Informatika va AT
8.68K subscribers
1.09K photos
598 videos
603 files
1.51K links
Informatika va axborot texnologiyalari bo'yicha O'zbekistonda birinchi faoliyatini boshlagan kanalga xush kelibsiz.

Bog'lanish: @Nursaidovuz

https://t.me/Informatika/3

Dasturlash: @FlutterDasturchi
Download Telegram
Mobil dasturlash bo‘yicha “mGov Kashkadarya” tanlovi o‘tkaziladi

Qashqadaryo viloyatida IT Park tomonidan tashkil etilayotgan “mGov Kashkadarya” mobil dasturlash tanlovi bo‘lib o‘tadi. Ushbu tanlov doirasida ishtirokchilar tibbiyot, ta’lim, energetika, qishloq xo‘jaligi, qurilish, ijtimoiy himoya, aholi bandligini ta’minlash yo‘nalishlar bo‘yicha mobil ilovalarning prototiplarini taqdim etishlari lozim.

Loyihada taqdim etilayotgan ishlanmalar jamiyat muammosini samarali hal etishga qaratilgan, innovatsion hamda qulay bo‘lishi talab etiladi va shu mezonlar asosida baholanadi.

Tanlovda ishtirok etishni xoxlovchilar 2021-yil 24-maydan 22-iyun kuniga qadar ariza topshirishlari mumkin.

Ariza topshirish uchun havola:
https://forms.gle/5MgaZNoWb4Rrxy6r5

Murojaat uchun telefon raqami: +998 99 413 33 56

👉 @informatika
Rossiyada jangovar robotlarni ishlab chiqarish boshlandi deb xabar bermoqda sayt.uz

Robotlar mustaqil ravishda jang olib borishi mumkin. Sunʼiy intellekt elementlari allaqachon Rossiya harbiy texnikasida juda keng qoʻllanilmoqda: S-400, S-350 Vityaz, Pansir zenit raketa tizimlari - ular sunʼiy intellekt elementlari boʻlgan kompyuterlar hisobiga ishlaydi.

Beshinchi avlod Su-57 qiruvchi samolyotda ikkinchi uchuvchi rolini sunʼiy intellekt bajaradi. Shuningdek, robotlar harbiy tibbiyotda - odamlarni jang maydonidan evakuatsiya qilish uchun ishlatiladi.

📍O'zbekiston yangiliklari: Shahrisabz hokimi qabuliga borgan ayol "jinnixona"ga tiqib qо‘yildi.

👉 @informatika
Oʻzbekistonlik yutuberlar moʻmay daromaddan mahrum boʻldi deb xabar bermoqda sayt.uz

Oʻzbekistonda soʻnggi yillarda blogerlik, shu jumladan, videoblogerlik (vloger) rivojlanib boryapti. Bu orqali daromad qilayotganlar ham oz emas. Ularning baʼzilari birgina YouTube orqali oyiga bir necha ming dollargacha foyda koʻradi.

Ammo joriy yil aprel oyidan YouTube videoxostingida oʻz sahifasiga ega blogerlar daromadi keskin kamayib ketdi. Chunki YouTube maʼmuriyati oʻzbek auditoriyasiga moʻljallangan kanal mualliflarini moddiy ragʻbatlantirishni toʻxtatdi.

YouTube bu cheklov boʻyicha rasmiy bayonot bermadi. Blogerlarga moddiy ragʻbatning toʻxtatilishiga YouTubeʼning Oʻzbekistonda rasman faoliyat yuritmasligi sabab boʻlishi mumkin.

👉 @informatika
Forwarded from Informatika va AT (Nursaidov ㅤ)
Multiplication table-Ko'paytirish jadvali.apk
4.8 MB
Multiplication table - Ko'paytirish jadvali mobil ilovasi ishlab chiqildi.

Ushbu ilova orqali bolalar karra - karra jadvalini 1 kunda o'rganadi, har bir sonlar uchun alohida misollar ishlab bilimini oshiradi.

O'yin bo'limi orqali 3 xil qiyinlikdagi misollar beriladi

Dual - ya'ni ikki kishilik bo'limida bitta ilova orqali ikki kishi bilimini real vaqtda sinovdan o'tkazadi. Bu imkoniyatlar ilovaning imkoniyatini yanada oshirishga xizmat qiladi.

Ushbu ilova ingliz tilida. Ushbu xususiyat ilovadan foydalanishda hech qanday muammo tug'dirmaydi degan umitdamiz. Farzandingiz shu bahonada ingliz tilidagi so'zlarni ham o'rganib oladi.

Farzandingiz uchun ushbu o'yinni yuklab oling, afsuslanmaysiz! Hajmi atigi 4.8 mb

👉 @informatika
​​Kompyuter soatiga soniyani ham qo'shamiz

Kompyuterda o'ng tomon pastki qismida soat va daqiqa ko'rsatilib turiladi, shunga qo'shimcha soniyani ham qo'shisih mumkin. To'g'ri, kimlargadir bu arzimagan narsadir, balki nimaga kerak shunday ham yaxshiku degan hayol kelishi mumkindir, lekin ishoning vaqtni soniya bilan ko'rsatilishi ancha foydali.

Demak, vaqtga soniyani ham qo'shamiz, bu usulni faqat Windows 10 tizimida qo'llash mumkin:

1. Win + R -> regedit va Enter tugmasi orqali reestrga kiramiz.
2. Chap tomondagi menyudan quyidagi adresga kiramiz:
HKEY_CURRENT_USER\Software\Microsoft\Windows\CurrentVersion\Explorer\Advanced
3. Advanced papkasi ustida ischqonchani o'ng tomonini bosamiz va "Создать" -> "DWORD (32-bit) value"
4. Quyidagicha nom beramiz: ShowSecondsInSystemClock va Enter.
5. Hosil qilingan nom ustiga ikki martta bosamiz va qiymat sifatida 1 beramiz.
6. Kompyuter qayta yuklaymiz(Перезаргузка).

Shunda vaqtimiz, soat, daqiqa va soniya ko'rinishida bo'ladi.

☝️ Windows 10 tizimida tekshirib ko'rilgan.

@Akmal Xudayberganov

👉 @informatika
​​Windows tizimida skrinshot olish usullari(bir necha vaiantlarda)

Skrinshot bu kompyuter ekranini mavjud vaziyatdagi holatini rasm ko'risnihidagi nusxasini olish. Bu qanday amalga oshirishini ko'pchilik biladi, lekin butun ekranni emas balki ma'lum bir qismini, aktiv oynani qanday olish keraligi ko'pchilik bilmaydi, bilsa ham ishlatmaydi, maslahatim faqat o'rganib yurmang, amalda ham ishlating.
Xullas, skrinshot mavzusini to'liq beraman va mavzuga boshqa qaytmaymiz.

1. Demak ekranni to'liq holatini rasmga olish.
Klaviaturadan PrintScrn tugmasi bosiladi, shunda ekran holati buffer xotiraga tushadi, keyin uni biror joy(Paint, Word, Telegram)ga CTRL + V tugmasi orqali tashlab ishlatish mumkin.

2. Ekranni to'liq holatda emas, faqat aktiv oynani holatini olish.
Kerakli oyna aktiv holga keltiriladi va klaviaturadan ALT + PrintScrn bosiladi. Qolgani, yana usha gap biror joyga tashlab tahrirlab ishlatish mumkin.

3. Ekranni hohlagan joyini nusxasini olish(Windows 10'da tekshirildi).
Win + Shift + S tugmalari bosiladi va kerakli soha(joy) belgilanadi. Nusxasi olingan sohani yaxshi ishlar uchun foydalanish mumkin).

4. Shu ishlar uchun va qo'shimcha imkoniyatlar uchun FC Capture dasturidan ham foydalanish mumkin.

☝️ Kanalda ancha foydali mavzularni yoritib bormoqdaman, faqat o'qib o'tib ketmang, amalda albatta qo'llang va foydalanishni odat qilib oling.
@Akmal Xudayberganov

👉 @informatika
​​Windows 10: Kompyuterni o'chirish uchun slayd
#lifehack

Kompyuterni o'chirish uchun zamonaviy va eng yengil usul mavjud, sizga slayd taqdim etiladi, slaydni yuqoriga kutarsangiz ishlashda davom etasiz, pastga tushirsangiz, kompyuter o'chadi.
Buning uchun biz "ярлык" hosil qilishimiz kerak bo'ladi:

1. Kompyuter ish stolida kontekst menyu(sichqonchani o'ng tugmasini bosamiz) ochamiz va "Создать" -> "Ярлык".
2. Hosil bo'lgan oynaga, mana bu qatorni yozamiz
%windir%\System32\SlideToShutDown.exe
va "Далее"
3. Istalgan nom beramiz, misol uchun "KompShutDown" va "Готово".

Ish stolida KompShutDown degan fayl hosil bo'ladi, shu faylni ishga tushirsak, ekran ikkiga bo'lingan holda slayd paydo bo'ladi, strelkadan ushlab pastga tortsak, kompyuter o'chadi.

☝️ Windows 10 tizimida tekshirib ko'rildi.
Akmal Xudayberganov

👉 @informatika
Forwarded from Informatika va AT (Nursaidov ㅤ)
Macromedia Flash dasturi bo'yicha o'zbek tilidagi bepul video darslarni ko'ring va o'rganing!

1
. Macromedia Flash 1-dars. Dastur bilan tanishuv

2. Macromedia Flash 2-dars. Vaqt shkalasi

3. Macromedia Flash 3-dars. Kadr o'lchamini o'zgartirish

4. Macromedia Flash 4-dars. Chizg'ich va kadr to'ri

💻 Macromedia Flash 8 dasturini yuklab olish

Talablarga binoan Flash dasturlarida ishlash bo'yicha darslarni joylashtirib boramiz. Flashni o'rganuvchilarga xabar qiling.

DAVOMI BOR...

Mualliflar: Умарова Шоира Ғуломовна
Махмудов Бекзод Улуғбекович

👉🏻 @informatika
Forwarded from Informatika va AT (Nursaidov ㅤ)
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Photoshopda 3x4 rasm tayyorlash

Photoshop dasturi orqali fotosuratingizni 3x4 ko'rinishida mustaqil tayyorlashni ushbu videodars orqali o'rganing.

© Muallif: Rasul Atamuratov

Qo'shimcha qulayliklar: 👇

Photoshop dasturini yuklab olish

Photoshop darslar

👉 @informatika
​​Google siz haqingizda, siz o'ylaganingizdan ham ko'proq narsalarni biladi

Hozirda ko'pchilik Google bilan qalin do'st bo'lib qolgan, uning ko'p xizmatlaridan foydalanadi, misol uchun:
- Googe qidiruv tizimi
- Android tizimi
- Google Maps
- Youtube videoxostingi
va boshqalar.

Shularni ishlatishingiz davomidi, Google siz haqingizda ko'p narsalarni bilib bo'lgan, dastlab google akkountingizga kiring va quyidagi havolalar orqali Google siz haqingizda nimalar bilishini aniqlab oling:

1. Siz quyidagi qurilmalarni ishlatgansiz:
https://myaccount.google.com/device-activity
2. Google akkountingiz orqali quyidagi xizmatlarga murojaat qilgansiz:
https://myaccount.google.com/permissions
3. Google orqali qidirgan barcha so'rovlaringiz:
https://myactivity.google.com/myactivity
4. Google sizni qanday ko'radi, ya'ni sizning qiziqishlaringiz:
https://adssettings.google.com/authenticated?hl=ru
5. Google orqali telefoningizni toping:
https://myaccount.google.com/find-your-phone
6. Google'da saqlanayotgan barcha ma'lumotlaringizni arxivlash:
https://takeout.google.com/settings/takeout
Bonus:
Youtube ko'rgan va qidirgan barcha videolaringiz:
https://www.youtube.com/feed/history

☝️Bu ma'lumotlarni Google sun'iy intellekt orqali yig'gan, u odam emas robot, shu sababli biroz adashishlar bo'lishi ham mumkin.
Akmal Xudayberganov

👉 @informatika
1-iyun Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni

Informatika kanali jamoasi barcha bolakaylarni Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni bilan chin qalbdan tabriklaydi! Bolalarga bo'lgan muhabbat hayotingizga yangi ma'no va quvonch olib kelishini, faqatgina ijobiy hissiyotlar va ilhom hadya etishini tilaymiz. Bolalar kulgusi yangrasin, umid uchqunlari paydo bo'lsin va orzular amalga oshsin!

👨‍👨‍👦Biz bolajonlarimiz uchun "Kids video" ilovasida yangi imkoniyatlar qo'shishda davom etmoqdamiz.

Hurmatli ota - onalar!
Farzandlaringiz uchun ushbu ilovani yuklab oling. Biz ilova uchun server olishga yaqinmiz. Bolajonlarimiz uchun youtube ilovasini zararlari ko'pligi hamda uning o'rnini bosadigan KIDS VIDEO ilovasini yuqori darajaga yetkazishga ko'makchi bo'ling! Har kuni, har soatda, har daqiqada bolajonlarimizga mos videolarni kutib oling!

Farzandingiz uchun ilovani bepul yuklab oling:

👉 https://play.google.com/store/apps/details?id=com.app.nurbola
Forwarded from Informatika va AT (Nursaidov ㅤ)
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bir nechta Word xujjatlarini bitta xujjatga birlashtirish

Ha, bu oddiyku, har bir hujjat ochilib, nusxa olinib, yangi xujjatga nusxasi tashlab chiqiladi, deb o'yladingiz. Umuman olib qaraganda, bu Word dasturini ustidan kulish, mavjud imkoniyatdan foydalanmaslikdir. Mayli, shu yo'l menga ma'qul dedingiz, agar xujjatlar soni 20 ta, 100 ta bo'lsachi?

Demak, bizda name1.docx, name2.docx, name3.docx nomli Word xujjatlali bor, bularni name.docx nomli xujjatda birlashtiramiz.

1. Word matn muharriri ochiladi.
2. "Вставка" bo'limiga o'tiladi.
3. "Объект" menyusi ochilib, "Текст из файла" tanlanadi.
4. Kerakli xujjatlar tanlanadi(name1.docx, name2.docx, name3.docx) va "Вставить".
5. Natijada, barcha fayldagi matnlar shu xujjatga ketma-ket tushadi.
6. Yangi xujjat name.docx deb saqlanadi.

☝️Bu usul, Word2007, Word2010, Word2019 versiyalarida tekshirildi.
Akmal Xudayberganov

👉 @informatika
⌨️ Agar sizda faqat klaviatura bo'lsa(Мышка bo'lmasa)!

Пуск
-> Выполнить (Win+R) asosiy kommandalari:

📍calc - kalkulyator
📍mstsc - "удаленный рабочий стол"
📍services.msc - windows servislar
📍notepad - bloknot
📍msconfig - tizim konfiguratsiyasi
📍msinfo32 - tizim haqida ma'lumot
📍compmgmt.msc - kompyuterni boshqarish
📍eventvwr.msc - windows hodisalarini ko'rish oynasi
📍control - windows parametrlari
📍resmon - resurslarni monitoring qilish
📍cmd - kommandalar kiritish(командная строка)
📍gpedit.msc - lokal foydalanuvchilarni boshqarish
📍regedit - windows reestr haqida ma'lumot
📍firewall.cpl - windwos brandmaur oynasi
📍C: - C diskka kirish

☝️Windows 7 tizimida tekshirilgan, Windows 10'da ham ishlashi kerak
Akmal Xudayberganov

👉 @informatika
​​Istalgan saytga kirganingizda, sayt siz haqingizda nimalarni bilishi mumkin?

Hech shu haqida o'ylab ko'rganmisiz?
Misol uchun, kun.uz saytiga kirdingiz, hech qayerdan ro'yhatdan o'tganingiz yo'q, lekin sayt siz haqingizda quyidagilarni bilishi mumkin:
- Qaysi davlat, hattoki qaysi shahardan kirdingiz;
- qanday brauzer orqali kirdingiz va shu brauzerning versiyasi qanday;
- internetga qaysi manzil(IP adress) bilan kirdingiz;
- siz foydalanayotgan monitor ekrani qanday o'lchamda;
- qaysi provayderga ulangansiz;
- qanday operatsion tizim orqali kirdingiz;
- vahakazo

Ishonmaysizmi, mana marhamat mana bu saytlarga kirib o'zingiz ko'ring. Bu saytlar sizga yaqqol ko'rsatmoqda, lekin istalgan sayt kod orqali yuqoridagi axborotlarni olishi mumkin.

https://2ip.ua/ru/
https://yandex.ru/internet/
https://pr-cy.ru/browser-details/

☝️Bular ochiq ma'lumotlar, shu sababli internet orqali bilganimni qilaman deb yurmang).
Akmal Xudayberganov

👉 @informatika
​​Sizning elektron pochtangiz "qora xakerlar" tomonidan buzilgan bo'lishi mumkin, tekshiramiz.

Ko'pchilik(shu qatori men ham) elektron pochta ochadi, unga parol beradi, bo'ldi, shu bilan parol umuman o'zgartirilmaydi. Shu elektron pochta bilan boshqa saytlardan ro'yhatdan ham o'tiladi, misol uchun, twitter, facebook, zoom va hakazo.

Natijada, siz ro'yhatdan o'tgan sayt buzilsa, sizning ma'lumotlar ham internetga chiqib ketadi. Demak, elektron pochtangiz necha martta buzilgani yoki umuman buzilmaganini tekshiramiz.

1. https://haveibeenpwned.com/ saytiga kiramiz.
2. email address degan joyiga elektron pochta kiritamiz va pwned? tugmasini bosamiz.
3. Agar qizil fonda "oh no pwned?" degan yozuv chiqsa, demak pochtangiz buzilgan va ma'lumotlar internetda yuribdi.
4. Agar, yashil fonda "Good news" degan yozuv chiqsa, demak pochtangiz buzilmagan.

Agar pochtangiz buzilganligi ma'lum bo'lsa, saytning quyi qismida("Breaches you were pwned in" shu yozuvdan keyin), qaysi sayt nechanchi yili buzilganda, sizning pochta ham shu sayt sababli buzilganini ko'rsatadi.

Misol uchun, beckbumer@mail.ru degan pochtam bor, bu pochta 2005 yillarda ochilgan va shu paytgacha 5 martta buzilgan ekan, sabab mail.ru sayti buzilgani emas, balki shu pochta bilan boshqa saytlardan ro'yhatdan o'tganim.

☝️Agar pochtangiz buzilgan bo'lsa, uni o'chirib tashlamang, balki parolini o'zgartirib qo'ying, so'ng vaqti-vaqti bilan shu xizmat orqali tekshirib turing.
Akmal Xudayberganov

👉 @informatika
​​Windows tizimida, istalgan dasturni 3 ta tugma yordamida ishga tushirish mumkin

Bu usul orqali kompyuterdagi kerakli dasturlarni sichqonchadan foydalanmagan holda, tez ishga tushirishingiz mumkin, buning uchun bizga 3 ta tugma kerak bo'ladi:
Birinchi tugma - CTRL;
ikkinchi tugma - ALT;
uchinchisini mana bunday qilib o'zingiz o'rnatasiz:

1. Kerakli dasturni ishga tushiradigan fayli(misol uchun paint.exe dasturi) ustiga sichqonchani o'ng tomonini bosamiz(kontekst menyu) va "Свойства".
2. "Ярлык" nomli vkladkaga o'tamiz.
3. "Быстрый вызов:" qatorida "Нет" yozuvini ustida("Нет" so'zini o'chirmagan holda, o'chirolmaysiz ham) ) biror harfni bosamiz, misol uchun A harfi.
4. Shunda qator avtomat, "Ctrl + Alt + A" qiymatga o'zgaradi, bu degani klaviaturadan Ctrl va Alt tugmasini bosib turgan holda, A harfini bossa, tanlagan dastur(bizning misolda paint) ishga tushadi.

Shu yo'l orqali istalgan dasturni Ctrl, Alt va tanlagan harfingiz orqali ishga tushirish mumkin.

☝️Dasturni ishga tushuruvchi faylini "Пуск" yoki ish stolidan topishingiz mumkin, bu imkoniyat Windows 10 tizimida tekshirildi, Windows'ning qolgan versiyalarida ham ishlashi kerak.
Akmal Xudayberganov

👉 @informatika