Informatika va AT
8.73K subscribers
1.09K photos
598 videos
603 files
1.51K links
Informatika va axborot texnologiyalari bo'yicha O'zbekistonda birinchi faoliyatini boshlagan kanalga xush kelibsiz.

Bog'lanish: @Nursaidovuz

https://t.me/Informatika/3

Dasturlash: @FlutterDasturchi
Download Telegram
Forwarded from Informatika va AT (informatika)
Bugun hali maktabni ham tamomlamagan, dunyo va hayot haqida tasavvurlari, bilim va tajribalari yetarlicha shakllanib ulgurmagan yosh avlod orasida yuz minglab obunachilarga ega, g‘ayrioddiy mashhurlik hamda boylik cho‘qqisiga chiqqan yoshlar paydo bo‘lmoqda. Ularning hayoti deyarli to‘liq virtuallashdi, hatto uxlab yotganini, ayrim o‘ta xos aloqa va munosabatlarini ham internet orqali efirga uzatayotgan yoshlar uchramoqda. «Tik-Tok uyi» deb atalgan uyda qiz va o‘g‘illarning aralash-quralash bo‘lib yashashi, o‘yin-kulgulari, shohona va “benuqson” hayoti mening nazarimda yuqorida tilga olganim “Kaliforniya sindromi”ning boshlang‘ich alomatlaridan darak bermoqda. Eʼtibor bering, bu yoshlar ulashayotgan videolari faqat xursandchilik, yaltir-yultur, “ha-ha-ha”, “xi-xi-xi”dan iborat.

Baʼzi yoshlar esa omma eʼtiborini o‘ziga qaratish, tezda mashhur bo‘lish, o‘ziga auditoriya to‘plash maqsadida hatto o‘zi va boshqalarning hayoti uchun xavfli ishlarga qo‘l urmoqda. Uyatsiz xatti-harakatlar, bemaʼni qiliqlar, almoyi-aljoyi gaplar, xullas, odob-axloq, qadriyat va an’analar, qonun-qoidalarga zid harakatlari bilan ko‘pchilikning eʼtiroziga, tanqid va dashnomlariga sababchi bo‘layaptilar.

https://registontv.com/tik-tokchilar-va-kaliforniya-sindromi/

© Sanjar Said
Forwarded from Informatika va AT (Nursaidov ㅤ)
Test tuzuvchi.apk
17.9 MB
Kutib oling. Android qurilmalari uchun "Test tuzuvchi" dasturi

Test tuzuvchi dasturi orqali barcha fanlardan yoki mavzulardan savollarni kiritib test holatida ishlashingiz mumkin.

Masalan: Ingliz tilidan bugun 30 ta so'z yodlashingiz kerak. Ushbu so'zlarni Test tuzuvchi dastur orqali birma-bir kiritib test holatida bajarishingiz mumkin.

Bunda so'zlarni yozasiz, o'qiysiz va test holatida ishlasangiz ushbu so'zlar miyangizda bir umr saqlanib qoladi.

Keraksiz bo'limlarni chap yoki o'ngga surish orqali o'chirib tashlashingiz mumkin.

👉 @informatika
Биткоин билан шуғулланишга ҳам қўрқиб қолди одам.

Бутун дунёда дронлар ёрдамида ақлга сиғмайдиган синовлар ўтказилмоқда, бизда эса бу учун қамоқ жазоси тайин.

Бутун дунё криптовалюта бозорига инвеститция киритиш, уни янада ривожлантириш билан банд, Илон Маск яқинда биткоинга 1,5 млрд доллар инвеститция киритди. Бизда эса биткоин билан савдо қилганларни қамаш билан овора.

Биз бу нарсаларни тушунишимиз учун яна 200 йил керак шекилли.

Ахир биткоин келажак валютаси бўлиши кутилаётган бир пайтда биз нега бунақа инвеститциялардан четда туришимиз керак, ҳой, тепадагилар сал ақлни ҳам ишлатиб туринглар-а.

@tentakminds #weneverbeodam

👉 @informatika
IMEI-kodlar davlatni qanchaga boyitganini bilasizmi?

Bu tizim joriy etilgandan so‘ng, mamlakatda 47 milliondan ortiq IMEI kodlari ro‘yxatdan o‘tkazildi.

2020-yil boshidan beri joriy qilingan kodlarni pulli ro‘yxatdan o‘tkazish AKTni rivojlantirish jamg‘armasini 135.5 mlrd. so‘mga to‘ldirdi.

Manba: Sayt.uz

Bu tizimdan maqsad xalqqa foyda bo‘lish deyishmoqda, axir foydali tizimlar ishlab chiqish davlatning majburiyati emasmi? Bizning soliqlarni shuning uchun olyapsizlarku. Xalqqa ikki marta soliq solish (va qimmat soliq) insofsizlik axir! IMEI tizimi yaxshi, lekin chala ishlab chiqilgan qaror orqasidan xalqimiz sarson bo'lishda davom etmoqda...

Xalq sog‘in sigir emas, lekin to‘layveradi, to‘layveradi, to‘layveradi...

👉 @informatika
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#VIDEO #ORCID #GOOGLE_SCHOLAR

Ushbu video darsda ORCID ID olish ham Google Scholar va Researchgate tizimidagi maqolalarni biriktirish haqida ma'lumotlar beriladi

Ushbu video dars yosh olimlar, universitet o'qituvchi-professorlari hamda tadqiqotchi doktorantlar uchun foydali hisoblanadi.

Muallif
: Rasul Atamuratov

👉 @informatika
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Excel #kerakli #video_dars

Excel dasturida so'zlarni bitta katak ichiga yozib qo'ydingiz. Lekin har bir so'zni alohida kataklarga joylashtirish uchun siz albatta so'zlardan nusxa olib joylashtirasiz.

Bir harakat orqali bitta katakda yozilgan so'zlarni har bir ustun va qatorga joylashtirishni bilasizmi? Yo'q deysizmi? Unda videoni ko'ring hamda sinab ko'ring.


👉 @informatika
🖥 Vitamin A ni kompyuter va telefonga ko‘p qaraydiganlar ichib yurishi kerak.

⁉️ Sababi ushbu xolatda ko‘rish uchun ko‘p energiya sarf bo‘ladi. Bu vitamin A ni talab qiladi.

🧠 Buni yetishmasligi natijasida asabiylik, boshqa kasalliklar, ko‘z xiralashuvi paydo bo‘ladi.

👉
@informatika
«Uzoq vaqt kompyuterdan foydalanish organizmga zarar! Maxsus ko`zoynak taqing!» Aslida ham shundaymi? Yoki shu bilan o`zimizni o`zimiz aldaymizmi? Keling, zamonaviy dastyorimiz haqidagi afsonalarga oydinlik kiritamiz.

1.
«KAKTUS – MONITOR OLDIDA TURISHI SHART!»

Agar bu o`simlikka mehringiz bo`lakcha bo`lsa, bemalol. Ammo komyuter nurlanishiga qarshi hech qanday ta`siri yo`q. Agar uning zig`ircha bo`lsa ham foydasi bo`lganida, kaktus vatani bo`lmish Meksikada radarlar bilan muammo bo`lar edi. Lekin kompyuter va televizor yonida turgan kaktus gulining tezroq o`sishi bor haqiqat.

Birovni
gapiga ishonib kaktusni qiynamang...

Davomi bor...

👉 @informatika
Forwarded from Informatika va AT (Nursaidov ㅤ)
Multiplication table-Ko'paytirish jadvali.apk
4.8 MB
Multiplication table - Ko'paytirish jadvali mobil ilovasi ishlab chiqildi.

Ushbu ilova orqali bolalar karra - karra jadvalini 1 kunda o'rganadi, har bir sonlar uchun alohida misollar ishlab bilimini oshiradi.

O'yin bo'limi orqali 3 xil qiyinlikdagi misollar beriladi

Dual - ya'ni ikki kishilik bo'limida bitta ilova orqali ikki kishi bilimini real vaqtda sinovdan o'tkazadi. Bu imkoniyatlar ilovaning imkoniyatini yanada oshirishga xizmat qiladi.

Ushbu ilova ingliz tilida. Ushbu xususiyat ilovadan foydalanishda hech qanday muammo tug'dirmaydi degan umitdamiz. Farzandingiz shu bahonada ingliz tilidagi so'zlarni ham o'rganib oladi.

Farzandingiz uchun ushbu o'yinni yuklab oling, afsuslanmaysiz! Hajmi atigi 4.8 mb

👉 @informatika
«Uzoq vaqt kompyuterdan foydalanish organizmga zarar! Maxsus ko`zoynak taqing!» Aslida ham shundaymi? Yoki shu bilan o`zimizni o`zimiz aldaymizmi? Keling, zamonaviy dastyorimiz haqidagi afsonalarga oydinlik kiritamiz.

2.
«KO`ZOYNAK HIMOYALAYDI!»

Ko`zoynak va linzalar ma`lum darajada himoya qiloladi, lekin butunlay emas, qisman xolos.

Ko`z nurini himoya qilishda tabiiy surmaning foydasi bor. Ayniqsa kompyuterda ishlayotgan vaqtingiz ko`zingiz yoshlanib ketaversa, tabiiy surma surtib olish ayni muddao. Ko`zoynak taqishdan avval ham surma surtib olish mumkin.

Bundan tashqari kompyuterda ishlayotganda vaqti-vaqti bilan ko`z uchun maxsus mashqlarni bajarsangiz foydadan holi bo`lmaydi. Buning uchun, 3-5 soniya ko`zni ochib-yoping. O`ngga, chapga, yuqoriga va pastga qaratib qorachiqlaringizni o`ynating. Ekranga qaramay har yarim soatda 3 soniya ko`zingizni yumib turing. Tez-tez uzoqroqqa qarang.

Davomi bor...

1. «KAKTUS – MONITOR OLDIDA TURISHI SHART!»

👉 @informatika
Forwarded from Informatika va AT (Nᴜrsaidov ㅤ)
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#word #video #dars #rasm

Word dasturida rasmli ma'lumotlar bilan ishlaganda shu rasmlar kerak bo‘lib qolishi mumkin. Word dasturidan har birini rasm ko‘rinishida saqlab olib ko‘rish mumkin. Lekin rasmlar ko‘p bo‘lsachi?

Buning uchun videoda ko‘rsatilganday, faylni .html variantda saqlasak rasmlar alohida papkaga saqlanadi.

https://t.me/joinchat/AAAAAENGLVn11ckt0szG3Q

👉 @informatika
Рўйхат.docx
24.2 KB
Олий суд томонидан экстремистик деб топилган ва тақиқланган ташкилотлар ва сайтлар рўйхати

Ижтимоий тармоқлардаги саҳифаларимизга аъзо бўлинг:

Telegram  | YouTube  | Facebook
Informatika va AT
Рўйхат.docx
Yuqoridagi word shaklidagi faylni ochib, unda ko'rsatilgan sayt, profil yoki telegram/yutub kanallardan ehtiyot bo‘ling. Bilmasdan a’zo bo‘lib, ertaga aybsiz aybdor bo‘lib qolmang.

Oliy sud tomonidan ekstremistik deb topilgan va ta'qiqlangan tashkilotlar va saytlar ro‘yxati

Ushbu ma'lumotni barcha tanishlaringizga jo'nating.

👉 @informatika
Fanlar majmuasi-2021.pdf
968.4 KB
#TEZKOR #TARQATAMIZ

Abituriyentlar diqqatiga!

Davlat qabul komissiyasining bayoni bilan 2021-2022-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari tasdiqlandi.

👉 @informatika
Informatika va AT
Fanlar majmuasi-2021.pdf
Test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasidan ko'rishimiz mumkinki, siz kompyuter bo'yicha qaysi universitetga kirmoqchi bo'lishingizdan qat'iy nazar(TATU va boshqa universitetlarning Informatika va axborot texnologiyalari, amaliy matematika va informatika va h.k uchun), 5 tan fandan majburiy test imtihonlarini topshirasiz!

Majburiy hamma yo'nalishlar uchun:

1.Ona tili:
15 ta test, 2.1 balldan
2.Matematika: 15 ta test, 2.1 balldan
3.O'zbekiston tarixi: 15 ta test, 2.1 balldan

Mutaxassislikdan:

4. Matematika:
30 ta test, 3.1 balldan
5. Fizika: 30 ta test, 3.1 balldan

Jami: 105 ta test ishlaysiz.
Umumiy ball: 280.5 ball
.

Ayrim yo‘nalishlarda majburiy blokdagi fan bilan maxsus blokdagi fan bir xil bo‘lib qolishi mumkin. Masalan, matematika yo‘nalishiga hujjat topshirgan abituriyent majburiy blokda ham, mutaxassislik blokida ham matematika fanidan test ishlaydi. Bu ikkalasining asosiy farqi —majburiy blokdagi savollarning barchasi soddalashtirilgan, eng oson darajada bo‘ladi, mutaxassislik blokidagi savollar esa turli murakkablikda (oson, o‘rtacha, qiyin) bo‘ladi.

👉 @informatika
Forwarded from Informatika va AT (Nursaidov ㅤ)
iSpring Suite 8.7.0.21274 Repack by Diakov.zip
163.9 MB
#dastur #bepul

iSpring dasturini yuklab oling hamda quyidagi imkoniyatlardan bepul foydalaning.

• tаqdimot fayllarini bir necha (exe, swf, html) formatlarda konvertatsiyalash imkoniyati;
• taqdimot kontentiga tashqi resurslarni (audio, video yoki flash fayllarni) kiritish imkoniyati;
• taqdimot kontentini muhofaza qilish: parol yordamida ko‘ra olish, taqdimotga «himoya belgi»si qo‘yish, taqdimotni faqat ruxsat etilgan domenlardagina «aylantirilishi»;
• video qo‘shish va uni animatsiyalar bilan sinxronlashtirish;
• elektron test(nazorat)larini yaratish va natijalarini elektron pochtaga yoki masofaviy o‘qitish tizimiga (LMS) uzatib berish imkoniyatini beradigan interaktiv matnlar yaratish uchun vosita o‘rnatilgan (Quiz tugmachasi);
• masofaviy o‘qitish tizimida foydalanish uchun SCORM/AICC — mos keluvchi kurslarini yaratish;
• taqdimot dastur darajasida aylantirish uchun ActionScript API;
• videotasvirni yozish va uni taqdimot bilan sinxronlashtirish;

👉🏻 @informatika
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"Vaqti kelsa o'qituvchilar elektrga ham pul yig'di, metallom to'pladi, panjaralarni oqladi" — EDU, EDU-Sofiya xususiy maktab va o’quv markazlari tarmog’i asoschisi bilan eksklyuziv suhbat

Ustozning ilmi o'quvchilarining natijalari, muvaffaqiyati bilan baholanishi kerak. Bizda esa, ko'p ustozlar masalani faqat moddiy jihatga bog'lab qo'yishgan. Natijada, bu jamiyatda o'qituvchining obro'si pasayishiga sabab bo'ldi.

Jiddiy mavzular haqida so'z yuritilayotgan “Osmondagi bolalar” loyihasining navbatdagi mehmoni Qo'qon shahridagi EDU, EDU-Sofiya xususiy maktab va o’quv markazlari tarmog’i hamda Girgitton xizmat ko'rsatish servisi asoschisi — Xurshid Maroziqov. Suhbat davomida, yosh tadbirkor ta'lim sifati, o'qituvchilar saviyasi, Toshkent shahri va boshqa viloyatlardagi sharoitlar haqida ham to'xtalib o'tdi!

👉 To'liq video https://youtu.be/kG0MA_NY_sc
«ТАТУда фақат бир семестр ўқидим, кейин...» – Amazon’да дастурчи-муҳандис бўлиб ишлаётган йигит ҳикояси

«Мактабни битириб, ТАТУга ўқишга кирганман, бир семестрлик ўқишдан сўнг менга кўпроқ янгилик бера оладиган атмосферада ўзимни синаб кўришни хоҳлаганман ва Жанубий Кореяга кўчиб келганман. Бу менинг глобал оламга қўйган илк қадамим бўлган», дейди Amazon компанияси ходими Бекназар Абдикамолов.

У ҳозир 28 ёшда, шу пайтга қадар бакалавр ва магистратурани тугатган, дастурлаш бўйича бир неча йиллик тажрибага эга кадр.

👉 https://kun.uz/85178491

Kun.uz Telegram каналлари👇

Ўзбекча | O‘zbekcha | Русская
🤖 Роботлар бизнинг ишчи ўринларимизни йўқ қиладими? Сунъий интеллект (СИ) ва унинг келажакдаги ишчи ўринларга таъсири ҳақида суҳбатлар ва хавотирлар кучаймоқда. Улар қанчалик ўринли? Бир подкастда Жаҳон иқтисодий форумининг “Ишчи ўринлар келажаги” аталмиш ҳисоботи ҳақида эшитиб қолдим, унда айтилишича, 2025 йилга келиб, 85 миллион ишчи ўрни йўқ бўлади, лекин ўрнига 97 миллион иш жойлари яратилади. Бунинг сабаби эса, СИ, асосан, кўп маротаба қайтарилувчи функциялардан иборат касбларни автоматизациялаштиради, ҳозирги кундаги пандемия туфайли онлайн дунёнинг ривожи тезлашуви буни янада жадаллаштиради. Шу вақтнинг ўзида, СИ ни бошқариш билан боғлиқ янги соҳалар вужудга келади, ҳамда инсоннинг ақлий қобилияти ва ижодига боғлиқ баъзи соҳаларнинг ўрнини босиш қийин бўлади. Айнан қандай касблар кучайиши ва камайиши ҳақида ⬆️ графикда кўрсатилган.

P.S. "Инноваторлар" аудиокитобининг 7-боби яқин кунларда тайёр бўлади ва унда Интернетнинг яратилиш тарихи ҳақида сўз кетади.

Манба: @madnifique

👉 @informatika
Forwarded from Informatika va AT (Nursaidov ㅤ)
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#word #video_dars

Ba’zida hujjatimizda sahifa kengligi bo‘ylab gorizontal chiziq o‘tkazishimizga to‘g‘ri kelib qoladi. Quyida ushbu chiziqlarning har xil variantlarini yaratishni ko‘rsatamiz.

👉 @informatika
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Videodars #Word

Word dasturida oddiy belgilar yordamida ishimizni osonlashtirib beruvchi tryuklar ketma-ketligini o'rganamiz.

👉
@informatika