Informatika va AT
8.66K subscribers
1.09K photos
600 videos
598 files
1.51K links
Informatika va axborot texnologiyalari bo'yicha O'zbekistonda birinchi faoliyatini boshlagan kanalga xush kelibsiz.

Bog'lanish: @Nursaidovuz

https://t.me/Informatika/3

Dasturlash: @FlutterDasturchi
Download Telegram
Microsoftning bosh ofisi qayerda joylashgan?
Anonymous Poll
86%
Redmond, Washington
4%
Tokio, Yaponiya
5%
Seul, Janubiy Koreya
6%
Yevropa davlatida
Informatika va AT
Microsoftning bosh ofisi qayerda joylashgan?
Microsoft Corporation — xalqaro kompyuter texnikasi korporatsiyasi.

Kompyuter dasturi bilan shug'ullanadi. Bosh shtab kvartirasi Redmond, Vashington shtati da joylashgan. Microsoft Corporation hozirda Microsoft Windows operatsion sistemasi va Microsoft Office bilan mashhur. Shu bilan birga Internet Explorer, MSN, Xbox dasturlarini rivojlantirish bilan shug'ullanadi. Kompaniyaga 1975 yil 4 aprelda Bill Gates va Paul Allen tomonidan Albuquerque, New Mexico shtatida asos solingan. Bu kompaniya turli hil hisoblash mashinalari uchun dasturiy taminot ishlab chiqaradi. Jumladan: Shahsiy kompyuter, KPK, o'yin pristavkalari, mobil telefonlar va boshqalar uchun, hamda hozirgi kunda butun dunyoga mashhur bo'lgan 'Windows' Dasturiy platformasining asoschisidir.

Kompaniya Xbox o'yin konsolini hamda shahsiy kompyuterlar uchun aksessuarlar ham ishlab chiqaradi. Bundan tashqari 2012-yildan boshlab o'zining planshet-kompyuteri - Surface va uning taxriri Surface RT ni ishlab chiqarmoqda

Hozirda Microsoft mahsulotlari dunyoning 80 dan ortiq davlatlarida sotilmoqda, dasturlari esa 45 dan ortiq tillarga tarjima qilingan.

Hozirgi kunda kompaniyaning 90 ming dan ziyod ishchi va aʼzolari bor.

https://t.me/joinchat/AAAAAENGLVn11ckt0szG3Q
Forwarded from Informatika va AT (Leytenant ㅤ)
Агар одамлар билан ақли етмайдиган мавзулар ҳақида гаплашсангиз, улар сизни ақлдан озган деб ўйлашади.

Элвис Пресли

https://t.me/joinchat/AAAAAENGLVn11ckt0szG3Q
Forwarded from Informatika va AT
Access_1.pdf
2.6 MB
#pdf
Microsoft Accessda ma'lumotlar bazasi bilan ishlashni o'rgatuvchi eng yaxshi o'zbek tilidagi qo'llanma

👨‍💻 @informatika
Forwarded from Informatika va AT
Kompyuter grafikasi to'liq.pdf
4.2 MB
Kompyuter grafikasini o'rgatuvchi o'zbek tilidagi qo'llanma.
1. Corel Drawda ishlash
2. Macromedia Flashda Ishlash
3. Photoshopda ishlash.

Kompyuterni o‘rganing👇
👨‍💻 @informatika
Forwarded from Polimonolog
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ўз қадрингизни билинг, азиз ўқитувчилар!
uz.hilal.namoz_4.apk
39.7 MB

Android жиҳозлари учун «Намоз» дастури чиқарилди

Шайх Муҳаммад Содиқ Муҳаммад Юсуф раҳимаҳуллоҳнинг китоблари асосида тузилган ушбу дастурда таҳорат қилиш ва намоз ўқишни ўрганиш учун энг зарур қоидалар келтирилган бўлиб, янги намозхонлар, ёшлар ўрганиши учун қулайдир.

Намоз ўқиш тартиблари ҳаракатли суратлар билан берилган. Суралар ва дуоларнинг арабча матни, маъно таржимаси ва овозли шакли ҳам берилган. Шунингдек, намоз ва таҳоратга оид билимларни энди ўрганаётган кишиларда пайдо бўлиши мумкин бўлган саволларга жавоблар ҳам келтирилди.

Дастурда қуйидаги бўлимлар бор:
– Таҳорат;
– Намоз;
– Сура ва дуолар;
– Турли саволлар.

https://t.me/joinchat/AAAAAENGLVn11ckt0szG3Q
#MUROJAAT

BU JUDA MUHIM
E’tiborsiz va loqayd bo’lmang!


Assalomu alaykum “Informatika va AT” kanali foydalanuvchilari!

Kanalimizda Informatika va Axborot texnologiyalari bo'yicha kerakli ma'lumotlarni joylashtirib bormoqdamiz. Foydalanuvchilar har kuni har xil masalalarda murojaat qilib turishadi. Imkon qadar yordam berib turibmiz. Afsuski, ba’zilariga vaqtimiz tig'izligi tufayli ko’maklashishning imkoni bo’lmayapti. Buni to'g'ri tushunasizlar degan umiddamiz.

Endi asosiy maqsadga o'tsak.

Bugun Axborot texnologiyalari hayotimizning ajralmas qismiga aylangan. Buni Maktabgacha ta'limda tortib, Maktab, Kollej, Litsey, Oliy ta'lim muassasalaridagi o'zgarishlardan ham bilib olishimiz mumkin. Hozirgi kunda Dasturlash tili, Robotexnikaga qiziqadigan yoshlar juda ko'payib bormoqda. Ularni qo'llab-quvvatlash, shart-sharoitlar yaratish va rag'batlantirish maqsadida Prezidentimiz tomonidan Yoshlar Ittifoqi tashkil qilindi.

Yoshlar Ittifoqining asosiy vazifasi – O'zbekistonning barcha shahar va qishloqlaridagi qiziquvchan yoshlarni topish, ularga shart-sharoit yaratib berishdan iborat.

Lekin, afsuski, bu tashkilot o'z vazifalarini vijdonan bajarmayapti. Buning isboti sifatida bizga maktab o'quvchilaridan kelib tushayotgan murojaatlarni keltirishimiz mumkin. To'g'risi, nima deyishni ham bilmay qoldik. Bir maktab bo'yicha 1 nafar o'quvchi (afsuski shunday) dasturlashga qiziqib, o'zi o'rganib (o'qituvchi qayerdan ham bilsin) dasturlar yaratsa-yu, lekin butun boshli maktab bir o'quvchiga bir dona kompyuter ajrata olmasa?!

Yuqoridagilarni hisobga olib O'zbekistondagi maktab hamda Oliy o'quv yurtlaridagi Informatika va axborot texnologiyalari xonasida yaratilgan va yaratilmagan sharoitlarni rasmga olib, bizga jo'natsangiz, biz kanalga joylashtirib boramiz. Sharoitlari yo'qlar ham bemalol muammolarini aytishlari mumkin. Kanalda barchasini yoritib boramiz. Dastur tuzayotgan hamda bilimga chanqoq o'quvchilar, ularning yutuqlari haqida ham yozsangiz, xursand bo’lardik. Bundan maqsad – barcha maktab va Oliy o'quv yurtlaridagi Informatika xonasining qanday sharoitdaligini keng jamoatchilikka oshkor qilib, muammolarga mutasaddilarning e’tiborini jalb qilish va birgalikda yechim izlashdir.

(Ma'lumotlarni qisqa matn va suratlar shaklida jo'natsangiz bo’ladi. Masalan, 3 tagacha rasm, maktab yoki oliy o'quv yurti manzili va h.k)

Ushbu murojaat haqida takliflar, e’tirozlar va ma’lumotlarnilarni @Nursaidov yoki @Nursaidov_bot orqali jo'natishingiz mumkin.

O'zbekiston kelajagi yoshlarimiz qo'lida ekanligini unutmaylik, aziz yurtdoshlar!

Kanalimizga barcha Informatika va Axborot texnologiyalari bo’yicha mutaxassis-o'qituvchilarni hamkorlikka chorlab qolamiz.

https://t.me/joinchat/AAAAAENGLVn11ckt0szG3Q
Forwarded from Informatika va AT (Leytenant ㅤ)
Каналимиз орқали Ўзбекистондаги барча ахборот технологиялари соҳаларидаги муаммо ва камчиликларни олиб чиқсак, ушбу муаммоларга бирга ечим ва таклифлар бериб борсак, нима дейсиз?
Anonymous Poll
85%
Яхши фикр. Биз ҳам ўзимиздаги асосий камчиликларга бирга барҳам берардик.
8%
Битта шу кам эди. Тинчгина юринг.
7%
Менга фарқи йўқ.
Kanalimizda ma'lumotlarni qaysi alifboda joylashtirsak maqsadga muvofiq?
Anonymous Poll
75%
LOTIN
25%
КРИЛЛ
Forwarded from Xushnudbek.uz
​​Ниҳоят! Қайси ОТМга неча нафар абитуриент топширганини онлайн кўриш мумкин бўлган хизмат ишга тушди
#abituriyent

Бугундан qabul.dtm.uz манзилида абитуриентлардан тушган аризалар сонини йўналишлар ҳамда тиллар кесимида онлайн кўриш имконини берувчи сайт ишга тушди. Бу ҳақида ДТМ хабар бермоқда.

Бунда танлаган ОТМдаги йўналишлар бўйича қуйидаги маълумотлар акс этади:

- Қабул режаси;
- Биринчи йўналиш сифатида танлаганлар сони;
- Иккинчи йўналиш сифатида танлаганлар сони;
- Учинчи йўналиш сифатида танлаганлар сони;
- Биринчи сифатида танлаганлар бўйича танлов кўрсаткичи.


Абитуриентларга оид бошқа хабарлар:
👉 @xushnudbek 👈
#Maktab #AKT

Bizning maktab Xorazm viloyati Gurlan tumani 32-umumiy o‘rta ta‘lim maktabi 1996 yili qurilgan. Hozirda 524 o‘quvchi tahsil olib kelmoqda. 2018 yili maktabimizga Xitoy granti asosida 15 ta kompyuter jihozlari bilan olib kelindi. Hozirgi kunda o‘quvchilar va o‘qituvchilar bunday zamonaviy texnologiyalardan samarali foydalanib kelmoqda. O‘quvchilardan Umarov Sherbek, Sobirov Shahzod, Gulimov Javohir, Karimboyev Ruslanlar fanni yaxshi o'zlashtirishi, to‘garaklarda faol qatnashib boshqa o'quvchilarga o‘rnak bo‘lib kelmoqda.

O'qituvchi: To'liyev Sobirjon

https://t.me/joinchat/AAAAAENGLVn11ckt0szG3Q
#Muxlis #murojaati #Litsey

Quyidagi murojaat tahrirsiz joylashtirilmoqda!

Assalomu aleykum . Meni savolim bor edi ... oldindan raxmat!
O'qituvchiman informatika fanidan dars beraman kanalga berilayotgan malumotlar uchun katta raxmat sizga! Savolim shuki nimaga informatika fani o'qituvchilariga imkoniyat kam ko'p kuzatganmiz kompyuterda hamma hujjat kadrmi qanday xodim bo'lmasin jadval yoki malumotmi? Nima bo'lsa ham darsdan chiqarib olib bo'lsa ham informatika fani o'qituvchisiga qildiradila viloyat yo shahar hokimligimi yoki yuqori tashkilot deysizmi aytish joizdir lekin ayrim organlar ham maktab yoki kollej litsey o'qituvchilarisiz o'z ishlarini jadvalu malumotlarini qilolmaydila . O'qituvchi o'z ustiga ishlash darsga tayyorlanish o'rniga boshqalarni ishi bilan band bo'ladi . Informatika faniga nopisandlik bn qaraladi bu esa ko'p yoshlarimizni kompyuter savodxonligi yetarli emasligi bilan isbotlanmoqda . Dars soatlari juda qisqa kam ajratilib ko'p narsa talab qilinadi. Hozirda litseylarda soatlar keskin kamaygan lekin blok testlarda informatika fani borligi uchun o'qitivchilarga imkoniyat yo'q o'quvchilar bilan ishlashga haftaga bir bo'ladigan dars bilan kun ora o'tiladigan dars natijasini ham farqi katta zamon rivojlanobdi hamma narsa o'rgarobdi lekin o'qituvchilarga bo'lgan munosabat emas barcha tadbirlarda o'qituvchilar gullar bayrami marafon boror festival deysizmi o'qituvchi dam olib o'qish izlanish o'rniga jamoat ishlari bilan judayam band bb qolmoqda emasmi tadbirlarga tayyorgarlik odamlarni xalqni dam olishi uchun o'qituvchi xalq emasmi u dam olmaydimi ?

Shu masala doim ko'tariladi lekin nimaga hech yechim bo'maydi . Ko'p kuzatganmiz yoshlarga kim bo'lasan desangiz hech kim o'qituvchi demaydi? Bu xolat qachongacha davom etadi?

Hamma maktablarda ped yuklamalar bekor qilindi o'qituvchilar ortiqcha xujjatdan ozod qilindi lekin akademik litsey o'qituvchilari haliham ped yuklama tayyorlash bn bandlar . Sizningcha maktabda ishlaydiganlar o'qituvchiyu letseydagilar nima ?

https://t.me/joinchat/AAAAAENGLVn11ckt0szG3Q
#maktab #uquvchi #murojaat

Navoiylik maktab o'quvchisining murojaati. Tahrirsiz joylashtirildi

Salom men Navoiydanman
Men uzimdi maktabimda 8sinfda uqiyman.8sinf bulishimga qaramay informatika fanini maktabda 2-eng zor biladigan uquvchisiman desamam boladi menda sharoid yoq .xattoki maktabdagi kompyuterlarda enternet ishlamiydi.men kelajakda nasib qilsa informatika va axborot tehnologiyalari kollejiga topshiraman. Men yana robototehnikagayam qiziqaman
Uzim juda kop narsalarni yasashni tuzatishni bilaman
Robocapga bormochixam boldim ammo unga borish uchun. Robot kerak robotga tehnik qismlari kerak unga meni umuman sharoitim yoqq
Yoshlar ittifoqimi azgina yordam berborsa zor bolardi

@informatika
Forwarded from Informatika va AT
Сиз яшайдиган худудда жойлашган мактабларда интернет уланганми?

Бу сўровномани барчага узатишингизни сўраймиз!
Anonymous Poll
32%
Ҳа албатта!
6%
Интернет бор. Свет йўқ!
43%
Свет ҳам бор, Компютер ҳам бор. Интернет йўқ!
6%
Компютер йўқ!
13%
Интернет нима?
Maktabda kompyuter bor. Ammo internet uchun yetarli mablag‘ ajratilmagan. Nega?

Ilgari elektr energiyasi ta’minotidagi uzilishlar sabab umumiy o‘rta ta’lim maktablaridagi kompyuterlardan yetarlicha foydalanilmayotganini ko‘p yozardik. Endi esa, elektr energiyasi bilan bog‘liq muammolarga barham berilgan bo‘lsa-da, haliyam maktablardagi kompyuter sinflari imkoniyatlaridan unumli foydalanimaslik holati davom etyapti.

- Internetni ishlatish uchun har oyda 60 ming so‘m to‘lab dars o‘tyapman, - deydi informatika fani o‘qituvchilaridan biri. – Bunday to‘lovga har doim ham imkoniyatim bo‘lavermaydi. Ammo har bir maktab uchun viloyat xalq ta’limi boshqarmasidan yillik smeta asosida mablag‘ ajratilishi kerak. Bu pullar qaysi operatorga to‘lanyapti, kim ijroga mas’ul, degan savollarimizga javob beradigan mas’ul yo‘q. Internet bo‘lmagach, kompyuter darslarini qanday o‘tkazayotganimizni o‘zingiz tasavvur qilavering.

Xalq ta’limi boshqarmasi mutasaddilarining ta’kidlashicha, maktablardagi o‘qituvchilarning internetdan foydalanishlariga ma’lum miqdorda pul ajratiladi. Joriy yilda viloyatdagi maktablarda internetdan foydalanish uchun 150 million so‘m ajratilishi belgilanibdi. Lekin yilning birinchi choragi yakunlanyaptiki, bu mablag‘ maktablarga yetib borgan emas. Ushbu summa viloyatdagi 1200 ta maktabga bo‘linsa 125 ming so‘mdan to‘g‘ri kelar ekan. Yuqorida informatika fani o‘qituvchisi aytganidek, oyiga 60 ming so‘mdan sarflaganda ham bu pul ikki oyga yetadi. O‘quv yilining qolgan davrida o‘qituvchilar bu tizimdan qanday va nimaning hisobiga foydalanishi to‘g‘risida na boshqarma, na xalq ta’limi muassasalari mutasaddilarida javob bor.

Maktablardagi kompyuter sinflarida o‘quvchilarning internetdan foylanmasligi oqibatida o‘quvchilar qo‘l telefonlari orqali kerakli ma’lumot olish o‘rniga har xil fisqu fujurlarni tomosha qilayotgani boshqa masala.

Ammo o‘qituvchilar o‘rtasida o‘tkazilayotgan attestatsiya jarayonlarida pedagoglarning o‘z fanlariga oid oddiy ma’lumotlarni, hatto muallimlar uchun zarur uslubiy manbaa bo‘lgan Ziyonet tarmog‘idan foydalanishni bilmasligi ayon bo‘lib qolyapti.

Bugungi globallashuv va axborot asrida pedagogning zamonaviy texnologiyalarni bilmasligi albatta, achinarli? Bu holatda o‘qituvchilarning malakasi, dunyoqarashi zamon talabiga javob berishi haqida o‘ylamasa ham bo‘ladi.

Yangi o‘quv yili boshlanishi bilan o‘qituvchini matbuot nashrlariga obuna bo‘lishga majburlash yo‘q, deya bong urildi. Bugunga kelib o‘qituvchilarning aksariyati o‘z hisobidan pul to‘lab internet tarmoqlaridan foydalanishga majbur bo‘layotganligini endi kim izohlaydi?

Mamlakat taraqqiyotida o‘zini mas’ul deb bilgan o‘qituvchilar o‘z fanining o‘rni, bugungi ahvoli va kelajakdagi ishlar ko‘lamini bilish, jamiyatdagi siyosiy-iqtisodiy jarayonlarni o‘quvchilarga yetkazish, mohiyatini tushuntirish uchun ham internetga oyligidan mablag‘ sarflayotgani haqiqat-ku...

Abdug‘ofur ShERXOLOV.

https://t.me/joinchat/AAAAAENGLVn11ckt0szG3Q
Yoshlar ittifoqi faoliyatidan qoniqasizmi?
Anonymous Poll
22%
Ha, albatta!
78%
Aslo, yo'q!
O'qituvchilar diqqatiga! O'zingizda shaxsiy kompyuter bormi?
Anonymous Poll
76%
Ha
24%
Yo'q