga yo'q. Radio detallarniku tasavvur ham qilisholmaydi. Bilganlari interdan ko'rgan maqolasini bolalar ongiga singdirish. Shuyam yo'lni o'rtasidan.

Bir ikkitasiga qiziqib transistorli kalit yasab bering yoki eng oddiy sxema tuzilishi qanday va qaysi detallardan tashkil topganini so'rasam shuniyam bilishmadi?

Asosiy yo'lni tanlab olsak, bolaga (umuman kelajakga) robototexnikani o'rgatishmi yoki soqqa qilish?!

Ushbu sohada eng ildam bo'lgan yaponiyaga razm solsak. Ularda kerak bo'lsa uyda boqiladigan it-mushuklarning ham robot versiyalari bor va bizdagi ba'zi bir odamlardan aqlli)

Ular nima uchun ushbu sohada kuchli? Sabab oddiy fundamental bilim to'g'ri qo'yilgan. Fundament bizda ham qo'yiladi lekin hech birimiz buni eslab qolishni xohlamaymiz.

Istalgan bitta elektron uskunani ochib ko'ring. 8-sinf fizikasida o'tilgan barcha mavzularni amaliyotda joriy qilinganini ko'rasiz. Kulon qonunidan boshlab yarim o'tkazgichlar mavzusigacha.

Atrofimiz aslida murakkab emas, shunchaki biz uni anglashni xohlamaymiz xolos.

Robototexnika eng zo'r kelajaklardan biri hisoblanadi. Ushbu soha chet-elda kirib kelganiga 100 yildan oshdi. Olmonlarning BMW, Mercedes kabi avtomobillarini deyarli 70-80% qismini robotlar tayyorlaydi. Uyingizdagi televizorni robotlar yig'ib beradi. Koinotni ham insoniyat robotlar sabab o'rganmoqda. Bizni mamlakat esa hali u haqida tuzukroq tasavvurga ham ega emas.

O'quv markazlar bolaga birinchi darsdanoq arduinoni tutqazib miyyasini zaharlashi shart emas. Kerak bo'lsa fizikadan elementar mavzulardan boshlashi kerak. Bolalar radio detallar bilan tanishsin. Sxema chizish, o'qish va jarayondagi hisob kitolablarni bilishsin. To'g'ridan to'g'ri dastur bilan raqamlashgan formatni unga tiqishtirmay avval analogli sxematikalarni o'rgatish kerak.

Oddiygina tranzistor, kondensator va qarshilikdan itartirib multivibrator yasatib keyingina hozirgi kunda manabunday microchiplar mavjud. Ularga ikki qator kod bilan lampochkani o'chib yonishini belgilay olasan deb o'rgatish kerak.

Bill gates ham birgina radiotexniksiz bir-tiyinli dasturchi hisoblanadi. Radiotexnik bo'lmasa dasturlash ham mavjud bo'la olmasdi. Robototexnika esa bu ikki sohani birlashgan varianti hisoblanadi.

Appleni dunyoga kelishiga sababchi bo'lgan Stiv Vozniak ham radiotexnik edi xolos. Bular shu soha sabab eng katta insdustrayini boshlay olishdi. Appleni o'zi Amerikani juda katta hajmdagi iqtisodini hal qiladi. Yana ularda bunday kompaniyalar son sanoqsiz.

Katta ketish emas istagan robototexnika kursiga borib OM qonuni haqida so'rang, yarim o'tkazgichlar dieleksiyasini surishtiring nafasi ichiga tushib qoladi. Bular aslida ular dars beraman degan narsani asosi.

Bolalarga avvalo nazariya, detallar, sxemalar bilan ishlash, analogli qurilmalarni o'rgatish, keyingina dasturlash bosqichidan o'tkazib robotexnikaga yo'l berish lozim.

Logic gates (mantiqiy amallarni)ni bola to'laqonli bilishi lozim. Shundagina yuklatilgan vazifani bajara oladi ular. Shundagina biz zamonga mos kelajak yaratib boshqa mamlakatlarkaga yaqinlasha olamiz.

@yetimdasturchi