"Ilm-fan va innovatsion rivojlanish" ilmiy jurnali
850 subscribers
238 photos
14 videos
53 files
388 links
📖 Innovatsion rivojlanish agentligi huzuridagi
Ilmiy-texnik axborot markazining ilmiy jurnali

-Texnika fanlaridan OAK ilmiy jurnallar ro‘yxatiga kiritilgan.

Veb-sayt: https://ilm-fan-journal.csti.uz/
Download Telegram
📣KUN OLIMI

👉 MАHАMАD TOSHBOLTАYEV, texnika fanlari doktori, professor

📍Toshboltayev Maxamad 1947-yil 18-fevralda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan.

✔️Mahamad Toshboltayev 48 yildan buyon fermerbop yangi qishloq xo‘jaligi mashinalarini yaratish, agroklasterlar, fermer xo‘jaliklari va mashina-traktor parklarida ulardan foydalanish samaradorligini oshirish, mashinalarga texnik servis ko‘rsatish va ta’mirlash tizimlarini takomillashtirishga doir nazariy va amaliy tadqiqotlarni olib bormoqda.

✔️Bundan tashqari, olim tomonidan ixtiro maqomida yaratilgan g‘o‘za tuplariga shakl beruvchi ChXU-4 moslamasi, paxta ko‘saklariga intensiv ishlov beruvchi (KIIB) terim apparati va plyonka ostiga chigit ekadigan SXU-4 seyalkasi ishlab chiqarishga joriy etilgan.

✔️So‘nggi uch yilda rahbariyat topshirig‘i bilan “Toshkent qishloq xo‘jaligi texnikalari” zavodida MX-1,8 paxta terish mashinalarini qaytadan seriyali ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish hamda Jizzax, Sirdaryo va Toshkent viloyatlarida mashina terimini tashkil etishda faol qatnashdi; paxta terish apparati konstruksiyasini takomillashtirdi, natijada bu apparat ikki terimda g‘o‘za tuplaridagi hosilning 95-97 foizini (talab eng kamida 90%) terib oldi va ishlab chiqarishga tavsiya etildi; parametrlari asoslangan g‘o‘za tuplarini chilpish moslamasi - PChM-4B “Аgregat” zavodida 900 dona ishlab chiqarildi va fermerlarga yetkazib berildi. Shuningdek, № IAP 04572 O‘zbekiston patenti asosida yaratilgan arid yaylovlarini yaxshilovchi АUM-2,1 mashinasining dala sinovlarini o‘tkazdi.

✔️Mahamad Toshboltayev 12 nafar fan nomzodi va ko‘plab magistrlarga rahbarlik qilgan. Hozirda 7 nafar doktorant, mustaqil tadqiqotchi va magistrlarga ilmiy rahbarlik qilib kelmoqda. Jami 726 ta ilmiy ish, jumladan, 73 ta ixtiro, 78 ta monografiya, kitob, risola hamda 575 ta ilmiy maqola muallifidir.

✔️2007-yilda olim “Fidokorona xizmatlari uchun”, 2017-yilda esa “Mehnat shuhrati” ordenlari bilan taqdirlangan.

✔️Bugungi kunda Mahamad Toshboltayev 3 ta fundamental, amaliy va innovatsion loyihalarning rahbari sifatida resurstejamkor mashinalashgan yangi agrotexnologiyalarni yaratish va joriy etish, zamonaviy texnika vositalaridan foydalanish va servis ko‘rsatish darajasini oshirish kabi dolzarb ilmiy-amaliy masalalar ustida faol ish olib bormoqda.

✔️ Olim, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi “Jamoatchilik kengashi”, Toshkent qishloq xo‘jaligini irrigatsiyalash va mexanizatsiyalash muhandislari instituti qoshidagi Ilmiy kengash hamda 4 ta ilmiy jurnal tahrir hayʼati aʼzosi sifatida “fan-taʼlim-ishlab chiqarish” samarasini oshirish hamda oliy malakali ilmiy kadrlar tayyorlashga katta hissa qo‘shib kelmoqda.

📌Hozirgi kunda Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat taʼminoti ilmiy ishlab chiqarish markazi, Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy tadqiqot institutining ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha direktor o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritmoqda.

▶️Kanalimizga a'zo bo‘ling
📣📣📣Hurmatli kanalimiz a’zolari!

⚡️ “Ilm-fan va innovatsion rivojlanish” ilmiy jurnali tahririyatiga taqdim etiladigan ilmiy maqolalar mazkur TALABLAR asosida qabul qilinadi.

▶️Kanalimizga a'zo bo‘ling
🖍“Илм-фан ва инновацион ривожланиш” илмий журналининг 1-сонида Худойбердиев Толибжон Солиевич ва Қосимова Малоҳатхон Каримовна томонидан ёзилган техника фанларига оид “ПЛУГ ЛЕМЕХЛАРИНИ КОНТАКТ ПАЙВАНДЛАБ ҚАЙТА ТИКЛАШ КЎРСАТКИЧЛАРИНИ АСОСЛАШ” деб номланган мақола чоп этилмоқда.

✔️Мақолада плуг лемехларини контакт пайвандлаб қайта тиклаш кўрсаткичларини асослаш бўйича ўтказилган экспериментал тадқиқотлар натижалари келтирилган. Ушбу тадқиқотлар контакт пайвандлаб олинадиган қатламнинг талаб даражасида сифатли бўлишини таъминлайдиган контакт пайвандлаш режимининг параметрларини асослаш мақсадида олиб борилган.

✔️Журналимизга обуна бўлинг ва олимлар томонидан ўтказилаётган тадқиқотлар билан танишиб боринг.

▶️Kanalimizga a'zo bo‘ling

Telegram | Facebook | Instagram | Web
📣KUN OLIMI

👉QAYUMOV RAVSHAN ISMOILOVICH, iqtisodiyot fanlari nomzodi

📍1960-yil 22-avgustda Samarqand shahrida tug‘ilgan.

✔️1977-yilda Toshkent xalq xo‘jaligi institutiga o‘qishga kirib, uni 1981-yilda kapital qo‘yilmalarni moliyalashtirish va kreditlash bo‘yicha iqtisodchi mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan. 1985–1988-yillarda Moskva moliya institutining maqsadli aspiranturasida tahsil olgan. 1989-yilda “To‘liq xo‘jaligi hisobi va o‘zini o‘zi moliyalashtirish sharoitida pudratchi qurilish-montaj tashkilotlarining aylanma mablag‘lari” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan.

✔️1981–1993-yillarda Toshkent xalq xo‘jaligi instituti “Tarmoqlar moliyasi va kapital qo‘yilmalarni moliyalashtirish” kafedrasi assistenti, nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgandan so‘ng “Moliya va kredit” kafedrasi dotsenti lavozimlarida faoliyat yuritgan.

✔️1993–2006-yillarda tijorat banki va ishlab chiqarish korxonalarida rahbarlik lavozimlarida ishlagan.

✔️2006-yildan hozirga qadar pedagog sifatida faoliyat yuritib kelmoqda. 2016-yilda O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi (hozirgi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi) ilmiy-tadqiqot markazi bo‘lim mudiri lavozimiga tayinlangan.

✔️Ravshan Qayumov 2 ta monografiya, 100 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar muallifi. 4 ta mualliflik guvohnomasiga ega. Shuningdek, bir nechta ilmiy grantlarda ilmiy rahbar sifatida ishtirok etgan. Olimning bir qator ilmiy-uslubiy ishlanmalari amaliyotga joriy etilgan.

✔️Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 02.03.2021-yildagi 114-sonli “Monopoliyaga qarshi komplayens tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan tasdiqlangan “Davlat organlari va tadbirkorlik subyektlari tomonidan monopoliyaga qarshi qonun hujjatlari talablariga rioya etish ichki tizimini yaratish hamda tashkil etish tartibi to‘g‘risida”gi nizom mualliflaridan biri. Ushbu qarorga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi uchun Davlat organi va xo‘jalik yurituvchi subyektida monopoliyaga qarshi komplayens yuritish samaradorligini baholashning asosiy ko‘rsatkichlarini hisoblash metodikasi ishlab chiqildi.

📌 Ravshan Qayumov rahbarligida 30 dan ortiq magistrlik dissertatsiyalari tayyorlangan va muvaffaqiyatli himoya qilingan; 5 ta darslik va oʻquv qoʻllanmalar nashr etilgan; bir nechta oʻquv fanlari boʻyicha oʻquv-uslubiy majmualar ishlab chiqilgan.

▶️Kanalimizga a'zo bo‘ling

Telegram
| Facebook | Instagram | Web
✍️YANGI RUKN: "BOSH MUHARRIR MINBARI"

🖊Hozirgi kunda olimlarimizni Web of Science, Scopus kabi xalqaro maʼlumotlar bazalari tarkibidagi ilmiy jurnallarda maqolalar chop ettirish, Xirsh indeksini koʼtarish uchun ilmiy maqolalarga iqtiboslik koʼrsatkichlarini tez fursatda oshirish yoʼllari juda qiziqtiradi.

Аfsuski, ilmiy koʼrsatkichlarni sunʼiy ravishda oshirish nafaqat yurtimiz, balki dunyo olimlari faoliyatida ham kuzatilyapti. Ilm falsifikatsiyasi (qalbakilashtirilishi), ilmiy faollik imitatsiyasi (oʼxshatish), plagiatdan foydalanish holatlari kun sayin avjiga chiqmoqda.

Bu kabi holatlarga chek qoʼyish maqsadida “Ilm-fan va innovatsion rivojlanish” ilmiy jurnali tahririyati “Bosh muharrir minbari” rukni ostida yuqorida sanab oʼtilgan mavzu va muammolarni yoritish, olimlarga tavsiya va yoʼriqnomalar berib borishni lozim topdi.

📌Mazkur ruknda, shuningdek, “yirtqich” jurnallar tavsifi, ularning changaliga kirib qolmaslik uchun nimalarga eʼtibor qaratish kerakligi, plagiatdan foydalanishning salbiy oqibatlari xususidagi mavzular yoritiladi. Bundan tashqari, ilmiy maqola janri, turlari, rasmiylashtirish tartib-qoidalari haqida ham turkum maqolalar berib boriladi.

▶️Kanalimizga a'zo bo‘ling

Telegram
| Facebook | Instagram | Web
📖“Ilm-fan va innovatsion rivojlanish” jurnalining 1-sonida Isayeva Nurxon Farxatovna, Mansurova Malohat, Teshabayev Zafarjon Alimovich, Yalg‘ashev Elmurod Yaxshiboy o‘g‘li, Annenkova Aleksandra Aleksandrovna, Iskandarov Nurmuhammad Yergashevich hammuallifligida yozilgan
“GAZNI OLTINGUGURTDAN TOZALASH JARAYONI UCHUN KATALIZATORLAR SINTEZI VA ULARNING TADQIQI”
mavzusidagi maqola chop etilmoqda.

📌Ushbu maqolada himoya qatlami katalizatorlari sintezi bo‘yicha mavjud xomashyolardan foydalangan holda, katalizatorlar tayyorlash texnologiyasini takomillashtirishga doir tajribalar natijalari keltirilgan. Himoya qatlami katalizatorlarini sintez qilish uchun Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasi ishlab chiqarishida polietilen eritmasini tozalash jarayonida qo‘llangan alyuminiy oksidli adsorbentini qayta ishlash natijasida olingan alyuminiy gidroksidining psevdobemit modifikatsiyasi ishlatilgan. Bir qator qiyosiy tahlillar natijasida alyuminiy oksidli chiqindilardan qayta ishlab olingan psevdobemit asosida sintez qilingan himoya qatlami katalizatorlari mustahkamlik mezoniga to‘liq javob berishi, SO2 va H2S ning Muborak gazni qayta ishlash zavodidagi kabi nisbatda o‘zaro ta’sirida vodorod sulfid va boshqa zararli qo‘shimchalardan gaz oqimini neytrallash jarayoni uchun zarur bo‘lgan fizik-kimyoviiy xususiyatlarga ega ekanligi aniqlandi. Oltingugurt ishlab chiqarishda yuqori faollik va selektivlik Klaus jarayoni katalizatorlarida kuzatildi.

▶️Kanalimizga a'zo bo‘ling

Telegram
| Facebook | Instagram | Web
📣KUN OLIMI

👉OTAJONOV ABRORJON ANVAROVICH, yuridik fanlar doktori, professor

📍1979-yil 28-martda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan.

✔️1997-yilda O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasiga o‘qishga kirib, uni 2001-yilda huquqni muhofaza qilish faoliyati mutaxassisligi bo‘yicha bakalavriyat, 2003-yilda tergov faoliyati mutaxassisligi bo‘yicha magistratura bosqichini tamomlagan. 2014–2015-yillarda IIV Akademiyasi doktoranturasida tahsil olgan. 2009-yilda “Jinoyatga daxldorlik: jinoyat-huquqiy va kriminologik jihatlar” mavzusida nomzodlik, 2016-yilda “Ishtirokchilikda sodir etilgan jinoyatlar uchun javobgarlikni takomillashtirish” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan. 2011-yilda dotsent va 2019-yilda professor ilmiy unvonlariga ega bo‘lgan.

✔️2003–2013-yillarda O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi “Jinoyat huquqi” kafedrasida o‘qituvchi, kafedra boshlig‘i o‘rinbosari, kafedra boshlig‘i lavozimlarida faoliyat yuritgan.

✔️2014–2019-yillarda O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi boshlig‘ining ilmiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida xizmat qilgan.

✔️2019–2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazi direktorining o‘quv-uslubiy va ilmiy ishlar bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

✔️ Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-sentabrdagi 599-son qaroriga ko‘ra, Toshkent davlat yuridik universitetining Ixtisoslashtirilgan filiali direktori lavozimiga tayinlangan.

✔️Abrorjon Otajonov 4 ta monografiya, 8 ta darslik, 40 dan ortiq o‘quv-qo‘llanma, 160 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar muallifi. Uning rahbarligida 60 dan ortiq magistrlik, 5 ta yuridik fanlar boʻyicha falsafa doktori ilmiy darajalari olish uchun dissertatsiya ishlari tayyorlangan va muvaffaqiyatli himoya qilingan. Shuningdek, bir nechta ilmiy grantlarda ilmiy rahbar sifatida ishtirok etgan. Olimning bir qator ilmiy-uslubiy ishlanmalari amaliyotga joriy etilgan.

▶️Kanalimizga a'zo bo‘ling

Telegram
| Facebook | Instagram | Web
IMRAD СТАНДАРТИ

📌Халқаро илмий журналлар талабларига кўра, илмий мақолани расмийлаштиришда IMRAD стандартига риоя қилиш талаб этилади.

✔️ IMRAD стандарти қуйидаги асосий бўлимлардан иборат: Кириш; Методлар (Материаллар ва методлар); Натижалар ва Мунозаралар (Introduction, Methods, Results, and Discussion – IMRAD). Баъзан IMRAD қисқартмасига А ҳарфи қўшилади, бу Аннотация (Abstract)ни англатади ва АIMRAD деб номланади. Агар мақола назарий тадқиқотларга бағишланган бўлса, у ҳолда Methods (Методлар) бўлими Theoretical Basis (Назарий асослар) билан алмаштирилади.

▶️Батафсил маълумот

Telegram | Facebook | Instagram | Web
KUN OLIMI

👉MERSAID АRIPOV, fizika-matematika fanlari doktori, professor

📍1939-yil Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida tug‘ilgan.

✔️51 yildan buyon issiqlik tarqalish, diffuziya, gaz va suyuqliklar filtratsiyasi, biologik populyatsiya, viruslarning tarqalish jarayonlarini tasvirlovchi buziluvchan nochiziqli parabolik tipdagi tenglamalar va ularning sistemalarini matematik modellashtirish texnologiyasi yordamida yangi effektlar: issiqlik tarqalish tezligining chekliligi, chegaralangan va chegaralanmagan (blow-up) yechimlarning fazoviy lokallashishi, chekli vaqtda haroratning sovushi, bir tomonlama front va “devor” hodisalarining paydo bo‘lishi kabi hodisalarga doir nazariy va amaliy tadqiqotlar qilib kelmoqda.

✔️ Bundan tashqari, olim jahonda birinchilardan bo‘lib astrofizika, atom fizikasi, yupqa plyonka va boshqa sohalarda qo‘llaniladigan ikkinchi va uchinchi tartibli umumlashgan Emden-Fauler tenglamalari yechimlarining asimptotik nazariyasini yaratgan hamda yechimlarning asimptotik xossalarini tadqiq qilish uchun etalon tenglamalar usuli (xorijda VKB usuli)ni taklif qilgan va asoslagan.

✔️Mersaid Аripov matematik modellashtirish, axborot texnologiyalari, axborotlarni himoyalash, avtomatlashtirilgan boshqaruv sistemalari, axborot xavfsizligi va axborot texnologiyalari yo‘nalishlari rivojiga munosib hissa qo‘shgan hamda bu sohalarga oid uning 500 dan ortiq ilmiy ishlari xorijning nufuzli jurnallari, respublika jurnallari va xalqaro konferensiya materiallarida chop etilgan. Shuningdek, 20 dan ortiq dasturiy mahsulotlarga mualliflik guvohnomasini olgan.

✔️Olim xalqaro va respublika miqyosidagi ilmiy-tadqiqot loyihalarida faol qatnashadi. Jumladan, uning rahbarligida 3 ta Yevropa Ittifoqi, 2 ta Rossiya-O‘zbekiston xalqaro grantlari, respublika miqyosida 4 ta fundamental, 5 ta amaliy, 2 ta innovatsion ilmiy-tadqiqot loyihalari muvaffaqiyatli bajarilgan. Olim tomonidan olib borilgan tadqiqotlardan olingan ilmiy natijalar bir necha korxonalar va tashkilotlar (Toshkent aviatsiya zavodi, “Malika uyushmasi”, Foton birlashmasi (Moskva), Zelinograd harbiy korxonasi, MDU, Respublika urologiya markazi va boshqalar) amaliyotiga joriy qilingan.

✔️Uning muallifligida 2 ta darslik, 6 ta monografiya, 50 dan ortiq o‘quv qo‘llanmalar nashr etilgan. “Informatsion texnologiyalar” va “Web texnologiyalar” o‘quv qo‘llanmalari “Yilning eng yaxshi o‘quv adabiyoti” respublika tanlovida 1-o‘rinni egallagan.

✔️Mersaid Аripov xalqaro hamkorlikni yaxshi yo‘lga qo‘ygan tashabbuskor olimlardan biridir. U 1976–2022-yillar mobaynida 50 martadan ortiq dunyoning rivojlangan mamlakatlarida o‘tkazilgan (Yaponiya, Xitoy, Germaniya, Fransiya, Аvstriya, Belgiya, Buyuk Britaniya, АQSh, Ispaniya, Shveysariya, Italiya, Polsha, Gretsiya va boshqa xorijiy mamlakatlarda) matematiklar kongresslari hamda nufuzli konferensiyalarda ilmiy maʼruzalari bilan ishtirok etgan hamda sho‘balarida raislik qilgan.

✔️U Аmerika, Yevropa matematika jamiyatlari va Germaniyaning amaliy matematika va mexanika jamiyati aʼzosi, nufuzli “Zentralblatt MATH” tahririyati retsenzenti, “Pure and Applied Mathematics”, “Information security”, “Vestnik KАMGU”, Vestik RGPU xalqaro ilmiy jurnallari va respublikadagi 3 ta ilmiy jurnal tahrir hayʼati aʼzosi.

✔️ Mersaid Аripov 1990-yilda “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan xalq taʼlimi xodimi” faxriy unvoni, 1998-yilda “Oliy ta’lim a’lochisi”, 2017-yilda “Qozog‘iston Milliy universiteti rivojiga qo‘shgan hissasi” medali va 2020-yilda “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlangan. Olim rah'brligida 9 ta fan doktori, 23 ta fan nomzodi taerlangan

✔️Hozirgi kunda O‘zbekiston Milliy Universiteti “Amaliy matematika va kompyuter tahlili” kafedrasida professor lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.

▶️Kanalimizga a'zo bo‘ling
⚡️“Ilm-fan va innovatsion rivojlanish” ilmiy jurnalining 2022-yil 1-soni nashrdan chiqdi.

▶️Kanalimizga a'zo bo‘ling
✍️"БОШ МУҲАРРИР МИНБАРИ"

Инновацион ривожланиш вазирлиги қошидаги “Илм-фан ва инновацион ривожланиш” илмий журнали таҳририятига келиб тушаётган кўплаб мурожаатларни инобатга олган ҳолда, илмий мақолани тўғри расмийлаштириш ва таркибий қисмларини талабларга мос ҳолда ёзишга оид туркум мақолаларни “Муҳаррир минбари” рукнида бериб боришни лозим топдик.

Ҳар қандай мақолада сарлавҳа асосий ва бош элемент ҳисобланади. Бироқ илмий мақолада сарлавҳанинг ўрни ва аҳамияти катта бўлиб, унга алоҳида эътибор қаратиш зарур.

▶️Батафсил маълумот
———————————————-
📌 Мазкур материал муаллифлик ҳуқуқи объекти ҳисобланади. Материалдан фойдаланишда https://t.me/Ilmfanjurnali Телеграм-каналига ҳавола кўрсатилиши шарт!

▶️Kanalimizga a'zo bo‘ling

Telegram
| Facebook | Instagram | Web
📣"Ilm-fan va innovatsion rivojlanish – Наука и инновационное развитие – Science and innovative development " ilmiy jurnalining 2022-yil 2-soniga 2-martdan 10-martga qadar maqolalar qabul qilinmoqda.

📲Mualliflar ilmiy maqolalarni ilm.fan@inbox.ru pochtasi yoki +998 99 373-90-35 telegram raqamiga yoʼllashlari mumkin.

✍️Ilmiy maqolalar jurnalga qoʼyilgan talablarga muvofiq yozilgan boʼlishi lozim. Maqolalarni koʼrib chiqish muddati ular qabul qilingan kundan boshlab 10 kun.

❗️ Jurnal O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasining texnika, qishloq xo‘jaligi va iqtisodiyot fanlari bo‘yicha chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlar ro‘yxatiga kiritilgan.

▶️Kanalimizga a'zo bo‘ling

Telegram
| Facebook | Instagram | Web
📣КУН ОЛИМИ

👉Дилором Мирхамитова, кимё фанлари доктори, профессор.

📍1976 йили Тошкент вилояти Қуйи Чирчиқ туманида туғилган.

✔️ 2000 йилда Мирзо Улуғбек номидаги Ўзбекистон Миллий университетининг Кимё факультетини тамомлаган. 1993–2019 йилларда кимё факультетида лаборант, катта лаборант, аспирант, 2010-2011 йилларда ўқитувчи, доцент вазифасини бажарувчи, доцент сифатида фаолият юритган. 2019 йилдан ҳозирги кунга қадар кафедра мудири лавозимида ишлаб келмоқда.

✔️ Ўзига талабчан ва фанга бўлган қизиқиши туфайли 2000 йилда “Умумий кимё” кафедрасига 02.00.03-Органик кимё ихтисослиги бўйича аспирантурага ўқишга кирган. 2001 йилда “Энг яхши аспирант” номинацияси бўйича университет томонидан таъсис этилган медаль билан тақдирланган. 2002 йилда эса ЎзМУ стипендианти соҳиби бўлган. 2010 йилда фан номзоди, 2016 йилда доцент илмий унвони ва 2020 йилда фан доктори илмий даражаси, 2021 йилда профессор илмий унвонини олган.

✔️Дилором Мирхамитова томонидан ҳаммуаллифликда 2 та дарслик, 4 та ўқув қўлланма, 2 та монография, 16 та услубий қўлланмалар чоп қилинган. 3 та электрон ўқув-услубий мажмуа, Нефть ва табиий газ кимёси фанидан электрон педагогик дастурий восита тайёрланган.

✔️ Олима ўқув жараёни билан биргаликда кафедра илмий йўналиши асосида илмий-тадқиқот ишларини ҳам олиб бормоқда. 2012–2019 йиллар давомида 1 та фундаментал ва 1 та амалий лойиҳа раҳбари, 2 та фундаментал ва 1 та амалий лойиҳалар аъзоси сифатида фаолият олиб борган. Ҳозирда 2020–2022 йилларга мўлжалланган 1 та амалий лойиҳа раҳбари ва Ўзбекистон-Хитой ҳамда Ўзбекистон-Белоруссия халқаро лойиҳаларида аьзо сифатида фаолият олиб бормоқда.

✔️Шу кунгача олима томонидан 200 дан ортиқ илмий ишлар хорижий ва республика илмий журналлари ва анжуманлари тезислари сифатида чоп қилинган ва 14 та синов далолатномалари олинган. Унинг илмий раҳбарлигида 25 нафар магистр ва 15 нафар бакалавр тайёрланган. 5 таянч докторантга раҳбарлик қилмоқда.

✔️ Бундан ташқари, Ўзбекистон Миллий университети ҳузуридаги илмий даражалар берувчи DSc 27.06.2017.K.01.03 рақамли Илмий кенгаш қошидаги илмий семинар аъзоси, Тошкент кимё-технология институти ҳузуридаги илмий даражалар берувчи DSc 28.03.2018.K/Т.04.02 рақамли Илмий кенгаш аъзоси, Тошкент вилояти Чирчиқ давлат педагогика институти DSc 30/30.04.2021.Ped.82.03 рақамли Илмий кенгаши аъзоси, “Олима” уюшмаси аъзоси, ЎзР Инновацион ривожланиш вазирлиги хузуридаги “Кимё фанлари, кимёвий технологиялар ва нанотехнологиялар” йўналиши бўйича Илмий техник кенгаш илмий котиби, факультет Кенгаши котиби.

️Kanalimizga a'zo bo‘ling
🎉Энг гўзал ойнинг энг нафис байрами 8-март - Халқаро хотин-қизлар куни муносабати билан барча мунис аёлларимизни чин дилдан табриклаймиз!

Ҳаётга гўзаллик ва мазмун бахш этадиган, сабр-тоқат, садоқат соҳибаси бўлмиш аёлнинг меҳр-муҳаббати ва заҳматини ҳеч нарса билан ўлчаб бўлмайди.

Фурсатдан фойдаланиб, сизларга сиҳат-саломатлик, хонадонингизга тўкин-сочинлик, бахт-саодат, шоду хуррамлик, шарафли ишларингизда янгидан-янги зафарлар тилаб қоламиз!

Аёллик бахти, бекалик тахти, оналик мартабаси Сизларга ҳамиша ҳамроҳ бўлсин!

"Инновацион ривожланиш нашриёт-матбаа уйи" жамоаси

Telegram | Facebook | Instagram | Web