Informatika va AT
8.67K subscribers
1.09K photos
600 videos
598 files
1.51K links
Informatika va axborot texnologiyalari bo'yicha O'zbekistonda birinchi faoliyatini boshlagan kanalga xush kelibsiz.

Bog'lanish: @Nursaidovuz

https://t.me/Informatika/3

Dasturlash: @FlutterDasturchi
Download Telegram
Maktabda kompyuter bor. Ammo internet uchun yetarli mablag‘ ajratilmagan. Nega?

Ilgari elektr energiyasi ta’minotidagi uzilishlar sabab umumiy o‘rta ta’lim maktablaridagi kompyuterlardan yetarlicha foydalanilmayotganini ko‘p yozardik. Endi esa, elektr energiyasi bilan bog‘liq muammolarga barham berilgan bo‘lsa-da, haliyam maktablardagi kompyuter sinflari imkoniyatlaridan unumli foydalanimaslik holati davom etyapti.

- Internetni ishlatish uchun har oyda 60 ming so‘m to‘lab dars o‘tyapman, - deydi informatika fani o‘qituvchilaridan biri. – Bunday to‘lovga har doim ham imkoniyatim bo‘lavermaydi. Ammo har bir maktab uchun viloyat xalq ta’limi boshqarmasidan yillik smeta asosida mablag‘ ajratilishi kerak. Bu pullar qaysi operatorga to‘lanyapti, kim ijroga mas’ul, degan savollarimizga javob beradigan mas’ul yo‘q. Internet bo‘lmagach, kompyuter darslarini qanday o‘tkazayotganimizni o‘zingiz tasavvur qilavering.

Xalq ta’limi boshqarmasi mutasaddilarining ta’kidlashicha, maktablardagi o‘qituvchilarning internetdan foydalanishlariga ma’lum miqdorda pul ajratiladi. Joriy yilda viloyatdagi maktablarda internetdan foydalanish uchun 150 million so‘m ajratilishi belgilanibdi. Lekin yilning birinchi choragi yakunlanyaptiki, bu mablag‘ maktablarga yetib borgan emas. Ushbu summa viloyatdagi 1200 ta maktabga bo‘linsa 125 ming so‘mdan to‘g‘ri kelar ekan. Yuqorida informatika fani o‘qituvchisi aytganidek, oyiga 60 ming so‘mdan sarflaganda ham bu pul ikki oyga yetadi. O‘quv yilining qolgan davrida o‘qituvchilar bu tizimdan qanday va nimaning hisobiga foydalanishi to‘g‘risida na boshqarma, na xalq ta’limi muassasalari mutasaddilarida javob bor.

Maktablardagi kompyuter sinflarida o‘quvchilarning internetdan foylanmasligi oqibatida o‘quvchilar qo‘l telefonlari orqali kerakli ma’lumot olish o‘rniga har xil fisqu fujurlarni tomosha qilayotgani boshqa masala.

Ammo o‘qituvchilar o‘rtasida o‘tkazilayotgan attestatsiya jarayonlarida pedagoglarning o‘z fanlariga oid oddiy ma’lumotlarni, hatto muallimlar uchun zarur uslubiy manbaa bo‘lgan Ziyonet tarmog‘idan foydalanishni bilmasligi ayon bo‘lib qolyapti.

Bugungi globallashuv va axborot asrida pedagogning zamonaviy texnologiyalarni bilmasligi albatta, achinarli? Bu holatda o‘qituvchilarning malakasi, dunyoqarashi zamon talabiga javob berishi haqida o‘ylamasa ham bo‘ladi.

Yangi o‘quv yili boshlanishi bilan o‘qituvchini matbuot nashrlariga obuna bo‘lishga majburlash yo‘q, deya bong urildi. Bugunga kelib o‘qituvchilarning aksariyati o‘z hisobidan pul to‘lab internet tarmoqlaridan foydalanishga majbur bo‘layotganligini endi kim izohlaydi?

Mamlakat taraqqiyotida o‘zini mas’ul deb bilgan o‘qituvchilar o‘z fanining o‘rni, bugungi ahvoli va kelajakdagi ishlar ko‘lamini bilish, jamiyatdagi siyosiy-iqtisodiy jarayonlarni o‘quvchilarga yetkazish, mohiyatini tushuntirish uchun ham internetga oyligidan mablag‘ sarflayotgani haqiqat-ku...

Abdug‘ofur ShERXOLOV.

https://t.me/joinchat/AAAAAENGLVn11ckt0szG3Q
Yoshlar ittifoqi faoliyatidan qoniqasizmi?
Anonymous Poll
22%
Ha, albatta!
78%
Aslo, yo'q!
O'qituvchilar diqqatiga! O'zingizda shaxsiy kompyuter bormi?
Anonymous Poll
76%
Ha
24%
Yo'q
Informatika va AT
#MUROJAAT BU JUDA MUHIM E’tiborsiz va loqayd bo’lmang! Assalomu alaykum “Informatika va AT” kanali foydalanuvchilari! Kanalimizda Informatika va Axborot texnologiyalari bo'yicha kerakli ma'lumotlarni joylashtirib bormoqdamiz. Foydalanuvchilar har kuni…
Yoshlar ittifoqi vakillarining murojaat yuzasidan javobi.

Yuqoridagi fikrlar qanchalik haqiqatga yaqin?
O'zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat, shahar, tuman kengashlari ta'lim muassasalaridagi texnik vositalar(moddiy buyumlar) uchun javob bermaydi. Bitta kompyuterni butun maktab, hatto butun xalq ta'limi bo'limi ham hal eta olmasligi mumkin. Bu yerda ota-onachi degan mujmal savol ham paydo bo'ladi. Nimanidir yozishdan oldin yaxshilab o'rganib, keyin nimalardir deyish kerak. Faqat negativ yondoshib bo'lmaydiku!?.. Kanaldagi a'zolar soni 1K ga teng ekan. Uning qanchasi aktiv auditoriya??? Oldin shu maktablarda bir ishlab ko'ring. Keyin bunaqa gaplarni tarqating. Hozir hamma o'zicha ta'lim sohasida eksport. Ja jonga tegdilaringku?? Bitta kanal ochdim deb... Qo'lingizdan kelsa ana o'sha o'quvchiga bitta kompyuter olib beringchi??? Bitta salfetka ham olib bera olmaysilar. Har doimgidek quruq gap.

P.S. Kompyuter olib berishga mablag' bo'lmasa taklif bilan maktab direktoriga chiqsa olam guliston! Hech bo'lmasa taklif bilan chiqish qo'ldan kelar?


https://t.me/joinchat/AAAAAENGLVn11ckt0szG3Q
#Eslatma #Yoshlar_ittifoqi

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi- jismonan sog‘lom, ma’nan yetuk va intellektual rivojlangan, mustaqil fikrlaydigan yosh avlodni shakllantirish, yoshlarni tashqi tahdidlar va “ommaviy madaniyat”ning zararli ta’siridan muhofaza qilish, yoshlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga har tomonlama ko‘maklashish va shart-sharoitlarni yaratish maqsadida jismoniy shaxslar tomonidan ittifoq tashkiliy-huquqiy shaklida tuzilgan, O‘zbekiston yoshlarini birlashtiruvchi nodavlat notijorat tashkilotidir.

Ittifoqning asosiy maqsadi yoshlarni mamlakatda amalga oshirilayotgan demokratik, siyosiy va iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, jamiyatda tinchlik va hamjihatlikni mustahkamlash, O‘zbekistonni jahonning rivojlangan mamlakatlari qatoriga kirishi jarayonlariga jalb qilish hamda yosh avlodning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini samarali himoya qilishni ta’minlash, yigit-qizlarning ma’naviy va kasbiy saviyasini yuksaltirish, ularning intellektual va ijodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarishga ko‘maklashishdan iborat.

Batafsil: http://yoshlarittifoqi.uz/uz/menu/maqsad-va-vazifalar

https://t.me/joinchat/AAAAAENGLVn11ckt0szG3Q
Yoshlar ittifoqi vakilining savollariga qisqacha javob berishga harakat qilamiz!

1. Yoshlar ittifoqi buyumlarga javob bermasa, o'quvchilarga nimalar kerakligi haqida ma'lumotlarni yig'ib, maktab direktoriga va yoshlar ittifoqining yuqori bo'limlariga taklif bilan chiqsa bo'ladi-ku! Lekin ushbu vazifalar qilinmaydi.

2. Ota-onasining mablag'i bo'lsa kompyuter olib bergan bo'lardi. Demak ota-onasida mablag' yo'qdirki, olib bera olmagan.

3. Nimadir yozishdan oldin barchasini ko'rib, bilib yuribmiz.

4. Kanaldagi a'zolar 1K deb yozibsiz. Afsuski 7K ga yaqin foydalanuvchilar borligini hamda deyarli barcha foydalanuvchilar aktiv ekanligini
@TGStat_Bot telegramdagi bot orqali ko'rishingiz mumkin.

5. Oldin shu maktablarga ishlab ko'ring. Shaxsan o'zim Toshkent shaxridagi maktabga (qaysi maktabligini hozir yozmayman) ishga borganim (2 kun ishlaganman. Men faqat muhitni kuzatishga borganman) va 11-sinf o'quvchilarning aytishiga qaraganda, 7 yil davomida Informatika va axborot texnologiyalari fani o'tilmagan. Lekin ish so'rab borsangiz, maktab direktori ish yo'q deb qaytarib yuboradi.

6. Masalan: chekka viloyatlardagi maktablardagi o'quvchilardan Rahmatillo Ismoilov, adashmasam hozir 7-sinfga o'tdi. Ushbu o'quvchining onasi o'g'liga barcha sharoitlarni qilib bergani va o'zi internet orqali izlanib dasturlar yaratib kelayotganini aytdi. Biz hozirgacha uning dasturlarini @dasturimuz telegram kanaliga joylashtirib kelmoqdamiz.

Maktablarda muammolar shunchalik ko'pki, buni birgalikda hal qilmasak kelajak avlodni yo'qotgan bo'lamiz. Yo'qotib ham bo'ldik...

https://t.me/joinchat/AAAAAENGLVn11ckt0szG3Q
Forwarded from Xushnudbek.uz
​​⚡️ Абитуриентлар диққатига!

Қандай қилиб тўловларни навбатда турмасдан, 5 дақиқада электрон тўлаш мумкин?
#abituriyent

Агар Сиз ҳужжат топшириш пайти банк кассаларида соатлаб навбатда туришни ният қилган бўлгансиз, унда дарҳол бу шаштингиздан қайтинг.

Қуйидагиларни яхшилаб ўқиб олинг ҳамда қимматли вақтингизни ва асабларингизни асраб қолинг.

Электрон тўлов қилиш аслида жуда ва жуда оддий. Атайин ўзимда синаб кўрдим. 5 дақиқа ҳам кетмади. Бунинг учун қуйидаги 4 та ишни бажарасиз:

1) pay.dtm.uz сайтига кирасиз. Чиққан майдончага паспорт маълумотингиз ва телефон рақамингизни киритасиз ҳамда «Яратиш» тугмасини босасиз;

2) шунда экранда квитанция пайдо бўлади. Агар банклар орқали тўлов қилмоқчи бўлсангиз, унда ушбу квитанцияни принтердан чоп этишингиз керак. Лекин мен айтаётган усулда чоп этиш ҳам шарт эмас. Шунчаки 14 та рақамдан иборат инвойс рақамини кўчириб олсангиз (ёзиб олсангиз) бўлди;

3) энди электрон тўлов қилишга ўтамиз. Бунинг бир нечта йўли бор:

а) ўша квитанцияни тагида «пластик карта орқали тўлаш» деган тугмани босиш;
б) https://pay.upay.uz/checkget?sId=402 манзилига кириш;
в) iOS ёки Android тизимларидаги UPAY иловаси орқали тўлаш;
г) upay.uz сайти орқали.

Дастлабки 2 та усулда инвойс рақамини киритишингиз кифоя, рўйхатдан ўтиш ҳам шарт эмас. Мобил илова ва сайт орқали эса рўйхатдан ўтишни сўрайди.

4) охирги босқичда пластик карта рақами, амал қилиш муддати ва карта уланган телефон рақамини киритиш кифоя. Телефонга келган SMSни киритасиз, тамом-вассалом. Тўловни амалга оширдингиз!

❗️Маълумот учун: ушбу тўлов ДТМ базасида автоматик кўринади. Тўлаганингизни исботлаш учун қанақадир чек ёки квитанция олиб боришингиз шарт эмас.

🔁 Ушбу хабарни абитуриент дўстларингиз ёки уларнинг ота-оналарига ҳам юборинг. Токи жазирама иссиқда навбатларда қийналишмасин, тестга яқин қолганда қимматли вақтини ҳавога совуришмасин.

P.S.: электрон тўловда 1%, яъни минг сўм қўшимча хизмат ҳақи олади.


Абитуриентларга оид бошқа хабарлар:
👉 @xushnudbek 👈
Forwarded from Informatika va AT (Leytenant ㅤ)
#маслахат #витамин #фойдали

🖥 Витамин А ни компютер ва телефонга кўп қарайдиганлар ичиб юриши керак.

⁉️ Сабаби ушбу холатда кўриш учун кўп энергия сарф бўлади. Бу витамин А ни талаб қилади.

🧠 Буни етишмаслиги натижасида асабийлик, бошқа касалликлар, кўз хиралашуви пайдо бўлади.

Каналга бепул уланинг:
https://t.me/joinchat/AAAAAENGLVn11ckt0szG3Q
Informatika va AT
#маслахат #витамин #фойдали ​🖥 Витамин А ни компютер ва телефонга кўп қарайдиганлар ичиб юриши керак. ⁉️ Сабаби ушбу холатда кўриш учун кўп энергия сарф бўлади. Бу витамин А ни талаб қилади. 🧠 Буни етишмаслиги натижасида асабийлик, бошқа касалликлар…
#salomatlik

A vitamini saqlovchi mahsulotlar

Retinol hayvonot va o’simlik manbali mahsulotlarda, ayniqsa, dengiz baliqlari va sutemizuvchilar jigarida ko’p miqdorda mavjud. Inson uchun vitaminning manbai karotinlar ham bo’lishi mumkin. Ular yuqori dozalarda toksik emas, lekin ular retinol o’rnini butunlay bosa olmaydi, chunki faqat cheklangan miqdori A vitaminiga aylanishi mumkin.

β-karotinning eng katta miqdori har xil sabzi turlarida uchraydi, lekin uning kontsentratsiyasi naviga qarab keskin farq qilishi mumkin (100 gda 8 dan 25 mg gacha). Uning yaxshi manbalari qizil qalampir, ko’k piyoz, salat, qovoq va pomidor bo’ladi.

O’simlikli (karotinoidlar):

Yashil va sariq sabzavotlar — sabzi, qovoq, shirin qalampir, ismaloq, brokkoli, ko’k piyoz, petrushka;

Dukkaklilar — soya, no’xat;

Mevalar — shaftoli, o’rik, olma, uzum, tarvuz, qovun, na’matak, chakanda, gilos.

Hayvonotli (retinoidlar) — baliq yog’i, jigar (ayniqsa mol jigari), ikra, sut, sariyog’, margarin, smetana, tvorog, pishloq, tuxum sarig’i.

Vitamin A haqida batafsil:
https://mymedic.uz/salomatlik/a-vitamini/

https://t.me/joinchat/AAAAAENGLVn11ckt0szG3Q
Informatika va AT
#Барчага #Илтимоснома #Овоз_беринг Сиртқи таълим шаклида таҳсил олувчи талабаларнинг тўлов-контракт нарҳларини камайтириш ҳақида meningfikrim.uz порталига мурожаат киритилди. Овозлар сони атига 4433 дан ошибди. Натижага эришиш учун яна 5600 та овоз зарур.…
«Mening fikrim» жамоавий мурожаатлар порталида яна бир мурожаат 10 мингтадан кўпроқ овоз олди.

Жамоавий мурожаатда Сиртқи таълим шаклида таҳсил олувчи талабаларнинг тўлов-контракт суммаларини камайтириш таклиф этилганди.

Энди мазкур мурожаат 60 кун ичида Олий Мажлиснинг палаталари томонидан кўриб чиқилиши лозим.

https://t.me/joinchat/AAAAAENGLVn11ckt0szG3Q
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Мактабларда Хон академияси платформасидан фойдаланилади

Бу нима учун муҳим: Ўзбекистонда халқ таълимининг сифати паст, дарсликлар маънан эскирган. Халқ таълими вазирлиги томонидан бу борада муайян ишлар қилинаётган бўлса ҳам муаммоларни ҳал қилиш ҳали анча вақтни олади. Хон академиясининг 30 дан ортиқ фан бўйича тайёрланадиган ўзбекча дарслари бу камчиликларни қисман ўнглашга ёрдам беради.

Манба: @minbar_news

https://t.me/joinchat/AAAAAENGLVn11ckt0szG3Q
#Maktab #Termiz #murojaat

Surxondaryo viloyati Termiz shaxridagi 9-maktab o'quvchisidan murojaat. Tahrirsiz joylashtirildi.

Assalomu-alekum kanal adminlari.Endi bizning maktabimizga kelsak maktabimiz Surxondaryo Termiz shaxridagi 9-maktab.
Bu yerda sharoitlar yaxshi tok ham internet ham mavjud ammo YoshlarbIttifoqi masalasiga kelsak quruq tadbir òtqazishdan boshqa narsa emas yiĝinlar òtqazib yoshlarni bòsh qoldirmaslik haqida soatlab maruza òqiladi ammo bir amal yòq.
Masalan men ham dasturlashga qiziqaman Viloyat bòyicha 3-òrinni olganman ustoImning hizmatlari bn albatta lekin yozda dasturlash tògaragini qidirib Yoshlar markaziga va kòp joylarga bordim hech qayerdan topa olmadim (kompyuter savodxonligi bor deyishdi menga u kk emas) lekin faqat 5 tawabusda unaqa qilyapmiz bunaqa qilyapmiz deb televizorda bong urishadi.
Iloji bòsa Termiz shaxrida bitta dasturlash va robotatexnika tògaragi ochilsa men va menga òxshagan bollar albatta borishadi. Bizlarni tinglaganingiz va muammolarni olib chiqganingiz un katta raxmat.

https://t.me/joinchat/AAAAAENGLVn11ckt0szG3Q
Forwarded from Xushnudbek.uz
​​Информатиканинг чиқариб ташлангани борасида икки оғиз
#abituriyent

Кеча Давлат қабул комиссиясининг жуда узоқ кутилган 1-сон баёни чиқди ва ОТМларга, тегишли ташкилотларга тарқатилди.

Ўша баён билан 2019/20 йил учун фанлар мажмуаси ҳам тасдиқланди.

Мажмуада математика фани ўтган йиллардагидек “информатика билан” деган қўшимчадан халос бўлди. Ўзи бу миш-миш анча олдин чиққанди, яъни жорий йилда информатикадан саволлар бўлмаслиги анчадан буён кутилаётган ўзгариш эди. Фақат расмий тасдиқланмаган эди.

2014 йилдан бошлаб фанлар мажмуасида Математика (информатика билан) деб ёзилган ва 4 йил давомида математика фани блокида 5-6 та информатикадан ҳам савол тушган. Жорий йилда эса фанлар мажмуасига шунчаки Математика деб киритилди.

Айни мана шу факторнинг ўзи математика фани блокида информатикадан савол тушмаслигини англатади. Яна ҳам аниқроқ бўлиши учун ДТМ билан боғландим ва улар ҳам буни тасдиқлашди.

Шу ўринда 2 та жойига изоҳ бериб кетиш керак:

Биринчидан, ДТМнинг ҳудудий бошқармалари ёки ОТМ қабул комиссиялари “биз бу ҳақида эшитмадик, ҳали бизга расман кўрсатма келмади” деб жавоб бераётган бўлиши мумкин. Бу табиий ҳол, чунки баён матни ҳали қуйи бўғинларга бориб етмагандир. Шу сабабли бунақа жавоблардан иккиланиб қолманг.

Иккинчидан, бугунги кунгача математика йўналишига ҳужжат топширган абитуриентларнинг қабул варағида “Математика (информатика билан)” деган ёзувлар бўлган. Чунки Давлат қабул комиссиясининг баёни кечикканлиги учун ДТМ аввалги йиллардаги эски базадан фойдаланиб туришга мажбур эди. Шу сабабли ҳам бугунги кунгача топширганларнинг аризасида шунақа ёзув бор. Аммо бу тест синовларида информатикадан савол тушишини англатмайди. ДТМ бугун базани алмаштиришга улгурдими, йўқми, бунисини билмадим-ку, лекин албатта ўзгариши аниқ.

❗️ХУЛОСА: жорий йилда математика блокида информатика фанидан саволлар бўлмайди. Умуман бирорта йўналишда ҳам информатикадан савол тушмайди. Буни ДТМ вакилларидан ҳам расман тасдиқлатиб олдим.


Абитуриентларга оид бошқа хабарлар:
👉 @xushnudbek 👈
#Elon #Yangilik #Android

Assalomu alaykum! Endi kanalimiz orqali Siz azizlarni mobil ilovalar yaratish uchun kerak bo'ladigan bilim va ko'nikmalar, mobil texnologiyalar olamidagi so'nggi trendlar hamda yangiliklar bilan tanishtirib borishni maqsad qilganmiz.

Postlarimiz asosan Android App Development (android ilovalar yaratish) va ular orqali daromad topish mavzularida bo'ladi.

Umid qilamizki kompyuter va internet, mobil qurilmalar va turli ilovalarga qiziquvchi obunachilarimiz ichidan tez kunlarda Android dasturlashga ildam kirib boruvchi hamda kelajakda Android ilovalar yaratuvchi usta dasturchilar yetishib chiqadi.

https://t.me/joinchat/AAAAAENGLVn11ckt0szG3Q
​​“Agarda siz XXI asrda koinot sirlarini yechishdek buyuk kashfiyotlar qilishni yoki biror kasbda muvaffaqiyat qozonishni xohlasangiz, siz uchun eng zarur bilim bu -kompyuter dasturlash asoslarini o’rganish bo’ladi”.

Stiven Xoking
Nazariy fizik va kosmolog olim

Kanalga ulaning: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAENGLVn11ckt0szG3Q
Forwarded from Mubaşşir Ahmad
Советларча фикрлаш советлар даврида яшаган кишилар ўтиши билан тугаса керак, деб ҳомтама бўлардим. Лекин афсуски уларнинг қўлида, уларнинг иш услубини ўрганиб улғаяётган авлодда ҳам бундай фикрлаш шаклланиши табиий.

Эллик йил ўтиб ҳам бозордагиларни радиоузел воситасида тарбиялашни қасд қилган раҳбарлар пайдо бўлса ажабланмайман. Агар келажакда ҳам бундай сўқир сиёсат заҳматини чекмайлик десак, ҳозирданоқ советча фикрлайдиган кишилар кўмагидан воз кечишимиз керак.

Манзилимиз: @MubashshirAhmad
Forwarded from Informatika va AT (Leytenant ㅤ)
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Фарзандларга қилинган сармоя, йиллар ўтиб минг карра қайтади!

Манба: #Vaqtqadri

https://t.me/joinchat/AAAAAENGLVn11ckt0szG3Q
Telegram мессенжердан фойдаланувчиларнинг аксарияти унинг ботларидан ҳам хабардор бўлишса керак. Protelegram.ru сайти ўз версиясига кўра рус тилидаги фойдали ва қизиқарли бир неча ботлар рўйхатини эълон қилган. Улар орасидан terabayt.uz сайти фойдаланувчилар учун керакли бўлганларини қуйида қисқача изоҳлари билан тавсия этган 👇

@dasturimuz - дастурлар олами.

@gymbossbot – фитнес-тренер ва парҳезшунос (диетолог) бот.

@pikabubestbot – кўнгилочар Пикабу сайтидан энг яхши постларга обуна боти.

@deagle_bot – бугунги кун билан боғлиқ барча байрам ва тарихий воқеаларни биладиган бот.

@MStickersBot – исталган матнни юборсангиз, уни стикерга айлантириб беради.

@top3000bot – инглизча сўзларни ўрганяпсизми? Мана шу бот энг оммабоп 3000 тача сўзнинг инглизчасини билади.

@LifeHackerRuBotlifehacker.ru сайти навигатори, комикс ва мушукчалари ҳам бор.

@sonnik_bot – тушларга ишонувчилар учун таъбирчи бот. Тушингизга нима кирганини ёзиб юборсангиз, уни таъбирлаб беради.

@cocktailbestbot – коктейллар рецептларини, шунингдек, кайфиятингизга қараб коктейл танлаб беради.

@Photo_editor_bot – Фотомуҳаррир: кадрни созлаш, расмни айлантириш, турли эффектлар қўшиш, гардишга солиш ва бошқа функциялари бор.

@JavaDocsBot – дастурлашни ўрганаётганлар учун керакли – Java бўйича қўлланмалар.

@docphpbot – дастурчилар учун яна бир бот, PHP функциялари бўйича маълумотнома.

@transnow_bot – русча-инглизча ва инглизча-русча таржимон. Инглизчадаги фраза шаклидаги феълларни яхши билиши билан ҳам танилган.

@vk_bot – ВКонтакте тармоғи билан интеграция: дўстлар, мусиқа, видеолар, гуруҳлар ва фотосуратлар рўйхати бўйича қидирув.

@synonim_bot – русчадаги бирор сўзни юборсангиз, унинг синонимларини жўнатади.

@kinomanbot – онлайн тарзда кўриш учун сериал ёки бадиий фильм танлаб беради. Торрентлардаги янги фильмлар, кино оламидаги янгиликлар, шу мавзудаги ўйинлар… – ҳаммаси шу битта ботда.

@InstaRusBot – Инстаграмдан сурат кўчириб олишга ёрдам беради.

@ijokingbot – Кайфиятни кўтариш керакмиди? Мана шу ботга исталган матнни юборинг – жавобан қизиқарли воқеа ёки латифа жўнатади.

@baneksbot – сўровга кўра латифа, латифалар бўйича қидирув, турли вақт оралиғида машҳур бўлган латифалар – мана шу ботда.

@accentsbot – русча сўзларда урғу қайси бўғинга қўйилишини билмай қийналасизми? Унда бу бот айнан сиз учун!

@topdf_bot – матнли ёки расм-файлларни PDF форматига ўгириб беради. Русча тили йўқ, аммо тил керак ҳам эмас – файлни юборсангиз бас.

@DrWebBot – файллар (10 МБгача) ва ҳаволаларда вируслар бор-йўқлигини текшириб беради. Бирор вирус хавфи бўлса, Dr.Web сайтидаги шу хавф ҳақидаги саҳифага йўлловчи ҳавола беради.

@ytranslatebot – инглизчадан русчага ва аксинча йўналишдаги таржимон. Шунчаки, матнни юборинг – бот унинг тилини аниқлаб, нариги тилга ўгириб беради.

@mycookbot – Пазанда-бот. Сизда бор масаллиқлардан келиб чиқиб рецепт танлайди ва таом номларига кўра рецептларни топиб беради.

@dastur_bot - Windows ва Android лар учун узбекча дастурларни юборади.

@MyTeleCloudBot – Телеграмдаги чексиз «булутли» сервер. Тўғри, мессенжерда ўзингизга хабар юбориш функцияси орқали ҳам файлларингизни сақлашингиз мумкин. Аммо бу ботда яна файлларни тоифаларига кўра саралаш имкони ҳам бор.

@AIPrismaBot – App Store ва Google Play рейтингларида 2016 йили биринчи ўринларни олган Prisma иловасининг расмий боти. Фотосуратларингиз ва бошқа расмларни нейротармоқлар воситасида қайта ишлайди, уларни машҳур рассомлар услубига солиб беради.

@ya – машҳур Яндекс сайтининг расмий боти. Имкониятларига кўра энг зўр русийзабон бот. Унинг ёрдамида Яндекснинг исталган сервисидан биридан фойдаланса бўлади.

https://t.me/joinchat/AAAAAENGLVn11ckt0szG3Q
#Android #2_dars

“Dasturchilikni o’rganish uchun matematikani bilish kerak. Men esa tarixchi, biolog, sartarosh yoki jurnalist bo’lsam”, degan gaplar bilan tushkunlikka tushmang.

Men yozmoqchi bo’lgan mavzuni faqat shu soha borasida tushunib, o’qishga harakat qiling. Toki “Boshqa sohalar-chi?” – degan savol sizni chalg’itmasin. Demak, boshladik.

Hindiston deganda odamlarning xayoliga birinchi bo’lib nima keladi, bilmayman. Ammo men bu davlatni eslashim bilan tasavvurimda ularning dasturchilari (programmistlari) paydo bo’ladi. Balki buning asosiy sababi AQShga borib, o’sha dasturchilarni tayyorlash bilan shug’ullanadigan kompaniyada biroz o’rganib, undan so’ng qaysi IT (axborot texnologiyalari) kompaniyasiga ishga kirish uchun suhbatga borgan bo’lsam, o’sha kompaniyalarning deyarli barcha menejerlari hind bo’lib chiqqanidir?

Ha, hindlar nafaqat Amerika, balki Yevropadagi ko’plab davlatlarda ham IT kompaniyalarining asosiy richaglari hisoblanadi. Tabiiy savol tug’iladi: “Qanday qilib hindlar bu sohada barchadan ilgarilab ketdi? Demak, ularda dasturchilikni o’rganishga qobiliyatli insonlar ko’p ekan-da? Javob oddiy: Yo’q, yo’q va yana yo’q. Ular ham siz va bizga o’xshagan oddiy insonlar. Faqat bizdan ustun tomoni – ular biron bir narsani o’rganish uchun yoshining katta yoki kichikligiga qarab o’tirmaydi, o’rganadi. Chet elga chiqsa, qora mehnat orqali pul topishni emas, balki o’sha davlatdagi eng katta kompaniyalarda ishlab pul topish uchun harakat qiladi. Buning uchun nimani o’rganish kerak bo’lsa, o’rganadi. Amerikada qora mehnat qilib pul topadigan bironta hindni topolmaysiz, ishonavering. Bill Geyts ham o’z kompaniyasining boshqaruvini aynan amerikalik biron tanishiga, qarindoshiga, yoki qiziga emas, balki asli kelib chiqishi hindistonlik bo’lgan insonga topshirganligi ko’pchiligimizga sir emas. Hindlarni ko’p maqtab yubordim, shekilli. Endi asl maqsadga o’tsam.

Agar shaxsiy biznesingiz bo’lib, u orqali yaxshi pul topayotgan bo’lsangiz, yoki kasbingizni sevib, shu sohada miriqib ishlayotgan bo’lsangiz ham, bu maqolani albatta oxirigacha o’qing. Chunki kelajakda farzandingiz sizning kasb yo’lingizdan ketmasligi yoki siz qiynalib o’rgangan sohani farzandingiz osonroq va tezroq o’rganishiga bu yozaganlarimning foydasi tegishi mumkin.
Dasturchilikni har kim o’rganishi mumkin. Ha, hattoki siz ham. “Uni o’rganish uchun matematikani bilish kerak”, degan tushuncha menda ham bo’lgan. Toki matematikani bilmagan ba’zi hind dasturchilar bilan uchrashgunimcha, hali balog’at yoshiga yetmay, 7-8 yoki 11 yoshida, o’zining shaxsiy dastur ilovasini tuzib, millionlab dollar topayotgan yoshgina bolakaylarni qanday qilib bunday muvaffaqiyatga erishganlarining sababini Internetda ko’rib bilgunimcha men ham shunday o’ylaganman.

Kasbingizdan qoniqmayapsizmi? Unda ishdan so’ng biroz vaqt ajratib, maxsus kurslarga borib o’rganing. Buni reklama deb tushunmang. Men bironta ham dasturchilikni o’rgatadigan maxsus kurs ochmaganman, yoki kuchli dasturchi ham emasman. Shunchaki, o’zimga yoqqan ishni sizga ham ilinyapman.

Hammamizda ozmi-ko’pmi, dangasalik bor. Aytaylik, o’zingiz o’rganishni xohlamadingiz. Unda kun kelib, farzandingizga imkon va sharoit qilib bering. 18 yoshga to’lib, universitetga kirib, diplom olishini emas, balki 18 yoshgacha tajribali dasturchi bo’lishini o’ylang va shunga harakat qiling. Yosh bolalar uchun ham dasturchilikni o’rgatadigan maxsus kurslar bor va ularning soni kun sayin ko’paymoqda. “Diplomli bo’laman”, deb, oliygohda o’qib, diplomni olib, so’ng uni keraksiz matohdek sandiqqa solib qo’yganlarimiz qancha. Dasturchi uchun esa diplom kerak emas. Chunki siz ishlamoqchi bo’lgan kompaniyaga sizning diplomingiz emas, bilimingiz va tajribangiz kerak.

Bugun biz dasturchi bo’ladigan kun. Bugun farzandlarimiz dasturchi bo’ladigan kun. Ertaga kech bo’ladi. Balki, o’sha erta hech qachon kelmas.

Muzaffar Umar

Informatika va AT kanaliga ulaning👇
https://t.me/joinchat/AAAAAENGLVn11ckt0szG3Q