Informatika va AT
8.67K subscribers
1.09K photos
599 videos
598 files
1.51K links
Informatika va axborot texnologiyalari bo'yicha O'zbekistonda birinchi faoliyatini boshlagan kanalga xush kelibsiz.

Bog'lanish: @Nursaidovuz

https://t.me/Informatika/3

Dasturlash: @FlutterDasturchi
Download Telegram
Forwarded from TentakMinds
​​Йўқотилган авлод вакиллари ишга жойлашмоқда, эҳтиёт бўлаверасизлар.

Бугун мана шу саводсиз авлод иш қидириб юрар экан, яна 10-15 йилда инфотехнология ва биотехнология бутун дунёни эгаллайди, ўша пайтда саводли авлодга ҳам иш топиш қийин бўлиб қолади. Айниқса қашшоқ давлатлар нисбатан бойроқ давлатларга арзон ишчи кучи етказиб бериш машғул экан, уларда ҳали вазиятни ўзгартириш имконияти бор.

Бунинг учун ҳар хил пайпоқ, соч-соқол, алифбони ўзгартириш каби майда ишларга аралашмасдан, каттароқ қадамлар олиш керак, ўзи биз шундоқ ҳам кечикдик, яна ҳам кечикишимиз бизга фақат зарарга ишлайди.

21-аср ўрталарига бориб ҳатто кичик бўлган давлатлар дунёда гегемонлик ўрнатиши мумкин, кибертехнология асрида пулемётлар билан жанг қилиш худди ўрта асрлардаги камон билан жанг қилишга ўхшаб қолган.

Инсонларда ва ўзининг мустаҳкам (буюк эмас) келажагини қуриш истагида бўлган давлатларда пул топиш асосий қадрият бўлмай қолди, улар максимал даражада таълимга, инфотехнология ва биотехнологияга пул тикмоқда. Айнан мана шулар келажак гегемонлари бўлади.

P.S. Биз эса ( g’ ) мана бундай бўладими ёки мана бундайми ( ğ ) деган баҳслар билан одамларнинг онгини заҳарлаб юрибмиз. Ғусул қилганда сувни кетдан олдинга суриш керакми ёки олддан кетгами деган саволлар ҳам кун саволи бўлиб қолмоқда.

@tentakminds
Forwarded from Zerikishdan :)
IT Center da "qiziq" vaziyat bo'layapti. Bugun bir nechta saytlari va subdomenlari buzilganligi haqida habar keldi. Serveridagi ma'lumotlarni saqlab qolish uchun esa aqlini ishlatishlari kerak ekan. Kim aytti sizga o'yin o'ynash foyda bermaydi deb :) Mana endi yaxshi o'yin o'ynaydiganni izlashi kerak ular.
ESLATMA: SIZ SAYTLARNI EGASI BO'LMASANGIZ O'YINLARNI O'YNAMANG. EGASINI O'ZI MA'LUMOTLARNI KELAJAGINI HAL QILSIN.
P.S. Men u yerdagi dasturchilarni vaziyatini bilmayman, lekin dasturchi yaxshi ishlashi uchun u ortiqcha byurokratiya va ishga ertalab 09:00 da kastum shimda kelishi yoki majlislarga qatnashishlardan ozod bo'lishi kerak.
Buzilgan manzillar:
https://itcenter.uz/
https://kpi.itcenter.uz/
https://techbika.uz/
https://humoacademy.uz/index.php
http://olimp.itcenter.uz/
https://esport.itcenter.uz/
https://covid.itcenter.uz/
https://bpo.itcenter.uz/
https://academy.itcenter.uz/
https://a.itcenter.uz/
https://edu2.itcenter.uz/index.php
https://edu.itcenter.uz/
​​Windows tizimida, papkani ko'pchilik topa olmaydigan qilib berkitamiz

Fayl va papkalarni "Скрыть" degan imkoniyati bor, bu orqali ularni berkitish mumkin, lekin istalgan odam "Показать скрытые элементы" orqali uni topib olishi mumkin.

Hozir ko'rsatadigan usulni oddiy kompyuter foydalanuvchisi topaolmaydi, demak D disk ichidagi Secret degan papkani berkitami(D:\secret).

1. Buyruqlar qatorini ochamiz:
Пуск -> Выполнить -> cmd
yoki
Win + R -> cmd

2. Ochilgan qora oynaga quyidagini yozamiz:
attrib +h +s +r "D:\secret"
va Enter tugmasini bosamiz, qarabsizki papka ko'zdan g'oyib bo'ldi, bu papkani qandaydir "Показать скрытые элементы" orqali topaolmaysiz.

Berkitilgan papkani ochamiz:
1. Win + R -> cmd
2. attrib -h -s -r "D:\secret"
va Enter.
"D" disk ichidagi secret papkasi ko'rinarli holga keladi.

☝️Eng asosiysi, papka qayerda joylashganini eslab qoling, aks holda uni topish qiyib bo'ladi. Agar topaolmasangiz, sizga yordamga TotalCommander kelishi mumkin, bu dastur o'sha berkitilgan faylni ko'ra oladi.

Bu kod Windows 10 tizimida tekshirildi.

@Akmal Xudayberganov


👉 t.me/informatika
Forwarded from Informatika va AT (Nursaidov ㅤ)
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#VIDEO #TOZALASH

Ushbu video orqali Windows 10 Operatsion tizimini optimizatsiya qilish va ishlash tezligini oshirish, C diskni tozalash, xatoliklar va musor fayllarni o'chirish bo'yicha tavsiyalar beriladi

Muallif
: Rasul Atamuratov

👉🏻 @informatika
Нима учун Япония сифат мавзусида, кадрлар масаласида олдинда?
#САВОЛ
#ЖАВОБ

Нима учун Япония сифат мавзусида, кадрлар масаласида олдинда?

📌 Каналга уланиш👇
https://t.me/AbrorMuxtorAliy
Forwarded from Zerikishdan :)
Itpark voqealari tobora qiziqlashib bormoqda.

Bu safar "Sobiq xodim"dan maktub. Maktub mazmuniga binoan it park belgilangan shartni soat 17:00 gacha bajara olmasa keyingi qurbonlik uzbekcoders.uz (bir million dasturchi) loyihasi. Agar shart bajarilsa sayt kamchiligi aynan itparkning o'zigagina oshkora etilishi aytilmoqda.

Maktubni batafsil o'qish: https://bit.ly/3txPxgY
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bir million dasturchi loyihasi doirasida kompyuter olishda foizsiz kredit olish hamda bu kreditlarni qaysi banklar berishi bo'yicha barcha savollarga qisqa va lo'nda javob.

👉 @informatika
- Natijalar juda past. Dasturchilarni 1 millontaga yetkazing.

- Internet yo'q-ku?

- Sertifikat olish uchun internetni nima aloqasi bor?

- Uzr... Svet ham o'chibdi...

- Men bilmayman. Bugun sertifikat stolim ustida bo'lsin...

- .... Uzr. Rossiyaga qaysi tarafdan ketardi...

👉 @informatika
Forwarded from Bepul onlayn ta'lim
Forwarded from Informatika va AT (ㅤNursaidov)
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
BIR MILLION O'ZBEK DASTURCHILAR | | FRONTEND BIRINCHI BOSQICH SERTIFIKAT OLISH.

Siz boshqa yo'nalishlar bo'yicha ham xuddi shunaqa tartibda sertifikat olishingiz mumkin.

Muallif: Turoboff Firdavs

👉 @informatika
#Falastin #Masjid_al_Aqsa

Farzandlarga tik-tokda likkillashni emas, dushmanga qarshi turishni oʻrgating.

© Jahongir
Siddiqov
Forwarded from Rashid Usmonov live
Барча мусулмон аҳлига улуғ байрамимиз Рамазон Ҳайити муборак бўлсин!

Шу кунларга етказганига, шу лаҳзалар билан қувонтирганига, Аллоҳга беҳисоб шукрлар бўлсин.
HDD va SSD farqlari, afzalliklari va kimga qaysi biri kerak?

Dastlab, qaysi biri qanday tuzilgan va qay tariqa ishlaydi ko'rib chiqamiz:

HDD - ma'lumot saqlashda elektrga bog'liq bo'lmagan qattiq(жесткий) disk. U bir necha metal disklardan tashkil topgan va bu metal disklar aylanishi hisobiga diskdan ma'lumotlar o'qiladi.

SSD - ma'lumot saqlashda elektrga bog'liq bo'lmagan qattiq(твердотельное устройство) qurilma yoki disk. U ma'lumotlarni flesh hotiralarda saqlaydi va mikrosxemalardan tashkil topgan. Fleshkaning ishlash prinsipiga o'xshaydi lekin undan tezroq va ishonchliroq.

Endi ularning farqlarini ko'rib chiqamiz:

📌 Tezlik. SSD HDD diskka qaraganda tezroq ishlaydi, chunki u yerda mexanik aylanishlar bo'lmaydi hammasi mikrosxemalarda bajariladi.

📌 Narx. HDD arzonroq, lekin SSD narxlari ham tushib bormoqda.

📌 Ishonchlilik. HDD'larda biror mexanik vaziyat(tushib ketish, biror nimaga urib olish) sodir bo'lsa, ishdan chiqish ehtimoli juda katta(o'zimda ham bo'lgan), SSD disklar ham jaaa buldozer 🚜 emas, ular ham buziladi, lekin biroz ishonchliroq.

📌 Shovqin. HDD disklarda metal listlar aylanganligi sababli shovqinli hisoblanadi, yuklama tushganda listlar aylanayotganini eshitishingiz ham mumkin.

📌Quvvat. SSD disklar kam quvvat talab qiladi, HHD disklarda esa metal listlarni katta tezlikda aylantirish uchun yaxshigina quvvat zarur.

📌 Hajm. Hajm bo'yicha ikkalasida ham muammo bo'lmasa kerak, har xil variantlari bor, lekin HDD'da variant ko'proq.

📌 Form faktor (tashqi ko'rinishi). SSD disklar HDD'ga qaraganda o'lcham jihatidan kichikroq, yengilroq va olib yurish ham qulay.

📌 Ishlash davomiyligi. HDD disklar qandaydir mexanik ta'sirlar bo'lmasa anchagacha ishlashi mumkin. SSD disklar ma'lum bir marotabagacha yozish va o'qish chegaralari bor, bu chegaralar uy kompyuteringizdagi SSD disklar uchun unchalik ahamiyatsiz, asosan serverlarda bu chegara muhimroq.

Asosiy farqlari shu, endi kimga qaysi biri kerakligini yozib o'taman:

Gaymerlar, ma'lumotlar bazasi bilan ishlovchilar, dasturchilar, video va foto montajchilar va albatta kim o'z kompyuterida tez ishlashni hohlasa shular uchun SSD yaxshi variant.

Katta hajmdagi video, kinolar saqlovchilar, arxiv ma'lumotlar bilan ishlovchilar, videokuzatuv ma'lumotlarini saqlovchilar, asosan offis ishlari bilan shug'ullanuvchlar uchun ma'lumot saqlashda HDD'dan foydalanish mumkin.

Optimal variant, aralash qilib ishlatish. Tizim tezroq yonishi uchun SSD qo'yib, qolganiga HDD qo'ysa bo'ladi yoki montaj ishlari uchun SSD qo'yib, qolgan dasturlarni HDD'ga yozish mumkin, bular endi ozingizning fantaziyangizga bog'liq.

🦅 SSD tezligini tasavvur qilishingiz uchun misol: SSD disk orqali Windows'ni yuklasangiz HDD'da yuklanadigandan 5, 6 marotaba tezroq yuklanadi.

☝️Kimga qaysi biri kerak degan savol nisbiy berilgan, agar pulingiz bo'lsa istalgan odam uchun SSD qulay, bunda bitta farq ma'lumotlar bazasi bilan ishlashda biroz o'ylash kerak(serverlarda), chunki SSD disklarda yozish chegarasi mavjud.
#hdd #ssd #maslahat #haqida
@Akmal Xudayberganov

👉 @informatika
“Google” va “SpaceX” birgalikda stansiyalar o‘rnatishga kelishib olishdi

Hamkorlik Google’ga o‘z korporativ mijozlari uchun sun’iy yo‘ldosh internetidan foydalanishga imkon beradi.
Google SpaceX bilan shartnoma imzoladi, kompaniya Starlink sun’iy yo‘ldoshi uchun bulutli xizmatlar bo‘linmasi taqdim etadi, deya yozmoqda The Verge.

SpaceX esa dunyo bo‘ylab Google ma’lumotlar markazlarida Starlink terminallarini o‘rnatadi. Birinchi terminalni Ogayo shtatida ishga tushirish rejalashtirilgan.

📍O'zbekiston yangiliklari: Alisher Navoiy haykalidan ovqat so'ragan kattaqo‘rg‘onlik yigitlarga nisbatan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.

👉 @informatika
Forwarded from Informatika va AT (informatika)
"Tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, 15 soniyali videolarni tinimsiz ko'rishlari foydalanuvchilarda diqqatni ushlab turish davomiyligi qisqarishiga olib keladi.

TikTok foydalanuvchilarining aksariyati miyasi endi rivojlanib kelayotgan yosh avlod ekani hisobga olinsa, bu juda xavotirlidir."

Xiaochen Su
- https://international.thenewslens.com/article/134846

Boburmirzo Hamraqulov

👉 @informatika
Forwarded from Informatika va AT (informatika)
Билимсиз ва қобилиятсиз одам мансаб курсисига қаттиқроқ ёпишар экан. У бу йўлда ҳар қандай разолатга қўл уради. Сабаби, курсиси бўлмаса, у ҳечким эмаслигини яхши англайди. Сиёсатдонлар бундайлардан кўп фойдаланишади. Чунки мансаб илинжида улар ўта садоқатли бўлишади.

Ўқимишли ва фаросатли одам кўп имтиёзлардан осонгина воз кечади. Чунки у бошқа ерда йўлини осонгина топа олади. Бундайлар билан ишлаш раҳбарият учун шу сабабли қийин ва хатарлидир.

Хуллас, амалдорларнинг савиясизлиги ва маддоҳ-лаганбардорларнинг кўплигидан ажабланманг!

Мубашшир АҲМАД
Buyuk Britaniyada dunyodagi birinchi uchar taksilar ishga tushiriladi deb xabar bermoqda sayt.uz

Buyuk Britaniyaning Urban Air Ports kompaniyasi 2021-yil oxiriga qadar uchar taksilar parvozi yoʻlga qoʻyilishini maʼlum qildi.

Maʼlum qilinishicha, mamlakatning dunyodagi birinchi uchar taksilar uchun maxsus UK Flying-Taxi Hub markazi Angliyaning Koventri shahrida ishga tushirilishi rejalashtirilgan. Markaz ishiga deyarli 400 ming kishi jalb qilinadi.

📍O'zbekiston yangiliklari: “Turon” futbol klubining hakamlar korrupsiyasi haqida ochiq tanqid qilgan bosh murabbiy ishdan bo‘shatildi.

👉 @Informatika