Informatika va AT
8.73K subscribers
1.09K photos
598 videos
603 files
1.51K links
Informatika va axborot texnologiyalari bo'yicha O'zbekistonda birinchi faoliyatini boshlagan kanalga xush kelibsiz.

Bog'lanish: @Nursaidovuz

https://t.me/Informatika/3

Dasturlash: @FlutterDasturchi
Download Telegram
Telegram navbatdagi yangilanishlarni eʼlon qildi.

Unga koʻra, guruhlardagi ovozli chatlar davomida barcha qurilmalarda, jumladan, planshetlar va kompyuterlarda kameraniyoqish yoki ekranni ulashish imkonini berilmoqda.

Bu ovozli chatlarni onlayn darslar, biznes uchrashuvlari va oilaviy yigʻilishlar uchun foydalanish mumkin boʻladi.

Endilikda guruhdagi har qanday ovozli suhbatni darhol videokonferensiyaga aylantirish mumkin.

Guruhli videokonferensiyalar
Ovozli chatlar guruhli video konferensiyalarga aylanishi mumkin, bu borada videongizni yoqish uchun shunchaki kamera belgisini bosish kifoya.

👉 @informatika
Forwarded from Informatika va AT (Nursaidov ㅤ)
“Рақамли иқтисодиётга оид терминлар луғати”

Луғат cаккиз мингдан ортиқ терминларнинг батафсил изоҳидан ташкил топган бўлиб, атамалар ўзбек тилида келтирилган.

Луғатнинг асосий имкониятлари:

- Терминларнинг ўзбекча изоҳда берилганлиги;
- Тезкор қидирув тизимининг мавжудлиги;
- мобил илованинг offline режимда ишлаши.

https://play.google.com/store/apps/details?id=com.tsue.lugat

👉 @informatika
Hozirda, kompyuter uchun 3 ta asosiy operatsion tizim ishatilmoqda: Windows, Linux, MacOS.
Yuqoridagi rasm bu tizimlar farqini juda yaxshi namoyon qilgan. Qisqacha izoh:

1. Windows. Har doim ta'mir talab, dasturlarni o'rnatishdagi xatoliklar, ularni sozlash, drayverlarni mosligiga ahamiyat berish, dastur ishlashi uchun kutubxonalar qidirish lozim bo'lgan tizim. Shu bilan birga foydalanuvchi uchun juda chiroyli ko'rinishga ham ega emas.

2. MacOS. Xaqiqiy go'zallik. Juda chiroyli interfeys, hammasi siz uchun qilib qo'yilgan, Dasturlarda muammolar bo'lmaydi, chunki barcha dasturlar Apple kompaniyasiga tegishli, lekin to'liq yopiq tizim, o'zingizcha bir nimalar qilib tashlolmaysiz.

3. Linux. Xaqiqiy linux tizimlarda sizga buyruqlar yozish uchun bitta terminal beriladi, o'zingiz shu orqali tizimni o'rnatishdan boshlab, oxirgi nuqtasigacha bajarasiz. Har bir dasturni topib, uni kodlar orqali o'rnatasiz. Xullas, kod orqali tizimni qurasiz.
Akmal Xudayberganov

👉 @informatika
Barcha xakerlar yomonmi? Xakerlikning asosiy 5 turi

Xaker, kim o'zi u?
Dastlab, bu termin hisoblash texnikalarni yaxshi tushunadigan, dasturlash va tizimlarni mukammal biladigan insonlarga nisbatan ishlatilar edi. Ular muammolarni kutilmagan tarzda yechadigan, siz o'ylamagn tomondan yondashadiganlar edi.
Keyinchalik bu soha vakillari buzg'unchilik qila boshladilar va xaker so'zini buzg'unchi sifatida rivojlanishiga olib kelishdi.

Hozirda, hamma davlatlarda bu kabi buzg'unchilar uchun qattiq jazolar ishlab chiqilgan, shu sababli, buzg'unchi bo'lishdan saqlaning.

Endi, shu buzg'unchilarga qarshi turuvchi, hisoblash texnikalarni himoyalovchi kuchli mutaxxasislar yetishib chiqdi va ular ham yaxshi ma'noda "xaker"lar deyildi, lekin ular himoya vazifasini bajarishadi.

Bu yerdan xakerlarning turlari kelib chiqdi va ular quyidagilar:
⚪️ Oq xakerlar(White hat). Bular tizimlardagi muammolarni qidirib, ularni bartaraf etish bilan shug'ullanishadi, ya'ni buzg'unchilardan himoyalash vazifasini bajarishadi.
⚫️ Qora xakerlar(Black hat). Aynan shular buzg'unchilar, yomon niyatli, barchaga zarar keltiruvchilar. Bulardan ehtiyot bo'lish, himoyalanish haqida shu kanalda postlar berib bormoqdaman, o'qing va o'rganing.
🔘 Kulrang xakerlar(Gray hat). Bular vaziyatdan kelib chiqib, ish ko'rishadi, ya'ni hamilionlar. Muammolarni topishadi va ularni yechib berish uchun ma'lum mablag' talab qilishadi, lekin unchalik buzish ishlarida qatnashishmaydi.
🟢 Yashil xakerlar(Green hat). Bular xavfsizlik ishlarini endi boshlaganlar, o'rganuvchilar.
🔴 Qizil xakerlar(Red hat, bu nomni Linux tizimidagi Redhat bilan adashtirmang). Bular ham yaxshilar tomonida. Oq xakerlar, qora xakerlardan himoyalanishsa, qizil xakerlar, qora xakerlarga qarshi kurashadilar, ularni o'zlariga xujum qilishadi.

Asosiylari shular, ko'rib turganingizdek, qora xakerlardan boshqa hammasi, ularga qarshilardir. Shunday ekan, aslo buzg'unchi bo'lmang, ularning joyi #.

☝️ Bu postni nima uchun yozdim? Hozirda Wi-Fi routerni qanaqa buzadi? Kim buzib bera oladi? degan savollar ko'payib ketmoqda, aslo buzg'unchi va firibgar bo'lmang. Bizning davlatda ham, firibgarlik haqida jinoyat kodeksida aytib otilgan.
Akmal Xudayberganov

👉 @informatika
Forwarded from Informatika va AT (Nursaidov ㅤ)
Test tuzuvchi.apk
17.9 MB
Kutib oling. Android qurilmalari uchun "Test tuzuvchi" dasturi

Test tuzuvchi dasturi orqali barcha fanlardan yoki mavzulardan savollarni kiritib test holatida ishlashingiz mumkin.

Masalan: Ingliz tilidan bugun 30 ta so'z yodlashingiz kerak. Ushbu so'zlarni Test tuzuvchi dastur orqali birma-bir kiritib test holatida bajarishingiz mumkin.

Bunda so'zlarni yozasiz, o'qiysiz va test holatida ishlasangiz ushbu so'zlar miyangizda bir umr saqlanib qoladi.

Keraksiz bo'limlarni chap yoki o'ngga surish orqali o'chirib tashlashingiz mumkin.

👉 @informatika
Endi Android ilovalarni kompyuterda ochamiz

Microsoft kompaniyasining yangi Windows 11 taqdimotida biz uchun juda qulay bo'lgan bir nechta funksiyalar taqdim etildi. Jumladan, endi Windows 11 OS ga ega foydalanuvchilar bemalol Android ilovalarini o'rnatib undan foydalanishlari mumkin.

Ilovalarni o'rnatish uchun shunchaki Microsoft Store ilovalar do'koniga kirish va kerak bo'lgan ilovani o'rnatish kifoya.

📍O'zbekiston yangiliklari: Kun.uz va Azon.uz 90 foiz musulmonlar yashaydigan yurtda, o'zbek imomlari bilan suhbat uyushtirgani hamda xalqimizni hayit bayrami bilan tabriklagani uchun 12.5 mln so'm jarimaga tortildi.

👉 @informatika
Forwarded from Informatika va AT (Nursaidov ㅤ)
HTML darslar mobil ilovasini Play market do'konidan bepul yuklab olishingiz mumkin.

👉
https://play.google.com/store/apps/details?id=com.html.darslar

HTML tili muttasil rivojlanib bormoqda. O‘z navbatida web-brauzerlar ham yangilanib turibdi. Hozirgi kunda web-sahifa tayyorlash uchun asosan HTML-4 tilidan foydalaniladi. Lekin HTML-5 ham hozir ommaviy web sahifalar va boshqa maqsadli vazifalar uchun ishlatilmoqda.

HTML-5 bo'yicha darslarni ham joylashtiramiz.

👉 @informatika
Forwarded from Informatika va AT (Nursaidov ㅤ)
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Excel #kerakli #video_dars

Excel dasturida so'zlarni bitta katak ichiga yozib qo'ydingiz. Lekin har bir so'zni alohida kataklarga joylashtirish uchun siz albatta so'zlardan nusxa olib joylashtirasiz.

Bir harakat orqali bitta katakda yozilgan so'zlarni har bir ustun va qatorga joylashtirishni bilasizmi? Yo'q deysizmi? Unda videoni ko'ring hamda sinab ko'ring.


👉 @informatika
Ilon Mask «Eng tezkor» elektromobil Tesla Model S Plaidni taqdim etdi

Elektromobil atigi ikki soniyada 100 km/s gacha tezlasha oladi va uning maksimal tezligi 320 km/s ni tashkil etadi. Avtomobilning quvvatlashsiz harakat davomiyligi taxminan 630 km. Bunday masofaning yarmini bosib o'tish uchun mashinani 15 daqiqa quvvatlash kifoya.

📍O'zbekiston yangiliklari: Ichganda 2 soniyada musaffo osmonga eltuvchi TESLA nomli aroq ishlab chiqildi...

👉 @informatika
Forwarded from Informatika va AT (Nursaidov.uz)
#DOLZARB #FIKR

TIL O‘RGANISH KERAK(MI?)

Talabga taklif sifatida uch oyda til o‘rgatamiz deyayotgan o‘quv markazlari ishlayapti, maktablarda chet tillar o‘qitilyapti. Shu yerda o‘zi chet tilini o‘rganish kerakmi degan savol tug‘iladi. Albatta, kerak. Ammo faqat bu bilan kifoyalanish aslo mumkin emas. Tez orada (agar hozir bo‘lmasa) chet tilini biladigan odamlar ko‘payib ketadi va bu fazilat hech kimni ajablantirmay qo‘yadi (ayniqsa ish beruvchini).

Shuning uchun chet tili bilan parallel ravishda hozir va kelgusida dolzarb bo‘ladigan sohalarni o‘rganish kerak. Bular masalan:

- #dasturlash (hozirda juda talabgir)
- #grafik_dizayn (bu sohani hali beri sun’iy intellekt sizdan tortib ololmaydi)
- #big_data_analysis (katta ko‘lamdagi ma’lumotlar bilan ishlash)
- #internet_marketing (kelgusida kontent to‘liq onlaynga o‘tishini hisobga olsak bu sohaga talab kuchayadi)
- #tarjimonlik (tarjima dasturlari hali mukammal emas, inson aralashuvi baribir kerak)

Hozircha shular. Kommentda boshqa fikrlar bo‘lsa qo‘shinglar.

Mavlon Marasulov

🧲 Quyidagi rasmda 2025-yilga kelib qaysi kasblarga talab oshishi to'liq ko'rsatilgan.

👉 @informatika
Pokistonda TikTok rasman bloklandi deb xabar bermoqda sayt.uz

Pokiston TikTok-ga qo'yilgan taqiqni bekor qilganidan deyarli uch oy o'tib, dushanba kuni Sindh Oliy sudi tomonidan qayta bloklash talabi qo'yildi. Bu haqda Pokistonning TheNews nashri xabar berdi.

Sud muhokamasi chog'ida TikTok-ga qo'yilgan taqiqning sababi, platformaga joylanayotgan bir qancha videolar "axloqsiz va Islom ta'limoti"ga zid deb topilgan.

Bundan tashqari, Pakpattan shahrida yashovchi Ali Zebning aytishicha, TikTok odamlarni jinoyatchilikka targ'ib qilmoqda. Odamlar giyohvandlik vositalari va qurollar ishlatib videokliplar yuklashmoqda. Shu bilan birga, TikTok ta'lim muassasalaridagi o'quvchilar uchun jiddiy ta'sir ko'rsatmoqda.

👉 @informatika
Forwarded from Informatika va AT (Nursaidov ㅤ)
Java dasturlash tilini o'zbek tilida to'liq o'rganmoqchimisiz? Unda ushbu dasturimizni Play market do'konidan bepul yuklab oling!

👉🏻
https://play.google.com/store/apps/details?id=com.java.nur

Ilovada hech qanday reklama mavjud emas. Darslar to'liq o'zbek tilida o'rgatilgan.

Java dasturlash tilini nega o'rganish kerak?

Bizning hayotimizni osonlashtiradigan kuchli va kamchiliklari mavjud bo'lgan dasturlash tillari juda ko’p. Java o'tgan 20 yil mobaynida eng yaxshi dasturlash tillaridan biri ekanini isbotladi. Vaqt o'tishi bilan Java muvaffaqiyatli dasturlarni amalga oshirish uchun muhim tarkibiy qism bo'lib o'z o'rnini egalladi. Dasturlash tillarining mashhurligining so'nggi indekslari Javaning eng mashhur tillardan biri ekanligini yana bir bor takrorladi.

👉🏻 https://play.google.com/store/apps/details?id=com.java.nur

Eslatib o'tamiz. Mobil ilovalar ishlab chiqishda ham aynan java dasturlash tilidan foydalaniladi.

👉🏻 @informatika
​​Kelajak reklamasi.

Bir necha kun oldin Shanxayda minglab dronlar yordamida QR kod osmonda paydo bo‘lgan. Uni skaner qilib olgan odam video o‘yinni o‘z uskunangizga o‘rnatib olishingiz mumkin bo‘ladi.

📍O'zbekiston yangiliklari: Rossiyadan dron olib kelayotgan shaxs, Samarqand aeroportida qo'lga tushdi.

👉 @informatika
Бизга Қуёш ва Ойнинг ҳажми бир хилдек кўринади. Бунинг сабаби, Қуёш Ойдан 400 баравар катта ва Ой Ерга Қуёшга қараганда 400 баравар яқин.

Сизнингча бу тасодифми?!


👉 @informatika
PDF fayllar ustida bilganimizni qilamiz

PDF
- elektron xujjatlar saqlash uchun mo'ljallangan, juda qulay va ommabop formatdir. Elektron xujjat saqlashda, bu format, qolganlardan(misol uchun doc) quyidagi ikki asosiy sabab tufayli afzaldir:
- Operatsion tizimga bog'liq emas;
- bu formatni ochayotgan dastur versiyasiga bog'liq emas.

Misol uchun, Word dasturi orqali biror .doc faylni ochsangiz, versiyasiga qarab har xil ochilishi mumkin.

PDF2GO online xizmati mavjud, bu orqali siz pdf fayllar ustida ancha ishlarni amalga oshirishingiz mumkin:

1. PDF fayl ustida amallar:
● Faylni o'zgartirish;
● fayllarni birlashtirish;
● fayl ichidagi sahifalarni olib tashlash;
● fayl ichidagi sahifalarni joyini almashtirish.

2. PDF fayllarni himoyalash:
● Fayllarga parol o'rnatish;
● sahifalardagi matnlarni nusxasini olishdan himoyalash;
● sahifalarni qog'ozga chiqarishdan himoyalash(печать);
● matnlarni o'zgartirishdan himoyalash;

3. PDF fayllarni o'zgartirish:
● Fayllar hajmini qisqartirish;
● sahifa o'lchamlarini o'zgartirish;

4. PDF formatlarni almashtirish:
● pdf → doc → pdf; (Word fayl)
● pdf → jpg → pdf; (Rasm formati)
● pdf → pptx → pdf; (Power point fayl)
● pdf → xls → pdf; (Excel fayl)

☝️PDF formatni qog'ozga chiqarish imkoniyatini ishlatib ko'rdim, yoqdi, ba'zi hollarda yaxshi effekt beradi. Albatta bu online xizmatni brauzer vkladkasiga joylab qo'ying.
Akmal Xudayberganov

👉 @informatika
“Тарихимизга тош отишга ҳеч кимнинг ҳаққи йўқ” — Шавкат Мирзиёев айрим тиктокерларнинг хатти-ҳаракатларини танқид қилди

«Яқинда ижтимоий тармоқларда кўрсатилган хунук воқеалар, яъни жойлардаги Алишер Навоий, Амир Темур, Мотамсаро она ҳайкаллари ёнида айрим тарбиясиз ёшлар томонидан содир этилган номаъқул ҳаракатлар мени ниҳоятда ранжитди.

Бу болаларнинг ота-онаси, бобо-момолари, ўқитувчи ва муаллимлари, қолаверса маҳалла-кўй, ёшлар билан ишлайдиган масъул мутасаддилар қаерга қараяпти? Ватанимиз ёшларига мутлақо ярашмайдиган, барчамизга иснод келтирадиган бундай салбий кўринишларга жамиятимизда мутлақо ўрин бўлмаслиги зарур.

https://kun.uz/27192241
#Diqqat #Foydali

O‘zbekiston bo‘ylab TikTok ishlamayapti!


Taxminlarga ko‘ra bloklangan bo‘lishi mumkin! Umid qilamizki butun umrga bloklanadi.

👉 @informatika
Oʻzbekistonda Twitter, TikTok va VKontakte cheklandi

“Oʻzkomnazorat” Axborot xizmati xabariga koʻra, ayrim ijtimoiy tarmoqlar faoliyati Oʻzbekiston hududida cheklandi. Qayd etilishicha, “Shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisida”gi Qonunning 27-1-moddasi talablariga zid ravishda Oʻzbekiston fuqarolarining shaxsga doir maʼlumotlariga ishlov berilayotgani uchun ayrim ijtimoiy tarmoqlar 2021-yil 2-iyuldan “Shaxsga doir maʼlumotlar subyektlari huquqlarini buzuvchilar reyestri”ga kiritildi va Internet tarmogʻida mazkur resursdan Oʻzbekiston hududida foydalanish oʻrnatilgan tartibda, aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilgunga qadar cheklandi.

Batafsil: https://gis.uz/uz/news/997

📍Adminstratsiya: Biz faqat tiktok uchun ta'qiqni qisman to'g'ri deb hisoblaymiz. Eng qizig'i Telegram ham tez kunda bloklanishi mumkin...

👉 @informatika
Uzr.uz sayti sotiladi...

Регистратор: SUVAN NET

Murojaat uchun: @dwsuzb

👉 @informatika