Informatika va AT
8.67K subscribers
1.09K photos
600 videos
598 files
1.51K links
Informatika va axborot texnologiyalari bo'yicha O'zbekistonda birinchi faoliyatini boshlagan kanalga xush kelibsiz.

Bog'lanish: @Nursaidovuz

https://t.me/Informatika/3

Dasturlash: @FlutterDasturchi
Download Telegram
May 31, 2020
June 1, 2020
June 1, 2020
June 2, 2020
Forwarded from Informatika va AT (Nursaidov ㅤ)
IT Online - Kelajak sari.apk
8 MB
June 2, 2020
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
June 4, 2020
June 5, 2020
Forwarded from Texno Work
F1 dan F12 gacha tugmalar nima uchun kerak?

Kompyuter klaviaturasidagi bu tugmalar dastur turiga qarab o'zgarishi mumkin, lekin asosan bir turdagi vazifalarni bajaradi:

F1 - Windows yoki biror dasturda ma'lumotnoma chiqarib beradi.
F2 - Ish stoli yoki "Проводник"da fayl yoki papka nomini o'zgartirish.
F3 - Ish stoli yoki ko'p dasturlarda qidirish oynasini ochadi.
F4 - ALT+F4 kombaniatsiyasi aktiv oynani yopadi.
F5 - aktiv oynani yangilash(обновление)
F6 - brauzerlarda adres qatorini aktivlashtirish
F7 - Microsoft Office dasturlarida matnning to'g'ri yozilganligiga tekshirish(o'zbek tilida ishlamaydi).
F8 - Operatsion tizim yuklanayotganda, yuklanish rejimini tanlash(safe mode, oddiy yuklash).
F9 - Word dasturini xujjatni qayta yangilash(обновление).
F10 - Ochilgan dastur menyusini aktivlashtirish.
F11 - ko'p brauzerlarda to'liq ekran rejimiga o'tish va undan qaytish.
F12 - Office dasturlarida xujjatni saqlash oynasini ochish.

Bonus: 
SHIFT + F10 - sichqonchani o'ng tugmai rolini bajaradi.

☝️Nima sababdan klaviatura knopkalari haqida ko'p yozmoqdaman? Sababi klaviatura bilan ishlashni yaxshilab o'rganing, bu ishingizni ancha tezlashtiradi.

O'zingiz uchun yaxshi ko‘rgan narsani do'stingizga ham ravo ko‘ring: https://t.me/planetait
June 7, 2020
June 7, 2020
June 10, 2020
June 10, 2020
Forwarded from Texno Work
IT'shniklar hamma narsani bilishi kerak emas!
#lirikchekinish

IT sohasini bitirdingizmi yoki IT yo'nalishida ishlamoqdamisiz, siz hamma texnikani ashqal dashqallarini tushunishingiz kerak, bu bizning mentalitetimiz.

Siz zo'r dasturchisiz, web saytlar, web sahifalar yaratasiz, xullas web bo'yicha ustasiz, lekin o'rtog'ingiz telefon qilib,
"Do'st, menga yaxshi rangli printer tanlab ber"
desa, bu ishni qilaolmasligingizni, uncha tushunmasligingizni aytsangiz, tamom, siz u uchun hattoki do'stlikdan ham voz kechganday tuyulasiz, "san shu sohadasanku, nimaga bilmisan, nimaga tanishlaring yo'q" degan savollar beriladi, vohalanki siz faqat kod yozasiz, xattoki Windows operatsion tizimini ham o'zingiz o'rnata olmaysiz. Tanish holatmi?)

Bunday holatlar uyingizda ham sodir bo'ladi, siz zo'r dizaynersiz Photoshop, illustrator degan dasturlarni "ee yorvorasiz", lekin uyingizga konditsioner o'rnata olmaysiz, shunda nima gap eshitasiz? "Axir san texnika bilan ishlisanu, texnika universitetini bitirgansanku" nime qilomisan?))

Oxirgi daxshat holat, ishhonadagi kompyuter tarmoqlari bo'yicha mutaxasissiz, lekin siz, operatsion tizimlarga ham qaraysiz, kimningdur telefoni buzilsa, albatta siz ko'rberishingiz kerak, printer kartridjlarini ham siz almashtirasiz, eng qizig'i tok o'chib qolsa birinchi sizning oldingizga kelishadi)).

Na kulishni bilasan na yig'lashni. Bu holatlarni texniklar juda yaxshi tushunishadi, ayniqsa ko'p ishhonalarda IT bo'limiga kamroq pul ajratish uchun, o'z ishini ustasini emas, texnika yo'nalishda ko'proq narsa biladiganlarni ishga olishadi.

Bu post bilan nima demoqchiman, dasturchi dasturini tuzsin, tarmoq mutaxassisi xavfsiz tarmoq haqida o'ylasin, sistemshik operatsion tizimni zo'r sozlashni o'rgansiz, hamma o'z ishini ustasi bo'lsin, hamma yo'nalishni chala chulpa o'rgangandan ko'ra.
Bu bilan boshqa yo'nalishni o'rganmasin demoqchi emasman, dastlab o'z sohasini ustasi bo'lsin demoqchiman holos.

☝️Ko'p yillik tajribalar asosida yozildi, siz bu fikrlarga qo'shilishingiz shart emas albatta, bu mening kuzatishlarim holos.

Shu mavzuga Youtube'dagi mana bu video juda mos tushadi.
June 11, 2020
Forwarded from Informatika va AT (Nursaidov ㅤ)
June 12, 2020
June 12, 2020
Forwarded from Informatika va AT (Nursaidov ㅤ)
IT Online - Kelajak sari.apk
8 MB
June 13, 2020
Forwarded from IT-MAVZU
June 15, 2020
Forwarded from Informatika va AT (Nursaidov ㅤ)
June 16, 2020
Forwarded from ZIYO FORUM UZ
June 16, 2020