Informatika va AT
8.67K subscribers
1.09K photos
599 videos
598 files
1.51K links
Informatika va axborot texnologiyalari bo'yicha O'zbekistonda birinchi faoliyatini boshlagan kanalga xush kelibsiz.

Bog'lanish: @Nursaidovuz

https://t.me/Informatika/3

Dasturlash: @FlutterDasturchi
Download Telegram
Mana uzmobile raqamdan chiqishmoqda. Raqamga gudok ketdi. Lekin ko'tarishmadi.

👉 @informatika
Amal qilish muddatini xato yozib ko'rgandim sms ham keldi. Qoyil. Hammasi qonuniyga o'xshaydi. Lekin 1 sekundda barcha pullaringizdan ayrilasiz.

👉 @informatika
Ingliz tilini men bilan birga o'rganing! Ingliz tilini o'rganishda ilova, dasturlardan foydalanamiz.

#ingliz #tili #english #lesson #englshlessons #Beginner #Raymond #Murphy

Ingliz tilini birga o'rganib boramiz. Oramizda biladiganlar bo'lsa izohlarda xatolarni aytib borsangiz, xatolarimizni to'g'irlashga harakat qilamiz. Ingliz tilini organishda Raymond Murphy kitobi, google translate, android IOS va kompyuterlar uchun dasturlardan ko'proq foydalanishga harakat qilamiz. Bu darslarni ko'rish majburiy emas. Vaqti borlar, qiziquvchilar va bizga yordam beradiganlar ko'rishi tavsiya etiladi.

👉 https://youtu.be/nHp0Cp2pj_k
Bularni zoti ko'p ekan....

Eng qizig'i 2-rasmdagi beeline raqamga telefon qilsam, Xatirchidan bir aka oldi. Whatsapp bormi desam tushunmayman deydi. Afsus

👉
@informatika
Informatika va AT pinned «Ingliz tilini men bilan birga o'rganing! Ingliz tilini o'rganishda ilova, dasturlardan foydalanamiz. #ingliz #tili #english #lesson #englshlessons #Beginner #Raymond #Murphy Ingliz tilini birga o'rganib boramiz. Oramizda biladiganlar bo'lsa izohlarda xatolarni…»
Forwarded from Informatika va AT (Nursaidov ㅤ)
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Excel #video_dars #agar_funksiya

Excel: Agar funksiyasi

Dasturlash tillari kabi qudratli AGAR funksiyasi – uni bilmasdan turib Excelda ishlashni bilaman deyish noto‘g’ri bo’lardi menimcha. Chunki u, dasturdagi eng asosiy qurollardan biri.

👉
@informatika
Forwarded from Informatika va AT (Nᴜrsaidov ㅤ)
#Kun_tarixi #domen #uz

.Uz domen zonasi 1995 yil 29 aprelda ro'yxatga olingan.

👉🏻
@informatika
Forwarded from Informatika va AT (Nursaidov ㅤ)
Multiplication table-Ko'paytirish jadvali.apk
4.8 MB
Multiplication table - Ko'paytirish jadvali mobil ilovasi ishlab chiqildi.

Ushbu ilova orqali bolalar karra - karra jadvalini 1 kunda o'rganadi, har bir sonlar uchun alohida misollar ishlab bilimini oshiradi.

O'yin bo'limi orqali 3 xil qiyinlikdagi misollar beriladi

Dual - ya'ni ikki kishilik bo'limida bitta ilova orqali ikki kishi bilimini real vaqtda sinovdan o'tkazadi. Bu imkoniyatlar ilovaning imkoniyatini yanada oshirishga xizmat qiladi.

Ushbu ilova ingliz tilida. Ushbu xususiyat ilovadan foydalanishda hech qanday muammo tug'dirmaydi degan umitdamiz. Farzandingiz shu bahonada ingliz tilidagi so'zlarni ham o'rganib oladi.

Farzandingiz uchun ushbu o'yinni yuklab oling, afsuslanmaysiz! Hajmi atigi 4.8 mb

👉 @informatika
Forwarded from Sariq Dev
MacOS yoki Windows PC?

MacBook Pro olganimga 1 oycha boʻldi, bungacha salkam 30 yil Windows PC ishlatib keldim.

Xullas bugun oʻzim uchun mac yoki pc mojarosiga nuqta qoʻydim.

Mac xarid qilishdan avval oʻzimni qiynagan savollarga quyidagicha javob oldim:

- Windowsdan MacOSga oʻtish qiyin boʻldimi?
- Yoʻq, mayda noqulayliklarni hisobga olmasa muammo boʻlmadi.

- MacOS ga oʻtishda samaradorlik tushmadimi?
- Yoʻq, muammosiz ishlab ketdim.

- Kerakli dasturlar, fayllar bilan ishlashda muammo yoʻqmi?
- Mutlaqo, hozircha barcha kerak dasturlarni topdim. MacOS fayl tizimi Windowsdan farqli boʻlsada, hozircha muammoga duch kelmadim.

- MacOS Windowsdan afzalroqmi?
- Bu ko'nikmaga bog'liq deb bildim. Shaxsan men uchun Windows qulayroq. Ba'zi juda sodda va kerakli funksiyalar Macda yoʻqligi hayron qoldirdi.

- Macbook WindowsPC lardan tezroqmi?
- Bu yerda ikki faktorga ahamiyat berish kerak:
1. Narx
2. Kompyuter parametrlari
Agar bir xil parametrga ega Mac va PC solishtirsak, MacBooklar birmuncha tezroq.
Lekin, bir xil narxdagi Mac vs PC solishtirsak, bu yerda albatta PCga yetadigani yoʻq. Sababi, eng arzon Macbook Air puliga (1000$), anchagina kuchli PC xarid qilish mumkin.

- Macbook qotmasligi rostmi?
- Bu narxdagi PClar ham qotmaydi.

- MacBookning eng katta afzalligi nima?
- Elektr tejamkorlik. Bitta zaryad bilan 1-2 kun ishlashi mumkin

- Macbook kamchiligi nimada?
- Ichki qurilmalarni (prosessor, ram, xotira) yangilab bo'lmaydi. Lekin 90% odamga bu muhim emas.

- Dizayn haqida nima deysan?
- Nisbiy. Dizayn zoʻr. Menga juda yoqdi. Lekin bundan ham chiroyli noutbuklar judayam koʻp. Masalan, Microsoft Studio, Dell XPS, HP x360 va hokazo.

Nimalar yoqmadi?
- Interfeys. Chamamda interfeys 2004-yildan keyin yangilanmagan. Windows 10 va ayniqsa oxirgi 11 oldida 90-yillarga qaytgandek xis qildim.

- Yana interfeys. Mac UI eskiligi sabab, zamonaviy dasturlar ham Mac uchun moslashishga majbur boʻlgan, natijada ular ham kolxoz dizayn bilan qolib ketgan. Eng yomoni bu funksionallikka ham taʼsir o'tkazgan. Ayniqsa Microsoft Office 365da juda sezildi.

- Dock. Mutlaqo keraksiz, noqulay, chala o'ylangan va 20 yilda yangilanmay qolib ketgan. Oʻchirib qoʻya qoldim.

- Bir nechta monitor bilan ishlash o'ta noqulay. Ayniqsa Windows bilan solishtirganda sezildi. Balki faqat Mac ishlatib yurganimda hech qachon sezmasdim.

- Oynalar bilan ishlash. Yagona mantiq yoʻq. Baʼzi oynalar kattaradi, baʼzilari yoʻq. Fullscreen???

- Bluetooth. Windowsda Bluetooth qurilmalar bilan ishlash juda rasvo. Macda ham shunday ekan.

Macbook olishni tavsiya qilamanmi?
- Agar pulingiz bemalol boʻlsa va bir marta noutbuk olib, shu bilan 5-6 yil yangilash haqida bosh qotirishni istamasangiz tavsiya qilaman.
- Ikkinchi kompyuter sifatida judayam tavsiya qilaman.
- Agar Windowsga o'rgangan bo'lsangiz, butunlay MacOSga oʻtishni tavsiya qilmayman. Hech narsadan yutmaysiz.
- Agar qiynalib, Macbookga pul yigʻib yurgan boʻlsangiz, tinchgina yaxshi PC oling. Kam boʻlmaysiz.

- Macbook tanlashimda asosiy faktor nima boʻldi?
- Akkumulyator hayoti. Kun boʻyi quvvat olmasdan ishlaydigan noutbukka ehtiyoj sezdim.

Oʻzim kelajakda yana Macbook olamanmi?
- Balki. Vaqt koʻrsatadi. Deylik yaqinda chiqqan Dell XPS 13 Plusdan keyin ikkilanib qoldim 😅
Oliy ta'lim tizimida talabalarga qulaylik yaratish hamda ular mustaqil fanlarni o'zlashtirishi uchun, ishlab chiqilayotgan mobil ilovadan lavhalar.

Ta'lim jarayonida ushbu va shunga o'xshash mobil ilovalar tayyorlatmoqchi bo'lsangiz
@Nursaidovbot ga murojaat qiling.

Namuna:
@Nursaidovuz

👉
@informatika
Forwarded from Informatika va AT (Nursaidov ㅤ)
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#VIDEO #TOZALASH

Ushbu video orqali Windows 10 Operatsion tizimini optimizatsiya qilish va ishlash tezligini oshirish, C diskni tozalash, xatoliklar va musor fayllarni o'chirish bo'yicha tavsiyalar beriladi

Muallif
: Rasul Atamuratov

👉🏻 @informatika