Informatika va AT
8.68K subscribers
1.09K photos
599 videos
598 files
1.51K links
Informatika va axborot texnologiyalari bo'yicha O'zbekistonda birinchi faoliyatini boshlagan kanalga xush kelibsiz.

Bog'lanish: @Nursaidovuz

https://t.me/Informatika/3

Dasturlash: @FlutterDasturchi
Download Telegram
Google Oʻzbekistonliklar uchun yer silkinishini aniqlovchi funksiyani ishga tushirdi deb xabar bermoqda sayt.uz

2020-yil avgust oyida Google yer silkinishidan ogohlantiruvchi funksiyani taqdim etgandi. Dastlab Kaliforniyada sinovdan oʻtkazilgan dastur, Yangi Zelandiya va Gretsiyada ham foydalanila boshlandi.

Bugun kompaniya yana yetti mamlakatda, jumladan, Oʻzbekistonda ham funksiyadan foydalanish mumkinligi haqida xabar berdi. Kelajakda u butun dunyoda mavjud boʻladi.

Funksiyani ishga tushirish uchun Settings > Location > Advanced > Earthquake Alerts boʻlimiga oʻtishingiz kerak. Albatta smartfoningiz soʻnggi yangilanishni yuklagan boʻlishi kerak.

👉 @informatika
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Texnologiya - juda zo'r, lekin juda qo'rqinchli narsa

Videoga qisqa izoh berish mumkin, internet orqali ko'rayotgan hamma narsaga ham ishonavermang, sizni ishontirish uchun hamma narsa qilishligi mumkin.

☝️Ayniqsa, pullik ishlarga ehtiyot bo'ling, tovarlar sotib olishda, rasm yoki videodagi ko'rinishga aldanmang.
Akmal Xudayberganov

👉 @informatika
Forwarded from Zafarbek Solijonov
10 минг қадамга пул тўлаш бошланди дейишмоқда

Юугуриш ва юришни оммалаштириш учун режаланган платформа ишга тушибди. Хуллас 1hls.uz сайтига кирасиз. iOS ва Android учун дастурларни юклаб оласиз. Тегишли устунларни тўлдириб, рўйхатдан ўтасиз.

Ўзбекистон ҳудудида бир сутка давомида ўн минг ва ундан ортиқ қадам юрган 18 ва ундан юқори ёшдаги Ўзбекистон фуқароларининг платформадаги электрон ҳамёнига 3 минг сўмдан ўтказилади. Қарабсизки 5600 сўмнинг ярмидан кўпи "есть уже", камбағалликдан чиқасиз.

Платформа соат 00:00 дан 23:59 гача ҳисоблайди. Комментларда кимлар ишга тушди, ҳисоблаяпти деди, кимлардир "чота не работает" деяпти. Хуллас ўзингиз синаб кўринг. Менга юбориш шартмас. Ўша ерда изоҳ қолдирсангиз бўлади. Ҳудудлар кесими бўйича энг кўп юрган шахсларга ҳар ойда:

туман (шаҳар)да — 300 минг сўм;
вилоятлар ва Тошкент шаҳрида — 500 минг сўм;
Республика бўйича — 1 миллион сўм қўшимча равишда платформадаги электрон ҳамёнига ўтказилади.

📲 Мана шу ердан бошланг

Телеграм каналим:👇
@Zafarbek_Solijonov
Hozirgi vaqtda universitet talabalari, magistrlari va ishsiz qolgan barcha insonlar ish izlash bilan ovora!

Quyidagi saytlar O'zbekistondagi ishsiz qolgan kadrlar, ish izlayotgan insonlarga o'z kasbi bo'yicha bo'sh ish o'rinlarini izlab topishida ko'mak ko'rsatish uchun mo'ljallangan bo'lib, uning asosiy vazifasi ishsiz kadrlarni ish bilan ta'minlashdan iborat.

1. https://hh.uz/

2. https://ishkop.uz/

3. https://rabota.uz/

4. https://uz.jooble.org/

5. http://Ish.mehnat.uz/

6. https://myjob.uz/

7. https://uzjobs.uz/

8. https://uz.trud.com/

Ushbu saytlardan ish izlab ko'ring. Mabodo ishga kirsangiz, izohda qaysi sayt orqali ish topib, baxtga erishganingiz haqida ma'lumot qoldiring!

Barcha tanishlaringizga ushbu xabarni yatkazing! Omad!

👉
@informatika
Forwarded from Mubaşşir Ahmad
Telegram орқали келибди. Изоҳга ҳожат йўқ экан.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ishlatilgan ofis qog'ozlarini yangi ko'rinishga keltirish qurilmasi
#texnologiya

Epson kompaniyasi printer ko'rinishiga ega, lekin chop etish uchun emas, balki chop etilgan qog'ozlarni yangilash qurilmasini taqdim etgan.

Qurilmaga, yozilgan qog'ozlarni kiritasiz, u esa siyohlarni o'chirib emas, balki qog'ozni to'liq yo'q qilib, qaytadan tiklab berish usuli orqali taqdim etadi(videoda batafsil ko'rsatilgan).

☝️Qog'ozni tejash, ekologiya kabi muammolarni oldi olinadi.
Akmal Xudayberganov

👉 @informatika
⚡️ Barcha abituriyentlar diqqatiga: bugundan qabul boshlandi!

Bugun, 20 iyun kuni 2021-2022-o‘quv yili uchun OTMlarning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish boshlandi

Bunda abituriyentlar telefon raqamini avtorizasiyadan o‘tkazib, pasport ma’lumotlari, doimiy yashash manzili va tugatgan ta’lim muassasasi bo‘yicha ma’lumotlarni kiritishlari, shuningdek, imtiyozlari mavjud bo‘lsa, ularni tekshirishlari hamda chet tilidan milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo‘lsa, sertifikat ma’lumotlarini kiritishlari mumkin.

❗️ Ta’lim yo‘nalishlarini esa 2021-2022-o‘quv yili uchun OTMlarga kvotalar belgilanib, tillar kesimida tasdiqlanganidan so‘ng tanlash mumkin bo‘ladi. bugun bunday imkoniyat bo‘lmaydi.

📲 Abituriyentlarni ro‘yxatga olish DTMning my.dtm.uz sayti va Yagona portal (my.gov.uz) orqali onlayn amalga oshiriladi.

Ro‘yxatga olish 20 iyulga qadar (20 iyul kuni ham) davom etadi va abituriyentlar 20 iyulga qadar o‘z ma’lumotlarini o‘zgartirishlari hamda chet tilidan milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo‘ladigan bo‘lsa, sertifikat ma’lumotlarini kiritishlari mumkin bo‘ladi.

👉 @informatika
Forwarded from Informatika va AT (ㅤNursaidov)
QScanner, QRcode, generator.apk
10 MB
Barcha QR va shtrix formatlarini qo'llab-quvvatlaydigan, juda tezkor QR va shtrix-kod skaneri! Bu barcha Android qurilmalari uchun kerak bo'lgan skaner dasturi.

Menda so'rashadi.
Qanday qilib QR shtrix kodlarni tekshirsam bo'ladi? qanday qilib o'zimning QR kodimni tayyorlasam bo'ladi?

O'zim foydalanadigan QScanner ilovasini barchaga tavsiya qilaman. Juda tez ishlaydi. QR kod tayyorlab do'stlaringizga, ish joyingizga, rezyumengizga va kerakli joylarga taqdim qilishingiz mumkin.

Tez orada bakalavr, magistrlar uchun imtihon bo'lib o'tadi va bu imtihonlarning javoblarini tezkor bilish uchun ham aynan QR kod dasturi bo'lishi shart.

Ilovani yuklab oling, foydalaning hamda do'stlaringizga ulashing!

👉 @informatika
“Gruziya muvaffaqiyatga qanday erishdi” kitobi ko’plab muhokamalarga sabab bo’lmoqda

“Asaxiy” internet do’koni asoschisi Firuz Allayev tarjima qilingan kitob yuzasidan o’z fikrlari bilan bo’lishdi.

Kitobni o’qib chiqqanlar allaqachon bu tarjima asar haqida post qoldirib fikr bildirishmoqda. Ammo ular orasida negativ fikrlar ham yo’q emas. Firuz Allayev Facebookdagi sahifasida bunga munosabat bildirmasdan qolmadi.

Tadbirkor kitobda insonlarni to’ntarish qilishga yoki davlatga qarshi chiqishga da’vatlar mavjud emasligini ta’kidlab, “O'zbekiston iqtisodiyotini Amerika qo’llab -quvvatlaydi” kabi iddaolarni rad etgan.
Batafsil

Siz ushbu kitobni o'qidingizmi? Fikringiz qanday?

Aytgancha
: @tentakminds kanalini yurituvchi "tentak", gruziyaga borib, kitobda keltirilgan ma'lumotlarni amalda ko'rsatib bermoqda...

👉 @informatika
Ҳурматли обуначилар!
Интернет тармоғида бўлмаган ретро фильмлар ва мусиқалар, маърифий, илмий-тавсиявий, табобатга оид ҳамда кўнгилочар кўрсатувларни кузатиб бориш учун Сизни "Mahalla" телеканалининг расмий Телеграм саҳифасига таклиф этамиз. Обуна бўлинг ва бизни қўллаб-қувватланг. Сиз учун фойдали ва мароқли кўрсатувлар, фильмларни улашиб борамиз.
Марҳамат!

@MahallaTelekanali
Google'dan qocholmaysan, shunday ekan aql bilan ish qil
#bilib_olgan_yaxshi
Akmal Xudayberganov

👉 @informatika
Forwarded from Informatika va AT (Nursaidov ㅤ)
Multiplication table-Ko'paytirish jadvali.apk
4.8 MB
Multiplication table - Ko'paytirish jadvali mobil ilovasi ishlab chiqildi.

Ushbu ilova orqali bolalar karra - karra jadvalini 1 kunda o'rganadi, har bir sonlar uchun alohida misollar ishlab bilimini oshiradi.

O'yin bo'limi orqali 3 xil qiyinlikdagi misollar beriladi

Dual - ya'ni ikki kishilik bo'limida bitta ilova orqali ikki kishi bilimini real vaqtda sinovdan o'tkazadi. Bu imkoniyatlar ilovaning imkoniyatini yanada oshirishga xizmat qiladi.

Ushbu ilova ingliz tilida. Ushbu xususiyat ilovadan foydalanishda hech qanday muammo tug'dirmaydi degan umitdamiz. Farzandingiz shu bahonada ingliz tilidagi so'zlarni ham o'rganib oladi.

Farzandingiz uchun ushbu o'yinni yuklab oling, afsuslanmaysiz! Hajmi atigi 4.8 mb

👉 @informatika
Ана энди жила!

Грузияда мошинада ҳеч қанақа «растаможка» деган нарса йўқ экан, ундан ташқари “автосалон” ҳам йўқ экан. Ҳамма интернет орқали мошинани сотиб олади, буюртма беради. Бундай сайтлар жуда кўп экан, улардан бири мана бу
👉 линкдаги сайт экан.

Дунёнинг хоҳлаган машинасига буюртма берасиз, икки ҳафтада у уйингизда бўлади, хоҳласангиз олиб келинган машиналардан буюртма берасиз, ҳаммасини уйингизга келиб расмийлаштириб беришади.

Хоҳласангиз, 5% фоизлик кредити ҳам бор экан, шундан фойдалансангиз ҳам бўлар экан, агар мободо олган машинангиз ўзингизга ёқмай қолса, бемалол бошқасига ёки устига пул қўшиб янгисига алмаштириб кетаверасиз.
@tentakminds

Расмда матиз ва Жентра автомобил нархлари 650$ эканлигини кўрсангиз, “Gruziya muvaffaqiyatga qanday erishdi” китобини ўқиганлар, ХОИН эмаслигига иқрор бўласиз...

👉 @informatika
​​Kompyuterning asosiy xarakteristikasini bilishning bir necha usullari

O'zingizning kompyuteringiz xarakteristikasini bilish juda muhim hisoblanadi, sababi istalgan dastur yoki o'yinlarni o'rnatishdan oldin, bu dastur yoki o'yinlar sizning kompyteringizga mos tushadimi aniqlash lozim.

Asosiy xarakteristikaga quyildagilar kiradi:
▪️Kompyuter modeli
▪️Protsessor(CPU)
▪️Tezkor xotira(RAM)
▪️Plata(Motherboard)
▪️Videokarta
▪️Qattiq disk(HDD)

Bu xarakteristikalarni bilishning bir necha usullari bor, marhamat tanlan-tanlab ishlatavering:
1. Win + R -> msinfo32
2. Win + R -> dxdiag
3. Win + R -> cmd -> systeminfo (qora oynaga systeminfo yozamiz)
4. Win + pause tugmalari bosamiz va hosil bo'lgan oynaning chap tomonidan "Диспетчер устройств" menyusiga kiramiz.

☝️Har biri Windows 7 va Windows 10 tizimlarida tekshirildi.
Akmal Xudayberganov

👉 @Informatika
Forwarded from Informatika va AT (Nursaidov ㅤ)
Dictus 1.4.2.apk
1.9 MB
#Android #Ilova #Ingliz_tili

Dictus- Ingliz tili so’z boyligini oshirish uchun mo’ljallangan Android qurilmalari uchun ishlab chiqilgan o'zbek tilidagi appdir.

Dictus yordamida Ingliz tilidagi so’zlarni tez o’rganib olish mumkin. So’zlar 10talik guruhlarga bo’lingan bo’lib, guruhdagi har bir so’z uchun sodda va tushunarli misol keltirilgan. Ingliz tilidagi so’z va unga keltirilgan misolni eshitib ko’rish mumkin. Dastur haqida to’liq ma’lumotni Yordam bo’limidan olishingiz mumkin. Bu dasturning yana bir avfzalligi O’zingiz har kungi yod oladigan lug’atlaringizni Mening lug’atim bo’limi orqali kiritib, test ko’rinishida tez va oson o’rganib olishingiz mumkin.
BROKEN RIB maxsuloti.

👉 @informatika
​​Windows 10 tizimida tungi rejimni yoqamiz

Tungi rejim
bu shunday holatki, bunda tizimdagi asosiy ranglar qoramtir rangga o'tadi. Bunday rejimdan foydalanish kechqurun ancha zavq bag'ishlaydi, ko'z charchashi va qamashishini oldini oladi.
Umuman olganda, kunduzlari yorqin rejim, kechqurunlari tungi rejimdan foydalanish ancha effekt beradi. O'zimni oladigan bo'lsam, asosan barcha dasturlar, ilovalar, operatsion tizimni tungi rejimda ishlataman, yorqin rejim tanlab qo'ysam, darhol o'zimni diskomfort his qilaman.

Windows 10 tizimidan boshlab, tungi rejim, ya'ni "тёмная тема" imkoniyati taqdim etildi. Demak, bu imkoniyatdan foydalanamiz:
1. Windows 10 tizimida, "Параметры Windows" oynasini quyidagi 2 usuldan birini tanlagan holda ochamiz:
- Win + I;
- "Пуск" -> "Параметры";
2. "Персонализация" bo'limiga kiramiz.
3. Chap tomondagi menyudan "Цвета" qismini tanlaymiz.
4. O'ng tomonda paydo bo'lgan qism menyuni quyiga tushamiz va "Выберите режим приложения по умолчанию" bandidan "Темный" holatini tanlaymiz.
5. Tanlanish bilan, tizim darhol tungi holatga o'tadi.

☝️Windows 10 1809 versiyadan boshlab, tungi rejimni yoqqanda, barcha sozlash menyulari, "Проводник", hattoki Google Chrome dasturi ham bu rejimga o'tadi.
Windows 10 1809 gacha bo'lgan versiyalarda, "Проводник" oynalari oqligicha qoladi, lekin qolgan menyular tungi rejimga o'tadi.
Bu rejim boshida sizga g'alati tuyulishi mumkin, lekin o'rganib olsangiz, oq rejimga qaytishni hayolingizga ham keltirmaysiz.
Akmal Xudayberganov

👉 @informatika
Telegram navbatdagi yangilanishlarni eʼlon qildi.

Unga koʻra, guruhlardagi ovozli chatlar davomida barcha qurilmalarda, jumladan, planshetlar va kompyuterlarda kameraniyoqish yoki ekranni ulashish imkonini berilmoqda.

Bu ovozli chatlarni onlayn darslar, biznes uchrashuvlari va oilaviy yigʻilishlar uchun foydalanish mumkin boʻladi.

Endilikda guruhdagi har qanday ovozli suhbatni darhol videokonferensiyaga aylantirish mumkin.

Guruhli videokonferensiyalar
Ovozli chatlar guruhli video konferensiyalarga aylanishi mumkin, bu borada videongizni yoqish uchun shunchaki kamera belgisini bosish kifoya.

👉 @informatika
Forwarded from Informatika va AT (Nursaidov ㅤ)
“Рақамли иқтисодиётга оид терминлар луғати”

Луғат cаккиз мингдан ортиқ терминларнинг батафсил изоҳидан ташкил топган бўлиб, атамалар ўзбек тилида келтирилган.

Луғатнинг асосий имкониятлари:

- Терминларнинг ўзбекча изоҳда берилганлиги;
- Тезкор қидирув тизимининг мавжудлиги;
- мобил илованинг offline режимда ишлаши.

https://play.google.com/store/apps/details?id=com.tsue.lugat

👉 @informatika
Hozirda, kompyuter uchun 3 ta asosiy operatsion tizim ishatilmoqda: Windows, Linux, MacOS.
Yuqoridagi rasm bu tizimlar farqini juda yaxshi namoyon qilgan. Qisqacha izoh:

1. Windows. Har doim ta'mir talab, dasturlarni o'rnatishdagi xatoliklar, ularni sozlash, drayverlarni mosligiga ahamiyat berish, dastur ishlashi uchun kutubxonalar qidirish lozim bo'lgan tizim. Shu bilan birga foydalanuvchi uchun juda chiroyli ko'rinishga ham ega emas.

2. MacOS. Xaqiqiy go'zallik. Juda chiroyli interfeys, hammasi siz uchun qilib qo'yilgan, Dasturlarda muammolar bo'lmaydi, chunki barcha dasturlar Apple kompaniyasiga tegishli, lekin to'liq yopiq tizim, o'zingizcha bir nimalar qilib tashlolmaysiz.

3. Linux. Xaqiqiy linux tizimlarda sizga buyruqlar yozish uchun bitta terminal beriladi, o'zingiz shu orqali tizimni o'rnatishdan boshlab, oxirgi nuqtasigacha bajarasiz. Har bir dasturni topib, uni kodlar orqali o'rnatasiz. Xullas, kod orqali tizimni qurasiz.
Akmal Xudayberganov

👉 @informatika
Barcha xakerlar yomonmi? Xakerlikning asosiy 5 turi

Xaker, kim o'zi u?
Dastlab, bu termin hisoblash texnikalarni yaxshi tushunadigan, dasturlash va tizimlarni mukammal biladigan insonlarga nisbatan ishlatilar edi. Ular muammolarni kutilmagan tarzda yechadigan, siz o'ylamagn tomondan yondashadiganlar edi.
Keyinchalik bu soha vakillari buzg'unchilik qila boshladilar va xaker so'zini buzg'unchi sifatida rivojlanishiga olib kelishdi.

Hozirda, hamma davlatlarda bu kabi buzg'unchilar uchun qattiq jazolar ishlab chiqilgan, shu sababli, buzg'unchi bo'lishdan saqlaning.

Endi, shu buzg'unchilarga qarshi turuvchi, hisoblash texnikalarni himoyalovchi kuchli mutaxxasislar yetishib chiqdi va ular ham yaxshi ma'noda "xaker"lar deyildi, lekin ular himoya vazifasini bajarishadi.

Bu yerdan xakerlarning turlari kelib chiqdi va ular quyidagilar:
⚪️ Oq xakerlar(White hat). Bular tizimlardagi muammolarni qidirib, ularni bartaraf etish bilan shug'ullanishadi, ya'ni buzg'unchilardan himoyalash vazifasini bajarishadi.
⚫️ Qora xakerlar(Black hat). Aynan shular buzg'unchilar, yomon niyatli, barchaga zarar keltiruvchilar. Bulardan ehtiyot bo'lish, himoyalanish haqida shu kanalda postlar berib bormoqdaman, o'qing va o'rganing.
🔘 Kulrang xakerlar(Gray hat). Bular vaziyatdan kelib chiqib, ish ko'rishadi, ya'ni hamilionlar. Muammolarni topishadi va ularni yechib berish uchun ma'lum mablag' talab qilishadi, lekin unchalik buzish ishlarida qatnashishmaydi.
🟢 Yashil xakerlar(Green hat). Bular xavfsizlik ishlarini endi boshlaganlar, o'rganuvchilar.
🔴 Qizil xakerlar(Red hat, bu nomni Linux tizimidagi Redhat bilan adashtirmang). Bular ham yaxshilar tomonida. Oq xakerlar, qora xakerlardan himoyalanishsa, qizil xakerlar, qora xakerlarga qarshi kurashadilar, ularni o'zlariga xujum qilishadi.

Asosiylari shular, ko'rib turganingizdek, qora xakerlardan boshqa hammasi, ularga qarshilardir. Shunday ekan, aslo buzg'unchi bo'lmang, ularning joyi #.

☝️ Bu postni nima uchun yozdim? Hozirda Wi-Fi routerni qanaqa buzadi? Kim buzib bera oladi? degan savollar ko'payib ketmoqda, aslo buzg'unchi va firibgar bo'lmang. Bizning davlatda ham, firibgarlik haqida jinoyat kodeksida aytib otilgan.
Akmal Xudayberganov

👉 @informatika
Forwarded from Informatika va AT (Nursaidov ㅤ)
Test tuzuvchi.apk
17.9 MB
Kutib oling. Android qurilmalari uchun "Test tuzuvchi" dasturi

Test tuzuvchi dasturi orqali barcha fanlardan yoki mavzulardan savollarni kiritib test holatida ishlashingiz mumkin.

Masalan: Ingliz tilidan bugun 30 ta so'z yodlashingiz kerak. Ushbu so'zlarni Test tuzuvchi dastur orqali birma-bir kiritib test holatida bajarishingiz mumkin.

Bunda so'zlarni yozasiz, o'qiysiz va test holatida ishlasangiz ushbu so'zlar miyangizda bir umr saqlanib qoladi.

Keraksiz bo'limlarni chap yoki o'ngga surish orqali o'chirib tashlashingiz mumkin.

👉 @informatika