Informatika va AT
8.73K subscribers
1.09K photos
598 videos
603 files
1.51K links
Informatika va axborot texnologiyalari bo'yicha O'zbekistonda birinchi faoliyatini boshlagan kanalga xush kelibsiz.

Bog'lanish: @Nursaidovuz

https://t.me/Informatika/3

Dasturlash: @FlutterDasturchi
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Videodars #Word

Word dasturida oddiy belgilar yordamida ishimizni osonlashtirib beruvchi tryuklar ketma-ketligini o'rganamiz.

👉
@informatika
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bugungi kunda O‘zbekistonda axborot tarqalishiga sharoit qoniqarsiz.

«Internet O‘zbekistonda qimmat. Internet arzonligi bo‘yicha Hindiston birinchi o‘rinda – 1 GB internet 9 syent. Uchinchi o‘rinda Qirg‘iziston – 2 ming so‘m. Qozog‘iston esa 1 GB internet 6 ming so‘m ekani bilan dunyo bo‘yicha oltinchi o‘rinda turibdi. Biz esa 16 ming so‘m narx bilan 54-o‘rinda turibmiz.

Yoki internet tezligi bo‘yicha ham xuddi shunday, 128-o‘rindamiz.

O‘zbekistonda aholining internet qamrovi 51 foiz va bu juda kam. Butun dunyo misolida oladigan bo‘lsak, 51 foiz internet degani XXI asrda bu juda uyatli holat. Qozog‘istonda aholining internet bilan qamrov darajasi 80 foiz.

34 mln aholiga 19 ta markaziy telekanal va 14 ta radiokanal mavjud.

Boshqa davlatlarga qarasak, AQSHda 8 mingdan ortiq telekanal bor. Rossiyada 3 300 ta, Buyuk Britaniyada 1 000 dan ortiq, Qozog‘istonda 100 ga yaqin, Ukrainada 600 dan ko‘proq telekanal bor», - dedi adliya vaziri Ruslanbek Davletov

👉 @informatika
Forwarded from Informatika va AT (Nursaidov ㅤ)
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Photoshopda 3x4 rasm tayyorlash

Photoshop dasturi orqali fotosuratingizni 3x4 ko'rinishida mustaqil tayyorlashni ushbu videodars orqali o'rganing.

© Muallif: Rasul Atamuratov

Qo'shimcha qulayliklar: 👇

Photoshop dasturini yuklab olish

Photoshop darslar

👉 @informatika
Forwarded from Xushnudbek.uz
Машҳурлашиб бораётган «инновацион» китоблар: тил ўрганиш воситасими ё лотерея?

KunUz сўнгги вақтларда хорижий тилларни тез ва инновацион методлар орқали ўргатишда фойдаланиш мумкинлиги ҳақида реклама қилинаётган китоблар устида кичик суриштирув ўтказибди.

Booknomy ёки Tedbook каби лойиҳаларга ҳозир мен мутлақо ишонмайман. Шунчаки лотереяга ўхшаш ўйин эвазига рекламанинг кучи билан катта миқдорда сотувга эришмоқда. Одамларимиз содда, уларга текин машина, текин совға, умуман текин нарсалар жуда ва жуда ёқади. Ваҳоланки улар текинга эмас, фалон суммага нархига арзимайдиган китоб сотиб олиши кераклигини эса хаёлига келтирмайди.

Ушбу китоблардан сотиб олмоқчи бўлаётганлар, KunUz мақоласини диққат билан ўқиб чиқинг, видеони албатта кўринг. Шунда фақат эшитиб 6 ой ичида хорижий тилни ўрганиб бўлмаслигини, бу шунчаки сафсата эканлигини тушуниб етасиз.

Бундан ташқари инглиз тилини ўргатадиган Booknomy деган китобнинг муаллифининг ўзи инглиз тилини билмаслигини билиб оласиз. Ахир бу майнавозчилик эмасми? Содда халқнинг устидан кулиш эмасми?

Бу каби мисоллар жуда кўп. Хулоса ўзингиздан.

👉 Мақолани ўқиш

📹 Видеони кўриш


👉 @xushnudbek 👈
Forwarded from Informatika va AT (Nursaidov ㅤ)
Rasmdagi bu yigit bundan 27 yil oldin AQSHning Stenford universitetida o‘qish uchun grant yutadi. Biroq Hindistondan u yerga uchib borishga mablag‘i bo‘lmaydi. Shunda otasi o‘zining qariyb bir yillik maoshiga teng pulga unga chipta olib beradi. Yigit umrida birinchi marta samolyotga chiqib, AQSHga uchib ketadi.

O‘sha yigit - Sundar Pichay - 2015 yilda jahonning eng boy kompaniyalaridan biri hisoblangan Google shirkatining bosh direktori etib tayinlanadi. 2019 yilda uning yillik maoshi 281 mln dollarga teng bo‘lgan.

Otaning bir paytlar qilgan katta jasorati kun kelib o‘z mevasini berdi.

Eng maqbul sarmoya - bu farzand kelajagiga sarflangan sarmoyadir!

Mavlon Marasulov

👉🏻 @informatika
F1 dan F12 gacha tugmalar nima uchun kerak?

Kompyuter klaviaturasidagi bu tugmalar dastur turiga qarab o'zgarishi mumkin, lekin asosan bir turdagi vazifalarni bajaradi:

F1 - Windows yoki biror dasturda ma'lumotnoma chiqarib beradi.
F2 - Ish stoli yoki "Проводник"da fayl yoki papka nomini o'zgartirish.
F3 - Ish stoli yoki ko'p dasturlarda qidirish oynasini ochadi.
F4 - ALT+F4 kombaniatsiyasi aktiv oynani yopadi.
F5 - aktiv oynani yangilash(обновление)
F6 - brauzerlarda adres qatorini aktivlashtirish
F7 - Microsoft Office dasturlarida matnning to'g'ri yozilganligiga tekshirish(o'zbek tilida ishlamaydi).
F8 - Operatsion tizim yuklanayotganda, yuklanish rejimini tanlash(safe mode, oddiy yuklash).
F9 - Word dasturini xujjatni qayta yangilash(обновление).
F10 - Ochilgan dastur menyusini aktivlashtirish.
F11 - ko'p brauzerlarda to'liq ekran rejimiga o'tish va undan qaytish.
F12 - Office dasturlarida xujjatni saqlash oynasini ochish.

Bonus: 
SHIFT + F10 - sichqonchani o'ng tugmai rolini bajaradi.

☝️Nima sababdan klaviatura knopkalari haqida ko'p yozmoqdaman? Sababi klaviatura bilan ishlashni yaxshilab o'rganing, bu ishingizni ancha tezlashtiradi.

Muallif: ©Akmal Xudayberganov

👉
@informatika
Forwarded from Informatika va AT (Nursaidov ㅤ)
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#VIDEO #TOZALASH

Ushbu video orqali Windows 10 Operatsion tizimini optimizatsiya qilish va ishlash tezligini oshirish, C diskni tozalash, xatoliklar va musor fayllarni o'chirish bo'yicha tavsiyalar beriladi

Muallif
: Rasul Atamuratov

👉🏻 @informatika
easy Quizy Test.rar
7.6 MB
#dastur #test #exe

Windows operatsion tizimlari uchun test tuzuvchi Easy Quizzy dasturi.

Bu dasturning qulayligi o‘zbek tilida ekanligidir. Bu dastur orqali, Maktab, Kollej, Universitet talabalari uchun oraliq nazorat testlarini shu dastur orqali tayyorlab taqdim etishlari mumkin bo‘ladi. Abituriyentlar esa tayyorlanayotgan fanlari bo‘yicha har bir mavzu bo‘yicha testlar kiritib bilimlarini yanada mustahkamlasa bo‘ladi. Bu dasturning qulayliklari ancha. Masalan: Testga vaqtni joylashtirish. Testlarni har xil ko‘rinishda hosil qilish va h.k.

Dasturni videodarslar orqali o'rganing 👇

1-dars, 2-dars, 3-dars, 4-dars, 5-dars.

👉 @informatika
Forwarded from Informatika va AT (Nursaidov ㅤ)
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Bonus #excel #video_dars

Microsoft Excel dasturida krossword yaratish

Dars
davomiyligi: 10 daqiqa

Muallif: Rasul Atamuratov

👉🏻 @informatika
Facebook, Instagram va WhatsApp ishlamay qoldi. Ayni vaqtda kompaniya katta zarar ko'rmoqda.

Yaqinlaringizni
@informatika kanalimizga taklif qilish vaqti kelgan ko'rinadi.

Update: Ishlab boshladi...

👉
@informatika
Forwarded from Informatika va AT (Nᴜrsaidov ㅤ)
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Word #almashtirish #matn

Odatda, biz biron-bir hujjatdagi biron bir matnni tanlasak va klaviaturadan biror narsani yozishni boshlasak, tanlangan matn o'chiriladi va uning o'rniga yangisi kiritiladi. Bu biz tez-tez ishlatadigan dasturning odatiy harakati hisoblanadi.

Agar to'satdan tanlangan matn yangisi bilan almashtirilmasa, sozlamalarni tekshiring. Ushbu harakatlarni videodars orqali o'rganing

👉
@informatika
Forwarded from Informatika va AT (Nᴜrsaidov ㅤ)
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Windows_10 #video_dars #suragan_edingiz

Windows 10 da avtomatik yangilanish rejimini o'chirib qo'yishni o'rganamiz.

Muallif: Muzaffarov Adhambek

👉🏻 @informatika
#DOLZARB #FIKR

TIL O‘RGANISH KERAK(MI?)

Talabga taklif sifatida uch oyda til o‘rgatamiz deyayotgan o‘quv markazlari ishlayapti, maktablarda chet tillar o‘qitilyapti. Shu yerda o‘zi chet tilini o‘rganish kerakmi degan savol tug‘iladi. Albatta, kerak. Ammo faqat bu bilan kifoyalanish aslo mumkin emas. Tez orada (agar hozir bo‘lmasa) chet tilini biladigan odamlar ko‘payib ketadi va bu fazilat hech kimni ajablantirmay qo‘yadi (ayniqsa ish beruvchini).

Shuning uchun chet tili bilan parallel ravishda hozir va kelgusida dolzarb bo‘ladigan sohalarni o‘rganish kerak. Bular masalan:

- #dasturlash (hozirda juda talabgir)
- #grafik_dizayn (bu sohani hali beri sun’iy intellekt sizdan tortib ololmaydi)
- #big_data_analysis (katta ko‘lamdagi ma’lumotlar bilan ishlash)
- #internet_marketing (kelgusida kontent to‘liq onlaynga o‘tishini hisobga olsak bu sohaga talab kuchayadi)
- #tarjimonlik (tarjima dasturlari hali mukammal emas, inson aralashuvi baribir kerak)

Hozircha shular. Kommentda boshqa fikrlar bo‘lsa qo‘shinglar.

Mavlon Marasulov

🧲 Quyidagi rasmda 2025-yilga kelib qaysi kasblarga talab oshishi to'liq ko'rsatilgan.

👉 @informatika
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#PAROL_BUZISH #VIDEODARS

Foydalanuvchilar orasida kompyuterining paroli esidan chiqib qolishi yoki yaqinlari tomonidan o'zgartirish kiritish orqali kompyuterda ishlashda muammo bo'lishi mumkin. Ushbu muammoni bartaraf etish uchun ushbu videodars orqali kompyuteringizni parolini buzib kirish ko'rsatib o'tilgan.

Muallif: O'lmasbek Husenov

Dasturni yuklash

👉 @informatika
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Word #kerakli #video_dars

Word dasturida matn kiritganda yoki sichqonchani varoqning istalgan qismiga 2 marta chertib, ma'lumot kiritish mumkin.

Lekin bu ba'zi muammolarni keltirib chiqaradi. Ushbu funksiya sizga kerak bo'lmasa videoni ko'rib o'chirib qo'yishni o'rganing.


👉 @informatika
Forwarded from Informatika va AT (Nᴜrsaidov ㅤ)
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Kompyutеrlаr bilаn ishlаsh jаrаyonidа insоn o‘z sоg‘lig‘ini sаqlаb qоlish vа hаr dоim tеtik yurishi uchun to‘qqiztа аsоsiy qоidаlаr ishlаb chiqilgаn:

1. Fоkus mаsоfаni yarаting (nigоhni uzоq mаsоfаlаrgа ko‘chirish imkоniyati).
2. Kompyutеr ekrаnigа shu’lа yoki nurlаrning tushmаsligini tа’minlаng.
3. Xоnаni to‘g‘ri yoritishgа hаrаkаt qiling.
4. Kompyutеrga nisbаtаn jоy (o‘rindiq)ni to‘g‘ri tаnlаng.
5. To‘g‘ri tana egilish burchagi va holatini tanlang.
6. Nаfаs оlish vа uning dаvоmiyligigа e’tibоr bеring.
7. Hаr uch-bеsh sоniyadа ko‘zingizni yopib оching.
8. Fаqаt ekrаngа qаrаmаng.
9. Tеz-tеz uzоq-uzоqlаrgа qаrаb turing.

👉 @informatika
Forwarded from Khan Academy Oʻzbek
Uzbek Latin Keyboard by Hamza (v2.0).zip
673 KB
Oʻ, gʻ va tutuq belgisini toʻgʻri ishlatish uchun Uzbek Latin Keyboard dasturi.

Eslatib oʻtamiz, ushbu klaviatura kompyuter uchun.

💡 Shuningdek kompyuter orqali Alt+0145 (oʻ, gʻ belgilari uchun) va Alt+0146 (tutuq belgisi uchun) qisqa kodlari orqali belgilarni toʻgʻri qoʻllashingiz mumkin.

📎 Faylni yuklab olish - bit.ly/3e1wuUr
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Foydali #klavish #vazifalari

👨‍💻Har kungi ish jarayonida kompyuter klaviaturasi tugmalari yordamida odatda foydalaniladigan buyruqlar kombinatsiyalarining vizual ko'rinishi.

Sizning ko'p foydalanadigan kombinatsiyangiz qanday? Quyida sharh yozib qoldirishingiz mumkin😉

👉 @informatika