Informatika va AT
8.68K subscribers
1.09K photos
598 videos
603 files
1.51K links
Informatika va axborot texnologiyalari bo'yicha O'zbekistonda birinchi faoliyatini boshlagan kanalga xush kelibsiz.

Bog'lanish: @Nursaidovuz

https://t.me/Informatika/3

Dasturlash: @FlutterDasturchi
Download Telegram
Forwarded from Informatika va AT (Nursaidov ㅤ)
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Excel #video_dars #formula

EXCEL 20-dars.
Formulalarni jadvalda qilish

Talablarga binoan Microsoft excel dasturlarida ishlash bo'yicha darslarni joylashtirib boramiz. Excelni o'rganuvchilarga xabar qiling.

Muallif: Muzaffarov Adhambek

👉🏻 @informatika
Forwarded from Informatika va AT (Nursaidov ㅤ)
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Excel #video_dars #agar_funksiya

Excel: Agar funksiyasi

Dasturlash tillari kabi qudratli AGAR funksiyasi – uni bilmasdan turib Excelda ishlashni bilaman deyish noto‘g’ri bo’lardi menimcha. Chunki u, dasturdagi eng asosiy qurollardan biri.

👉
@informatika
Bill Geytsning shunchaki o‘qishni tashlab, omadli biznesmenga aylanganiga sabab:

otasi – advokatlar Assosiasiyasi prezidenti, Sietl savdo palatasi a’zosi;
onasi – AQSHdagi eng yirik 4 ta kompaniya direktorlari kengashi a’zosi bo‘lgan birinchi ayol kishi;
bobosi – AQSH Milliy banki vise–prezidenti;
katta bobosi – shtat parlamenti a’zosi va Sietl meri bo‘lgan!

P.S.: Shundoq ekan, agar ortingizda “tanka” bo‘lmasa, yaxshisi, o‘qishni tashlamang! Ayniqsa, O‘zbekistonda!!!

👉 @informatika
Forwarded from Informatika va AT (informatika)
Интернет замонида ҳаким зотнинг ўғлига қилган тиллага тенг тавсиялари:

Ўғлим! Google, Facebook, Twitter, WhatsApp, Telegram, Instagram ва барча ижтимоий тармоқлар бамисоли тубсиз денгиздир.

Унда қанчадан қанча кишиларни ахлоқлари ғарқ бўлган, ақллари чўккан.

Уларнинг ичида йигитлар ҳам, қариялар ҳам бор…

Тўлқинлари иффатли қизларнинг ҳаёсини ютиб юборган…

У жуда кўп халойиқни ҳалок қилган.

Батафсил: https://islom.uz/maqola/15230

👉 @informatika
Forwarded from Informatika va AT (Nursaidov ㅤ)
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#PAROL_BUZISH #VIDEODARS

Foydalanuvchilar orasida kompyuterining paroli esidan chiqib qolishi yoki yaqinlari tomonidan o'zgartirish kiritish orqali kompyuterda ishlashda muammo bo'lishi mumkin. Ushbu muammoni bartaraf etish uchun ushbu videodars orqali kompyuteringizni parolini buzib kirish ko'rsatib o'tilgan.

Muallif: O'lmasbek Husenov

Dasturni yuklash

👉 @informatika
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Chet mamlakatlarda suvda cho'kayotgan odam hayotini qutqarish uchun dronlardan foydalanilmoqda. Ushbu dronlar insonlarga akula ko'rinishidagi qutqaruv moslamalarini tarqatadi.

🩸O'zbekistonda
dronlardan foydalanib, qutulib qolish mumkin. Faqat sizni suvdan chiqganingizdan so'ng 3 yildan 10 yilgacha qamashadi. Sabab: Dronlardan noqonuniy foydalanish uchun 3 yildan 10 yilgacha qamoq jazosi belgilangan.

Shuning uchun cho'kib o'lgan yaxshiroq deyishmoqda, mutaxassislar...

👉
@informatika
Forwarded from Xushnudbek.uz
UZIMEI тизими ҳақида яна бир бор

UZIMEI тизими ноқонуний қурилмаларга қарши курашишда катта фойда бериши ҳақида аввал ҳам айтганман ва бу тизимни қўллаб-қувватлашимни маълум қилганман. Аммо шундоқ ҳам давлат бюджетига юз миллиардлаб солиқ тушумини таъминлаб бераётган бу тизим нима учун пуллик эканлигини, бўлганда ҳам анчагина қимматлигини (2та сим-карта учун 100 минг сўм), шунингдек рўйхатдан ўтиш жараёни мураккаб ва бюрократияга бойлигини анчадан буён гапириб келаман. Буни бошқалар ҳам кўп айтишган.

Яқинда бир алоқа компанияси Ўзбекистонда биринчи марта eSim тизимини жорий қилди. eSIM - бу электрон сим-карта. Бунақа тизим ривожланган давлатларда кенг тарқалган, бизга энди кириб келди.

Инновация, шундай эмасми? Ҳа, инновация. Аммо бу инновацияга кўпчилик, шу жумладан UZIMEI тизими тайёр эмаслигини кўрсатди. eSim ўрнатмоқчи бўлганлар 21 асрдан ортга қайтиб, 20 асрга тушиб қолишмоқда.

Сабаби eSIM учун ҳам IMEI кодини рўйхатдан ўтказиш ва 49 минг сўм тўлов қилиш керак. Буниси тушунарли. Аммо энг қизиғи сайт, SMS ёки USSD код орқали рўйхатдан ўтказиб бўлмас экан. Онлайн рўйхатдан ўтказмоқчи бўлсангиз, рад жавоби келаркан (сурат илова қилинади).

Албатта офисларга бориш шарт. Бошқача айтганда 21 асрдаги янги инновацияни рўйхатдан ўтказишнинг онлайн имкони йўқ, албатта одамларни офисга чақириб, овора қилиш керак.

Ва яна албатта телефонни кўтариб бориш керак экан. Онлайн рўйхатдан ўтганда IMEI рақамининг ўзи кифоя эмишда, лекин одамни ўзи бевосита борганда телефонни ҳам олиб боришни талаб қилишаркан. Барака топгурлар, ахир базада ҳамма қурилманинг IMEI рақами борку, ўшанга қараб 2-IMEI'ни рўйхатга олса бўлмайдими? Одамларни овора қилишнинг нима кераги бор? Мантиқсизлик-ку бу.

Мен ҳали паспортидаги шахсий маълумотлари ўғирланган минглаб инсонлар ҳақида индамаяпман. Бунинг ўзи алоҳида катта мавзу.

Ҳурматли, шу тизимни яратганлар, шу тизимдан келаётган юз миллиардлаб пуллардан манфаатдор бўлган одамлар, сизлардан илтимосим бор. Хўп, майли, барибир UZIMEI тўловини бекор қилмайсизлар, буни тушундик. Бунга ҳаттоки Сенат ва Қонунчилик палатасининг ҳам "тиши ўтмади" — хўжакўрсинга очилган петициялар сайтидаги 10 мингдан ошиқ одамнинг берган овозини бир тийинга олишмади, буни ҳам тушундик. Хуллас, халққа 2 марта солиқ солишда давом этаверасизлар, бу ҳам тушунарли.

Илтимос, ҳеч бўлмаса, мана шу юз миллиардлаб пулларни сал ҳалоллаб олинглар, барака топгурлар. Яъни халқни қийнамасдан, мантиқсиз ва абсурд чеклов, тақиқлар қўймасдан, рўйхатга олиш тизимини содда ва осонлаштириб шу пулларни олсаларингиз бўлмайдими? Наҳотки шу биргина нарсани қилиш шунчалар қийин?


👉 @xushnudbek 👈
Forwarded from Informatika va AT (Nursaidov ㅤ)
Forwarded from Informatika va AT (Nursaidov ㅤ)
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Tik - tokerlarning ahvoli...

👉
@informatika
Forwarded from Informatika va AT (Nursaidov ㅤ)
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Kundalikcom #profilga_kirish

Kundalik.com saytida Profilga ilk bor kirish (xodimlar uchun) 1-dars.

Muallif
: Rashid Toxirovich

Elektron kundalik yordamida ota-onalar ishdan chalg‘imagan holda masofadan turib farzandlarini barcha baholaridan, maktab hayotidan xabardor bo‘lishi, sinf rahbari va boshqa o‘qituvchilar bilan doimiy aloqada bo‘lib, bolada o‘quv jarayoni bilan bog‘liq qiyinchiliklarni o‘z vaqtida yengishga yordam berishi mumkin.

👉 @informatika
Forwarded from Informatika va AT (Nursaidov ㅤ)
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Kundalikcom #xarid_qilish

Kundalik.com saytida kundalik xarid qilish uchun video qo'llanma. 2-dars

Muallif
: Rashid Toxirovich

Kundalik.com TAS-IX hududida joylashgan bo‘lib, platforma bilan ishlashda uyali aloqa operatorlari orqali foydalaniladigan internet-trafik sarflanmaydi. Foydalanuvchilar to‘g‘risidagi barcha ma’lumotlar «O‘zbektelekom» serverlarida saqlanadi. Bu esa o‘quv jarayonidagi barcha ishtirokchilarning shaxsiy ma’lumotlari ishonchli himoyada ekanligini anglatadi.

👉 @informatika
Forwarded from Informatika va AT (Nursaidov ㅤ)
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Kundalikcom #ish_reja

kundalik.com saytida ish reja kiritish uchun video qo'llanma. 3-dars

Muallif
: Rashid Toxirovich

Kundalik.com Avvalgidek, maktablar uchun byudjet mablag‘lari hisobiga sotib olingan qog‘oz muqobilida bo‘lgani kabi, o‘qituvchilar uchun elektron jurnaldan foydalanish bepul taqdim etiladi. Ko‘p yillar davomida elektron jurnal va kundalik qo‘llanilayotgan mamlakatlar tajribasi shuni ko‘rsatmoqdaki, o‘qituvchilar uning yordami bilan har chorakda 20 soatdan ortiq ish vaqtini tejaydi. Mazkur tejalgan vaqtni esa o‘qituvchi bolalar bilan ijodiy shug‘ullanishga yoki qo‘shimcha o‘quv materiallarini o‘zlashtirishga sarflashi mumkin.

👉 @informatika
Forwarded from Informatika va AT (Nursaidov ㅤ)
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Kundalikcom #fan #qushish

Kundalik.com saytida yangi fan qo'shish uchun video qo'llanma 4-dars

Muallif
: Rashid Toxirovich

👉 @informatika
Forwarded from Informatika va AT (Nursaidov ㅤ)
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Kundalikcom #uquvchi #qushish

kundalik.com saytiga o'quvchi va ota - ona qo'shish vdeo darslik. 5-dars

Muallif
: Rashid Toxirovich

👉 @informatika
Forwarded from Informatika va AT (Nursaidov ㅤ)
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Kundalikcom #parol #tiklash

kundalik.com saytiga o'quvchi va ota - onalar parolini tiklash. 6-dars

Muallif
: Rashid Toxirovich

👉 @informatika
Отабек (6,5 ёш, 1-синф) бугун мактабдан келиб юқоридаги матнни ўзи компьютерда терди. Ойиси баъзи мураккаб сўзларнинг ёзилишида ёрдамлашди, акаси эса матнни безатиш, унга ранг беришни ўргатди.

Матн мазмунига ёрдамлашмадик лекин, ўзи ёзди. Космосга жуда қизиқади, ёзда туғилган кунига телескоп обермоқчимиз.

Териб бўлганидан кейин уни принтердан чиқардик, эртага ўқитувчисига кўрсатмоқчи.

Ёнимга ўн марта келди, "адажон, қойилмисиз, ўзим ёздим шунча матнни", деб. Роса мақтадим. Отабекдан кўра биз катталар кўпроқ хурсанд бўлдик лекин.

Бу ерда мактабларда хуснихат фани йўқ, болаларнинг чиройли ёзишига қаралмайди. Аксарият матнли вазифалар компьютерда бажарилади.

Оташ ушбу матнни Google Docs'да ёзди. Мактабида унга аккаунт очилган, дарс пайтида ўқувчилар ўзлари шахсий логин ва пароллари билан компьютерга кириб, дарсларини қилишади.

@zambarakning_oqi
Эркинлик, истаганингни қилиш эмас, тўғри ишни қўрқмасдан қила олишингдир...
☝️Microsoft Word dasturining ancha foydali funksiyalarini yozishni davom ettiraman. Bu haqida yozishni boshlagan edim, endi davom ettiraman.

📒 Word dasturida ishlash jarayonida, Windows'da ochiq turgan istalgan oynani rasmini avtomat ochiq turgan Word xujjatiga tezda tashlash mumkin.
Matn terish jarayoningizda sizga ochiq turgan biror oynaning rasmi kerak bo'lib qolsa, "Вставка" ➡️ "Снимок" tugmasini bosasiz va u yerdan ochiq turgan aynan qaysi oyna kerakligini tanlaysiz va rasmini xujjatingizda ko'rishingiz mumkin bo'ladi.

📒 Microsoft Word dasturida bajarilgan biror harakatni yana qaytarish funksiyasi.
Misol uchun biror so'z yozdingiz, biror shakl chizdingiz, shu ishni yana qaytarish uchun F4 tugmasi bosishning o'zi kifoya. Shunda oxirgi chizilgan rasm yoki yozilgan so'z yana qaytariladi.
Yana misol, biror so'zni o'chirdingiz, shundan so'ng F4 tugmasini bossangiz o'chirilgan so'z nechi simvolli bo'lsa, shuncha simvol yana o'chiradi.

📒 Word dasturida sahifalar(varoq) bilan ishlash uchun ba'zi tugmalar:
CTRL + Page Up - oldingi sahifaga o'tadi
CTRL + Page Down - keyingi sahifaga o'tadi
CTRL + Alt + Page Up - kursor turgan sahifani boshiga o'tadi
CTRL + Alt + Page Down - kursor turgan sahifani oxiriga o'tadi.
CTRL + Home - birinchi sahifaga o'tadi.
CTRL + End - oxirgi sahifaga o'tadi.
CTRL + Enter - istalgan joyda bu tugmalarni bossangiz, yengi sahifa ochiladi(sahifani o'ratasida bo'lsangiz Enter bosib oxirigacha tushish shartmas)

📒 Word xujjatiga parol qo'yish.
Файл ➡️ Сведения ➡️ Разрешения ➡️ Защитит документ ➡️ Зашифровать паролем

📒Word dasturini tez ochish:
Пуск ➡️ Выполнить ➡️ winword

☝️Yuqoridagi funksiyalar Microsoft Word 2010 va 2016 versiyalarda tekshirib ko'rilgan, qolgan versiyalarida ham katta ehtimol bilan ishlaydi.
#microsoft #word

@Akmal Xudayberganov


👉 @informatika