Informatika va AT
8.6K subscribers
1.1K photos
601 videos
598 files
1.52K links
Informatika va axborot texnologiyalari bo'yicha O'zbekistonda birinchi faoliyatini boshlagan kanalga xush kelibsiz.

Bog'lanish: @Nursaidovuz

https://t.me/Informatika/3

Dasturlash: @FlutterDasturchi
Download Telegram
Forwarded from Sariq Dev
MacOS yoki Windows PC?

MacBook Pro olganimga 1 oycha boʻldi, bungacha salkam 30 yil Windows PC ishlatib keldim.

Xullas bugun oʻzim uchun mac yoki pc mojarosiga nuqta qoʻydim.

Mac xarid qilishdan avval oʻzimni qiynagan savollarga quyidagicha javob oldim:

- Windowsdan MacOSga oʻtish qiyin boʻldimi?
- Yoʻq, mayda noqulayliklarni hisobga olmasa muammo boʻlmadi.

- MacOS ga oʻtishda samaradorlik tushmadimi?
- Yoʻq, muammosiz ishlab ketdim.

- Kerakli dasturlar, fayllar bilan ishlashda muammo yoʻqmi?
- Mutlaqo, hozircha barcha kerak dasturlarni topdim. MacOS fayl tizimi Windowsdan farqli boʻlsada, hozircha muammoga duch kelmadim.

- MacOS Windowsdan afzalroqmi?
- Bu ko'nikmaga bog'liq deb bildim. Shaxsan men uchun Windows qulayroq. Ba'zi juda sodda va kerakli funksiyalar Macda yoʻqligi hayron qoldirdi.

- Macbook WindowsPC lardan tezroqmi?
- Bu yerda ikki faktorga ahamiyat berish kerak:
1. Narx
2. Kompyuter parametrlari
Agar bir xil parametrga ega Mac va PC solishtirsak, MacBooklar birmuncha tezroq.
Lekin, bir xil narxdagi Mac vs PC solishtirsak, bu yerda albatta PCga yetadigani yoʻq. Sababi, eng arzon Macbook Air puliga (1000$), anchagina kuchli PC xarid qilish mumkin.

- Macbook qotmasligi rostmi?
- Bu narxdagi PClar ham qotmaydi.

- MacBookning eng katta afzalligi nima?
- Elektr tejamkorlik. Bitta zaryad bilan 1-2 kun ishlashi mumkin

- Macbook kamchiligi nimada?
- Ichki qurilmalarni (prosessor, ram, xotira) yangilab bo'lmaydi. Lekin 90% odamga bu muhim emas.

- Dizayn haqida nima deysan?
- Nisbiy. Dizayn zoʻr. Menga juda yoqdi. Lekin bundan ham chiroyli noutbuklar judayam koʻp. Masalan, Microsoft Studio, Dell XPS, HP x360 va hokazo.

Nimalar yoqmadi?
- Interfeys. Chamamda interfeys 2004-yildan keyin yangilanmagan. Windows 10 va ayniqsa oxirgi 11 oldida 90-yillarga qaytgandek xis qildim.

- Yana interfeys. Mac UI eskiligi sabab, zamonaviy dasturlar ham Mac uchun moslashishga majbur boʻlgan, natijada ular ham kolxoz dizayn bilan qolib ketgan. Eng yomoni bu funksionallikka ham taʼsir o'tkazgan. Ayniqsa Microsoft Office 365da juda sezildi.

- Dock. Mutlaqo keraksiz, noqulay, chala o'ylangan va 20 yilda yangilanmay qolib ketgan. Oʻchirib qoʻya qoldim.

- Bir nechta monitor bilan ishlash o'ta noqulay. Ayniqsa Windows bilan solishtirganda sezildi. Balki faqat Mac ishlatib yurganimda hech qachon sezmasdim.

- Oynalar bilan ishlash. Yagona mantiq yoʻq. Baʼzi oynalar kattaradi, baʼzilari yoʻq. Fullscreen???

- Bluetooth. Windowsda Bluetooth qurilmalar bilan ishlash juda rasvo. Macda ham shunday ekan.

Macbook olishni tavsiya qilamanmi?
- Agar pulingiz bemalol boʻlsa va bir marta noutbuk olib, shu bilan 5-6 yil yangilash haqida bosh qotirishni istamasangiz tavsiya qilaman.
- Ikkinchi kompyuter sifatida judayam tavsiya qilaman.
- Agar Windowsga o'rgangan bo'lsangiz, butunlay MacOSga oʻtishni tavsiya qilmayman. Hech narsadan yutmaysiz.
- Agar qiynalib, Macbookga pul yigʻib yurgan boʻlsangiz, tinchgina yaxshi PC oling. Kam boʻlmaysiz.

- Macbook tanlashimda asosiy faktor nima boʻldi?
- Akkumulyator hayoti. Kun boʻyi quvvat olmasdan ishlaydigan noutbukka ehtiyoj sezdim.

Oʻzim kelajakda yana Macbook olamanmi?
- Balki. Vaqt koʻrsatadi. Deylik yaqinda chiqqan Dell XPS 13 Plusdan keyin ikkilanib qoldim 😅
Oliy ta'lim tizimida talabalarga qulaylik yaratish hamda ular mustaqil fanlarni o'zlashtirishi uchun, ishlab chiqilayotgan mobil ilovadan lavhalar.

Ta'lim jarayonida ushbu va shunga o'xshash mobil ilovalar tayyorlatmoqchi bo'lsangiz
@Nursaidovbot ga murojaat qiling.

Namuna:
@Nursaidovuz

👉
@informatika
Forwarded from Informatika va AT (Nursaidov ㅤ)
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#VIDEO #TOZALASH

Ushbu video orqali Windows 10 Operatsion tizimini optimizatsiya qilish va ishlash tezligini oshirish, C diskni tozalash, xatoliklar va musor fayllarni o'chirish bo'yicha tavsiyalar beriladi

Muallif
: Rasul Atamuratov

👉🏻 @informatika
Forwarded from Informatika va AT (Nursaidov ㅤ)
🖥 Vitamin A ni kompyuter va telefonga ko‘p qaraydiganlar ichib yurishi kerak.

⁉️ Sababi ushbu xolatda ko‘rish uchun ko‘p energiya sarf bo‘ladi. Bu vitamin A ni talab qiladi.

🧠 Buni yetishmasligi natijasida asabiylik, boshqa kasalliklar, ko‘z xiralashuvi paydo bo‘ladi.

👉
@informatika
Forwarded from Informatika va AT
Windows 8-10-11 da ishchi stol ya'ni ekranni 2 va unda ortiq bo'lakka bo'lish va bir vaqtda ishlash

👉 Video:
https://youtu.be/_ZWx1nbTyD0

Ba'zida ikkita word fayli bilan ishlash to'g'ri kelib qoladi. Bu video siz uchun!
Juda ko’pchilikdan keladigan savollar shunga o’xshash: “Hozir C ni o’rganayapman, lekin bu tildan ko’nglim to’lmayapti. Uning o’rniga C# yoki C++ ni o’rganishim kerakmi ?

Men bilmayman. Bu sizning nima xohlayotganingizga bog’liq.

Tasavvur qiling, siz doktor bo’lmoqchisiz. Qanday turdagi doktor bo’lmoqchisiz?

Kardiolog? Unda qon tomirlari va yurak haqida o’rganasiz.
Tish shifokori? Unda tish haqida o’rganasiz.

Psixiatr? Unda ruxiy salomatlik haqida o’rganasiz.

Nimaga shama qilayotganimni tushungandirsiz?

Qanday turdagi dasturchi bo’lmoqchisiz?

iOS dasturchi?
Unda Objective C va Swiftni o’rganing.

Android dasturchi? Unda Java va Kotlinni o’rganing.

Backend? Unda Python, Ruby/ C#/ PHP va boshqalardan birini o’rganing.

Frontend? Unda HTML, CSS, JavaScript va boshqalarni o’rganing.

Past darajadagi tizim dasturlash ? Unda C va C++.

Windows dasturlash? Unda C#ni o’rganing.

Bularning barchasi dasturlash yo’nalishlari. Yo’nalish tanlang, undan keyin esa tilni.

Muallif: Jahongir Rahmonov

👉 @informatika
Илмий изланувчилар, магистратура талабалари, университет ўқитувчилари, докторантлар ҳамда профессорлар диққатига!

Ўзингиз дарс берадиган фанлар ёки ўзингизнинг соҳангиз бўйича дарслик ва маълумотларни мобил илова ҳолатида бўлишини истайсизми?

Мобил иловада қуйидаги имкониятлар мавжуд бўлади.

1. Фан юзасидан талабаларга керакли ва асосий маълумотлар жойлаштирилади.

2. Маруза, тақдимот, амалий машғулотлар ва билимини синаш учун назорат бўлими.

3. Мобил илова орқали фойдаланувчи ўша фан юзасидан ўқийди, ўзлаштиради ҳамда билимини синайди. Бу жараён мобил қурилмада бўлганлиги учун хоҳлаган жойда амалга оширилади(автобус, метрода ва ҳ.к)

4. Мобил иловага гувоҳнома ҳамда патентлар олиш имконияти мавжуд.

5. Яна қулай томони талабага мобил илова ўтказиб берилади. Бунда флешка ортиқча, кераксиз маълумотлардан воз кечилади. Дастур Play Market'га хам жойлаштирилиб берилади.

6. Компьютерда тайёрланган электрон дарсликларга талаб кам. Мобил илова оммалашмоқда.

7. Масофавий таълим жараёнида ушбу янгилик ўқитувчи ва талабалар учун жуда қулай имкониятларни беради

Дастурдан намуналар мавжуд.

Дастурни тайёрлаш бўйича саволни @Nursaidovbot га юборинг

👉 @informatika
Forwarded from Informatika va AT
#programming #masala #dasturlash
3-qism. Dasturlash tillarida masalalar ishlash | Masalalar to'plami qo'llanmasidan ishlab boramiz

👉
https://youtu.be/jwT1RnMBL3M

Dasturlashga endi kirayotgan, boshlang'ich misol va masalalarda qiynalayotgan hamda matematikadan bilimi umuman yo'qlar uchun masalalarni birga ishlaymiz

Ushbu masalalarni biz DART tilida bajaramiz. Siz Python, Java, Javascript, Kotlin, Php yoki boshqa til bo'ladimi siz o'sha tilda bajaravering.
Forwarded from Informatika va AT
#programming #masala #dasturlash
4-qism. Dasturlash tillarida masalalar ishlash | Masalalar to'plami qo'llanmasidan ishlab boramiz

👉
https://youtu.be/3zT_Vh62YEw

Dasturlashga endi kirayotgan, boshlang'ich misol va masalalarda qiynalayotgan hamda matematikadan bilimi umuman yo'qlar uchun masalalarni birga ishlaymiz

Ushbu masalalarni biz DART tilida bajaramiz. Siz Python, Java, Javascript, Kotlin, Php yoki boshqa til bo'ladimi siz o'sha tilda bajaravering.