Informatika va AT
8.68K subscribers
1.09K photos
598 videos
603 files
1.51K links
Informatika va axborot texnologiyalari bo'yicha O'zbekistonda birinchi faoliyatini boshlagan kanalga xush kelibsiz.

Bog'lanish: @Nursaidovuz

https://t.me/Informatika/3

Dasturlash: @FlutterDasturchi
Download Telegram
​​Smartfoningizni blokdan chiqarishga harakat qilgan insonni rasmi bilan joyini aniqlaymiz

Kanalda asosiy postlar kompyuter haqida bo'lmoqda, bu safar smartfonlar xavfsizligi haqida yozaman.

Smartfoningizni yo'qotib qo'ydingiz yoki kimdur siz yo'qligingizda uni blokdan chiqarishga harakat qildi, siz shu holatda o'sha insonni rasmi, agar smartfoningiz yo'qolgan bo'lsa, uni koordinatasini bilib olishingiz mumkin. Bu ma'lumotlar elektron pochtangizga keladi.

Bu ishlarni Android tizimi uchun Lockwatch ilovasi qilib berishi mumkin. Demak dasturni Play Market orqali o'rnatasiz va quyidagicha sozlaysiz:
1. "Отправить уведомление по email" punktini yoqasiz.
2. "Количество попыток разблокировки" punktida, necha marotaba xato tersa, shu insonni rasmi va koordinatasini jo'natish kerakligini o'rnatasiz.
3. "Отправка email на адрес" punktiga, qaysi e-mail addressga jo'natish kerakligini kiritasiz (Gmail pochtalariga jo'natdi, mail.ru pochtasiga jo'nataolmadi).

Dastur sizdan, administrator ruhsati va ba'zi kataloglarga ruhsat so'raydi, ilovani ishlatmoqchi bo'lsangiz ruhsat berasiz.
Hamma narsa sozlangandan keyin, smartfonga kod qo'yasiz(raqamli kod yoki grafikli kod) va ochishda xato kod tersangiz, smartfon oldi kamerasidan sizni rasmga oladi va o'rnatilgan pochtaga jo'natadi.

Ilova quyi qismida tushuntirish berib o'tilgan, ya'ni:
- rasmga olishi uchun kamida 4 ta raqam(kod) terilishi lozim;
- xato terilgandan so'ng, 10 sekund ichida to'g'risini termasligingiz kerak;
- pochtani kirish bo'limiga mobodo xat kelmasa, spam bo'limidan qidiring(men tekshirganimda asosiy kirish bo'limiga tushdi).

Ko'chirib olish: Play Market orqali

☝️Ilovani pullik varianti ham bor, agar pul to'lasangiz, sim karta almashganini, o'sha paytdagi ovozni va bir necha rasmlarni jo'natishi mumkin.

💡O'zim raqamli va grafikli kod orqali ilovani ishlashini tekshirdim, pochta sifatida gmail pochtani ko'rsatdim, ishlashda muammo bo'lgani yo'q.
Akmal Xudayberganov

👉 @informatika
Notebook afzallik va kamchiliklari haqida to'liq info
(yana ham to'latish sizning qo'lingizda)

Ko'pchilik kompyuter olmoqchi bo'lsa, uning xarakteristikasidan oldin, notebook yoki statsionar kompyuter olish haqida o'ylaydi.
Demak, dastlab notebook haqida gaplashamiz, uni sotib olsangiz nimalardan yutasiz va nimalardan yutqazasiz birma-bir ko'rib chiqamiz.

Notebook sotib olsangiz qanday qulayliklarga ega bo'lasiz:

🔹Mobillik. Maxsus(!) sumkaga solib, istalgan joyga o'zingiz bilan olib ketishingiz mumkin. Eng asosiy afzalliklaridan biri.
🔹Avtonom rejim. O'zida mavjud bo'lgan akkumlyator orqali ishlashi. Istalgan joyga olib borishdan tashqari, u yerda ishlashingiz ham mumkin. Tok manbai qidirib yurmaysiz.
🔹 Qo'shimcha modullarning mavjudligi. Wifi, Bluetooth, kamera kabi imkoniyatlardan foydalanish uchun qo'shimcha harajat qilmaysiz.
🔹 Energiya sarfi kam. Oddiy statsionar kompyuterga qaraganda, kam tok sarflaydi, shunga moslashtirilgan.
🔹 Shovqinsizroq. Kullerlar soni kamligi va ixchamligi orqali, ularni aylanishini unchalik sezmaysiz.
🔹Ixchamlik. Bu afzallik, ishlash jarayonida bilinadi, notebook'da ishlash uchun kichik stol ham bo'laveradi, katta joy talab qilinmaydi.

Endi, notebook sotib olsangiz, qanday muammolarga duch kelishingiz mumkinligini ko'rib chiqamiz:

🔻Moslashtirish. Ekran kichik va klaviatura ham biroz noqulay(ixchamlashtirilganligi uchun), agar ko'p vaqtingizni notebook bilan o'tkazadigan bo'lsangiz, alohida kattaroq monitor va klaviatura sotib olishingiz kerak bo'ladi.
🔻 Xizmat ko'rsatishdagi muammolar. Biror detalni almashtirish, ichidagi changlarni tozalash, kuchaytirish(upgrade) kabi vazifalarni bajarish ancha muammo.
🔻Sovutish tizimidagi nuqsonlar. Hajm kichik, ishlashi tez, bajaradigan vazifalar juda ko'p, demak yaxshigina qizish bo'ladi, uni sovutish uchun, statsionar kompyuterdagidek katta kullerlar qo'yishning iloji yo'q, kichik kuller va quyi qismidagi teshiklar sovutish tizimini tashkil qiladi. Bu yetarli emas, kamiga notebook'ni biror yumshoq sohaga qo'yib, teshiklarni ham yopib quyamiz.
🔻Mexanik ta'sirlarga chidamsiz. Notebook bo'lgandan keyin, u olib yuriladi va tashqa ta'sirlar ko'p bo'ladi, kimdur tegib ketadi, qo'ldan tushib ketadi, biror qattiq sohaga uriladi, bizning yo'llarda moshinada olib yurishni gapirmasa ham bo'ladi. Xullas, mexanik tas'irlar orqali tez buzilish ehtimoli bor.
🔻Portlar soni kam. Bitta USB portni misol qilish mumkin, ko'p notebook'larda 2 yoki 3 ta bo'ladi, shundan bittasi sichqonchaga. Undan tashqari, HDMI port bo'lsa, DVI topilmi qoladi, DVI bo'lsa, VGA topilmi qoladi, xullas portlar bilan muammo bor.
🔻Individual yig'ish imkoni mavjud emasligi. Siz komplekt notebook sotib olasiz, mana buncha HDD, shuncha RAM va protsessor mashnaqa bo'sin deb buyurtma qilaolmaysiz, borini olasiz.
🔻Narxi qimmat. Ha, narxi darhaqiqat qimmat, shu pulga kuchliroq statsionar kompyuter yig'ish mumkin.

Agar siz ham, yuqoridagilardan tashqari, qandaydir pichoqqa ilinadigan kamchilik yoki afzalligini bilsangiz, komentariyaga yozing.
Akmal Xudayberganov

👉 @informatika
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Қандай технология ва қайси фан ҳақида гапирябсиз.!?

Аллоҳнинг бу махлуқи қайси олийгоҳни битирган экан, устози ким!?
#الله_خالق_كل_شىء.
Абота
Forwarded from TSUE-TDIU
✍️ Ўнлаб дастур ва мобиль иловалар муаллифи: “Бу соҳада ҳали ўзимни ҳаваскор ҳисоблайман!”

Тошкент давлат иқтисодиёт университети рақамли иқтисодиёт ва ахборот технологиялари кафедраси тадқиқотчиси Нурмуҳаммад Нурсаидов болалигидан илғор технологияларга қизиқади. Таълимнинг бакалавр ва магистратура босқичини шу йўналишда тамомлаган 27 ёшли қаҳрамонимиз халқ таълими ва олий таълим тизимлари учун бир қатор фойдали дастурлар ишлаб чиқиб, уларни амалиётга кенг татбиқ этиб келмоқда.

“Янги Ўзбекистон” газетаси, №119 (375) 2021 йил 12 июнь, шанба

Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
Forwarded from Informatika va AT (Nursaidov ㅤ)
easy Quizy Test.rar
7.6 MB
#dastur #test #exe

Windows operatsion tizimlari uchun test tuzuvchi Easy Quizzy dasturi.

Bu dasturning qulayligi o‘zbek tilida ekanligidir. Bu dastur orqali, Maktab, Kollej, Universitet talabalari uchun oraliq nazorat testlarini shu dastur orqali tayyorlab taqdim etishlari mumkin bo‘ladi. Abituriyentlar esa tayyorlanayotgan fanlari bo‘yicha har bir mavzu bo‘yicha testlar kiritib bilimlarini yanada mustahkamlasa bo‘ladi. Bu dasturning qulayliklari ancha. Masalan: Testga vaqtni joylashtirish. Testlarni har xil ko‘rinishda hosil qilish va h.k.

Dasturni videodarslar orqali o'rganing 👇

1-dars, 2-dars, 3-dars, 4-dars, 5-dars.

👉 @informatika
Only Win Legally - фақат ҳаққоний ғалаба қозон.

Мана шу қоидани бутун ҳаётингиз давомида маҳкам тутинг, ҳар қандай вазиятда ҳақиқат томонда туринг, ноҳақликлар доимо бўлади, асосийси сиз қайси томонда туришингиз.

👉 @informatika
Тошкент давлат иқтисодиёт университети рақамлашмоқда

👉 https://kun.uz/54223151

Реклама
Forwarded from Komil Allamjonov
Дунёда IT соҳаси шу даражада ривожланиб кетяптики эндиликда айрим компаниялар ушбу йўналишда университетларни битирганларни ишга олмаяпти. Чунки улар ўқиган ўқув дастурлари ушбу ривожланиш билан бирга янгиланишга улгурмаяпти. Бу соҳани яхши билганлар бозорда роса талаш. Нарҳлар баланд. Кейин ҳам фақат шунақа бўлади. Энг катта пул айнан шу йўналишда. Энг асосийси айтишник бўлиш учун диплом керак эмас. Пул топмоқчимисиз? Яхши яшамоқчимисиз? Бой бўлмоқчимисиз? Майбах ёки Х7 да юрмоқчимисиз? Эркин, ўзингизга хон бўлмоқчимисиз? Фақат айти йўналишига ўзингизни йўналтиринг. Супер контракт пулларини ўз шахсий ривожингиз учун ишлатинг. Дунё бозорига чиқинг. Дунёга кенг қаранг. Майда гап, ишлардан қочинг. Ҳаммаси осон. Ҳаммаси мақсадга боғлиқ.

#войманиукккаатоййлааарримм

#кенггакенгдунёторгатордунё
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Telefonda zaryad yo'q, tok ham yo'q. Demak, tokni qo'lda hosil qilamiz
#texnologiya #kulgu_ichida_haqiqat

P.S. Bizga nanotexnologiya, simsiz zaryadlash qurilmalari, fast charging texnologiyalari emas, balki tok beringlar holos😢. Akmal Xudayberganov

👉 @informatika
Windows tizimida, "Панель задач" menyusi joyini o'zgartirish

"Панель задач"
- odatda quyi qismida joylashgan, "Пуск", ochilgan dasturlar, soat kabilar joylashgan qator tushuniladi.
Panel joylashgan joyni o'zgartirish, ya'ni bu panelni yuqoriga chapga yoki o'ngga ko'chirish mumkin, uning uchun:
1. Panelning bo'sh qismida kontekst menyu(sichqonchaning o'ng tugmasi bosiladi) ochiladi va "Закрепить панель задач" qismidan belgilash olib tashlanadi.
2. So'ng, panelni bo'sh joyidan ushlab turgan holda, chap, o'ng yoki yuqoriga olib borilib, qo'yib yuboriladi.

Shu tariqa, "Пуск" menyusi joyi ham o'zgaradi. Ba'zilar bu imkoniyatdan, ish stolidagi fonning quyi qismi ko'rinmay qolganda yoki "Пуск" bosilganda, chap tomon berkilib qolishini oldini olish uchun foydalanishadi.

☝️Windows 10 tizimida tekshirildi.

👉 @informatika
⚡️Миллий дастур ва мобиль иловалар яратаётган ўзбек йигити

Жорий йилда Нурмуҳаммад яна бир катта янгиликка қўл урди. Минглаб ота-оналарнинг илтимоси асосида “Kids video” мобиль иловасини ишга туширди.

Батафсил 👉 https://bit.ly/3zuKCBA

Обуна бўлинг 👉 t.me/yuz_official
Forwarded from Komil Allamjonov
Куни кеча IT соҳасини танлаган одам ёмон яшамаслигини ёзган эдим. «Уларнинг ойликлари қанча?» деган саволга Ўзбекистонда ва AҚШда дастурчиларнинг йиллик ўртача маошларини келтираман:

🇺🇿Ўзбекистонда:
Java: 3600$ - 24,000$
Python: 4800$ - 24,000$
C#: 3300$ - 20,000$
C++: 4000$ - 30,000$
.NET: 3600$ - 22,000$
JavaScript: 3800$ - 20,000$
PHP: 2500$ - 18,000$

🇺🇸AҚШда:
Java: 102 728$ - 159 688$
Python: 108 551$ - 244 857$
C#: 94 667$ - 168 327$
C++: 113 061$ - 223 526$
.NET: $77,012 - $96,182
JavaScript: 111 674$ - 187 807$
PHP: 89 967$ - 142 205$

Яна таъкидлайман, IT соҳаси бу — бугун ва келажак. Ушбу соҳани яхши ўрганган одам нафақат Ўзбекистонда, дунёнинг исталган бурчагида камида хор бўлмайди, кўпида эса жуда яхши яшайди. Танлов ўз қўлингизда, укаларим!

P.S. Энг асосийси, ҳозирга вақтда Ўзбекистонда бўла туриб ҳам, бошқа чет эл компаниялари учун масофадан ишлаб, пул топса бўлади. Чет элга бориш ҳам шарт эмас!

#войманиукккаатоййлааарримм

@allamjonov_ki
Google Oʻzbekistonliklar uchun yer silkinishini aniqlovchi funksiyani ishga tushirdi deb xabar bermoqda sayt.uz

2020-yil avgust oyida Google yer silkinishidan ogohlantiruvchi funksiyani taqdim etgandi. Dastlab Kaliforniyada sinovdan oʻtkazilgan dastur, Yangi Zelandiya va Gretsiyada ham foydalanila boshlandi.

Bugun kompaniya yana yetti mamlakatda, jumladan, Oʻzbekistonda ham funksiyadan foydalanish mumkinligi haqida xabar berdi. Kelajakda u butun dunyoda mavjud boʻladi.

Funksiyani ishga tushirish uchun Settings > Location > Advanced > Earthquake Alerts boʻlimiga oʻtishingiz kerak. Albatta smartfoningiz soʻnggi yangilanishni yuklagan boʻlishi kerak.

👉 @informatika
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Texnologiya - juda zo'r, lekin juda qo'rqinchli narsa

Videoga qisqa izoh berish mumkin, internet orqali ko'rayotgan hamma narsaga ham ishonavermang, sizni ishontirish uchun hamma narsa qilishligi mumkin.

☝️Ayniqsa, pullik ishlarga ehtiyot bo'ling, tovarlar sotib olishda, rasm yoki videodagi ko'rinishga aldanmang.
Akmal Xudayberganov

👉 @informatika
Forwarded from Zafarbek Solijonov
10 минг қадамга пул тўлаш бошланди дейишмоқда

Юугуриш ва юришни оммалаштириш учун режаланган платформа ишга тушибди. Хуллас 1hls.uz сайтига кирасиз. iOS ва Android учун дастурларни юклаб оласиз. Тегишли устунларни тўлдириб, рўйхатдан ўтасиз.

Ўзбекистон ҳудудида бир сутка давомида ўн минг ва ундан ортиқ қадам юрган 18 ва ундан юқори ёшдаги Ўзбекистон фуқароларининг платформадаги электрон ҳамёнига 3 минг сўмдан ўтказилади. Қарабсизки 5600 сўмнинг ярмидан кўпи "есть уже", камбағалликдан чиқасиз.

Платформа соат 00:00 дан 23:59 гача ҳисоблайди. Комментларда кимлар ишга тушди, ҳисоблаяпти деди, кимлардир "чота не работает" деяпти. Хуллас ўзингиз синаб кўринг. Менга юбориш шартмас. Ўша ерда изоҳ қолдирсангиз бўлади. Ҳудудлар кесими бўйича энг кўп юрган шахсларга ҳар ойда:

туман (шаҳар)да — 300 минг сўм;
вилоятлар ва Тошкент шаҳрида — 500 минг сўм;
Республика бўйича — 1 миллион сўм қўшимча равишда платформадаги электрон ҳамёнига ўтказилади.

📲 Мана шу ердан бошланг

Телеграм каналим:👇
@Zafarbek_Solijonov
Hozirgi vaqtda universitet talabalari, magistrlari va ishsiz qolgan barcha insonlar ish izlash bilan ovora!

Quyidagi saytlar O'zbekistondagi ishsiz qolgan kadrlar, ish izlayotgan insonlarga o'z kasbi bo'yicha bo'sh ish o'rinlarini izlab topishida ko'mak ko'rsatish uchun mo'ljallangan bo'lib, uning asosiy vazifasi ishsiz kadrlarni ish bilan ta'minlashdan iborat.

1. https://hh.uz/

2. https://ishkop.uz/

3. https://rabota.uz/

4. https://uz.jooble.org/

5. http://Ish.mehnat.uz/

6. https://myjob.uz/

7. https://uzjobs.uz/

8. https://uz.trud.com/

Ushbu saytlardan ish izlab ko'ring. Mabodo ishga kirsangiz, izohda qaysi sayt orqali ish topib, baxtga erishganingiz haqida ma'lumot qoldiring!

Barcha tanishlaringizga ushbu xabarni yatkazing! Omad!

👉
@informatika
Forwarded from Mubaşşir Ahmad
Telegram орқали келибди. Изоҳга ҳожат йўқ экан.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ishlatilgan ofis qog'ozlarini yangi ko'rinishga keltirish qurilmasi
#texnologiya

Epson kompaniyasi printer ko'rinishiga ega, lekin chop etish uchun emas, balki chop etilgan qog'ozlarni yangilash qurilmasini taqdim etgan.

Qurilmaga, yozilgan qog'ozlarni kiritasiz, u esa siyohlarni o'chirib emas, balki qog'ozni to'liq yo'q qilib, qaytadan tiklab berish usuli orqali taqdim etadi(videoda batafsil ko'rsatilgan).

☝️Qog'ozni tejash, ekologiya kabi muammolarni oldi olinadi.
Akmal Xudayberganov

👉 @informatika
⚡️ Barcha abituriyentlar diqqatiga: bugundan qabul boshlandi!

Bugun, 20 iyun kuni 2021-2022-o‘quv yili uchun OTMlarning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish boshlandi

Bunda abituriyentlar telefon raqamini avtorizasiyadan o‘tkazib, pasport ma’lumotlari, doimiy yashash manzili va tugatgan ta’lim muassasasi bo‘yicha ma’lumotlarni kiritishlari, shuningdek, imtiyozlari mavjud bo‘lsa, ularni tekshirishlari hamda chet tilidan milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo‘lsa, sertifikat ma’lumotlarini kiritishlari mumkin.

❗️ Ta’lim yo‘nalishlarini esa 2021-2022-o‘quv yili uchun OTMlarga kvotalar belgilanib, tillar kesimida tasdiqlanganidan so‘ng tanlash mumkin bo‘ladi. bugun bunday imkoniyat bo‘lmaydi.

📲 Abituriyentlarni ro‘yxatga olish DTMning my.dtm.uz sayti va Yagona portal (my.gov.uz) orqali onlayn amalga oshiriladi.

Ro‘yxatga olish 20 iyulga qadar (20 iyul kuni ham) davom etadi va abituriyentlar 20 iyulga qadar o‘z ma’lumotlarini o‘zgartirishlari hamda chet tilidan milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo‘ladigan bo‘lsa, sertifikat ma’lumotlarini kiritishlari mumkin bo‘ladi.

👉 @informatika
Forwarded from Informatika va AT (ㅤNursaidov)
QScanner, QRcode, generator.apk
10 MB
Barcha QR va shtrix formatlarini qo'llab-quvvatlaydigan, juda tezkor QR va shtrix-kod skaneri! Bu barcha Android qurilmalari uchun kerak bo'lgan skaner dasturi.

Menda so'rashadi.
Qanday qilib QR shtrix kodlarni tekshirsam bo'ladi? qanday qilib o'zimning QR kodimni tayyorlasam bo'ladi?

O'zim foydalanadigan QScanner ilovasini barchaga tavsiya qilaman. Juda tez ishlaydi. QR kod tayyorlab do'stlaringizga, ish joyingizga, rezyumengizga va kerakli joylarga taqdim qilishingiz mumkin.

Tez orada bakalavr, magistrlar uchun imtihon bo'lib o'tadi va bu imtihonlarning javoblarini tezkor bilish uchun ham aynan QR kod dasturi bo'lishi shart.

Ilovani yuklab oling, foydalaning hamda do'stlaringizga ulashing!

👉 @informatika
“Gruziya muvaffaqiyatga qanday erishdi” kitobi ko’plab muhokamalarga sabab bo’lmoqda

“Asaxiy” internet do’koni asoschisi Firuz Allayev tarjima qilingan kitob yuzasidan o’z fikrlari bilan bo’lishdi.

Kitobni o’qib chiqqanlar allaqachon bu tarjima asar haqida post qoldirib fikr bildirishmoqda. Ammo ular orasida negativ fikrlar ham yo’q emas. Firuz Allayev Facebookdagi sahifasida bunga munosabat bildirmasdan qolmadi.

Tadbirkor kitobda insonlarni to’ntarish qilishga yoki davlatga qarshi chiqishga da’vatlar mavjud emasligini ta’kidlab, “O'zbekiston iqtisodiyotini Amerika qo’llab -quvvatlaydi” kabi iddaolarni rad etgan.
Batafsil

Siz ushbu kitobni o'qidingizmi? Fikringiz qanday?

Aytgancha
: @tentakminds kanalini yurituvchi "tentak", gruziyaga borib, kitobda keltirilgan ma'lumotlarni amalda ko'rsatib bermoqda...

👉 @informatika