Informatika va AT
8.67K subscribers
1.09K photos
599 videos
598 files
1.51K links
Informatika va axborot texnologiyalari bo'yicha O'zbekistonda birinchi faoliyatini boshlagan kanalga xush kelibsiz.

Bog'lanish: @Nursaidovuz

https://t.me/Informatika/3

Dasturlash: @FlutterDasturchi
Download Telegram
Forwarded from Informatika va AT ()
#Tezkor #Tarqatamiz

Oliy sud tomonidan ekstremistik deb topilgan va ta'qiqlangan tashkilotlar va saytlar ro‘yxati

Quyidagi word shaklidagi faylni ochib, unda ko'rsatilgan sayt, profil yoki telegram/yutub kanallardan ehtiyot bo‘ling. Bilmasdan a’zo bo‘lib, ertaga aybsiz aybdor bo‘lib qolmang.

Ushbu ma'lumotni barcha tanishlaringizga jo'nating.

Kimni eshitish kerak yoki boshqa qator masalalar haqidagi savollarga javob olish uchun @AbrorMuxtorAliy domlani kanalini tavsiya qilamiz.

👉 @informatika
Youtube may oyidan boshlab o'zbek kontenti uchun pul to'lashni to'xtatgan degan xabarlar tarqalmoqda.

Xabari borlar izohlarda fikrlaringizni kutamiz...


Avvalroq Google (Admob va Adsense) o'zbek tilida ishlab chiqilgan veb saytlar va mobil ilovalar uchun pul to'lashni rasman to'xtatgan edi.
Forwarded from Informatika va AT (Nursaidov ㅤ)
Macromedia Flash dasturi bo'yicha o'zbek tilidagi bepul video darslarni ko'ring va o'rganing!

1
. Macromedia Flash 1-dars. Dastur bilan tanishuv

2. Macromedia Flash 2-dars. Vaqt shkalasi

3. Macromedia Flash 3-dars. Kadr o'lchamini o'zgartirish

4. Macromedia Flash 4-dars. Chizg'ich va kadr to'ri

💻 Macromedia Flash 8 dasturini yuklab olish

Talablarga binoan Flash dasturlarida ishlash bo'yicha darslarni joylashtirib boramiz. Flashni o'rganuvchilarga xabar qiling.

DAVOMI BOR...

Mualliflar: Умарова Шоира Ғуломовна
Махмудов Бекзод Улуғбекович

👉🏻 @informatika
Forwarded from Sariq Dev
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Kelajak shunga qarab ketayaptimi? 😁
Elektromobillarga imtiyoz beriladi

Unga ko’ra, elektr dvigateli orqali harakatlanadigan avtomototransport vositalarini sotib olish va olib kirish uchun yig‘im to‘lashdan ozod etiladi.

👉 @informatika
Forwarded from Azon Global | Tezkor
Туркияда разведкачи дрон синовдан ўтказилди

Туркиянинг ASELSAN компанияси Saka номли янги учувчисиз учиш аппаратини синовдан ўтказди,.

Батафсил: https://azon.uz/content/views/39061

Ижтимоий тармоқлардаги саҳифаларимиз:
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Телеграм каналимизга аъзо бўлинг: 👇👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAER1go61S5CTyWoStQ
Kanalimizdagi ma'lumot Surxonyoshlari gazetasi sahifalaridan joy olibdi... 😁

👉 @informatika
⚠️ Kompyuterda xavfsiz rejim

Kompyuterni yuklashda xavfsiz rejim(Безопасный режим, safe mode) orqali operatsion tizimga kirish mumkin. Qaysi hollarda bu rejimdan foydalanish lozim?

💡Operatsion tizim ishlashida nuqsonlar paydo bo‘lsa;
💡viruslar kompyuter yuklanishiga ta'sir qilsa(yoki tizim umuman yuklanmasa);
💡avtozagruzka bo‘limiga biror virus o‘rnashib qolib, ish jarayonini to‘xtatib qo‘ysa;
💡drayverlar bilan muammo bo'lsa;
💡tizimni qayta tiklash uchun(Средство восстановления системы).

Xavfsiz rejim orqali kompyuter yuklanganda, operatsion tizim yuklanishi uchun zarur bo‘lgan minimal dastur va drayverlar yuklanadi. Ortiqcha har qanday ishchi dasturlar, stillar, drayverlar bloklanadi(ishga tushmaydi), siz u yerda to'liq funksiyalar bilan ishlay olmaysiz, hattoki o'yin ham o'ynolmaysiz, chunki tizim standart drayver bilan ishga tushadi.

Odatda "Безопасный режим" ga kirish uchun, kompyuter yuklanayotganda F8 tugmasini bosish kerak bo‘ladi va "Safe Mode("Безопасный режим") punktini tanlanadi. Shundan so‘ng kompyuter xavfsiz rejimga o‘tadi.
Buni yuklangan tizimning chetki qismidagi " Безопасный режим " deb yozilgan qismidan ham bilib olish mumkin bo‘ladi(bilishning yana bir yo‘li, bu rejimda, odatda tizim qora fonda va shriftlar kattalashgan ko‘rinishda bo‘ladi).

Bu rejimga kirish yo'llari:
Odatda kompyuter yoqilayotganda F8 tugmasi tez-tez bosiladi va paydo bo'lgan menyudan " Безопасный режим " tanlanadi.
Operatsion tizimga kiriladi va u yerdan:
Win+ R(Выполнить) ➡️ msconfig
"Конфигурация системы" oynasi ochiladi va "Загрузка" vkladkasiga o'tiladi va "параметры загрузка" bo'limidan "Безопасный режим" punkti belgilanadi va tizim qayta yuklanishga(перезагрузка) beriladi.

Kirib oldik, endi nima qilish kerak?
Muammoga qarab nima qilishligi kelib chiqadi, misol uchun drayver xato o'rnatilgan bo'lsa, o'chirib tashlanadi, avtozagruzkada virus bo'lsa, tozalanadi, qandaydir dastur ishlashga xalaqit qilsa, yaxshilab sozlanadi, hullas xavfsiz joydan muammolarga qarshi kurashiladi.
#windows10 #safemode

Akmal Xudayberganov

👉 @informatika
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎥 Yuqoridagi postga qo'shimcha video material

Windows 10
tizimiga " Безопасный режим " orqali kirishning qo'shimcha 3 usuli.

Tip: Video material
Hajmi: 6 MB
Davomiyligi: 3.35 m
Ovozi: Ovozsiz lekin tushunarli

👉 @informatika
ROBOT KILLER VS MANTIS!

Video ilmiy eksperimental maqsadda - sun'iy aqlning g'ayrioddiy vaziyatlarda qanday ishlashini ko'rish uchun olingan!

👉 https://youtu.be/ixTTbmM5cAM
Forwarded from Informatika va AT (Nursaidov ㅤ)
Ogoh bo‘ling! Jinoyat kodeksiga internetdagi kommentlarga aloqador modda kiritishdi deb xabar bermoqda sayt.uz

– 30-mart kuni imzolangan 679-sonli qonunga binoan, Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksga qo‘shimcha qo‘shildi.

– Unga ko‘ra, qonunchilik hujjatlari talablarini bajarmaslikka yoki buzishga da'vat qilish (shu jumladan internet orqali) 60–80 BHM jarima bilan jazolanadi. Bu 14,7–19,6 mln so‘m degani.

– Jinoyat kodeksiga ham yangi modda qo‘shildi. Endi ommaviy tartibsizliklarga va fuqarolarga nisbatan zo‘ravonlik qilishga omma oldida da’vat qilganlar 5 yilgacha qamalishi mumkin. Eng kamida 100 BHM (24,5 mln so‘m) jarimaga tortiladi.

– Agar bu jinoyat internetdan foydalanib, yo OAV orqali, yoki bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilsa, jazo og‘irroq: eng kami 300 BHM (73,5 mln so‘m) jarima, eng og‘iri – 10 yillik qamoq.

👉 @informatika
“Tik Tok” bosh direktori o’z lavozimidan ketishga qaror qildi.

TikTok
ijtimoiy tarmogʻiga asos solgan, Bytedancega egalik qiluvchi xitoylik milliarder Chjan Imin bosh direktor lavozimini tark etadi.

Uning fikricha, direktorga menejerlik ko’nikmalari yetishmaydi va boshqa shaxs kompaniya uchun foydaliroq bo’lishi mumkin.

📍O'zbekistonlik ba'zi rahbarlar o'z joyini farzandi, nevara, evara va chevaralarigacha vasiyat qilib ketishadi. Kim Chen In bularning ustozi degan fikrlar ham yo'q emas...

👉 @informatika
Forwarded from Informatika va AT (Nursaidov ㅤ)
Multiplication table-Ko'paytirish jadvali.apk
4.8 MB
Multiplication table - Ko'paytirish jadvali mobil ilovasi ishlab chiqildi.

Ushbu ilova orqali bolalar karra - karra jadvalini 1 kunda o'rganadi, har bir sonlar uchun alohida misollar ishlab bilimini oshiradi.

O'yin bo'limi orqali 3 xil qiyinlikdagi misollar beriladi

Dual - ya'ni ikki kishilik bo'limida bitta ilova orqali ikki kishi bilimini real vaqtda sinovdan o'tkazadi. Bu imkoniyatlar ilovaning imkoniyatini yanada oshirishga xizmat qiladi.

Ushbu ilova ingliz tilida. Ushbu xususiyat ilovadan foydalanishda hech qanday muammo tug'dirmaydi degan umitdamiz. Farzandingiz shu bahonada ingliz tilidagi so'zlarni ham o'rganib oladi.

Farzandingiz uchun ushbu o'yinni yuklab oling, afsuslanmaysiz! Hajmi atigi 4.8 mb

👉 @informatika
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Damas” avtomobilning yangi modellari namoyish etildi.

Mazkur modellar 1−1,5 oydan soʻng sotuvga chiqariladi. Narxlari odatdagi “Damas"lar bilan bir xil boʻlishi kutilmoqda

Batafsil

👉 @informatika
Bozorimizda bir odam bo’lar edi.

Nima menda yaxshi sotilsa, o’shani olib kelardi. Uniki yaxshi ketmas edi. Chunki odamlar un man ancha tanilgan edim. Menda 1-2 so’m qimmat bo’lsaham mendan olishardi.

Biz o’sha odamga o’xshaymiz. IT deb allambalolar qilyapmiz.

Bilib qo’ying. O’rgansam qancha topaman degan yoshlardan hech qachon Dasturchi chiqmaydi. Chiqsa ham, ular uzoqga bora olmaydi.

Mana India qildiku deysizlar. Yaxshilar, India ning IT tarixi 70-yillarga taqaladi. 50 yilda shu darajaga chiqishdi.
Biz birovlar yaratgan kurslarni qaroqchilik qilib pullab yuripmiz.

Bizda imkoniyat yo’qmi?

Og’ir savol. IT vatanimiz iqtisodiyotining bir bo’lagchasi bo’lishi uchun kamida 10 yil kk, agar..

Agari ham bor.

Avvalambor mindset o’zgarishi kk. 1 yilda soqqa qivolaman degan fikrdan, Ertaga maning ilmim Vatanga, Ummatga quvvat bo’ladi degan buyukroq maqsadga o’tishimiz kk.

Hafa bo’lmang.

IT haqida dong urayotganlarning ko’plarida vazn yo’q, gapining vazni yo’q. Sabab ular dasturchi bo’lib 1-2 ta kiyimni yirtmagan. Ular shunchaki sharoit taqozosi bilan shunday gaplarni etishga majbur. Aslida ular eskilik tarafdori.

Hafa bo’lmang.

Bizda muammolar jiddiy va anchagina.

Avvalambor bizda uzoq muddatlik reja yo’q. Biz haliham paypoq va ro’mol bilan ovvoramiz.

Hayrulla Hamidov ning bir gapi bor edi. Qovoq ari eshshak peshobiga qo’nib, men cheksiz Ummon daman degan ekan.

Bizdagi bu muammolar hamma musulmon ellarida mavjud. Sanoqlilarini tilga olmaganda.

India har kuni bir startupni sotadi. Israel ham.

So’ngi bor 2017 yil ediyov. Turkiyaning bir startup ni Atlassian sotib olgandi.

Mamlakatning intellektini frilanserlik qilib topadigan pullardan emas, balki kimlar bizning startaplarimizga qiziqyapti, nechi million $ to’lab beryapti, shular aniqlaydi.

India qashshoq deymiz. Lekin Ta’lim sohasidagi juda ko’p Unicornlar ulardan chiqmoqda.

Shu yer sharida o’zimizning o’rnimiz bo’lsa desak, ertaga arzimagan 2-3 millard dollar uchun Xitoydan tilimiz qisiq bo’lmasin desak, unda ularni, boshqa davlatlarni o’z ilmimimizga tobe qilib qo’yishimiz kk.

Rus tilini o’rganmanglar. Uni bizga keragi yo’q. Rossiyani bozori IT sohasida chivin.

© Ali Ramazon
Forwarded from Zerikishdan :)
Ba'zida keraksiz muammolarga boshingizni tiqishdan yoki ularni yechish uchun bo'lmagan usullardan foydalanishdan tiyiling :)
10 daqiqalik elektron pochta

Sizga elektron pochta taqdim qilinadi va bu pochta 10 daqiqadan so'ng o'chib ketadi.
Qiziq, bunday pochta nima uchun kerak deb o'ylaysiz?

- bir marotaba xat jo'natadigan insondan xaqiqiy pochtangizni sir saqlash;
- biror saytdan ro'yhatdan o'tish uchun tezlikda pochta kerak bo'lsa;
- spam habarlarni oldini olish uchun;

Qisqasi vaqtinchalik ish bajarish uchun kerak, endi shu pochtani ochamiz:

1. https://10minutemail.com/ saytiga kiramiz.
2. Ekranda g'alati nomdagi pochta paydo bo'ladi, shu sizning 10 daqiqalik pochtangiz.

Saytga kirishingiz bilan 10 daqiqalik vaqt ketishni boshlaydi, bu vaqtda siz, pochta orqali matn ko'rinishida kelgan xatlarni qabul qilishingiz va ularga javob berishingiz mumkin.
Foydali tomonini sezdingiz a, ya'ni hech qanday blankalar to'latmasdan pochtaga ega bo'lasiz.

☝️Agar 10 daqiqa yetmay qolsa, "Get 10 minutes" tugmasi orqali yana 10 daqiqaga qaytib olishingiz mumkin.
@Akmal Xudayberganov

👉 @informatika
​​Windows 10 tizimida fleshkani qismlarga bo'lish

Windows 10 1703
(Creators Update) versiyasidan boshlab, fleshkalarni qismlarga(раздель, partition) bo'lish mumkin. Bu nima degani sizning fleshkangiz vinchesterga o'xshab kompyuterda ikkita disk ko'rinishida namoyon bo'ladi

Demak, fleshkani R va S disk ko'rinishida bo'lamiz, R disk ko'rinishidagi diskka 10GB, S diskka qolgan hajmni beramiz.

1. Fleshkani kompyuterga ulayimiz, misol uchun fleshka E disk deb namoyon bo'ldi(fleshka 32GB).
2. Win + R -> diskmgmt.msc va Enter. Bunda "Управление дисками" oynasi ochiladi.
3. Quyida E disk - fleshkani topamiz va sichqonchani o'ng tugmasini bosib "Удалить том" orqali mavjud qismni o'chiramiz. Shunda fleshka "Не распределена" ko'rinishida bo'ladi.
4. "Tom"siz fleshka ustida sichqoncha o'ng tugmasini bosib, "Создать простой том".
5. "Далее", fleshkani birinchi qismiga hajm beramiz, 10240 MB(10GB) va "Далее".
6. Birinchi qism uchun harf tanlaymiz, misol uchun R, "Далее" va yana "Далее", "Готов".

Fleshkani ikkinchi qismga ajratish uchun, yuqoridagi 4,5,6 bo'limlar qayta bajariladi va boshqa nom va hajm beriladi.
@Akmal Xudayberganov

👉 @informatika
Forwarded from Informatika va AT (Nursaidov ㅤ)
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#yangilik #elektron_dastur #namoz

Namoz o'qishni bugunoq boshlang!

Allohning oxirat kuni bandalaridan eng birinchi so'raydigani, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam, «Ko'zimning nuri» deb ta'rifalaganlari - Namoz ibodatini o'rganmoqchimisiz? Buning uchun yetarli ma'lumot topilmayaptimi? Kitoblardagi manbalardan esa o'rganish qiyinchilik tug'diryaptimi?

U holda Sizga «Namoz» dasturi yordamga keladi!

Unutmang! Namozga olib bormagan oyoqlaringiz, Jannatga ham olib borolmaydi!

👉Dasturni yuklab olish
:

Android qurilmalari uchun

iOS qurilmalari uchun

👉 @informatika
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
AirCar uchar avtomobilining birinchi parvozi amalga oshirildi deb xabar bermoqda sayt.uz

Avvallari uchar avtoulovlarni faqat filmlarda ko'rgan bo'lsangiz, endilikda bunday mashinalar hayotimizga sekin-asta kirib kelmoqda.

AirCar – uchar mashinasi. To'rt g'ildirikka ega ikki kishilik transport vositasi, to'liq avtomatik transformatsiya tizimga ega zamonaviy mashina.

AirCar mashinasida atigi ikkita o'rindiq mavjud, avtomobil ishlab chiqaruvchilaridan biri Klein Visionning aytishicha, tez orada avtomobilning 3 va to'rt kishilik modellari ham namoyish etiladi.

📍O'zbekiston yangiliklari: “Damas” avtomobilning yangi 'uchar' modellari namoyish etildi.

👉 @informatika