Informatika va AT
8.68K subscribers
1.09K photos
598 videos
603 files
1.51K links
Informatika va axborot texnologiyalari bo'yicha O'zbekistonda birinchi faoliyatini boshlagan kanalga xush kelibsiz.

Bog'lanish: @Nursaidovuz

https://t.me/Informatika/3

Dasturlash: @FlutterDasturchi
Download Telegram
Barcha xakerlar yomonmi? Xakerlikning asosiy 5 turi

Xaker, kim o'zi u?
Dastlab, bu termin hisoblash texnikalarni yaxshi tushunadigan, dasturlash va tizimlarni mukammal biladigan insonlarga nisbatan ishlatilar edi. Ular muammolarni kutilmagan tarzda yechadigan, siz o'ylamagn tomondan yondashadiganlar edi.
Keyinchalik bu soha vakillari buzg'unchilik qila boshladilar va xaker so'zini buzg'unchi sifatida rivojlanishiga olib kelishdi.

Hozirda, hamma davlatlarda bu kabi buzg'unchilar uchun qattiq jazolar ishlab chiqilgan, shu sababli, buzg'unchi bo'lishdan saqlaning.

Endi, shu buzg'unchilarga qarshi turuvchi, hisoblash texnikalarni himoyalovchi kuchli mutaxxasislar yetishib chiqdi va ular ham yaxshi ma'noda "xaker"lar deyildi, lekin ular himoya vazifasini bajarishadi.

Bu yerdan xakerlarning turlari kelib chiqdi va ular quyidagilar:
⚪️ Oq xakerlar(White hat). Bular tizimlardagi muammolarni qidirib, ularni bartaraf etish bilan shug'ullanishadi, ya'ni buzg'unchilardan himoyalash vazifasini bajarishadi.
⚫️ Qora xakerlar(Black hat). Aynan shular buzg'unchilar, yomon niyatli, barchaga zarar keltiruvchilar. Bulardan ehtiyot bo'lish, himoyalanish haqida shu kanalda postlar berib bormoqdaman, o'qing va o'rganing.
🔘 Kulrang xakerlar(Gray hat). Bular vaziyatdan kelib chiqib, ish ko'rishadi, ya'ni hamilionlar. Muammolarni topishadi va ularni yechib berish uchun ma'lum mablag' talab qilishadi, lekin unchalik buzish ishlarida qatnashishmaydi.
🟢 Yashil xakerlar(Green hat). Bular xavfsizlik ishlarini endi boshlaganlar, o'rganuvchilar.
🔴 Qizil xakerlar(Red hat, bu nomni Linux tizimidagi Redhat bilan adashtirmang). Bular ham yaxshilar tomonida. Oq xakerlar, qora xakerlardan himoyalanishsa, qizil xakerlar, qora xakerlarga qarshi kurashadilar, ularni o'zlariga xujum qilishadi.

Asosiylari shular, ko'rib turganingizdek, qora xakerlardan boshqa hammasi, ularga qarshilardir. Shunday ekan, aslo buzg'unchi bo'lmang, ularning joyi #.

☝️ Bu postni nima uchun yozdim? Hozirda Wi-Fi routerni qanaqa buzadi? Kim buzib bera oladi? degan savollar ko'payib ketmoqda, aslo buzg'unchi va firibgar bo'lmang. Bizning davlatda ham, firibgarlik haqida jinoyat kodeksida aytib otilgan.
Akmal Xudayberganov

👉 @informatika
June 26, 2021
Forwarded from Informatika va AT (Nursaidov ㅤ)
Test tuzuvchi.apk
17.9 MB
June 27, 2021
June 27, 2021
Forwarded from Informatika va AT (Nursaidov ㅤ)
June 28, 2021
Forwarded from Informatika va AT (Nursaidov ㅤ)
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
June 28, 2021
June 29, 2021
Forwarded from Informatika va AT (Nursaidov.uz)
#DOLZARB #FIKR

TIL O‘RGANISH KERAK(MI?)

Talabga taklif sifatida uch oyda til o‘rgatamiz deyayotgan o‘quv markazlari ishlayapti, maktablarda chet tillar o‘qitilyapti. Shu yerda o‘zi chet tilini o‘rganish kerakmi degan savol tug‘iladi. Albatta, kerak. Ammo faqat bu bilan kifoyalanish aslo mumkin emas. Tez orada (agar hozir bo‘lmasa) chet tilini biladigan odamlar ko‘payib ketadi va bu fazilat hech kimni ajablantirmay qo‘yadi (ayniqsa ish beruvchini).

Shuning uchun chet tili bilan parallel ravishda hozir va kelgusida dolzarb bo‘ladigan sohalarni o‘rganish kerak. Bular masalan:

- #dasturlash (hozirda juda talabgir)
- #grafik_dizayn (bu sohani hali beri sun’iy intellekt sizdan tortib ololmaydi)
- #big_data_analysis (katta ko‘lamdagi ma’lumotlar bilan ishlash)
- #internet_marketing (kelgusida kontent to‘liq onlaynga o‘tishini hisobga olsak bu sohaga talab kuchayadi)
- #tarjimonlik (tarjima dasturlari hali mukammal emas, inson aralashuvi baribir kerak)

Hozircha shular. Kommentda boshqa fikrlar bo‘lsa qo‘shinglar.

Mavlon Marasulov

🧲 Quyidagi rasmda 2025-yilga kelib qaysi kasblarga talab oshishi to'liq ko'rsatilgan.

👉 @informatika
June 29, 2021
June 29, 2021
Forwarded from Informatika va AT (Nursaidov ㅤ)
June 29, 2021
July 1, 2021
July 1, 2021
PDF fayllar ustida bilganimizni qilamiz

PDF
- elektron xujjatlar saqlash uchun mo'ljallangan, juda qulay va ommabop formatdir. Elektron xujjat saqlashda, bu format, qolganlardan(misol uchun doc) quyidagi ikki asosiy sabab tufayli afzaldir:
- Operatsion tizimga bog'liq emas;
- bu formatni ochayotgan dastur versiyasiga bog'liq emas.

Misol uchun, Word dasturi orqali biror .doc faylni ochsangiz, versiyasiga qarab har xil ochilishi mumkin.

PDF2GO online xizmati mavjud, bu orqali siz pdf fayllar ustida ancha ishlarni amalga oshirishingiz mumkin:

1. PDF fayl ustida amallar:
● Faylni o'zgartirish;
● fayllarni birlashtirish;
● fayl ichidagi sahifalarni olib tashlash;
● fayl ichidagi sahifalarni joyini almashtirish.

2. PDF fayllarni himoyalash:
● Fayllarga parol o'rnatish;
● sahifalardagi matnlarni nusxasini olishdan himoyalash;
● sahifalarni qog'ozga chiqarishdan himoyalash(печать);
● matnlarni o'zgartirishdan himoyalash;

3. PDF fayllarni o'zgartirish:
● Fayllar hajmini qisqartirish;
● sahifa o'lchamlarini o'zgartirish;

4. PDF formatlarni almashtirish:
● pdf → doc → pdf; (Word fayl)
● pdf → jpg → pdf; (Rasm formati)
● pdf → pptx → pdf; (Power point fayl)
● pdf → xls → pdf; (Excel fayl)

☝️PDF formatni qog'ozga chiqarish imkoniyatini ishlatib ko'rdim, yoqdi, ba'zi hollarda yaxshi effekt beradi. Albatta bu online xizmatni brauzer vkladkasiga joylab qo'ying.
Akmal Xudayberganov

👉 @informatika
July 1, 2021
“Тарихимизга тош отишга ҳеч кимнинг ҳаққи йўқ” — Шавкат Мирзиёев айрим тиктокерларнинг хатти-ҳаракатларини танқид қилди

«Яқинда ижтимоий тармоқларда кўрсатилган хунук воқеалар, яъни жойлардаги Алишер Навоий, Амир Темур, Мотамсаро она ҳайкаллари ёнида айрим тарбиясиз ёшлар томонидан содир этилган номаъқул ҳаракатлар мени ниҳоятда ранжитди.

Бу болаларнинг ота-онаси, бобо-момолари, ўқитувчи ва муаллимлари, қолаверса маҳалла-кўй, ёшлар билан ишлайдиган масъул мутасаддилар қаерга қараяпти? Ватанимиз ёшларига мутлақо ярашмайдиган, барчамизга иснод келтирадиган бундай салбий кўринишларга жамиятимизда мутлақо ўрин бўлмаслиги зарур.

https://kun.uz/27192241
July 1, 2021
July 2, 2021
July 2, 2021
July 2, 2021
Forwarded from Kadirov Dev
July 2, 2021
​​VPN degan tushuncha yana ommalashmoqda, uning vazifasini yaxshilab tushunib oling (1-qism)
#nazariya #foydali

Shu kunlarda Skype, Twitter, Tiktok ijtimoiy tarmoqlari bloklandi va foydalanuvchilar VPN dasturlaridan foydalanishga majbur bo'lishmoqda, undan tashqari karantin kuchaytirilmoqda, masofadan ishlash yana boshlanmoqda.

VPN nima? degan savolga ko'pchilikni javobi mana bunday: bunday dastur orqali kirib bo'lmaydigan saytlarga kirish mumkin, hech kim man kirganimni bilmidi, tez ishlidi, hammani aldashim mumkin vahakazo.
Bularning hammasi to'g'ri lekin nima hisobiga bo'ladi bularning hammasi?

VPN - bu shaxsiy virtual tarmoq. Bu texnologiyani quyidagi 2 ta holda ishlatish ancha foydali:

1. Masofadan turib ishlovchilar uchun. Bunda biror ishhonada VPN server hosil qilinadi(ma'lum dasturlar o'rnatgan holda) va hodimlar o'z uylaridagi kompyuterga VPN klient dasturini o'rnatishadi va masofadan turib ishonadagi kompyuterga ulanib ishlashadi.

Masofadan turib ishlash uchun har xil dasturlar: TeamViewer, AnyDesk kabilardan ham foydalanish mumkin, lekin VPN orqali ulanish quyidagi avfzalliklarga ega:
- xavfsizlik;
- tashqi xizmatlardan foydalanmaslik;
- TASIX tarmog'i orqali hosil qilinsa, tezlik va harajatning kamligi.

☝️
Xavfsizlik masalasiga e'tibor beradigan davlat ishhonalari, masofaviy ish uchun, qandaydir ishlash prinsipi noma'lum dasturlardan foydalanishmaydi, quvonarlisi bunday ishhonalar yetarlicha.

Ishlash prinsipi:
VPN
server orqali har bir foydalanuvchiga(hodimga) alohida sertifikat, login, parol beriladi, olingan ma'lumotlar VPN klient dasturiga kiritiladi va xavfsiz ulanishni amalga oshirish mumkin bo'ladi, bunda traffik to'liq shifrlanadi.
☝️Yaxshiroq tushunishingiz uchun misol:
Katta trubadan suv oqmoqda, bu suv internetdagi ma'lumotlar almashinuvi. Bu truba hamma honadonlarga suv olib boradi, sizning uyingizga ham. VPN orqali ma'lumot almashsangiz, ishhonangiz va uyingiz o'rtasida truba ichida alohida kichik truba hosil qilasiz va tashqi suv oqimi sizga ta'sir qilaolmaydi.

Agar post foydali bo'lgan bo'lsa, saytlarga kirishda ishlatadigan VPN haqida, 2-qism qilib yozishim mumkin.
Akmal Xudayberganov

👉 @Informatika
July 3, 2021
Forwarded from Informatika va AT
Telegram bloklansa yoki sizda saytlarda kirishga cheklovlar qo'yilgan bo'lsa quyidagi VPN servislari orqali (universal) qiyinchiliklarsiz kirish mumkin:

Browsec android — https://goo.gl/txCRKR
Browsec iOs — https://goo.gl/VoxESa

Onavo android — https://goo.gl/QFD48Z
Onavo iOs — https://goo.gl/w3pWbf

Opera vpn android — https://goo.gl/W6j9i9
Opera vpn iOs — https://goo.gl/h1EjAH

👨‍💻 @Informatika
July 3, 2021