“Тарихимизга тош отишга ҳеч кимнинг ҳаққи йўқ” — Шавкат Мирзиёев айрим тиктокерларнинг хатти-ҳаракатларини танқид қилди
«Яқинда ижтимоий тармоқларда кўрсатилган хунук воқеалар, яъни жойлардаги Алишер Навоий, Амир Темур, Мотамсаро она ҳайкаллари ёнида айрим тарбиясиз ёшлар томонидан содир этилган номаъқул ҳаракатлар мени ниҳоятда ранжитди.
Бу болаларнинг ота-онаси, бобо-момолари, ўқитувчи ва муаллимлари, қолаверса маҳалла-кўй, ёшлар билан ишлайдиган масъул мутасаддилар қаерга қараяпти? Ватанимиз ёшларига мутлақо ярашмайдиган, барчамизга иснод келтирадиган бундай салбий кўринишларга жамиятимизда мутлақо ўрин бўлмаслиги зарур.
https://kun.uz/27192241

Kun.uz
“Тарихимизга тош отишга ҳеч кимнинг ҳаққи йўқ” — Шавкат Мирзиёев айрим тиктокерларнинг хатти-ҳаракатларини танқид қилди
Ёшлар куни муносабати билан Тошкент шаҳридаги Ботаника боғида Ўзбекистон ёшлари билан учрашган давлат раҳбари ўз нутқида ижтимоий тармоқларда шуҳрат қозониш учун номуносиб ҳаракатлар қилаётган ёшлар бўйича ҳам тўхталиб ўтди.
#Diqqat #Foydali
O‘zbekiston bo‘ylab TikTok ishlamayapti!
Taxminlarga ko‘ra bloklangan bo‘lishi mumkin! Umid qilamizki butun umrga bloklanadi.
👉 @informatika

Oʻzbekistonda Twitter, TikTok va VKontakte cheklandi
“Oʻzkomnazorat” Axborot xizmati xabariga koʻra, ayrim ijtimoiy tarmoqlar faoliyati Oʻzbekiston hududida cheklandi. Qayd etilishicha, “Shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisida”gi Qonunning 27-1-moddasi talablariga zid ravishda Oʻzbekiston fuqarolarining shaxsga doir maʼlumotlariga ishlov berilayotgani uchun ayrim ijtimoiy tarmoqlar 2021-yil 2-iyuldan “Shaxsga doir maʼlumotlar subyektlari huquqlarini buzuvchilar reyestri”ga kiritildi va Internet tarmogʻida mazkur resursdan Oʻzbekiston hududida foydalanish oʻrnatilgan tartibda, aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilgunga qadar cheklandi.
Batafsil: https://gis.uz/uz/news/997
📍Adminstratsiya: Biz faqat tiktok uchun ta'qiqni qisman to'g'ri deb hisoblaymiz. Eng qizig'i Telegram ham tez kunda bloklanishi mumkin...

Forwarded from Kadirov Dev
Yana "Zapret"!
Skype, VKontakte va yana bir qancha servislar bloklandi. Nima emish, ular bizning ism familiyamizni O'zbekiston hududida saqlamas ekan!
Bu bahona bilan istagan servisni yopish mumkin. Keyingisi kim bo'ladi? Google? Youtube? Facebook, yoki Telegram?
"O'zkomnadzor"ning akasi, "Roskomnadzor" huddi shu qonunni chiqargandi, 5 yilcha oldin. Hech narsa qo'lidan kelmadi, biror gigant kompaniya ma'lumotlarini Rossiyaga ko'chirgan emas.
Ko'chirmaydi ham. Yana o'zimizcha hayron qolamiz, "Nega dasturchilarimiz ketib qolayapti?", - deb. Pul uchun emas do'stlar, O'zbekistonda yaxshigina daromad topish mumkin. Lekin hech kim "Shimoliy Koreya"da yashagisi kelmaydi!
@kadirovDev

VPN degan tushuncha yana ommalashmoqda, uning vazifasini yaxshilab tushunib oling (1-qism)
#nazariya #foydali
Shu kunlarda Skype, Twitter, Tiktok ijtimoiy tarmoqlari bloklandi va foydalanuvchilar VPN dasturlaridan foydalanishga majbur bo'lishmoqda, undan tashqari karantin kuchaytirilmoqda, masofadan ishlash yana boshlanmoqda.
VPN nima? degan savolga ko'pchilikni javobi mana bunday:
Bularning hammasi to'g'ri lekin nima hisobiga bo'ladi bularning hammasi?
VPN - bu shaxsiy virtual tarmoq. Bu texnologiyani quyidagi 2 ta holda ishlatish ancha foydali:
1. Masofadan turib ishlovchilar uchun. Bunda biror ishhonada VPN server hosil qilinadi(ma'lum dasturlar o'rnatgan holda) va hodimlar o'z uylaridagi kompyuterga VPN klient dasturini o'rnatishadi va masofadan turib ishonadagi kompyuterga ulanib ishlashadi.
Masofadan turib ishlash uchun har xil dasturlar: TeamViewer, AnyDesk kabilardan ham foydalanish mumkin, lekin VPN orqali ulanish quyidagi avfzalliklarga ega:
- xavfsizlik;
- tashqi xizmatlardan foydalanmaslik;
- TASIX tarmog'i orqali hosil qilinsa, tezlik va harajatning kamligi.
☝️Xavfsizlik masalasiga e'tibor beradigan davlat ishhonalari, masofaviy ish uchun, qandaydir ishlash prinsipi noma'lum dasturlardan foydalanishmaydi, quvonarlisi bunday ishhonalar yetarlicha.
Ishlash prinsipi:
VPN server orqali har bir foydalanuvchiga(hodimga) alohida sertifikat, login, parol beriladi, olingan ma'lumotlar VPN klient dasturiga kiritiladi va xavfsiz ulanishni amalga oshirish mumkin bo'ladi, bunda traffik to'liq shifrlanadi.
☝️
Katta trubadan suv oqmoqda, bu suv internetdagi ma'lumotlar almashinuvi. Bu truba hamma honadonlarga suv olib boradi, sizning uyingizga ham. VPN orqali ma'lumot almashsangiz, ishhonangiz va uyingiz o'rtasida truba ichida alohida kichik truba hosil qilasiz va tashqi suv oqimi sizga ta'sir qilaolmaydi.
Agar post foydali bo'lgan bo'lsa, saytlarga kirishda ishlatadigan VPN haqida, 2-qism qilib yozishim mumkin.
Akmal Xudayberganov
👉 @Informatika
#nazariya #foydali
Shu kunlarda Skype, Twitter, Tiktok ijtimoiy tarmoqlari bloklandi va foydalanuvchilar VPN dasturlaridan foydalanishga majbur bo'lishmoqda, undan tashqari karantin kuchaytirilmoqda, masofadan ishlash yana boshlanmoqda.
VPN nima? degan savolga ko'pchilikni javobi mana bunday:
bunday dastur orqali kirib bo'lmaydigan saytlarga kirish mumkin, hech kim man kirganimni bilmidi, tez ishlidi, hammani aldashim mumkin vahakazo
.Bularning hammasi to'g'ri lekin nima hisobiga bo'ladi bularning hammasi?
VPN - bu shaxsiy virtual tarmoq. Bu texnologiyani quyidagi 2 ta holda ishlatish ancha foydali:
1. Masofadan turib ishlovchilar uchun. Bunda biror ishhonada VPN server hosil qilinadi(ma'lum dasturlar o'rnatgan holda) va hodimlar o'z uylaridagi kompyuterga VPN klient dasturini o'rnatishadi va masofadan turib ishonadagi kompyuterga ulanib ishlashadi.
Masofadan turib ishlash uchun har xil dasturlar: TeamViewer, AnyDesk kabilardan ham foydalanish mumkin, lekin VPN orqali ulanish quyidagi avfzalliklarga ega:
- xavfsizlik;
- tashqi xizmatlardan foydalanmaslik;
- TASIX tarmog'i orqali hosil qilinsa, tezlik va harajatning kamligi.
☝️Xavfsizlik masalasiga e'tibor beradigan davlat ishhonalari, masofaviy ish uchun, qandaydir ishlash prinsipi noma'lum dasturlardan foydalanishmaydi, quvonarlisi bunday ishhonalar yetarlicha.
Ishlash prinsipi:
VPN server orqali har bir foydalanuvchiga(hodimga) alohida sertifikat, login, parol beriladi, olingan ma'lumotlar VPN klient dasturiga kiritiladi va xavfsiz ulanishni amalga oshirish mumkin bo'ladi, bunda traffik to'liq shifrlanadi.
☝️
Yaxshiroq tushunishingiz uchun misol
: Katta trubadan suv oqmoqda, bu suv internetdagi ma'lumotlar almashinuvi. Bu truba hamma honadonlarga suv olib boradi, sizning uyingizga ham. VPN orqali ma'lumot almashsangiz, ishhonangiz va uyingiz o'rtasida truba ichida alohida kichik truba hosil qilasiz va tashqi suv oqimi sizga ta'sir qilaolmaydi.
Agar post foydali bo'lgan bo'lsa, saytlarga kirishda ishlatadigan VPN haqida, 2-qism qilib yozishim mumkin.
Akmal Xudayberganov
👉 @Informatika
Forwarded from Informatika va AT
Telegram bloklansa yoki sizda saytlarda kirishga cheklovlar qo'yilgan bo'lsa quyidagi VPN servislari orqali (universal) qiyinchiliklarsiz kirish mumkin:
Browsec android — https://goo.gl/txCRKR
Browsec iOs — https://goo.gl/VoxESa
Onavo android — https://goo.gl/QFD48Z
Onavo iOs — https://goo.gl/w3pWbf
Opera vpn android — https://goo.gl/W6j9i9
Opera vpn iOs — https://goo.gl/h1EjAH
👨💻 @Informatika

Google Play
Browsec: Fast Secure VPN Proxy - Apps on Google Play
Protect wifi connection: Stay safe with IP changer and secure proxy for Android
VPN тақиқланмайди.
Ахборот ёки ахборот ресурсларидан фойдаланишни, шунингдек, бунинг учун VPN-тармоқлар, VPN-каналларни, прокси-серверларни шахсий мақсадларда ёки бизнес учун фойдаланишни чеклаш масалалари кўзда тутилмаяпти — Ўзбекистон Республикаси Ахборот технологиялари ва коммуникацияларини ривожлантириш вазирлиги.
Манба: Gazeta.uz

Internet olamida VPN tushunchasi(2-qism)
Oldingi postlarimdan birida, masofaviy ishlovchilar uchun VPN tushunchasi, VPN server, VPN klient, qanday ishlashi haqida misollar bilan tushuntirib o'tdim, menimcha savollarga o'rin qolmadi. Davom etamiz...
Kompyuter yoki smartfoningizdan internetga ulanganingizda, sizning ma'lum bir ma'lumotlaringiz internetga tarqaladi, bu haqida ham oldin yozib o'tgan edim.
Shu ochiq ma'lumotlar asosida, provayderlar va saytlar sizni qayerdan ulanayotganingizni bilishadi va sizga ruhsat etilgan sayt va ma'lumotlarni ochib berishadi.
Misol:
Internet provayderlar sizni O'zbekistondan ulanayotganingizni bilishadi va sizga TASIX saytlariga ketayotgan traffikni bepul qilib berishadi.
VPN xizmat yoki dasturlar sizning ma'lumotlaringizni o'zgartirib beradi va sizni boshqa hududdan, misol uchun Angliyadan ulanayotgan foydalanuvchiga aylantiradi, bu degani siz o'zingizning hududda ruhsat berilmagan saytlarga ulanishingiz mumkin bo'ladi. Siz Angliyadagi serverga ulanasiz, usha serverdan istalgan saytga kirishingiz mumkin bo'ladi.
Misol:
Siz 16 yoshdasiz va 18 yoshga to'lmaguningizcha sizga energetik ichimliklar sotish mumkin emas. Siz ko'chadagi biror begona, kattaroq inson orqali shu ichimlikni olasiz. Bu yerda o'sha begona inson VPN dastur(xizmat) hisoblanadi.
Xavfsizlik masalasi
Dastlab siz, VPN dastur yoki xizmat orqali boshqa davlatdagi VPN serverga ulanasiz, o'sha serverga shaxsiy ma'lumotlaringizni berasiz, demak u serverda siz haqingizda ma'lumotlar bor, ular bu ma'lumotlarni istagancha foydalanishlari mumkin, ularni siz boshqaraolmaysiz.
Yuqoridagi misolda, ko'chadagi begana insonga siz, o'z isminginzni, qayerda yashashingizni, yoshingizni aytasiz, bu ma'lumotlarni o'sha begana inson qanday foydalanadi, siz aralashaolmaysiz.
Tezlik qanday o'zgaradi?
Agar yuqoridagilarni yaxshi tushunayotgan bo'lsangiz, tezlikni o'zingiz tasavvur qilishingiz mumkin.
Siz, chet eldagi biror VPN serverga ulanasiz, ulanish o'zingizning provayderingiz tezligi orqali bo'ladi, so'ng, VPN server tezligi orqali saytlarga kirasiz, lekin ma'lumotlarni qabul qilish yana o'zingizning provayderingiz tezligida bo'ladi. Agar provayderingiz tezligi past bo'lsa, siz VPN server orqali katta tezlikka erishaolmaysiz,
Narx-navo
VPN serverlar odata bepul bo'lmaydi, ular siz uchun biror server ko'targan, harajat qilgan axir. Ba'zilari pullik, ba'zilari dastur ichida reklama roliklari joylaydi va shu orqali pul topadi.
Pullik xizmatlar, ma'lum traffik ketkazguncha, yoki ma'lum vaqt oralig'i uchun taqdim etiladi, bepullarining ko'pi stabil emas.
Aldanib qolish holatlari
Bepul VPN xizmatlar stabil emas deb aytib o'tdim, undan tashqari ma'lumotlaringizni tarqatib yuborishligi ham mumkin. Ba'zi pullik VPN xizmatlarning bepul versiyalari ham bor, misol uchun 30 kun ishlatishga deb yozishadi. Siz ma'lum pul to'laysiz va 30 kundan so'ng qaytarib beramiz deyishadi, bilmadim, ishonish qiyin masala.
Sizni topib olishlari mumkinmi?
Menimcha, hamma narsani iloji bor, agar qattiq istak bo'lsa va juda kerakli shaxs bo'lsangiz.
☝️Aynan qaysi dastur yoki ilovalarni ishlatishni tavsiya qilaolmayman, chunki aldov aralashish holatlari ko'p uchrab turadi, o'zimga kelsak, kompyuterda bu xizmatdan umuman foydalanmayman, smartfonda Thunder VPN ilovasini ishlataman.

Forwarded from Kun.uz | Расмий канал
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
«Қачонгача Илон Маскнинг ракеталарига қараб ўтирамиз?» — космосга стратостат учирган ўзбек йигити ҳикояси
22 ёшли Зиёдилланинг ҳаётида аллақачон шунчалик кўп воқеалар содир бўлдики, улар кино қилишга арзигулик. Унинг космосга учишга бўлган дастлабки 4 та уриниши зое кетди. Ниҳоят, парвоз ўхшагач, мини спутниги бир сафар ҳарбий базага, яна бир сафар қўшни мамлакат ҳудудига қўнди. Жуда кўп қийинчиликка дуч келган йигит тўхтамади ва ниҳоят, уддалади – Ерни космосдан суратга олди.
👉 Мақолани ўқиш
📹 Тўлиқ видеони кўриш
Kun.uz Telegram каналлари👇
Ўзбекча | O‘zbekcha | Русская

Forwarded from Informatika va AT (ㅤ)
#Tezkor #Tarqatamiz
Oliy sud tomonidan ekstremistik deb topilgan va ta'qiqlangan tashkilotlar va saytlar ro‘yxati
Quyidagi word shaklidagi faylni ochib, unda ko'rsatilgan sayt, profil yoki telegram/yutub kanallardan ehtiyot bo‘ling. Bilmasdan a’zo bo‘lib, ertaga aybsiz aybdor bo‘lib qolmang.
Ushbu ma'lumotni barcha tanishlaringizga jo'nating.
Kimni eshitish kerak yoki boshqa qator masalalar haqidagi savollarga javob olish uchun @AbrorMuxtorAliy domlani kanalini tavsiya qilamiz.

Telegram
Informatika va AT
Олий суд томонидан экстремистик деб топилган ва тақиқланган ташкилотлар ва сайтлар рўйхати
Ижтимоий тармоқлардаги саҳифаларимизга аъзо бўлинг:
Telegram | YouTube | Facebook

Forwarded from Nursaidov | BLOG
Hukumatlar tanqidiy fikrlash qobiliyatiga ega insonlarni istamaydi. Ularga faqatgina uskunalarni ishlata oladigan darajada aqlli va yashayotgan hayotiga rozi bo‘ladigan darajada itoatkor ishchilar kerak.
Jorj Karlin
Jorj Karlin
Windows tizimida ortiqcha "dabdababozlikni" olib tashlaymiz
Windows tizimida oynalar ochilishi, har xil menyular chiqishi va boshqa joylarda grafik jihatdan chiroyli bo'lishi uchun, ma'lum bir vizual effektlar ishlatiladi. Ma'lumki, har bir vizual effekt tizim ishlashiga xalaqit beradi.
Demak, mavjud grafikli barcha vizual effektlarni olib tashlaymiz va tizim ishlashiga biroz yengillik beramiz.
1. "Мой компьютер" ustida sichqonchani o'ng tugmasini bosamiz(kontekst menyu) va "Свойство".
2. Chap tomondan "Дополнительные параметры системы" menyusiga kiramiz.
3. "Дополнительно" vkladkasidagi "Быстродействие" qismidan "Параметры" tugmasini bosamiz.
4. "Визуальные эффекты" vkladkasidan "Обеспечить наилучшее быстродействие" bandini tanlaymiz.
5. "Применить" -> OK.
Tizim korinishi biroz o'zgaradi(boshida albatta ko'nikish qiyin bo'ladi), hamma effektlar yo'qoladi va operatsion tizim yengil nafas olishni boshlaydi.
☝️ Windows 7 va Windows 10 tizimlarida tekshirildi.

TV kanallarida profilaktika sabab uzilishlar boʻlishi mumkin. Jarayon 30-iyulga qadar davom etadi.
👉 @informatika
👉 @informatika
Magistratura uchun onlayn qabul boshlandi
2021 yil 5 iyuldan boshlab magistr.edu.uz veb-sayti orqali magistratura mutaxassisliklariga qabul qilish uchun hujjatlarni onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish jarayoni boshlandi.
👉 @informatika
2021 yil 5 iyuldan boshlab magistr.edu.uz veb-sayti orqali magistratura mutaxassisliklariga qabul qilish uchun hujjatlarni onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish jarayoni boshlandi.
👉 @informatika
Forwarded from Kun.uz | Расмий канал
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Одамларнинг оммавий VPN ишлатиши давлатнинг зиёнига ишлайди” — эксперт
Ўзбекистонда ижтимоий тармоқлар яна блокланиши ортидан VPN'дан фойдаланувчилар кўпая бошлади. Ахборот хавфсизлиги бўйича мутахассис Анвар Нарзуллаевга кўра, давлат VPN туфайли юзага келадиган хавфларни ҳисобга олиши керак.
👉 https://kun.uz/52970238
Kun.uz Telegram каналлари👇
Ўзбекча | O‘zbekcha | Русская
Ўзбекистонда ижтимоий тармоқлар яна блокланиши ортидан VPN'дан фойдаланувчилар кўпая бошлади. Ахборот хавфсизлиги бўйича мутахассис Анвар Нарзуллаевга кўра, давлат VPN туфайли юзага келадиган хавфларни ҳисобга олиши керак.
👉 https://kun.uz/52970238
Kun.uz Telegram каналлари👇
Ўзбекча | O‘zbekcha | Русская
Yosh tadbirkorlar uchun “FURSAT” davlat media-loyihasi ishga tushirilmoqda.
Loyiha 18 dan 30 yoshgacha bo‘lgan, o‘z bizneslarini boshlash uchun g‘oyaga ega bo'lgan yoshlar $100 000 gacha imtiyozli kredit olishlari mumkin bo'ladi:
Agar o‘z biznesingizni boshlash uchun g‘oya yoki tayyor biznes-rejaga ega bo‘lsangiz, www.fursatloyiha.uz yoki @fursatloyiha_bot telegram-boti orqali ariza yuboring.
Arizangiz o‘rganilib, tasdiqlanganidan so‘ng, yetti yil muddatga $100 000 gacha imtiyozli kredit olish imkoniyatiga ega bo‘lasiz. Bundan tashqari, viloyatingizdagi YOSTZ hududida ishlab chiqarishni tashkil etish uchun sizga 1000 kvadrat metrgacha yer ajratilishi mumkin.

Forwarded from Informatika va AT (Nᴜrsaidov ㅤ)
WPS Office.apk
34.9 MB
#Suragan_edingiz #wpsoffice
WPS office ilovasi yordamida android qurilmangiz uchun word, excel, power point dasturlarida tayyorlangan fayllarni ochishingiz mumkin.
Eng qulay tomoni ushbu ilova orqali wordda ishlash, power pointda slaydlar yaratishingiz hamda excelda ishlashingiz mumkin.

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti saytida bo'sh ish o'rinlari bo'yicha ma'lumotlar ko'rsatilgan.
Ishga kirmoqchi bo'lganlar http://tsue.uz/uz/%D0%B1%D1%9E%D1%88-%D0%B8%D1%88-%D1%9E%D1%80%D0%B8%D0%BD%D0%BB%D0%B0%D1%80%D0%B8/ manzili orqali ma'lumot olishlari mumkin.
Saytda 40$ dan 800$ gacha maosh beriladigan bo'sh ish o'rinlari mavjud..
Ishga kirish uchun tanish-bilish shart bo'lmaydi! Bilimingizga ishoning!

Forwarded from Yetim dasturchi kundaligi
Kompyuterni qanday ishlatishni emas, qanday ishlashini o'rganishga harakat qiling.
Reja bo'yicha keyingi haftadan yangi otsillograf kelishi kerak.
Agarda kelib qolsa kompyuter qurilmalari qanday ishlashi, maktabdagi informatida darsida hamma ezilib o'qigan binary (0 va 1), mashina tili, integrallarning amaliyotda qo'llanishi haqida imkon yetgancha batafsil infolar berib boriladi.
Hozircha kanaldan survormang)
@kibertexnik