Informatika va AT
8.67K subscribers
1.09K photos
599 videos
598 files
1.51K links
Informatika va axborot texnologiyalari bo'yicha O'zbekistonda birinchi faoliyatini boshlagan kanalga xush kelibsiz.

Bog'lanish: @Nursaidovuz

https://t.me/Informatika/3

Dasturlash: @FlutterDasturchi
Download Telegram
Forwarded from Informatika va AT (Nursaidov ㅤ)
Test tuzuvchi.apk
17.9 MB
Kutib oling. Android qurilmalari uchun "Test tuzuvchi" dasturi

Test tuzuvchi dasturi orqali barcha fanlardan yoki mavzulardan savollarni kiritib test holatida ishlashingiz mumkin.

Masalan: Ingliz tilidan bugun 30 ta so'z yodlashingiz kerak. Ushbu so'zlarni Test tuzuvchi dastur orqali birma-bir kiritib test holatida bajarishingiz mumkin.

Bunda so'zlarni yozasiz, o'qiysiz va test holatida ishlasangiz ushbu so'zlar miyangizda bir umr saqlanib qoladi.

Keraksiz bo'limlarni chap yoki o'ngga surish orqali o'chirib tashlashingiz mumkin.

👉 @informatika
Endi Android ilovalarni kompyuterda ochamiz

Microsoft kompaniyasining yangi Windows 11 taqdimotida biz uchun juda qulay bo'lgan bir nechta funksiyalar taqdim etildi. Jumladan, endi Windows 11 OS ga ega foydalanuvchilar bemalol Android ilovalarini o'rnatib undan foydalanishlari mumkin.

Ilovalarni o'rnatish uchun shunchaki Microsoft Store ilovalar do'koniga kirish va kerak bo'lgan ilovani o'rnatish kifoya.

📍O'zbekiston yangiliklari: Kun.uz va Azon.uz 90 foiz musulmonlar yashaydigan yurtda, o'zbek imomlari bilan suhbat uyushtirgani hamda xalqimizni hayit bayrami bilan tabriklagani uchun 12.5 mln so'm jarimaga tortildi.

👉 @informatika
Forwarded from Informatika va AT (Nursaidov ㅤ)
HTML darslar mobil ilovasini Play market do'konidan bepul yuklab olishingiz mumkin.

👉
https://play.google.com/store/apps/details?id=com.html.darslar

HTML tili muttasil rivojlanib bormoqda. O‘z navbatida web-brauzerlar ham yangilanib turibdi. Hozirgi kunda web-sahifa tayyorlash uchun asosan HTML-4 tilidan foydalaniladi. Lekin HTML-5 ham hozir ommaviy web sahifalar va boshqa maqsadli vazifalar uchun ishlatilmoqda.

HTML-5 bo'yicha darslarni ham joylashtiramiz.

👉 @informatika
Forwarded from Informatika va AT (Nursaidov ㅤ)
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Excel #kerakli #video_dars

Excel dasturida so'zlarni bitta katak ichiga yozib qo'ydingiz. Lekin har bir so'zni alohida kataklarga joylashtirish uchun siz albatta so'zlardan nusxa olib joylashtirasiz.

Bir harakat orqali bitta katakda yozilgan so'zlarni har bir ustun va qatorga joylashtirishni bilasizmi? Yo'q deysizmi? Unda videoni ko'ring hamda sinab ko'ring.


👉 @informatika
Ilon Mask «Eng tezkor» elektromobil Tesla Model S Plaidni taqdim etdi

Elektromobil atigi ikki soniyada 100 km/s gacha tezlasha oladi va uning maksimal tezligi 320 km/s ni tashkil etadi. Avtomobilning quvvatlashsiz harakat davomiyligi taxminan 630 km. Bunday masofaning yarmini bosib o'tish uchun mashinani 15 daqiqa quvvatlash kifoya.

📍O'zbekiston yangiliklari: Ichganda 2 soniyada musaffo osmonga eltuvchi TESLA nomli aroq ishlab chiqildi...

👉 @informatika
Forwarded from Informatika va AT (Nursaidov.uz)
#DOLZARB #FIKR

TIL O‘RGANISH KERAK(MI?)

Talabga taklif sifatida uch oyda til o‘rgatamiz deyayotgan o‘quv markazlari ishlayapti, maktablarda chet tillar o‘qitilyapti. Shu yerda o‘zi chet tilini o‘rganish kerakmi degan savol tug‘iladi. Albatta, kerak. Ammo faqat bu bilan kifoyalanish aslo mumkin emas. Tez orada (agar hozir bo‘lmasa) chet tilini biladigan odamlar ko‘payib ketadi va bu fazilat hech kimni ajablantirmay qo‘yadi (ayniqsa ish beruvchini).

Shuning uchun chet tili bilan parallel ravishda hozir va kelgusida dolzarb bo‘ladigan sohalarni o‘rganish kerak. Bular masalan:

- #dasturlash (hozirda juda talabgir)
- #grafik_dizayn (bu sohani hali beri sun’iy intellekt sizdan tortib ololmaydi)
- #big_data_analysis (katta ko‘lamdagi ma’lumotlar bilan ishlash)
- #internet_marketing (kelgusida kontent to‘liq onlaynga o‘tishini hisobga olsak bu sohaga talab kuchayadi)
- #tarjimonlik (tarjima dasturlari hali mukammal emas, inson aralashuvi baribir kerak)

Hozircha shular. Kommentda boshqa fikrlar bo‘lsa qo‘shinglar.

Mavlon Marasulov

🧲 Quyidagi rasmda 2025-yilga kelib qaysi kasblarga talab oshishi to'liq ko'rsatilgan.

👉 @informatika
Pokistonda TikTok rasman bloklandi deb xabar bermoqda sayt.uz

Pokiston TikTok-ga qo'yilgan taqiqni bekor qilganidan deyarli uch oy o'tib, dushanba kuni Sindh Oliy sudi tomonidan qayta bloklash talabi qo'yildi. Bu haqda Pokistonning TheNews nashri xabar berdi.

Sud muhokamasi chog'ida TikTok-ga qo'yilgan taqiqning sababi, platformaga joylanayotgan bir qancha videolar "axloqsiz va Islom ta'limoti"ga zid deb topilgan.

Bundan tashqari, Pakpattan shahrida yashovchi Ali Zebning aytishicha, TikTok odamlarni jinoyatchilikka targ'ib qilmoqda. Odamlar giyohvandlik vositalari va qurollar ishlatib videokliplar yuklashmoqda. Shu bilan birga, TikTok ta'lim muassasalaridagi o'quvchilar uchun jiddiy ta'sir ko'rsatmoqda.

👉 @informatika
Forwarded from Informatika va AT (Nursaidov ㅤ)
Java dasturlash tilini o'zbek tilida to'liq o'rganmoqchimisiz? Unda ushbu dasturimizni Play market do'konidan bepul yuklab oling!

👉🏻
https://play.google.com/store/apps/details?id=com.java.nur

Ilovada hech qanday reklama mavjud emas. Darslar to'liq o'zbek tilida o'rgatilgan.

Java dasturlash tilini nega o'rganish kerak?

Bizning hayotimizni osonlashtiradigan kuchli va kamchiliklari mavjud bo'lgan dasturlash tillari juda ko’p. Java o'tgan 20 yil mobaynida eng yaxshi dasturlash tillaridan biri ekanini isbotladi. Vaqt o'tishi bilan Java muvaffaqiyatli dasturlarni amalga oshirish uchun muhim tarkibiy qism bo'lib o'z o'rnini egalladi. Dasturlash tillarining mashhurligining so'nggi indekslari Javaning eng mashhur tillardan biri ekanligini yana bir bor takrorladi.

👉🏻 https://play.google.com/store/apps/details?id=com.java.nur

Eslatib o'tamiz. Mobil ilovalar ishlab chiqishda ham aynan java dasturlash tilidan foydalaniladi.

👉🏻 @informatika
​​Kelajak reklamasi.

Bir necha kun oldin Shanxayda minglab dronlar yordamida QR kod osmonda paydo bo‘lgan. Uni skaner qilib olgan odam video o‘yinni o‘z uskunangizga o‘rnatib olishingiz mumkin bo‘ladi.

📍O'zbekiston yangiliklari: Rossiyadan dron olib kelayotgan shaxs, Samarqand aeroportida qo'lga tushdi.

👉 @informatika
Бизга Қуёш ва Ойнинг ҳажми бир хилдек кўринади. Бунинг сабаби, Қуёш Ойдан 400 баравар катта ва Ой Ерга Қуёшга қараганда 400 баравар яқин.

Сизнингча бу тасодифми?!


👉 @informatika
PDF fayllar ustida bilganimizni qilamiz

PDF
- elektron xujjatlar saqlash uchun mo'ljallangan, juda qulay va ommabop formatdir. Elektron xujjat saqlashda, bu format, qolganlardan(misol uchun doc) quyidagi ikki asosiy sabab tufayli afzaldir:
- Operatsion tizimga bog'liq emas;
- bu formatni ochayotgan dastur versiyasiga bog'liq emas.

Misol uchun, Word dasturi orqali biror .doc faylni ochsangiz, versiyasiga qarab har xil ochilishi mumkin.

PDF2GO online xizmati mavjud, bu orqali siz pdf fayllar ustida ancha ishlarni amalga oshirishingiz mumkin:

1. PDF fayl ustida amallar:
● Faylni o'zgartirish;
● fayllarni birlashtirish;
● fayl ichidagi sahifalarni olib tashlash;
● fayl ichidagi sahifalarni joyini almashtirish.

2. PDF fayllarni himoyalash:
● Fayllarga parol o'rnatish;
● sahifalardagi matnlarni nusxasini olishdan himoyalash;
● sahifalarni qog'ozga chiqarishdan himoyalash(печать);
● matnlarni o'zgartirishdan himoyalash;

3. PDF fayllarni o'zgartirish:
● Fayllar hajmini qisqartirish;
● sahifa o'lchamlarini o'zgartirish;

4. PDF formatlarni almashtirish:
● pdf → doc → pdf; (Word fayl)
● pdf → jpg → pdf; (Rasm formati)
● pdf → pptx → pdf; (Power point fayl)
● pdf → xls → pdf; (Excel fayl)

☝️PDF formatni qog'ozga chiqarish imkoniyatini ishlatib ko'rdim, yoqdi, ba'zi hollarda yaxshi effekt beradi. Albatta bu online xizmatni brauzer vkladkasiga joylab qo'ying.
Akmal Xudayberganov

👉 @informatika
“Тарихимизга тош отишга ҳеч кимнинг ҳаққи йўқ” — Шавкат Мирзиёев айрим тиктокерларнинг хатти-ҳаракатларини танқид қилди

«Яқинда ижтимоий тармоқларда кўрсатилган хунук воқеалар, яъни жойлардаги Алишер Навоий, Амир Темур, Мотамсаро она ҳайкаллари ёнида айрим тарбиясиз ёшлар томонидан содир этилган номаъқул ҳаракатлар мени ниҳоятда ранжитди.

Бу болаларнинг ота-онаси, бобо-момолари, ўқитувчи ва муаллимлари, қолаверса маҳалла-кўй, ёшлар билан ишлайдиган масъул мутасаддилар қаерга қараяпти? Ватанимиз ёшларига мутлақо ярашмайдиган, барчамизга иснод келтирадиган бундай салбий кўринишларга жамиятимизда мутлақо ўрин бўлмаслиги зарур.

https://kun.uz/27192241
#Diqqat #Foydali

O‘zbekiston bo‘ylab TikTok ishlamayapti!


Taxminlarga ko‘ra bloklangan bo‘lishi mumkin! Umid qilamizki butun umrga bloklanadi.

👉 @informatika
Oʻzbekistonda Twitter, TikTok va VKontakte cheklandi

“Oʻzkomnazorat” Axborot xizmati xabariga koʻra, ayrim ijtimoiy tarmoqlar faoliyati Oʻzbekiston hududida cheklandi. Qayd etilishicha, “Shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisida”gi Qonunning 27-1-moddasi talablariga zid ravishda Oʻzbekiston fuqarolarining shaxsga doir maʼlumotlariga ishlov berilayotgani uchun ayrim ijtimoiy tarmoqlar 2021-yil 2-iyuldan “Shaxsga doir maʼlumotlar subyektlari huquqlarini buzuvchilar reyestri”ga kiritildi va Internet tarmogʻida mazkur resursdan Oʻzbekiston hududida foydalanish oʻrnatilgan tartibda, aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilgunga qadar cheklandi.

Batafsil: https://gis.uz/uz/news/997

📍Adminstratsiya: Biz faqat tiktok uchun ta'qiqni qisman to'g'ri deb hisoblaymiz. Eng qizig'i Telegram ham tez kunda bloklanishi mumkin...

👉 @informatika
Uzr.uz sayti sotiladi...

Регистратор: SUVAN NET

Murojaat uchun: @dwsuzb

👉 @informatika
Forwarded from Kadirov Dev
Yana "Zapret"!

Skype, VKontakte va yana bir qancha servislar bloklandi. Nima emish, ular bizning ism familiyamizni O'zbekiston hududida saqlamas ekan!

Bu bahona bilan istagan servisni yopish mumkin. Keyingisi kim bo'ladi? Google? Youtube? Facebook, yoki Telegram?

"O'zkomnadzor"ning akasi, "Roskomnadzor" huddi shu qonunni chiqargandi, 5 yilcha oldin. Hech narsa qo'lidan kelmadi, biror gigant kompaniya ma'lumotlarini Rossiyaga ko'chirgan emas.

Ko'chirmaydi ham. Yana o'zimizcha hayron qolamiz, "Nega dasturchilarimiz ketib qolayapti?", - deb. Pul uchun emas do'stlar, O'zbekistonda yaxshigina daromad topish mumkin. Lekin hech kim "Shimoliy Koreya"da yashagisi kelmaydi!

@kadirovDev
​​VPN degan tushuncha yana ommalashmoqda, uning vazifasini yaxshilab tushunib oling (1-qism)
#nazariya #foydali

Shu kunlarda Skype, Twitter, Tiktok ijtimoiy tarmoqlari bloklandi va foydalanuvchilar VPN dasturlaridan foydalanishga majbur bo'lishmoqda, undan tashqari karantin kuchaytirilmoqda, masofadan ishlash yana boshlanmoqda.

VPN nima? degan savolga ko'pchilikni javobi mana bunday: bunday dastur orqali kirib bo'lmaydigan saytlarga kirish mumkin, hech kim man kirganimni bilmidi, tez ishlidi, hammani aldashim mumkin vahakazo.
Bularning hammasi to'g'ri lekin nima hisobiga bo'ladi bularning hammasi?

VPN - bu shaxsiy virtual tarmoq. Bu texnologiyani quyidagi 2 ta holda ishlatish ancha foydali:

1. Masofadan turib ishlovchilar uchun. Bunda biror ishhonada VPN server hosil qilinadi(ma'lum dasturlar o'rnatgan holda) va hodimlar o'z uylaridagi kompyuterga VPN klient dasturini o'rnatishadi va masofadan turib ishonadagi kompyuterga ulanib ishlashadi.

Masofadan turib ishlash uchun har xil dasturlar: TeamViewer, AnyDesk kabilardan ham foydalanish mumkin, lekin VPN orqali ulanish quyidagi avfzalliklarga ega:
- xavfsizlik;
- tashqi xizmatlardan foydalanmaslik;
- TASIX tarmog'i orqali hosil qilinsa, tezlik va harajatning kamligi.

☝️
Xavfsizlik masalasiga e'tibor beradigan davlat ishhonalari, masofaviy ish uchun, qandaydir ishlash prinsipi noma'lum dasturlardan foydalanishmaydi, quvonarlisi bunday ishhonalar yetarlicha.

Ishlash prinsipi:
VPN
server orqali har bir foydalanuvchiga(hodimga) alohida sertifikat, login, parol beriladi, olingan ma'lumotlar VPN klient dasturiga kiritiladi va xavfsiz ulanishni amalga oshirish mumkin bo'ladi, bunda traffik to'liq shifrlanadi.
☝️Yaxshiroq tushunishingiz uchun misol:
Katta trubadan suv oqmoqda, bu suv internetdagi ma'lumotlar almashinuvi. Bu truba hamma honadonlarga suv olib boradi, sizning uyingizga ham. VPN orqali ma'lumot almashsangiz, ishhonangiz va uyingiz o'rtasida truba ichida alohida kichik truba hosil qilasiz va tashqi suv oqimi sizga ta'sir qilaolmaydi.

Agar post foydali bo'lgan bo'lsa, saytlarga kirishda ishlatadigan VPN haqida, 2-qism qilib yozishim mumkin.
Akmal Xudayberganov

👉 @Informatika
Forwarded from Informatika va AT
Telegram bloklansa yoki sizda saytlarda kirishga cheklovlar qo'yilgan bo'lsa quyidagi VPN servislari orqali (universal) qiyinchiliklarsiz kirish mumkin:

Browsec android — https://goo.gl/txCRKR
Browsec iOs — https://goo.gl/VoxESa

Onavo android — https://goo.gl/QFD48Z
Onavo iOs — https://goo.gl/w3pWbf

Opera vpn android — https://goo.gl/W6j9i9
Opera vpn iOs — https://goo.gl/h1EjAH

👨‍💻 @Informatika
VPN тақиқланмайди.

Ахборот ёки ахборот ресурсларидан фойдаланишни, шунингдек, бунинг учун VPN-тармоқлар, VPN-каналларни, прокси-серверларни шахсий мақсадларда ёки бизнес учун фойдаланишни чеклаш масалалари кўзда тутилмаяпти —
Ўзбекистон Республикаси Ахборот технологиялари ва коммуникацияларини ривожлантириш вазирлиги.

Манба: Gazeta.uz

👉 @Informatika