Informatika va AT
8.68K subscribers
1.09K photos
599 videos
603 files
1.51K links
Informatika va axborot texnologiyalari bo'yicha O'zbekistonda birinchi faoliyatini boshlagan kanalga xush kelibsiz.

Bog'lanish: @Nursaidovuz

https://t.me/Informatika/3

Dasturlash: @FlutterDasturchi
Download Telegram
Forwarded from Informatika va AT (Nursaidov ㅤ)
Java dasturlash tilini o'zbek tilida to'liq o'rganmoqchimisiz? Unda ushbu dasturimizni Play market do'konidan bepul yuklab oling!

👉🏻
https://play.google.com/store/apps/details?id=com.java.nur

Ilovada hech qanday reklama mavjud emas. Darslar to'liq o'zbek tilida o'rgatilgan.

Java dasturlash tilini nega o'rganish kerak?

Bizning hayotimizni osonlashtiradigan kuchli va kamchiliklari mavjud bo'lgan dasturlash tillari juda ko’p. Java o'tgan 20 yil mobaynida eng yaxshi dasturlash tillaridan biri ekanini isbotladi. Vaqt o'tishi bilan Java muvaffaqiyatli dasturlarni amalga oshirish uchun muhim tarkibiy qism bo'lib o'z o'rnini egalladi. Dasturlash tillarining mashhurligining so'nggi indekslari Javaning eng mashhur tillardan biri ekanligini yana bir bor takrorladi.

👉🏻 https://play.google.com/store/apps/details?id=com.java.nur

Eslatib o'tamiz. Mobil ilovalar ishlab chiqishda ham aynan java dasturlash tilidan foydalaniladi.

👉🏻 @informatika
Millionlab bolalarning ma’lumotlaridan ogohlantirmasdan foyda olyapti — Tik Tokka ayb qo'yilmoqda

Ayni paytda Tik Tok yevropalik huquqshunoslar tomonidan bolalarning shaxsiy ma’lumotlarini: telefon raqam, lokatsiya, biometrik ma’lumotlarini yetarlicha ogohlantirmasdan o‘zlashtirib olayotganlikda ayblanmoqda.

Ayni paytda Tik Tokning 800 mln auditoriyasi bor. Yillik daromadi esa milliardlab dollarga teng.

📍O'zbekiston yangiliklari: “Tik-tokchi”lar Toshkent metrosida to'y o'tkazishib, buyuk bobolarimizning haqiqiy "avlodlari" ekanliklarini isbotlashgan.

👉 @informatika
📌 Foydali maslahat - Web sahifalarni PDF qilib saqlash

Web sahifani nima sababdan PDF qilib saqlash lozim?
❗️Kerakli ma'lumotni internet bo'lmagan joyda ham ochib ishlatish uchun;
❗️Kerakli ma'lumot oliingan sayt keyinchalik o'z faoliyatini to'xtatib qo'ysa ham shu ma'lumotdan foydalanish uchun;
❗️Web sahifadagi kerakli ma'lumotni bitta fayl ko'rinishida, qo'llanma sifatida olib qo'yish;
❗️Qulay tarzda qog'ozga chiqarish uchun;
❗️PDF formatni telefonda o'qib ketish qulay(internet bo'lmagan holda).

Quyida web sahifalarni pdf formatda saqlashga mo'ljallangan, o'zim tekshirgan web saytlarni beraman. Web saytdan foydalanish oson, kerakli URL adresni(PDF'ga o'tkazish kerak bo'lgan sahifani) kiritasiz va PDF format olasiz.

http://html-pdf-converter.com/ru
http://pdfmyurl.com
http://www.web2pdfconvert.com
http://www.htm2pdf.co.uk

Edge, Chrome, Firefox brauzerlarida CTRL+P va save as PDF qilib saqlash ham mumkin.
#pdf #convert

📞Akmal Xudayberganov

👉 @informatika
Forwarded from Sariq Dev
Sun'iy intellektga asoslangan DeepFake texnologiyasi borgan sari xavfli bo'layapti.

Mana kimdur Rossiyalik oppozisioner Leonid Volkovning yuzi bilan zoom orqali bir nechta davlat vakillariga intervyu beribdi.

Bu ketishda video qo'ng'iroqlarga ham ishonmay qolasiz.

Rasmda chapda haqiqiy, o'ngda esa sohta Volkov.

@sariqdev
Forwarded from Informatika va AT ()
Vaqtingizni bilim olishga qaratish uchun ish boshlagan va har kuni Informatika va axborot texnologiyalariga oid o'zbekcha va ingliz tilidagi testlar, boshqotirmalar, jumboqlar va qiziqarli hamda foydali savollarni joylashtirib boradigan @aktuz kanalimizga ulaning. Farzandlaringizga ham tavsiya qiling!

Kanalga ulanish: @aktuz

👉
https://t.me/joinchat/QPaYVRjjCJyadbqb
Forwarded from Informatika va AT (Nursaidov ㅤ)
Тиш чёткаси ва спирт билан компютер клавиатурасини жуда осон ва самарали тозалаш мумкин.

👉🏻 @informatika
Forwarded from Informatika va AT (Nursaidov ㅤ)
Yashirin fayllarni Total Commander dasturidagi quyidagi tugma orqali ko’rinadigan holatga keltirish mumkin.

👉🏻 @informatika
Samarqandda o‘qituvchilar attestasiyadan o‘tadigan xonaning kuzatuv kamerasi to‘sib qo‘yildi. Mas’ullar buni hakerlar hujumidan saqlanish deb izohladi.

📍Ilon Mask bu xabarni eshitib, Marsdan yerga qaytmaslikka qaror qildi...

👉 @informatika
Forwarded from Informatika va AT (Nursaidov ㅤ)
FineReader.exe
57.9 MB
#dastur #pdf_dan_wordga #finereader

Elektron lug‘atlar va tarjimalar bilan shug‘ullanadigan ABBYY kompaniyasi PDF-fayllar bilan ishlashga mo‘ljallangan FineReader 11 dasturini foydalanuvchilar e’tiboriga havola etgan. Dastur nafaqat matnlarni aniqlash, balki PDF va boshqa formatdagi fayllar bilan ishlash imkoniyatini beradi. Skaner qilish imkoniyati ham bor.

Dastur hech qanday klyuch yoki parol talab qilmaydi.

Windows XP/Vista/7/8/10 - x32,x64 bit
292.7 mb

👉🏻 @informatika
✔️ Yosh olim - oliy ma’lumotga ega bo‘lgan, ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan ilmiy darajasi, unvoni, lavozimi va ish joyidan qat’iy nazar, 40 yoshdan oshmagan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari hisoblanadi. (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-apreldagi 222-sonli (https://lex.uz/pdfs/5377538) qarori).

👉🏻 @informatika
Forwarded from GP200
Yakuniy natijalar!

Manzil 👉 https://robocontest.uz/olympiads/52/results

1 - Dilshodbek Xo'jaqulov 9-sinf
2 - Obidov Hasan 9-sinf
3 - Abdujalilov Dostonbek 8-sinf
Forwarded from GP200
G'oliblar aniqlandi!
Informatika fani bo`yicha g`oliblar aniqlandi,

Bu ro`yxatdagilar 3 va unda ko`p masala ishlagan 8 yoki 9-sinf bo`lgan maktab o`quvchilari!

ESLATMA : Agar siz 3 ta yoki undan ko`p masala ishlagan 8 yoki 9-sinf bo`lsangiz va ro`yxatda bo`lmasangiz bizga murojaat qiling 👉 @gp2oobot

Bular endi keyingi OFLAYN bosqicha ishtirok etish huquqiga ega bo`lishdi, g`oliblarimizga tez oradi, "Qayerga va qachon kelib ishtirok etishlari" - haqida batafsil ma'lumotlar SMS tarzida yetkaziladi.

Biz bilan qoling 👉 @gpinfinity

#winner #goliblar #8sinflar #9sinflar
Forwarded from GP200
G'oliblar aniqlandi!
Informatika fani bo`yicha g`oliblar aniqlandi,

Bu ro`yxatdagilar kamida 1 ta masala ishlagan 6 yoki 7-sinf bo`lgan maktab o`quvchilari!

ESLATMA : Agar siz 1 ta yoki undan ko`p masala ishlagan 6 yoki 7-sinf bo`lsangiz va ro`yxatda bo`lmasangiz bizga murojaat qiling 👉 @gp2oobot

Bular endi keyingi OFLAYN bosqicha ishtirok etish huquqiga ega bo`lishdi, g`oliblarimizga tez oradi, "Qayerga va qachon kelib ishtirok etishlari" - haqida batafsil ma'lumotlar SMS tarzida yetkaziladi.

Biz bilan qoling 👉 @gpinfinity

#winner #goliblar #6sinflar #7sinflar
Forwarded from GP200
Ajoyib yangilik
Assalomu alaykum hurmatli GP200 loyihasiga ariza topshirganlar.
Informatika fanidan Onlayn saralashda ko'pchilik yaxshi ishtirok etdi, ammo baxtga qarshi ba'zilar ishtirok etishga imkoniyat qila olishmadi, shuni inobatga olgan holda, keyingi yakshanba 2-may kuni yana soat 14:00 dan 17:00 gacha yangi masalalar to'plamidan tashkil topgan 6-7 sinflar uchun va 8-9 sinflar uchun alohida Onlayn saralash o'tkaziladi.
Ikki saralash natijalari umumlashtirilmaydi ya'ni siz bunisidan o'tolmagan bo'lsangiz keyingisi siz uchun imkoniyat bolishi mumkin!
Forwarded from Informatika va AT (Nursaidov ㅤ)
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#excel #video #dars

Ko'pchilikka foydasi tegadigan formula bilan bo'lishamiz.

"2.15" formatidagi sonni Excelga nusxalab o'tkazganimizda "фев.15"ga aylanadi. Yacheyka formatini o'zgartirish bu yerda bizga yordam bermaydi. Buni to'g'rilashni o'rganamiz.

E'tiboringiz uchun rahmat!

Manba: @itspecuz

👉 @informatika
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Aллоҳ сенга ниманидир раво кўрмаслиги мумкин. Aгар ўзингга тўғри ва холис бўлсанг, билки, бунинг ортида ажиб бир ҳикмат ётгусидир.

Балки, у сени нимадандир асраётгандир. Зеро, фақатгина Яратган сенга нима энг яхши эканини билгучидир.

Тақдирнинг ҳар бир ишига шукрона қилишни ўрган, хоҳ яхши бўлсин, хоҳ ёмон!
☝️ Microsoft Word dasturining siz bilmagan funksiyalari
#Microsoft #Word #lifehack

📒 Word dasturida, matn yozish jarayonida, avtomat sana va vaqtni yozib ketish mumkin. Sanani yozish uchun kerakli joyda SHIFT+ALT+D , vaqtni chiqarish uchun esa SHIFT+ALT+T tugmalari bosiladi.

📒 Matnlarni avtomat katta yoki kichik harflarga o'tkazish funksiyasi. Agar adashib katta harfda yozish kerak bo'lgan matnni kichik harfda yoki aksini yozib qo'ysangiz, bu xatolikni avtomat to'g'irlash mumkin.
Buning uchun kerakli so'zni yoki gapni belgilaysiz va SHIFT+F3 tugmalarini bosasiz. Bunda, matnning har bir so'zi katta harf yoki hammasi kichik harf yoki hammasi katta harflarga almashadi.

📒 Word dasturi buffer xotiradan kengroq foydalanadi, siz biror yozuvni nusxalasangiz buffer xotiraga tushadi, keyin boshqasini nusxalasangiz oldingi nusxalangan yozuvingiz ko'pchilik o'ylaganday o'chib ketmaydi, buffer xotirada saqlanadi. Nusxalangan barcha yozuvlarni(buffer xotirani) ko'rish uchun, Word dasturida "Главная" vkladkasida, "Буфер обмена" degan joyi bor shuni yonidagi strelkani bossangiz bufferda saqlanayotgan nusxalarni ko'rishingiz mumkin.

📒 Microsoft Word dasturida uzundan uzun so'zlarni yossangiz, matn oxirida joylar qolib ketadi, bu biroz xunuk ko'rinadi. Word buni ham yo'lini qilib qo'ygan, lekin ko'pchilik buni ishlatmaydi.
Matnni avtomat tarzda bir tekis qilish uchun "Разметка страницы" vkladkasidagi "Расстановка переносов" yozuvini bosib, "Авто" qo'yib qo'yish yetarli bo'ladi. Bu funksiya odatda o'chiq bo'ladi.
Davomi bor...

Akmal Xudayberganov

👉 @informatika
Hozirda Kanadaning Kalgari shahrida yashab kelayotgan Farhod aka Fayzullayev o'z kanalida o'qituvchilar qancha oylik olishi haqida yozib o'tibdi.

Kalgari maktab tizimidagi o‘rtacha oylik maosh:

O‘qituvchilar: 64 mln so‘m
Xo‘jalik ishlari (zavxoz, farrosh): 31,1 mln so‘mdan
Direktor, direktor yordamchisi: 87,5 mln so‘m


Yuqoridagi ko‘rsatkichlar oylik maosh, soliqlardan avval. Soliqlarga taxminan 25 foizni chegirib tashlaysiz. Oyliklar Kalgari ta’lim kengashi saytida ochiq e’lon qilingan.

Oyliklardan tashqari, o‘qituvchilarga ijtimoiy paket ham beriladi: xususiy tibbiy sug‘urta, pensiya, ishsizlik sug‘urtasi va h.k.

Afsuski, O‘zbekiston diplomi bilan Kanadada o‘qituvchi bo‘lish imkoniyati yo‘q, qayta o‘qish kerak.

Manba: @zambarakning_oqi

📍O'zbekiston o'qituvchilar quyidagicha oylik maosh oladi:

HTTP 404, 404 Not Found, 404, 404 Error, Page Not Found or File Not Found

👉 @informatika
#Kun_tarixi #domen #uz

.Uz domen zonasi 1995 yil 29 aprelda ro'yxatga olingan.

👉🏻
@informatika
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Telegram messenjerida may oyida guruhli videoqo‘ng‘iroqlar funksiyasi ishga tushadi.

«May oyida ovozli chatlarimizga video qo‘shamiz, bu esa Telegram’ni guruhli videoqo‘ng‘iroqlar uchun kuchli platformaga aylantiradi. Ekrandan birgalikda foydalanish, shifrlash, shovqinni bosish, stol kompyuterlari va planshetlarni qo‘llab-quvvatlash, siz videokonferensaloqaning zamonaviy vositasidan kutgan barcha narsa tezlik va shifrlash bilan birgalikda Telegram’da» — deyiladi Pavel Durovning Telegram-kanalidagi xabarda.

📍Zoom bilan xayrlashish vaqti keldi-mi?

👉 @informatika